cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati

Sariosiyo tumani hokimligining rasmiy kanali Tuman hokimiga @Sariosiyo_404bot orqali murojaatingizni yo'llashingiz mumkin.

Більше
Рекламні дописи
6 432
Підписники
-1024 години
+347 днів
+7930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
📣 Hurmatli ota-onalar va tumandoshlarimiz diqqatiga! 🏫 Xabar berilganidek, 2022-2023-o‘quv yili yakunida viloyatimizdagi 429 ta maktabni joriy ta’mirlash uchun 7 turdagi qurilish mahsulotlari xaridiga mahalliy budjetdan 11 mlrd. 195 million so‘m mablag‘ ajratilib, o‘quv binolari joriy ta’mirlandi. ❗️Joriy 2023-2024-o‘quv yili yakunida ham maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash va ta’mirlash uchun davlatimiz tomonidan mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ayni kunlarda ta’mirga muhtoj maktablar, ularga ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘ hamda zarur qurilish materiallari miqdorini aniqlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. ✔️ Shu sababli, Sizlardan joylarda maktab ma’muriyatlari tomonidan o‘quv xonalari ta’miri uchun pul so‘rash, mablag‘ yig‘ish holatlaridan xabardor bo‘lsangiz Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishonch telefoni +99876-227-35-45 hamda @svmmtb_bot murojaatlar boti orqali mas’ullarga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Показати все...
👍 4🤝 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
"O‘zgidromet" tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi 🗣Xabarda joriy yilning 23-26-may kunlari yurtimizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi hamda momaqaldiroq hodisalari kuzatilishi bildirilgan. Shu sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 📞 Yuqoridagilarni inobatga olib, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Показати все...
👍 1
00:34
Відео недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston — yuragimizda! Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#kun_tavsiyasi 🫥"Siz har kuni biron bir narsani o‘zgartirmaguningizcha hayotingizni hech qachon o‘zgartira olmaysiz. Muvaffaqiyatning siri har kungi ishlaringizda bo‘ladi ". Jon Maksvell Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Konstitutsiyani o‘rganamiz! XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 109 -modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: 23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi; 24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, o‘z vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi; 25) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini bajarishni davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas. 🇺🇿 Bizni kuzatishda davom eting. Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Konstitutsiyani o‘rganamiz! XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 109 -modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: 17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunni o‘z e’tirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli; 18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi; 19) alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi; 20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi; 21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi; 22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi; Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Konstitutsiyani o‘rganamiz! XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 109 -modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: 10) qo‘mitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari rahbarlarini qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi; 11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi; 12) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan maslahatlashuvlardan keyin O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi; 13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi; 14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarini va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi; 15) viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli; 16) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning hujjatlarini to‘xtatadi, bekor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli; Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Konstitutsiyani o‘rganamiz! XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 109 -modda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: 1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining, O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi; 2) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi; 3) muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi; 4) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi; 5) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; 6) O‘zbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega; 7) vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi; 8) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; 9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi; Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bugun, Payshanba 23-may Surxondaryo, Sariosiyo tumani 23-may kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot 8:02 GMT+05:00 holatiga 🌤 23°...32°, Yomg'irli havo Hozir:  24°, ↗️ 2.0 m/s Tong: 🌤 23° Kun: 🌤 32° Oqshom: 23° Namlik: 59 % Shamol: G'arbiy, 6.0 m/s Bosim: 1011.2 mb. Quyosh chiqishi: 05:10 Quyosh botishi: 19:39 Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Показати все...
00:51
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🏆ICT4Girls olimpiadasida ishtirok eting va Yevropa olimpiadasi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiriting! 20 yoshgacha bo‘lgan, dasturlash va muammolarni hal qilishga ishtiyoqi baland qizlarni “ICT4Girls” sport dasturlash olimpiadasida ishtirok etishga chaqiramiz. 🌟1-bosqich - Hududiy bosqich: Berilgan topshiriqlar to‘plamidagi masalalarni ishlab, yuqori ball to'plagan birinchi 5 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo'llanma oladi. 🌟2-bosqich - Respublika bosqichi: Yuqori ball to‘plagan birinchi 12 nafar ishtirokchi ICT4Girls olimpiadasi g'olibi deb topiladi va munosib taqdirlanadi.  🌟 Bonus: Joriy yilda ICT4Girls olimpiadasining g'oliblari uchun sport dasturlash bo'yicha maxsus butkemp tashkil etiladi va butkemp so'ngida saralangan 4 nafar qiz 21-27-iyul kunlari Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tadigan Informatika fani bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (EGOI)da O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi. 🔗ICT4Girls olimpiadasida qatnashish uchun 2-iyungacha ro'yxatdan o’ting |Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X
Показати все...
👍 6 1🤔 1