Assalom alaykum.
Ilgari orzu bor edi, O'zbekistonni o'zini xaritasini yaratish, huddi Google Maps yoki Yandex Karta kabi. 10 yillar oldin, portal endi ochilgan vaqt bir nechta davlat tashkilotlari(vazirlik va agentliklarga) xat yozib qanday ruxsatlar olish kerak so'ragan vaqtim, deyarli hech kim aniq javob bera olmagan edi.
Mana yillar o'tib shu loyihani qilishga imkon bo'ldi. Hozircha faqat navigator(hozircha ios uchun, tez orada Android uchun ham chiqadi). Avvalo osm asosida boshladik.
https://apps.apple.com/ru/app/orginfo-nav/id6834211772
Bu loyiha O'zbekistonda birinchi qilingan milliy(qisman) Navigator app hisoblanadi. Baza, funksional to'liq o'zimizni serverlarda. Va hozircha faqat O'zbekiston xaritasi mavjud, tez orada(resurs muommolarini hal qilsak) qo'shni davlatlarni ham qo'shamiz.
Faqat iltimos, Yandex Navigator yoki Google Maps bilan solishtirib yomon hayollarga bormang. Bu endi birinchi versiya, Google Maps 21 yildan beri, Yandex Karta 25 yildan beri mavjud.
Hozircha faqat shu yerda e'lon qilyapmiz, feedbacklar bo'lsa, iltimos yozing.
Tez orada community uchun ham funksionallar chiqaramiz.
@vejon_uz
18 лист, 05:16
