"EVRIKA" O'QUV MARKAZI
Відкрити в Telegram
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov
Показати більше888
Підписники
Немає даних24 години
+17 днів
-1430 день
Архів дописів
❗️Bakalavr va magistrlar uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi
Prezidentning tegishli farmoyishiga (PF–43-son, 18.07.2025 y.) binoan, 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yiliuchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:
🔹 bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
🔹 magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.
📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:
🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;
🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.
👉 @xushnudbek 👈
Aziz va qadrli o‘quvchilarim
Bugun sizlar hayotingizdagi yangi muhim va mas’uliyatli bosqich sari dadil qadam tashlayapsizlar Bir paytlar orzu bo‘lib tuyulgan talabalik hayoti endi siz uchun haqiqatga aylanmoqda Men – sizlarning ustozingiz bu yo‘lda sizlar bilan birga yelkama-yelka harakat qilgan inson sifatida qalbim to‘la faxr va quvonch bilan sizga chin yurakdan olg’a deyman. Har biringizning bu muvaffaqiyat ortida tinimsiz mehnat, sabr, intilish va fidoyilik yotadi Yillab yuksak maqsadlar sari intilib o‘zingizga oilangizga va bizga shunday katta quvonch ulashishingizga ishonaman.
Men bilaman hayotingizda sizni endi yangi sinovlar, yangi imkoniyatlar va yangi cho‘qqilar kutmoqda Har bir yangi bosqich o‘ziga yarasha murakkab lekin shunchalik go‘zal Sizlardan iltimosim – hech qachon orzularingizdan voz kechmang! Har qanday to‘siqni bilim bilan sabr bilan yengib o‘ting Har bir kuningizni maqsadli har bir qadamingizni qat’iyat bilan bosing
Yodingizda bo‘lsin:
Qiyinchiliklar vaqtincha, bilim – abadiy
Va nihoyat har qanday yutuqning boshlanishi – ishonchli ustoz va harakatli shogirddan boshlanadi
Men sizlarga ishonaman Siz kelajakdagi oliy toifali shifokorlar , bankirlar, pedagoglar, jamiyat yetakchilarisiz. Qayerda bo‘lmang kim bo‘lmang doimo halol bo‘ling vijdonli bo‘ling va eng muhimi o‘zingizni yo‘qotmang
Yo‘lingiz yorug‘ kelajagingiz porloq bo‘lsin! Tashlayotgan shahdam qadamingiz -talabalik hayotingiz quvonch va yutuqlarga boy bo‘lsin!
Omad doimo hamrohingiz bo‘lsin aziz farzandlarim!
Hurmat bilan G. Narziyeva
💵 Ta’lim krediti olgan talaba o‘qishni tugatib ishga kirolmasa, kredit qanday to‘lanadi?
Qonunchilikka ko‘ra, ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Agar talaba o‘qishni tugatib ishga kira olmasa, unda qarzdorlik unga kafil bo‘lgan shaxsdan undiriladi.
✅ @Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
Navoiy viloyati bitiruvchilarining 97,2 foizi OTMga hujjat topshirdi
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli maktablarni tamomlagan bitiruvchilarning 97,2 foizi oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi.
#Kun_iqtibosi
Yaxshi tarbiya ko‘rgan odamning hislatlaridan biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalardan bir qadam oldinga o‘tsa - darrov orqaga qaraydi, sheriklariga yordam qo‘lini uzatadi, safini kengaytirib, yangi g‘alabani ko‘zlaydi.
✍ Abdulla Qahhor
#Bilasizmi
▫️Qonunchilikka ko‘ra, pedagog xodimlar kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sudga murojaat qilganda davlat bojidan ozod qilingan.
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Birinchi kun natijalari e’lon qilindi
2025-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
👉 @xushnudbek 👈
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
Tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son Prezident qarori.
1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
❌ Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham shu qoida ishlaydi.
Masalan, SamDU talabasi Samarqand tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham, Toshkent tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham shu 2 ta sabab kerak.
2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2025-yilgi o’tish ballari bu yerda:
t.me/xushnudbek/28719
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2024-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
t.me/xushnudbek/24831
‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.
3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2025-yilgi o’tish ballari bu yerda:
t.me/xushnudbek/28719
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. t.me/xushnudbek/24579
2024-yilgi turdosh yo’nalishlar:
t.me/xushnudbek/24831
2024-yilgi super-kontrakt narxlari:
https://t.me/xushnudbek/25518
4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni davlat hozircha nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.
5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish
Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.
8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish
Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, kechki, sirtqi yoki masofaviydan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan ko’chirish odatda muammosiz hal bo’ladigan masala.
***
Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:
➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida;
➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
👉 @xushnudbek 👈
“Perevod” uchun arizalar qabul qilish boshlandi
1️⃣ https://my.uzbmb.uz/service/41 sahifasi orqali quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o’qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:
🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan bo’lsa ham);
🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan.
2️⃣ transfer.edu.uz sayti orqali esa O‘zbekistondagi bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.
Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.
2024-yilgi o’tish bali bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24554
👉 @xushnudbek 👈
Bu safar biz insonlarga oddiy, lekin yurakka yaqin savol berdik:
“Hozirda onangiz uchun nima deya olgan bo‘lardingiz?”
💬 Javoblar… soddaligida chuqur, og‘irlikda samimiy:
— “Meni doim qo‘llaganingiz uchun rahmat…”
— “Siz uchun intilayapman, onajon.”
— “Kech bo‘lsa ham siz orzu qilgan farzand bo‘lishga harakat qilyapman…”
— “Hali sizni faxrlantiradigan kunlar oldinda.”
🎥 Bu kichik so‘rov orqali barchamiz bir narsani esladik:
ota-onaning orzusi — farzandining yutug‘i.
📚 “ Evrika” o’quv markazi — faqat bilim emas, qadriyat ham tarbiyalaydi.
Tarixdan qarzdorligi bor o’quvchilar
1) Quychiyeva Diyora
2) G’aybullayeva Sabina
3) Toshpo’latova Sarvara
4) Hamdamov Jahongir
Matematika katta guruh qarzdorligi bor o’quvchilar :
1) Muhammadova Mashhura
2) Norpo’latova Shahzoda
3) Sharopova Iqbola
4) Qodirova Dilnoza
5) Otaqulova Gulsevar
6) Toshimov Artur 2 oylik
7) Rajabov Mehriddin
8) Mavlonov Ilhom 3 oylik
9) Hakimov Sarvar
10) Normurodov Feruz
11) Shavqiddinov Javohir 2 oylik
12) Vafoyev Damir 3 oylik
13) Sharipov Sevdiyor 2 oylik
14) Qiyomiddinov Aziz 3 oylik
15) Habibov Jamshid
16) Temirov Ozod
17) Zoirov Vali 2 oylik
18) Sattorov Javohir 2 oylik
19) Savriyev Samir
20) Husenov Diyor 2 oylik
21) Vafoyev Ja’far
22) Zokirov Jahongir 27-maktab 2 oylik
23) Ahmedov Mirjalol 3 oylik
24) Quvondiqov Sanjar
25) Rayhonova Nuriya
26) Qurbonov Shohjahon
Ona tilidan kurs to’lovidan qarzdorligi borlar
1) Ramazonova Sevinch
2)Qilichova Rushana
3) Toshpo’lotova Robiya
4) Davronov Sherzod 2 oylik
5) Rajabov Mehriddin 2 oylik
Diqqat!
Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar, aziz o’quvchilar. Ustoz mehnatini vaqtida ado etmagan , o’quv markazdan qarzdorligi bor o’quvchilar endi fanlari bilan kanalga yoritib boriladi.
Katta huruh Biologiya qarzdorlik
1) Toshpo’latova Robiya 2 oylik
2) Istamova Madina 4 oylik
3) Fotima-Zuhra 1 oylik
4) Axtamova Malika 1 oylik
5) Bafoyeva Gulsevar 1 oylik
6) Atoyeva Ziyoda 1 oylik
7) Yahyoyova Mashhura 2 oylik
8) Abdullayeva Hulkar 1 oylik
9) Ro’zimurodova Mohinur 2 oylik
10) Halimova Gulnoza 1 oylik
Kichik guruh Biologiya qarzdorlik
1) To’xtayev Kamron 1 oylik
2) Shokirov Asil 1 oylik
3) Halimova Aziza 1 oylik
4) Ergasheva Maftuna 1 oylik
5) Muhiddinova Mashhura 1 oylik
6) Muhiddinov Laziz 1 oylik
7) Axtamov Murod 3 oylik
8) Abdurasulova Umida 2 oylik
9) Otaqulova Nilufar 1 oylik
10) Qurbonov Rustam 1 oylik
11) Bahodirov Nodir 4 oylik
12) Sanoqulova Durdona 1 oylik
13) Sharipova Malika 2 oylik
14) Davronova Zilola 1 oylik
15) Ramazonova Sevinch 2 oylik
16) Xayrullayeva Barchinoy 1 oylik
#Kun_iqtibosi
Shunday odamlarni axtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob o‘qimoqqa barobar bo‘lsin. Shunday kitoblarni axtaringki, mutolaasi faylasuflar suhbatiga teng bo‘lsin.
✍️Frensis Bekon
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❓Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
#abituriyent
3 ta majburiy fanlar uchun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).
➖ Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha mutaxassislik fani uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa (1 soat) ayirib tashlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi;
➖ Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bo'lsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bo'lgan fani uchun 20 daqiqa chegirib tashlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topshirsa, unda 40 daqiqa beriladi;
➖ Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.
❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
M: xushnudbek
#Kun_iqtibosi
Buyuk aqllar hamisha o‘rtacha aqllarning shiddatli qarshiliklariga duch keladi. Chunki o‘rtacha aqllarning egalari eskicha fikrlashdan yiroq, o‘z salohiyatidan mardona va halol foydalanadigan kishilarni qabul qila olmaydi.
✍️ Albert Eynshteyn
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Testga kiradigan abituriyentlar soni 700 mingga ham yetmabdi.
Joriy yilda jami 671 ming 397 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilgan.
Demak, ro’yxatdan o’tgan 60 mingdan ortiqroq abituriyent to’lovni amalga oshirmagan va ularga testga kirishga ruxsat berilmagan.
👉 @xushnudbek 👈
