cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi

🏢 Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi 📨 [email protected] 📲 instagram.com/tashedu 📲 facebook.com/tashedu.uz 🌐 www.tashedu.uz 📞 (71) 215-50-94

Більше
Рекламні дописи
976
Підписники
-324 години
-97 днів
-2730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#hamkorlik https://gov.uz/bv/pages/gender-tenglik/ Joriy yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida “Yangi O’zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining o‘rni” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Unda “O’zbekistonda olib borilgan gender siyosati - inson huquqlari kafolatlanishining muhim mezoni” mavzusida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori, falsafa doktori, dotsent Mohira Xoliqova tomonidan xodimlar uchun qiziqarli amaliy-trening tashkil etildi.
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#hamkorlik https://gov.uz/bv/pages/gender-tenglik/ Joriy yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida “Yangi O’zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining o‘rni” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Unda “O’zbekistonda olib borilgan gender siyosati - inson huquqlarini kafolatlanishing muhim mezoni” mavzusida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori, falsafa doktori, dotsent Mohira Xoliqova tomonidan xodimlar uchun qiziqarli amaliy-trening tashkil etildi.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
✅ Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni oʻzida bilimlarni oʻzlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshganligi aytib oʻtildi. Shuningdek, bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod oʻquvchi oltin va kumush medallar bilan bitirganligi, “katta beshlik” fan olimpiadalarida qoʻlga kiritilgan medallar oxirgi toʻrt yilda 2 karra koʻpayganligi qayd etildi. Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, oʻqitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi boʻlgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
KUTUBXONA IBRATXONA Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi "Ijtimoiy iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi" kafedrasi katta o`qituvchisi Inobat Umarova tomonidan maktab kutubxona rahbar va hodimlari guruhining tinglovchilari Toshkent shaharda joylashgan "Turon" axborot-kutubxonasi markazi faloiyati bilan tanishish istagida kutubxonaga tashrif buyurdilar. Kutubxonaga tashrif buyurgan tinglovchilar kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, movjud ochiq va yopiq fondlardan qanday foydalanish, alfavit va elektron katologlarning yuritilishi, kutubxonada saqlanayotgan qadimgi qo’lyozmalar, bosma kitoblarning saqlanishi jarayonlari bilan tanishdilar. Tinglovchilar kutubxona xodimlarining turli yoshdagi kitobxonlar bilan olib borayotgan ish jarayonlarini kuzatdilar, o’zlari ham ish jarayonida qatnashdilar va qiziqtirgan savollarga javob oldilar. ✍️Milliy markaz rasmiy sahifalariga ulanish TelegramInstagramFacebook | Website
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🌸БОДОМ ГУЛЛАДИ Олтиариқда гуллади бодом, Оҳ, ифори оламни тутди. Қалдиғочлар чуғурлаб мудом, Суюнчилаб самога учди. Совуқ тонглар уни эркалаб, Нафис гулин юзидан ўпди. Тонг шабнами ундан қизғониб, Кўз ёшини баргига тўкди. Шабоданинг майин хироми, Бодом шохин аста тебратди. Ошиқ булбул ширин каломи, Юрагини тотли титратди. Келинчакдек уялиб тонгда, Салом бериб дилни яйратди. Ноз-карашма ярашар унга, Эрка бодом қалбни уйғотди. Қуёш бодом ишқида ёниб, Нури ила эркалай кетди. Асалари лабига қўниб, Қайноқ бўса ином ҳам этди. Ошиқларнинг ҳолини кўриб, Кўм-кўк майса қиқирлаб турди. Рашкдан лола юзи қизариб, Чучмомога лабини бурди. Олтиариқ бодом гулида, Мен сезаман баҳор нафасин. Хаёлларим бодомзорида, Аёз қишнинг бузиб нафасин. ДИЛ БОНУ
Показати все...
1
Serqirra ijodkor Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, p.f.f.d. (PhD), dotsent Buxolida Supiyeva ijodidan
Показати все...
1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🌸БОДОМ ГУЛЛАДИ Олтиариқда гуллади бодом, Оҳ, ифори оламни тутди. Қалдиғочлар чуғурлаб мудом, Суюнчилаб самога учди. Совуқ тонглар уни эркалаб, Нафис гулин юзидан ўпди. Тонг шабнами ундан қизғониб, Кўз ёшини баргига тўкди. Шабоданинг майин хироми, Бодом шохин аста тебратди. Ошиқ булбул ширин каломи, Юрагини тотли титратди. Келинчакдек уялиб тонгда, Салом бериб дилни яйратди. Ноз-карашма ярашар унга, Эрка бодом қалбни уйғотди. Қуёш бодом ишқида ёниб, Нури ила эркалай кетди. Асалари лабига қўниб, Қайноқ бўса инъом ҳам этди. Ошиқларнинг ҳолини кўриб, Кўм-кўк майса қиқирлаб турди. Рашкдан лола юзи қизариб, Чучмомога лабини бурди. Олтиариқ бодом гулида, Мен сезаман баҳор нафасин. Хаёлларим бодомзорида, Аёз қишнинг бузиб нафасин. ДИЛ БОНУ
Показати все...
👍 2 1👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
"...Bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jurnalistikaning butun dunyoda e’tirof etilgan, o‘zgarmas talab va mezonlariga amal qilishimiz zarur. Bu mezonlarning eng asosiysi – xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydoniga kirgan inson – u jurnalist bo‘ladimi, bloger bo‘ladimi, bundan qat’i nazar – ana shu qoidalarga amal qilishi shart..." Shavkat Mirziyoyev Zahmatkash ommaviy axborot vositalari va soha axborot xizmati xodimlarini ushbu bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mashaqqatli mehnat yo‘llarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Hamisha qalamingiz o'tkir, qadringiz baland bo'lsin! ✍️Milliy markaz rasmiy sahifalariga ulanish TelegramInstagramFacebook | Website
Показати все...
👍 1
⭐️ YUKSAK TAYINLOV “Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi” Shavkat Mirziyoyev 🔂2024-yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan anjumanda adabiyot olamida o‘zining yorqin ijodi bilan ko‘plab muxlislariga ega bo‘lgan va o‘zbek adabiyotining rivojlanishiga katta xissa qo‘shayotgan bir guruh ijodkorlarga uyushmaning raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tomonidan aʼzolik guvohnomalari topshirildi. 🔂Taqdirlanganlar qatorida Toshkent shahar pedagogika markazimizning Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Buxolida Supiyevaning ham borligi bizda faxr tuyg‘usini uyg‘otdi. Buxolida Supiyeva Dil Bonu taxallusi bilan adabiyot olamida xalqimiz muhabbatiga sazovor bo‘lgan shoiradir. Uning “Qalbim ko‘zgusi”, “Ayozimda ochilgan lola” nomli she’riy kitoblari, “Taqdir bezagi”, “Sening qalbing”, “Lahzalikka muhrlangan masofa”, “Soʻnggi pushaymon” va boshqa shu kabi ko‘plab hikoyalari “Sharq yulduzi”, “Saodat” va “Yoshlik” jurnallarida chop etilgan. 2019-yilda “Qalbim ko‘zgusi” deb nomlangan O‘zbekistonda ilk bor chop etilgan she’riy to‘plami she’riyatning yangi avangard janri sifatida qabul qilingan va Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Markazimiz rahbari M.Xalikova aytganidek, Dil Bonu ijodida tahayyulot olami, hayotning badiiy talqini, ma’naviy ehtiyoj, odamiylik, do‘stlik, muhabbat, sadoqat, onalik mehri va farzandlik burchiga doir o‘y-mushohadalar o‘zgachadir. ⭐B.Supiyevani (Dil Bonu) bugungi e’tirof – O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zoligi tayinlovi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Dil Bonuga badiiy adabiyot va fan olamidagi ijodiy ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Показати все...
👍 1 1
#қонунчиликда_янгиликлар Абдулла Авлоний номидаги педагогик маҳорат миллий институти ташкил этилади Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Мактабгача ва мактаб таълими ташкилотлари ходимларини узлуксиз касбий ривожлантириш тизимини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Қарори (ПҚ-231-сон, 21.06.2024 й.) қабул қилинди Қарорга мувофиқ, Авлоний номидаги педагогларни касбий ривожлантириш ва янги методикаларга ўргатиш миллий-тадқиқот институти негизида А.Авлоний номидаги педагогик маҳорат миллий институти (Институт) ҳамда унинг Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларда педагогик маҳорат марказлари ташкил этилади. Тошкент шаҳар педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий маркази ҳамда Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети тасарруфидаги Республика педагогик таълим ресурс маркази фаолияти уларни Институтга қўшиш орқали тугатилади. Институт тузилмасида Халқаро тадқиқотлар маркази ташкил этилади. Шунингдек, 2024/2025 ўқув йилидан мактабгача ва мактаб таълими ташкилотлари раҳбар, педагог ва мутахассис кадрларини қайта тайёрлаш ва малакасини оширишнинг яхлит тизими жорий қилинади. Бунда: Мактабгача таълим ташкилотлари директор ва мутахассисларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш институти Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги бўйсунувига ўтказилади; мактабгача таълим ташкилотларининг педагог ва мутахассис кадрларини узлуксиз касбий ривожлантириш бўйича “Виртуал касбий ривожлантириш” электрон дастури жорий этилади. Миллий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг Telegram | Facebook YouTube |  Instagram
Показати все...
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Facebook

https://www.facebook.com/avloniy.uz

Website http://avloniy.uz/ YouTube

https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA

Қайта тайёрлов:

https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov

LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.