cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati

Murojaat uchun: @Ohangaronshkotibiyat_bot

Більше
Рекламні дописи
242
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
+230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bayramingiz muborak, aziz BOLAJONLAR!
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg'ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, hayot, millat davomchisi. Bolalar o'z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo'lgan qiziqishni uyg'otadilar. Ko'zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg'och misolidir. Ohangaron shahar Kengashi deputatlari 1- iyun Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan barcha bolajonlarimizni tabriklaydi! Aslida qay yoshda bo‘lmaylik barchamiz, har birimiz bolaligimizcha qolaveramiz. Ichimizda, qalbimizda jajji bola yashaydi. O‘sha bolani asrab qolsakgina, bizni samimiylik, soddalik, beg‘uborlik va to‘g‘rilik tark etmaydi. Hurmat bilan, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov Kanalga ulanish
Показати все...
👍 2
Navbatdagi qo'shma yig'ilish bo'lib o'tdi Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov ishtirokida Kengashning navbatdagi doimiy komissiyalar qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda shahar Kengashi deputatlari tomonidan tegishli mas'ullar ishtirokida shaharda energiya resurslaridan unumli foydalanish va uni tejash hamda Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ko'rib chiqildi. Ko'rib chiqilgan masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Kanalga ulanish
Показати все...
👍 4
💼 Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 71-sessiyasi bo'lib o'tdi. 📑 Sessiya ishiga deputat Xusanov Shuhrat Xusanovich raislik qildi. 📌 Sessiyada shaharda faoliyat olib borayotgan tashkilotlar masʼullarining axborot va hisobotlari tinglandi. Eshitilgan hisobotlar tahliliy muhokama qilindi. 🔖 Sessiyada 10 ga yaqin ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama etilib, Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi. 🌐 @ohangaronshahar
Показати все...
👍 8
Doimiy komissiyalar qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi Xalq deputatlari shahar Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Kengash kotibiyati mudiri J.Uzakov, doimiy komissiya raislari Sh.Xusanov, F.Akilov, A.Xaytkulov a'zolari F.Madimarov, J.Sodiqov va L.Buvabekovlar shuningdek, shahar Moliya va iqtisodiyot bo'limi rahbari O.Erbachchaev, shahar G'aznachilik bo'limi rahbari D.Kurbanov, shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari R.Majidov hamda boshqa mas'ullar ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar ko'rib chiqildi. Ko'rib chiqilgan masalalar bo'yicha qo'shma yig'ilishning tegishli qarorlari qabul qilindi. Kanalga ulanish
Показати все...
👍 1
Raislikka nomzodlarning hujjatlari ko'rib chiqildi Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov raisligida shahrimizdagi Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Ohangaron shahar komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bo‘shab qolgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish va tegishli mahalla raisligiga qo‘yilgan nomzodlarning hujjatlari ko‘rib chiqildi. Kanalga ulanish
Показати все...
👍 2
Fuqaro murojaatlari tinglandi Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov tomonidan shahardagi ayrim jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari eshitildi. Murojaatlar belgilangan tartibda ijroga qaratilib, Kotibiyat mudiri tomonidan nazoratga olindi. Kanalga ulanish
Показати все...
👍 5
💼 Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 70-sessiyasi bo'lib o'tdi. 📑 Sessiya ishiga deputat F.Madimarov raislik qildi. 📌 Sessiyada shaharda faoliyat olib borayotgan tashkilotlar masʼullarining axborot va hisobotlari tinglandi. Eshitilgan hisobotlar tahliliy muhokama qilindi. 🔖 Sessiyada 10 ga yaqin ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama etilib, Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi. 🌐 @ohangaronshahar
Показати все...
👍 6
Перейти до архіву дописів