cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Фотограф | Сардорбек Орифов

-Тарихчи талаба - Фарғона шаҳридаги Президент мактаби матбуот ва медиа хизмати раҳбари ҳ.в - 2020-2022-Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Фарғона вилояти Кенгаши матбуот ва медиа хизмати раҳбари 👨‍💻 @Press_fergana

Більше
Рекламні дописи
529
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
-630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ustozimiz Rahmatulloh domla Muhammad Sodiq oʻgʻlidan Alloh rozi bo'lsin, Marg'ilon Allomalari rukni ostidagi XII kitoblari ham qo‘limizga yetib keldi. Avval xabar berganimizdek, Fargʻona viloyati, Margʻilon shahar “Robiya hoji ona” masjidi imom-xatibi Ustoz Rahmatulloh domla Muhammad Sodiq oʻgʻlining qalamlariga mansub yangi risola "Rasululloh olib qolgan zot " yoxud Buzrukxon eshon Mashhadiy manoqiblari ham tayyor bo'libdi. Mazkur kitob o'tgan asrda Marg‘ilon shahrida yashab o'tgan alloma, tasavvuf shayxi va tariqat ilmlari bilimdoni Buzrukxon eshon Mashhadiyning ibratli hayoti haqida hikoya qiladi. Buyurtma berish uchun manzil: Ramazon Kitoblar
Показати все...
21🔥 10🕊 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📚 Yangi oy uchun xarid, Fotih Dumanning dilga yaqin kitoblari OHI (inson o’lar orzular o’lmas), DAM (Istanbulning afsonaviy oshiqlari), A’MO (ko’rish uchun ko’z kerak emas). 📌 O'tgan oy biroz kitob mutolaasida to'xtalish bo'lgan edi, endi ta'til davrimizni manfaatli o'tkazamiz. 🔍P/s: siz qaysi kitobni o'qiyabsiz?
Показати все...
36🔥 23🕊 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Fargʻonalik bir guruh OAV vakillari, yoshlar kunidan esdalik. Yoshlar kunini esda qolarlik va taassurotlarga boy lahzalarini muhirlovchi va ulashuvchi insonlar bilan!
Показати все...
37🔥 19🕊 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bilmasman manzilim qay tomonlarga, Qadamlarim yetaklab odimlar hanuz, Men umid uzmadim yorug‘ kunlardan, Taqdir yozilgandir, bekam-u beko‘s! Baxtning iforin ruxim sezganday, Niholday ochilib, xasdek so‘lamiz, Kimning bekatini qachon kelishin, Bosh omon bo‘lsa balki ko‘ramiz. Shoshqaloq vaqt bizni yetaklab kelib, Olis kelajakning qo‘lidan tutdi, Tin olib ulgurmam qaysi holatda, Yoshlik deb atalmish sinovdan o‘tdi. Sizning ko‘nglingizga yo‘l topolmadim, Qancha ko‘ngillarni obod qilsam-da, Sizdayin mehrli, hech bo‘lolmadim, Qanchali zarhal so‘zlamasam-da. Balki taqdirimga shunday yozilgan, Baxtning yarmini baxt deb bilaman, Pillapoya bo‘lib bilmam kimlarga, Hali bu qadrimni yerga uraman. Bugun dard haqida so‘zlagim kelmas, Menga nima yetmas nafasdan bo‘lak, Yelkalab ketsangiz parvo qilmasman, Bir hovuch tuproqdir baxtimga bo‘lak. P/s: qalam tebratmaganimga ham ancha vaqt bo‘libdi, usubga kelolmayabman. Shunchaki dildan o‘tganini yozaverdim, ma'qul keladi deb umid qilaman. 30.06.2024 y 12:31
Показати все...
35🔥 20🕊 3
⚡️Fargʻona "PM Bitiruvchilar 2024" 😎 Ochig'i bu yoshlar haqida so‘z borsa albatta, erkaliklari va shaddodliklari, quvnoq va xushchaqchaqliklari bilan ajralib turadigan eng zo'r jamoa deyolaman. Ba'zida xizmat yuzasidan turli topshiriqlar bo'lib qolsa ular bilan qiziqarli loyihalarni yuritish imkoni bo'lmadi, ayrim iltimoslar ham bajarilmadi. Ammo shuni bilamanki hech kim bu koshonadan xafa bo'lib ketmadi, ulardan ham biz rozimiz. O'zingizga yarasha fe'lingizni hurmat qilaman, katta hayot ostonasida faqat g'alaba hamroh bo'lsin. ✊Ukalarim va singillarimga hamisha omad va zafarlar tilab qolaman, sizlar chinakamiga "eng yaxshilarisiz" 🔥P/s: esdalik uchun qoldirdim, Toshkent shimoliy vokzali 24-iyun hamda Fargʻona PM
Показати все...
🔥 20 14🕊 4
Toshkent shahri bo'ylab fotosayohat
Показати все...
36🔥 29🕊 3🎉 2
⚡️Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabidamiz 🎉 24-26-iyun kunlari axborot texnologiyalari maktabi respublikamizning barcha Prezident maktabi o‘quvchilarini bugun o'z bag'riga yeg’ish arafasida) 😅P/s: ertaga batafsil xabar beraman...
Показати все...
🔥 21 14🕊 3
🪧 So'x tumanida yangi qurib topshirilgan zamonaviy sharoitlarga ega "Bolalar sogʼlomlashtirish markazi"da bo'ldik. Markaz rahbari Tavakkal Erkayev aka ushbu maskan faoliyati haqida ma'lumotlar berdilar. Markazda Fargʻonalik bolalar ham bor ekan, viloyatning barcha shahar va tumanlaridan qabul qilish imkoniyati ham mavjud ekan. Markazda muzeyli amfiteatr, sport maydonchasi, yozgi amfiteatr va 8 gektarni qamrab oluvchi keng oromgoh mavjud ekan. Bir muhim jihat chegara postidan farzandingizni o'zingiz olib o'tib topshirib ketishingiz kerak. Markazda bolalar maroqli hordik chiqarishlari, sport bilan shug'ullanishlari, kitob mutolaa qilishlari uchun barcha sharoitlar mavjud ekan.
Показати все...
36🔥 13🎉 2🕊 2
⏳ So'xga kelganimga ham 2 yilga yaqinlashib qolibdi. O'shanda neytral hududga kirish mashaqqatlari haqida maqola tayyorlagan edi. Bugun esa chegara postlaridagi o'zgarishlari sezildi. Birinchi manzilimiz albatta bu yerdagi mo'jaz bir ziyoratgoh, sihatgoh "Hazrati ali" maqbarasi bo'ldi. O'ziga xos jihati esa ziyoratgohdan 300-400 metr balandlikda ya'ni dengiz sathidan 4,482 metr balandlikda So'x kaftdek namoyon bo'ladi. O‘zbekistonning o'zgarmas yashil makoni desak ham yanglishmasak kerak.
Показати все...
🔥 41🎉 4🕊 2 1
Перейти до архіву дописів
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.