cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

EDU_WORLD_ENGLISH

♨️IELTS Prominent Materials✅ 🎧Listening Practice🎧 📕Reading Practice📘 📢Speaking Practice🗣📢 📈Writing Task 1 vs 2📊 🔰For Free Adv and suggestion Text ..... 🔰 🚩01.29.2020 created day♨️ 🔥Our Channel👉🏻 @EDU_WORLD_ENGLISH

Більше
Рекламні дописи
281
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Useful for you 😉
Показати все...
Nechi oyda CEFR yoki IELTS olish mumkin 😏
Показати все...
2.04 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Eng sara film va multfilmlarlarni subtitrda tomosha qilish uchun link https://t.me/+FoDIYUiydBo5NjRi https://t.me/+FoDIYUiydBo5NjRi
Показати все...
📌 Top-100 juda muhim bo'lgan inglizcha so'zlar 📘 1. Desire - istak, hoxish 2. Glory - sharaf, go'zallik 3. Pumpkin - qovoq 4. Experience - tajriba 5. Reconcile - yarash(tir)moq 6. Astonishing - hayratda qoldiradigan 7. Child - bola 8. Sophisticate - nozik, nafis 9. Regret - pushaymonlik 10. Rebel - isyon, isyonchi 11. Tranquil - bosilgan, vazmin 12. Sunrise - quyoshning otishi 13. Sunset - quyosh botishi 14. Fabulous - aqil bovar qilmas 15. Meadow - o'tloq, yaylov 16. Reflection - aks, tasir 17. Passion - ehtiros 18. Umbrella - soyabon 19. Lollipop - xo'razqand 20. Banana - banan 21. Animal - jonivor 22. Perfection - mukammalik 23. Mother - ona 24. Important - muhim 25. Gorgeous - juda yaxshi ajoib 26. Sweetheart - shirin qalb 27. Butterfly - kapalak 28. Godsend - g'oyibdan kelgan omad, baxt 29. Unique - yakkayu yagona 30. Summer - yoz 31. Incredible - juda ajoib 32. Inspiration - ilhombaxsh 33. Honey - asal 34. Holiday - bayram, tatil 35. Faith -ishonch 36. Hope - umid, umid qilmoq 37. Love - sevmoq, sevgi 38. Consequences - oqibat 39. Extra - qo'shimcha 40. Father - ota 41. Dandelion - qoqio't 42. Innuendo - tuhmat 43. Pray - ibodat qklmoq 44. Paradise - jannat 45. Imaginary - xayloliy 46. Pleasure - mamnun bo'lish 47. Measure - o'lchamoq 48. Happiness - baxt 49. Simultaneously - bir vaqtda bolgan 50. Destination - belgilangan joy 51. Insatiable - tariflab bumaydigan 52. Sky - osmon 53. Magnificent - ajoib, zo'r 54. Miracle - mo'jiza 55. Pronunciation - talaffuz qilmoq 56. Hurricane - kuchli dovul 57. Lullaby - alla 58. Jubilant - haddan tashqari hursand 59. Reliable - ishonchli 60. Light - yorug' 61. Universe - borliq, olam 62. Volcano - vulqon 63. Rise - o'sish 64. Pure - toza, beg'ubor 65. Amazing - ajablanadigan 66. Forever - har doim 67. Believe - ishonch, ishonmoq 68. Crazy - telba, aqldan ozgan 69. Smart - aqilli 70. Fate - taqdir, qismat 71. Accomplishment - muaffaqiyatli tamomlash 71. Sensation - his hayajon 72. Sleepwalker - uyqusirab yuradigan 73. Multiplication - ko'paytirish 74. Infidelity - bevafolik 75. Success - muaffaqiyat 76. Honey - asal 77. Exciting - hayajonlantiruvchi 78. Satisfactory - qoniqarli 79. Mercy - rahm shavqat 80. Essential - muhim 81. Humanity - insoniy 82. Disclose - oshkor qimoq 83. Unfortunately - afsuski, baxtga qarshi 84. Liberty - ozod, erkin 85. Library - kutubxona 86. Beautiful - chiroyli 87. Betray - hiyonat qilmoq 88. Grateful - minnatdor 89. Unbelievable - ishonchsiz 90. Naive - sodda, go'l 91. Smile - tabassum 92. Behavior - hulq 93. Impressive - tasirli 94. Procession - marosim, tantana 95. Admit - tan olmoq 96. Sophisticated - nozik, nazokatli 97. Maintain - davom etmoq 98. Suave - hushmuomila 99. Guilty - ayb 100. Sadness - g'amgin
Показати все...
✍️Ingliz tilidagi chat qisqartmalari Agar online chat xizmatlari orqali xorijlik do’stlaringiz yoki tanishlaringiz bilan suhbatlashgan bo’lsangiz, ular chatda mahsus qisqartmalarni ishlatib gaplashishini sezgan bo’lishingiz kerak. Quyida ingliz tilidagi xabar yozishmalarida foydalaniladigan qisqartmalardan eng ko’p uchraydiganlari keltirilgan: ▪️?4U = I have a question for you. ▪️^^ = Read line above ▪️121 = one-to-one ▪️<3 = love ▪️2 = to ▪️2 mrw = tomorrow ▪️4 = for ▪️AFK = away from keyboard ▪️AKA = also known as ▪️ASAP = as soon as possible ▪️A/S/L = age/sex/location ▪️AYT = Are you there? ▪️B2W = back to work ▪️B4 = before ▪️BBL = Be back later ▪️BBS = Be back soon ▪️BF = boyfriend ▪️BFF = best friend(s) forever ▪️BRB = Be right back ▪️BTW = by the way ▪️CMB = Call me back ▪️CMIIW = Correct me if I’m wrong ▪️CU = See you ▪️CU L8R = See you later ▪️CUZ/COS = because ▪️CWYL = Chat with you later ▪️DC = disconnected ▪️DIY = Do it yourself ▪️DM = Direct Message ▪️F2F = face-to-face ▪️FAQ = frequently asked questions ▪️FB = Facebook ▪️FYI = for your information ▪️FYEO = for your eyes only ▪️GB = goodbye ▪️GF = girlfriend ▪️GG = Gotta go ▪️GL = good luck ▪️GR8 = great! ▪️HBD = Happy Birthday ▪️hhhhhh = very funny ▪️How r u = How are you? ▪️IC = I see ▪️IDK = I don’t know ▪️IMHO = in my humble opinion ▪️IK = I know ▪️IM = Instant Message ▪️IOW = in other words ▪️J/K = just kidding ▪️K = OK ▪️L8R = later (goodbye) ▪️LOL = laugh out loud ▪️M/F = male or female? ▪️mins = minutes ▪️MSG = message ▪️nv = nevermind ▪️OIC = Oh, I see ▪️OTW = on the way ▪️P2P = person-to-person ▪️PLZ = please ▪️PM = Private Message ▪️ROFL = rolling on the floor laughing ▪️RUOK = Are you okay? ▪️Sup or Zup = What’s up? ▪️SYL = See you later ▪️TGIF Thank = goodness it’s Friday ▪️THX or thnx = thanks ▪️TTFN = ta ta for now ▪️TTYL = Talk to you later ▪️TYT = Take your time ▪️u = you ▪️U2 = you too ▪️ur = your / you’re ▪️w/ = with ▪️w/o = without ▪️WRU = Where are you? ▪️XO = hugs and kisses / love ▪️ZZZ = tired / bored
Показати все...
📖Dars #80 Infinitivning gapdagi to'ldiruvchi bilan ishlatilishi ✅want – xohlamoq ✅expect - kutmoq ✅would like - xohlamoq ✅ask - soʻramoq ✅mean - niyatda boʻlmoq ✅would prefer - afzal koʻrmoq ✳️Yuqorida keltirilgan fe'llardan keyin ikkita qurilma qoʻllanishi mumkin: 1️⃣ verb+to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni gapning egasi amalga oshiradi) 🔸He would like to come. (U kelishni xohlaydi) 🔸I asked to see the manager. (Men menejer bilan ko'rishishni so'radim) 🔸We expected to be late. 2️⃣ verb+object +to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni toʻldiruvchi amalga oshiradi.) 🔸He would like me to come. (U mening kelishimni xohlaydi.) 🔸I asked Tom to help. (Men Tomdan yordam berishni so'radim) 🔸We expected him to be late. ⚠️ help fe'lidan keyin yuqoridagi holatlarda to+infinitive yoki bare infinitive qoʻllanishini mumkin. 🔸Can somebody help me (to) move this table? ✳️ Quyida keltirilgan fe'llar esa asosan verb+object+to infinitive qurilmasida qoʻllaniladi. ✅ tell - aytmoq ✅ warn - ogohlantirmoq ✅ enable - imkon bermoq ✅ order - buyurmoq ✅ force - majburlamoq ✅ teach - oʻrgatmoq ✅ remind - esga solmoq ✅ invite - taklif qilmoq ✅ persuade - koʻndirmoq ✅ get - koʻndirmoq (to get somebody to something) ✅ cause - sabab boʻlmoq ✅ entitle - huquq bermoq ✅ challenge - chaqirmoq, chorlamaoq ✅ dare - undamoq ✅ convince - ishontirmoq ✅ hire - yollamoq ✅ urge - undamoq ✅ instruct - koʻrsatma bermoq ✅ require - talab qilmoq 🔸Remind me to phone Ann tomorrow. (Ertaga menga Annaga telefon qilishimni eslatgin) 🔸He warned me not to touch anything. (U meni hech narsaga tegmaslik haqida ogohlantirdi) 🔸I got Jack to repair my car. (Men Jekka mashinamni tuzattirdim) 🔸Who taught you (how) to drive? ⚠️Bu qurilmani majhul nisbatda ishlatilishiga e'tibor bering. 🔸 I was warned not to touch anything. ✳️ Quyidagi fe'llardan keyin ham ikki xil qurilma ishlatiladi. Agar bu fe'llardan keyin toʻldiruvchi boʻlmasa, gerundiy qoʻllaniladi. Agar toʻldiruvchi boʻlsa, infinitive qoʻllanishi lozim. ✅ allow - ruxsat bermoq ✅ recommend - tavsiya qilmoq ✅ permit - ruxsat bermoq ✅ encourage - ruhlantirmoq ✅ advise - maslahat bermoq ✅ urge - undamoq 🔸I wouldn't advise/recommend staying in that hotel. (Men anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.) 🔸I wouldn't advise/recommend you to stay in that hotel. (Men sizga anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.) 🔸They don't allow parking in front of the building. 🔸They don't allow people to park in front of the building. ⚠️ Yuqoridagi gaplarning majhul nisbatda qoʻllanishiga e'tibor beramiz: 🔸Parking isn't allowed in front of the building. (Gerundiy ega oʻrniga oʻtgan) 🔸You aren't allowed to park in front of the building. (Toʻldiruvchi ega oʻrniga oʻtgan)
Показати все...
1.Immediate family -faqat ota-ona va aka-ukadan tashkil topgan kichik oila 2.Extended family -hamma qarindoshlarni o'z ichiga oila umumiy oila 3.Family tree -qarindoshlik rishtasini ko'rsatuvchi ma'lumot 4.Family members - oila a'zolar 5.Distant relative - uzoq qarindosh 6.Close-knit family / loving family - baxtiyor oila 7.Carefree childhood - g'amsiz shodon bolalik 8.Dysfunctional family - Nosog'lom va yomon oila 9.Troubled childhood - muammoga boy bo'lgan bolalik 10.Bitter divorce - ajrashish[munosabat yomonlashgani sababli] 11.Messy divorce -ajrashish 12.Divorce settlement- ajrashishni hal qilish 13.Broken family- ajrashgan oila 14.Custody of the children- bolalar vasiyligi[kim o'z qaramog'iga olishi] 15.Grant joint custody - vasiylik ma'suliyatini bo'shib olish 16.Sole custody- ota-onalardan faqat biri butun vasiylikni olishi 17.Award sole custody - vasiylik[aliment] haqqini undirmoq 18.Pay child support-aliment to'lash 19.Mutual divorce/separation - tinch yo'l bilan ajrashish 20.Good terms with ech other- bir-biri bilan odobli munosabatda bo'lish 21.Get pregnant- homilador bo'lmoq 22.Single mother- uylanmasdan oldin homilador bo'lgan inson 22.Have an abortion - bolani oldirmoq 23.Give the baby up for adoption- boshqa insonlar asrab olishlari uchun boladan voz kechish 24.Due date /baby is due- bolani tug'ilish vaqti 25.Have the baby=give a birth to the baby- Farzand ko'rmoq 26.Adoptive parent- bola asrab oluvchi ot-ona 27.Raise child= bing up child - bolani boqmoq/o'stirmoq 28.Adopted child - asrandi bola 29.Birth mother- haqiqiy ona
Показати все...
🇬🇧Ingliz Tilini oson o'rganish uchun maslahatlar🇺🇿 ♻️1. Maqsadni aniq belgilab oling Aniq maqsadsiz biron ishda, hususan til o’rganishda, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu sababli, ingliz tilini o’zi nimaga o’rganmoqchi ekanligingiz haqida mulohaza qiling. Talabaligimda o’qishdan keyin xususiy til o’rgatish markazida ingliz tilidan dars berganman. Ilk darsni hamisha “Why do you want to study English?” savolidan boshlar edim. Afsuski, sinfning yarmidan ko’pi aniq maqsadni ayta olmas edi. Soddalik bilan “Ota-onam yuborayapti, foydasi tegib qolar,” deydiganlar ko’p uchrar edi. Til o’rganish uzun va mashaqqati jarayon bo’lgani sababli, bu yo’lga aniq maqsadsiz chiqqan kishi tilni hech qachon o’rgana olmaydi. Aksincha, oldingizga qo’ygan maqsadingiz qancha jiddiy bo’lsa, til o’rganish shuncha tez va samarali kechadi. Maqsadni hamma shart-sharoitidan kelib chiqib belgilashi mumkin. Masalan, maktab talabasi “Ikki yil ichida ingliz tilini o’rganib, Vestminster universitetiga grant asosida o’qishga kiraman” deb maqsad qilishi mumkin. Talaba esa “TOEFLga tayyorlanib, Amerika universitetlariga grant asosida magistraturaga o’qishga kiraman” deb niyat qilishi mumkin. Ishbilarmon kishi esa “Ingliz tilini o’rganish orqali biznesimga tegishli yangi know-how’larni o’rganib, kompaniyamni 5 yilda dunyo bozoriga olib chiqaman” deb maqsad qo’yishi mumkin. Unutmang, maqsad qanchalik jiddiy bo’lsa, til o’rganish shuncha tez va samarali kechadi. ♻️2. Til asosini takrorlash tashkil etadi Tilni doimiy takrorlashsiz o’rganib bo’lmaydi. Kuniga 10 yangi so’z yodlashingiz mumkin, ammo bu so’zlarni 1-2 kundan keyin takrorlamasangiz esingizdan chiqib ketishi aniq. Bunda eng samarali yo’llardan biri flesh kartalardir (flash cards). Yoki bo’lmasa, ko’zingiz eng ko’p tushadigan joylardan samarali foydalanishingiz mumkin. Shaxsan men kompyuter monitori atrofi va karavotim taxtasiga yangi o’rgangan so’zlarni kichik qog’oz parchasiga yozib yopishtirib qo’yardim. ♻️3. Muloqot qiling Til muloqot vositasidir. Shu sababli tilni o’rganish va rivojlantirish uchun, tabiiyki, muloqot qilishingiz kerak. Men talaba bo’lgan vaqtlarimda turli kutubxona va resurs markazlarida Speaking Club’lar bo’lar edi. Hali ravon gapira olmasangiz ham ishtirok etishga qo’rqmang. Tilni bilishiga qaramasdan bu kabi suhbatlarda ishtirok etishga uyalgan kishidan tilni hali tuzukroq bilmasa ham, gapirishga harakat qilgan kishi yutadi. Xullas, uyalmang, xatolar bilan bo’lsa ham gapiring. Yoki bo’lmasa, davomiy ingliz tilini mashq qilish uchun sherik toping. Tilni bir yoki bir-nechta sherik bilan o’rganishning yana bir foydali tomoni shundaki, bu usul sheriklar orasida o’ziga hos raqobat muhitini yaratadi. Mahalladoshingiz yoki maktabdagi sinfdoshingiz sizga sheriklik qilishi mumkin. Har hafta eng kamida 30 yangi so’z yod olishga va yakshanba kuni uchrashib, bir-biringizni sinashga kelishib olsangiz, sherigingizdan orqada qolmaslik uchun so’zlarni albatta yodlashga harakat qilasiz. ♻️4. Til o’rganish jarayonini hayot tarzingizga moslab boring Ingliz tilini o’rganish jarayonini hayot tarzingizga moslab boring. Masalan, har kuni universitetga metroda qatnasangiz kuniga eng kamida 30-40 daqiqa vaqtingiz metroda kechadi (har tomonga15-20 daqiqa hisoblaganda). Demak, metrodagi vaqtingizdan unumli foydalanish uchun turli Listening Comprehension’ni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tinglab ketishingiz mumkin. Men talaba bo’lgan vaqtlarimda darslar bekor qilinishi ko’p uchrardi. Bu degani orada eng kamida 1 soat keyingi darsni kutishim kerak edi. Sizda ham shu kabi holatlar uchrab tursa, bu vaqtni kutubxonaga kirib faqat ingliz tili bilan bog’liq bo’lgan ishlarga sarflashingiz mumkin. Yoki bo’lmasa,turli janrlarda kino ko’rmaydigan kishi topilmasa kerak.Kino ko’rmoqchi bo’lsangiz, uni ingliz tilida subtitrlari bilan tomosha qiling
Показати все...
For the Rest of My Life - Maher Zain.mp35.38 MB
🤔IGNORANCE AND INCOMPREHENSION 🤔НЕЗНАНИЕ И НЕПОНИМАНИЕ 🤔BILMASLIK VA TUSHUNMASLIK. 🇬🇧It beats me how people can believe him. 🇷🇺Просто не понимаю, как люди могут верить ему. 🇺🇿Odamlar unga (o'g'il bola) qanday ishonishadi, bilmadim. 🇬🇧I suppose there's no alternative. 🇷🇺По-видимому, нет другого выхода. 🇺🇿Bilishimcha, boshqa iloji yo'q. 🇬🇧I'm afraid not. 🇷🇺Боюсь, что нет. 🇺🇿Afsuski, yo'q. 🇬🇧I am puzzled. 🇷🇺Я затрудняюсь. 🇺🇿Men o'ylanib qoldim. 🇬🇧I'm afraid I can't grasp what you mean. 🇷🇺Боюсь, я не понимаю, что вы имеете в виду. 🇺🇿Afsuski, nimani nazarda tutganingizni tushunmayapman. 🇬🇧I can't remember how it's called. 🇷🇺Я не могу вспомнить, как это называется. 🇺🇿U nima deb atalishi esimga kelmayapti.
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.