cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Zakovat: Surxondaryo

Surxondaryo viloyatidagi “Zakovat” klubining rasmiy kanali. Kanalda Surxondaryo viloyatidagi “Zakovat” o‘yinlariga oid barcha ma’lumotlar berib boriladi. 📍 Manzil: Termiz shahri, Yoshlar markazi 👨🏻‍💻 Murojaat uchun: @SalohiddinOdilov

Більше
Рекламні дописи
3 491
Підписники
-2024 години
-897 днів
-44730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

🏆 Bundan tashqari viloyatimiz miqyosida ham yirik turnirlar bir emas bir necha bora oʻtkazildi. Oʻsha musobaqalarni esga olamiz. 30.01.2024. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi Surxondaryo viloyati “Prokuror kubogi” uchun “Zakovat” turniri.
🥇1-oʻrin. Denov tumani 98-maktab 🥈2-oʻrin. Denov tumani 10-maktab 🥉3-oʻrin. Denov tumani 50-maktab
12.02.2024. Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi Termiz shahrida oʻtkazilgan “Intellektual olimpiada” musobaqasi.
ZAKOVAT
🥇1-oʻrin. Boysun tumani 35-maktab 🥈2-oʻrin. Termiz shahar 2-IMI 🥉3-oʻrin. Sherobod tuman IM
BREYN-RING
🥇1-oʻrin. Boysun tumani 35-maktab 🥈2-oʻrin. Angor tumani 29-maktab 🥉3-oʻrin. Sherobod tuman IM
ERUDIT-KVARTET
🥇1-oʻrin. Angor tumani 8-maktab 🥈2-oʻrin. Termiz tumani 32-maktab 🥉3-oʻrin. Termiz shahar 2-IMI
13.02.2024. Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi Denov tumanida oʻtkazilgan “Intellektual olimpiada” musobaqasi.
ZAKOVAT
🥇1-oʻrin. Sariosiyo tuman IMI 🥈2-oʻrin. Qumqoʻrgʻon tumani 82-maktab 🥉3-oʻrin. Denov tumani 101-maktab
BREYN-RING
🥇1-o‘rin. Sariosiyo tuman IMI 🥈2-o‘rin. Denov tuman 2-IMI 🥉3-o‘rin. Shoʻrchi tuman IM
ERUDIT-KVARTET
🥇1-o‘rin. Denov tuman 2-IMI 🥈2-o‘rin. Sariosiyo tuman IMI 🥉3-o‘rin. Qumqoʻrgʻon tumani 82-maktab
20.03.2024. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” uchun “Zakovat” turniri.
🥇1-oʻrin. Boysun tumani 13-maktab 🥈2-oʻrin. Boysun tumani 35-maktab 🥉3-oʻrin. Boysun tumani 6-maktab
07.05.2024. “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” uchun “Zakovat” turniri.
🥇1-oʻrin. Termiz shahar 9-maktab 🥈2-oʻrin. Angor tumani 22-maktab 🥉3-oʻrin. Qumqoʻrgʻon tumani 35-maktab
📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Показати все...
👍 6🤩 6
❗️ 2023/2024 oʻquv yili ham tobora yakuniga yetib bormoqda. Xoʻsh bu yilgi oʻquv mavsumi viloyatimizdagi taʼlim muassasalarining “Zakovat” jamoalari uchun qanday boʻldi?! 15.10.2023. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri respublika bosqichi:
3-oʻrin. Denov tuman 2-son IMI 30 ball
28-oʻrin. Muzrabot tuman IM 18 ball
38-oʻrin. Denov tuman 1-son IM 14 ball
22.10.2023. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri respublika bosqichi:
7-oʻrin. Termiz shahar 9-maktab 29 ball
22-oʻrin. Qiziriq tumani 36-maktab 23 ball
26-oʻrin. Qumqoʻrgʻon tumani 82-maktab 22 ball
29.10.2023. O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri respublika bosqichi:
6-oʻrin. DXX CHQ “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi 22 ball
8-oʻrin. IIV Surxondaryo Akademik litseyi 21 ball
34-oʻrin. TerDU Akademik litseyi 14 ball
20.12.2023. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada doirasida “Zakovat” turniri respublika bosqichi:
11-oʻrin. Termiz davlat universitetida 21 ball
17-oʻrin. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 20 ball
📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Показати все...
👍 8
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🔥 Surxondaryo viloyati “Zakovat” klubida yoʻlga qoʻyilgan “Erudit-kvartet” o‘yini yozgi mavsumda ham haftaning har shanba kunlari Professional liga jamoalari o‘rtasida davom ettiriladi! ✔️ Musobaqaning yozgi mavsumi quyidagi tartibda navbatchilik asosida olib boriladi.
1-tur Sherali Tursunov 8-iyun 2-tur Choriyor Maxmatraimov 15-iyun 3-tur Iskandar Xolmirzayev 22-iyun 4-tur Salohiddin Odilov 29-iyun 5-tur Sherali Tursunov 6-iyul 6-tur Choriyor Maxmatraimov 13-iyul 7-tur Iskandar Xolmirzayev 20-iyul 8-tur Salohiddin Odilov 27-iyul 9-tur Sherali Tursunov 3-avgust 10-tur Choriyor Maxmatraimov 10-avgust 11-tur Iskandar Xolmirzayev 17-avgust 12-tur Salohiddin Odilov 24-avgust
📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Показати все...
👍 8🔥 1
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Surxondaryo “Zakovat” klubi jamoalarini APL jamoalariga qiyoslaganda!!! 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 No Comment Orada intriga saqlanadi, goʻyoki bu mavsum yangi chempion boʻladigan turyiladi, biroq yakunda baribir Manchester Sity gʻolib boʻladi. Ketma-ket chempionliklar. Judayam oʻxshash jamoalar. 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Ideal Plus Barcha har doim Arsenal chempion boʻlishini kutib yashaydi. Shunaqa chiroyli oʻyinlar qiladiki peshqadamlik uchun bir qadam qoladi. Biroq keraksiz yoʻqotilgan ochkolar sabab doimgidek ikkinchi oʻrinda qolib ketadi. Soʻnggi mavsumda eng koʻp 2-oʻrinni olgan jamoa ham Ideal Plus. 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Everest Everestda ham Yurgen Klopp mavjud. Jamoani yuqori kayfiyatda oʻyinlarga tayyorlay oladi. Ammo ochko suv va havodek zarur paytlar jamoaga nimadir yetishmay qoladi. Oʻxshash taqdirlar. 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Cosa Nostra Aston Villa singari yangicha qarashlar bilan jamoa professional ligaga kirib keldi. Hatto shunaqa davrlar boʻldiki jamoa chempionlik poygasida edi. Afsuski bir tempda oʻyinlarni ushlay olmadi va hozir ular 3-oʻrin uchun kurashda. 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Dofamin+ Son Xyon Mini bor jamoa arzimas oʻyinlarda natijalarni qoʻldan chiqarib yubordi. Tottenxem kabi bu jamoada ham barqarorlik gohida yetishmay qoladi. Tan olish kerakki jamoa kezi kelganda zoʻr oʻynab qoʻyib, hammaga bosh ogʻriq boʻla oladi. 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 S-team Harakter jihatidan bir-biriga mos jamoalar. Chelsida ham mavsum avvalida yetarli darajada transfer qilinadi, yulduzlar olib kelinadi, natija esa... Ammo shuni aytish kerakki, muhim pallalarda chiroyli oʻyini bilan oʻz muxlislarini xursand qilishni ham eplaydi. Har ikki jamoa ham koʻproq zavq olish uchun ishtirok etadi. 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Olimpik Tarkib jihatidan eng kuchli jamoalardan biri. Manchester Yunaytedga oʻxshashini bitta sababini aytaman. Manchester Sityni bugun kubokda qizillar yutib qoʻydi. Dekabr oyida Breyn-ringda ham No Comment ustidan huddi shunday kutilmaganda Olimpik jamoasi gʻalaba qozongan edi. S-teamga oʻxshab natija uchun emas hobby uchun oʻyinlarga tashrif buyurishadi. Respect. 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Elite Nyukasl Yunayted singari Elite ham kerak paytlarda jamoalarni oyogʻidan torta oladi. Yaxshi shakllanib kelayotgan jamoalardan biri. Keyingi mavsumlarda albatta natija qilishiga ishonsa boʻladi. Bu jamoa qachondir oʻz soʻzini aytadi. 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Biznesmenlar Bu jamoa haqida koʻproq narsa ham yozsak boʻlar edi. Katta ehtimol bilan jamoa zakovatdagi eng soʻnggi mavsumini oʻtkazmoqda. Ajoyib oʻyinlar uchun rahmat sizlarga. 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Показати все...
👍 15🔥 4
😯 Shuningdek bugungi natijalardan soʻng endi oxirgi turda 3-oʻrin uchun bira toʻla 3 ta jamoada imkoniyat hosil boʻldi. Everest Cosa Nostra Dofamin 🔥 12-tur shunchaki yonadi. 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Показати все...
👍 6🔥 2
#Rasman 🏆 Bugun oʻyinlardan soʻng “Surxondaryo professional liga” bahorgi mavsumida muddatidan oldin chempionlik va vitse-chempion nomlari aniq boʻladi.
🥇No Comment 🥈Ideal Plus
🎉 Bu jamoalar endi soʻnggi turda ishtirok etishmasa ham oʻz oʻrinlaridan pastga tushib ketishmaydi. Bu muvaffaqiyat bilan har ikki jamoa aʼzolarini samimiy muborakbod etamiz. Kelajakda ushbu jamoalardan Respublika miqyosidagi turnirlarda ham yuqori natijalar kutib qolamiz. 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Показати все...
🔥 5👍 1
🏆 Bugun “Surxondaryo professional liga” bahorgi mavsumida muddatidan oldin chempionlik masalasi hal boʻladi. “No Comment” ketma-ket beshinchi marta chempionlik uchun juda yaqin!
Ayni damda turnir jadvali va sovrinli oʻrinlar uchun imkoniyatga ega jamoalar:
1. No Comment 91,5 ball (eng yaqin taʼqibchidan 10 ball oldinda) 2. Ideal Plus 81,5 ball (eng yaqin taʼqibchidan 5,5 ball oldinda) 3. Everest 76,0 ball (eng yaqin taʼqibchidan 9 ball oldinda) 4. Cosa Nostra 67,0 ball (eng yaqin taʼqibchidan 4 ball oldinda) 5. Dofamin+ 63,0 ball (eng yaqin taʼqibchidan 12 ball oldinda) 🏆 Shuningdek bugun “Shaxsiy oʻyin” boʻyicha “Surxondaryo viloyati chempionati” bahorgi mavsumiga yakun yasaladi. Bu yerda ham Ilhom Yangiboyev muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qilgan. Umuman olganda “Ideal Plus” jamoasining oʻyinchilari kuchli uchlikni egallab turishibdi.
Ayni damda turnir jadvali va kuchli uchlik uchun imkoniyatga ega bilimdonlar:
🔥 🥇 Ilhom Yangiboyev 59,0 ball (eng yaqin taʼqibchidan 30 ball oldinda) 2. Dilshodbek Eshmoʻminov 29,0 ball (eng yaqin taʼqibchidan 2,0 ball oldinda) 3. Asliddin Panjiyev 27,0 ball (eng yaqin taʼqibchidan 1 ball oldinda) 4. Sherali Tursunov 26,0 ball (eng yaqin taʼqibchidan 6 ball oldinda) 5. Abdulaziz Xasanov 20,0 ball (eng yaqin taʼqibchidan 1 ball oldinda) 6. Salohiddin Odilov 19,0 ball (eng yaqin taʼqibchidan 4 ball oldinda) 🏆 “Erudit-kvartet”da ham chempionlik uchun qizgʻin kurash kechmoqda. Ehtimoliy “No Comment” jamoasining qoqilishi “Ideal Plus”ni turnir jadvalida 1-oʻringa olib chiqishi mumkin. 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Показати все...
👍 5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🔥 “Zakovat Intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati “Zakovat” klubida #bugun 25-may shanba kuni oʻtkaziladigan oʻyinlar roʻyxati bilan tanishing: 🏆 Erudit-kvartet (9-tur) Boshlanish vaqti: soat 16:30 🎤 Navbatchi jamoa: Elite 🏆 Professional liga (11-tur) Boshlanish vaqti: soat 18:00 🎤 Boshlovchi: Choriyor Maxmatraimov 🏆 Shaxsiy oʻyin (12-tur) Boshlanish vaqti: soat 20:00 📍 Manzil: Termiz shahri, Yoshlar markazi 📌 Moʻljal: Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi (lokatsiya) 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Показати все...
👍 1
Repost from Zakovat harakati
00:25
Відео недоступнеДивитись в Telegram
“Tahlil” loyihasining 2-sonini kutib oling! Bu safar asosan yosh va iqtidorli bilimdonlardan iborat Metaverse jamoasining o‘yinidagi ijobiy va salbiy holatlarni ko‘rib chiqamiz. 👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish @zakovatharakati
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥 🏆 Viloyatimizdagi barcha 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan bilimdonlarni “Professional liga” bahorgi mavsum 11-tur oʻyiniga taklif qilamiz! 📌 Manzil: Termiz shahri, “Yoshlar markazi” binosi. (lokatsiya) Savollar soni: 36 ta 🎤 Boshlovchi: Choriyor Maxmatraimov ❗️ Eslatma: o‘yin Toshkent shahri “Zakovat” klubi bilan bir xil vaqtda #ertaga 25-may, shanba kuni soat 18:00 da boshlanadi. ✅ Ishtirok etish istagida boʻlganlar @SalohiddinOdilov manzili bilan bogʻlanishlari soʻraladi. 📲 @Surxondaryo_ZakovatNNT
Показати все...
👍 1