Najmiddin Turon
Відкрити в Telegram
Dilda darding bo‘lmasa, Dardisarimni kovlama. Mashrab
Показати більше4 685
Підписники
-524 години
-297 днів
-8030 день
Архів дописів
4 685
***
Barglarning qonini so‘rsa tiyramoh,
Sim-sim yog‘dularin isitmasa moh,
Oshiqlar ohini shamol eltgan chog‘,
Deraza raxida guldonda munglig‘,
Gul yig‘laydi ''so‘lsam-o, so‘lsam''.
Bulbul nolasini xazon tush ko‘rsa,
Kuygundi shamlar-o lov-lov yosh ko‘rsa,
Ma'shuqlar ko‘zini ishqdan bo‘sh ko‘rsa,
Yonishdan qo‘rqmay-o, ko‘nishdan qo‘rqib,
Dil yig‘laydi ''yonsam-o, yonsam''.
Qamishlar oralab, shamol chalsa nay,
Quduq ko‘z ochmasa ming yillik sirday,
Bugun men yig‘laram, yig‘laram tinmay,
Senda men bordirman, oh, menda kim bor,
Kim yig‘laydi oh, men-o tinsam?
Asrlar ''ming yillik ol sabot'', desa,
Osmonlar enggashib ''ma qanot'', desa,
Azroil kelsayu ''bor hayot'', desa,
Oh, so‘nggi tilarim faqat bir bo‘lsa,
Rad etsam-da, o‘lsam-o, o‘lsam.
noyabr. 2018
©Najmiddin Ermatov
4 685
Sen kelmagan uyda har kun zax yutib,
Sog‘insam, o‘tinsam bilmasdan tinim,
Bahor kelganida ushbu izlardan
O‘sib chiqasanmi, sevgilim?..
©Najmiddin Ermatov
4 685
* * *
Sen kelmagan uyga sig‘masdan,
Tentisam, bo‘zlasam visoling tilab.
Bizlar birga yurgan yo‘llardan,
Izlaringni tersam bittalab.
So‘ngra qaytsam yana shu uyga,
Izlaringni qo‘ygani ekib.
Kunduzlar boshida parvona bo‘lsam,
Tunlari sug‘orsam tinmay yosh to‘kib.
Sen kelmagan uyda har kun zax yutib,
Sog‘insam, o‘tinsam bilmasdan tinim,
Bahor kelganida ushbu izlardan
O‘sib chiqasanmi, sevgilim?..
©Najmiddin Ermatov
4 685
***
юпатолмайди
бу кеча ҳам аёлни ҳеч ким
на эри
наки, бошқа тирик жон
хонани тутади изтироб иси
фақат овутади тонггача уни
қулоғига беркитиб
қўшни уйдан ўғирлаб чиқилган гўдак йиғиси
©Нажмиддин Эрматов
4 685
Yomg‘irman...
parlanib ketaman, singib ketaman
Ko‘zin kosa qilib yig‘guncha birov...
4 685
Ruhiyatga chizgilar
Oqqoshlar uchmoqqa shay,
Koʻzlarimni miltigʻu,
Qoʻlimni qafas qilay.
Ilonlar boʻgʻmoqqa shay,
Borsam jonim oladi,
Bormasam-da oʻldirgay.
Daryolar yutmoqqa shay,
Taqiqlarga qoʻl siltab,
Choʻkkunimcha choʻmilay.
Bir zindondan topib joy,
Qutulmoqni bu xushim,
Istamasa na qilay?..
Boʻldi oʻldim, man oʻldim,
Endi bitta oʻtinchim,
Tong otganda tirilay.
14.05.2018
©Najmiddin_Ermatov
4 685
***
Samoning qulogʻi balki hiloldir,
Har qalay soʻzlayman oyga entikib.
Quduqlar koʻmilgan ushbu zamonda,
Sirlarni bo'lmaydi unga berkitib.
Yongʻoqday yorila boshlaydi gaplar,
Tutunday samoga oʻrlaydi dardim.
Ming yillar ichida ikkinchi boʻlib,
Sartarosh ishini men ham bajardim
Kunduzlar koʻnglimga ekilar urugʻ,
Kunduzlar tilimga kishan solaman.
Tunlari ruhimdan ajralar vujud,
Tunlari daraxtdek gullab olaman.
Sartarosh taqdiri qaytarilmaydi,
Bilaman, sirlarim hech kimsa bilmas.
Xayriyat, u yoqda choʻponlar yoʻqdir,
Xayriyat, samoda qamishlar unmas.
©Najmiddin Ermatov
4 685
Yana keldim qoshingga, momo,
Ertak aytib bergin birgina.
Men o'zgacha o'ylagan dunyo,
Ertaklarga ketganmikin-a?
@Najmiddin_Ermatov
4 685
***
Yana keldim qoshingga, momo,
Ertak aytib bergin birgina.
Men o'zgacha o'ylagan dunyo,
Ertaklarga ketganmikin-a?
Aytganlaring unitolmadim,
Kattalikka ko'nikolmadim,
Parilar yo'q, yo'q ekan Rustam,
Yo ajdarho yutganmikin-a?
Laylilardan so'zlagan erding,
"Mening Laylim qayerda?", derdim,
Yo ularni Navoiy faqat
Dostonlarda bitganmikin-a?
Haqiqatga tik boqay devdim,
Bir boqay deb qancha qidirdim,
Men dunyoga kelmay dunyodan
U haqiqat o'tganmikin-a?
"O'n beshi qorong'u, o'n beshi yorug'",
degan eding, qani u yog'du?
O'n besh kunin bitkazib bo'lib,
Oy chiqmasdan botganmikin-a?
"Ko'ngil degan bir joy bor" derding,
"Chor tarafi bog', gulzor" derding,
Haqdan tonib uni odamlar,
Shaytonlarga sotganmikin-a?
Sevgi shirin sharob, derdilar,
Totmoq lazzat, azob, derdilar,
Achinaman dil sotgan kaslar,
Bu sharobni totganmikin-a?
Yana keldim qoshingga, momo,
Ertak aytib bergin birgina.
Qiyin ekan yashamoq bunda,
Ertaklarga ketsammikin-a?
11. 01. 2015.
©Najmiddin_Ermatov
4 685
Кетиб бораяпти ҳавода масрур,
Сенинг лабларингдан учган ҳиргойи.
Бахт менга ҳиргойи бўлиб кўринди,
Ахир бахт эдида у учган жойи...
4 685
* * *
Кетиб бораяпти ҳавода масрур,
Сенинг лабларингдан учган ҳиргойи.
Бахт менга ҳиргойи бўлиб кўринди,
Ахир бахт эдида у учган жойи.
Кетиб бораяпти ҳавода дилхун,
Қайгa кетаяпти, сархуш, билмайди.
Дард манга ҳиргойи бўлиб кўринди,
Ахир лабларингга қайтa олмайди.
©Нажмиддин Эрматов
4 685
***
men senga bir dasta
ertalarimni bermoqchi edim
sen esa bugunimdan qilding xulosa
axir u so‘lg‘in va xazonrez edi
axir tushunmading ertalar erta
sen olgach qanchalar ochilishini
olmading
@Najmiddin_Ermatov
4 685
***
Хаёлимни ушлолмаяпман,
Бир гўшадан келмайди бери.
У гўшада бир қиз ухлайди,
Хаёлини тушга ўгириб.
Уйқумни тун беркитиб қўйган,
Тополмадим қанча ахтариб.
У гўшада бир қиз ухлайди,
Уйқусини ҳуснига чайиб.
Юрагимни мен топиб олдим,
Варақларга тўкилмиш ғариб.
У гўшада бир қиз ухлайди,
Унаётган дардим суғориб.
©Нажмиддин Эрматов
@Najmiddin_Ermatov
4 685
saxardan to oqshomga qadar
tinglagancha shamol soʻzini
bunda yolgʻiz kampir yashaydi
yoʻlga tikib nursiz koʻzini
N. E.
12.11.2017
4 685
***
2017 yil 6 oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatida roʻy bergan avtohalokat oqibatida halok bo'lgan yurtdoshlarim xotirasiga bagʻshlanadi.
Sovub borar ikkita toʻshak
tebranishdan toʻxtagan beshik
yoʻl qaraydi siniq deraza
hazingina "gʻiyq"illar eshik
qahratonga tadoriksiz uy
yolgʻiz yongʻoq,
tap-taqir hovli
tuman kabi choʻkib qolgan vaqt-
oyoqlari tushovli
saxardan to oqshomga qadar
tinglagancha shamol soʻzini
bunda yolgʻiz kampir yashaydi
yoʻlga tikib nursiz koʻzini
©Najmiddin Ermatov
@Najmiddin_Ermatov
4 685
Қор мисоли кафтингга қўндим,
Куйиб кетди кафтинг тафтимдан.
Тисарилдинг,
ахир билмасдинг,
қорнинг чўғдек ёнишин, эркам.
Мен ёнардим,
Сен ҳайрон эдинг,
Ҳадик ичра юмдинг кўзингни.
Кўз ўрганган, юрилган ўша,
Йўллар томон бурдинг юзингни.
Кетаяпсан, ёнаяпман мен,
Ортингда қор- оппоқ аланга.
Олдинг совуқ – ёғаяпти қор,
Ишонч билан боқдинг ўшанга.
Ранжимагин, ёнаркан дея,
Кетавергин сен ўша издан.
Ранжимайман
Дунёнинг совуқ
Қорларига кўниккан қиздан.
©Нажмиддин Эрматов
@Najmiddin_Ermatov
4 685
Севгим бу юкимдир, севганим – манзил.
Юк эзади қўймайди,
Ҳижронга ҳеч тўймайди,
Бир умрга бўйнимда,
Ҳеч қутулиб бўлмайди.
Юксиз ахир манзилга
кўчиб кета олмайман.
Севгим замин эрур, севганим – осмона.
Осмондадир нигоҳим,
Осмондадир хаёлим,
Осмондадир бу жоним,
Нетай, ерда ҳаётим.
У тортади
қўймади,
учиб кета олмайман.
Севгим бу зиндондир, севганимдир – эрк.
Шу эрк эрур соғинчим,
Шу эрк эрур ўтинчим,
Фақат тубсиз зиндондан
Қутулмоққа йўқ кучим.
Тутқунлик умримга тенг,
қочиб кета олмайман.
©Нажмиддин Эрматов
@Najmiddin_Ermatov
4 685
Халққа ва Холиққа терс бурсам йўлим,
Шайтон нағмасига тебранса қўлим,
Заррача бедорлик сезмаса кўнглим,
Демакки, мудроқман, мудроқлик-ўлим,
Уйғотинг мени.
Шамолга мосланиб тебрансам агар,
Тағин ашъор битсам кундан кун баттар,
Демaкки, кўзим кўр, қулоқларим кар,
Тош қотган кўксимга уринг-да ханжар,
Йиғлатинг мени.
Юриб кетаяпман йўллар ортимда,
Эсиз кетаяпти диллар ортимда,
Кўксимда тош ўйнар диллар ортимда,
Мен хато йўлдаман, сизлар ҳам жим-да,
Тўхтатинг мени.
Савил кетаяпти бир умр шундоқ,
Қўлимда хилпирар бир фоний байроқ,
Бу умр ўткинчи, хотира узоқ,
Жавобим не бўлар Ҳақ сўраган чоғ,
Буткул енгмасидан мени бу тузоқ,
Уйғотинг мени,
Йиғлатинг мени,
Тўхтатинг мени.
©Нажмиддин Эрматов
@Najmiddin_Ermatov
4 685
***
Эртамни ушоқдек сочдим ҳавога,
Бир кун кабутарлар териб ер ахир.
Кечам танга каби тушиб қолибди ,
Сичқонлар инига судраб кетгандир.
Бугунга сиғдирдим ишқни ва сени,
Айрилиқ ҳам сиғди, ҳижрон ҳам бунда.
Фақат ўзимга жой қолмади, ахир,
Айт, энди яшайин қайси бир кунда.
©Нажмиддин Эрматов
@Najmiddin_Ermatov
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
