uk
Feedback
Najmiddin Turon

Najmiddin Turon

Відкрити в Telegram

Dilda darding bo‘lmasa, Dardisarimni kovlama. Mashrab

Показати більше
4 702
Підписники
-624 години
-207 днів
-7130 день
Архів дописів
Бир юпанч бор эди айтарли, Бир ишонч бор эди идраган. Битта йўл бор эди қайтарли, Битта гул бор эди қайтмаган. Оппоқ қор ёққа
Бир юпанч бор эди айтарли, Бир ишонч бор эди идраган. Битта йўл бор эди қайтарли, Битта гул бор эди қайтмаган. Оппоқ қор ёққанда гупуриб, Оҳ-зорлар оғдирди эсимдан. Оқшомга юз бурдим тонг туриб, Оҳ, Соғинч, сен кимнинг исмисан?.. Бу қисқа кўринган кунмиди, Бу қистаб жон олар тундир-а? Май тусаб турибман тўлдиру, Ҳа, истаб юрибман ўлдира... Ютганда энг сўнгги ютумни, Чиққанда оғринчнинг измидан, Айтқани, унутган отимни, Айт, Соғинч, сен кимнинг исмисан?.. https://t.me/Najmiddin_Ermatov

U bir sheʼrida “Qovogʻingga kimdir don sepgan, kiprigingga qushlar qoʻnibdi” deb yozadi. Qarang, qanday ajoyib jozibali manzara, sehrli shoirona talqin va xalqona oʻtkir oʻrinli ifoda. Shu ikki misra orqali shoir tashbeh sanʼatining mahoratli ijodkori ekani koʻrinadi. Najmiddinning ijodida olimlarga xos tafakkur bilan noziktaʼb shoirlik oʻzaro uygʻunlashib ketadi. Shoir oʻzining butun idrok va hissiy iqtidorini soʻz ustida ishlashga safarbar qiladi. Shuning uchun ham sheʼrlarida... Maqolaning to‘lig‘i 👇👇👇 https://oyina.uz/uz/article/3292

Repost from Jadid.uz
❗️ Spektakl hamda 1000 dollarga sotilgan “Koʻk boʻri” – Najmiddin Ermatovning nazm kechasi boʻlib oʻtdi Alisher Navoiy nomida
+9
❗️ Spektakl hamda 1000 dollarga sotilgan “Koʻk boʻri” – Najmiddin Ermatovning nazm kechasi boʻlib oʻtdi
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “Mutolaa” loyihasi doirasida isteʼdodli shoir Najmiddin Ermatovning "Qo‘rboshilar qo‘shig‘i" nomli nazm kechasi tashkil etildi. Mazkur jarayondan sara suratlar va unda o‘qilgan she’rlar bilan saytimizdagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
📱 Batafsil: jadid.uz/qorboshilar-qoshigiJadid.uz’ga obuna bo‘ling

Repost from Mutolaa
😊 Yilning eng eksklyuziv sheʼriy spektaklidan lavhalar! 🔥 "Mutolaa" loyihasi doirasida tashkil etilgan sheʼriy kecha kutilg
+7
😊 Yilning eng eksklyuziv sheʼriy spektaklidan lavhalar! 🔥 "Mutolaa" loyihasi doirasida tashkil etilgan sheʼriy kecha kutilganidan-da ajoyib atmosfera va unutilmas voqeliklar bilan oʻtdi! • Ushbu tadbirda yosh hamda iqtidorli shoir Najmiddin Ermatov oʻz sheʼrlari bilan barchani qoyil qoldirgan boʻlsa, dastur mehmoni aktyor Erkin Bozorov chiqishlari tadbirni yanada fayzli oʻtishiga sababchi boʻldi. Kechamizni tashkil qilishda yaqindan yordam koʻrsatgan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyatiga tashakkur bildiramiz. Bizni kuzatishda davom eting👇 Telegram | Instagram | Facebook | Ilova

BUGUN!...

Izlam turkumidagi ijodkorlarning telegramdagi ijodiy kanallari: 1-mavsum Azizbek Norov @kitob_xiyoboni Tillaniso @TillanisoEN
+1
Izlam turkumidagi ijodkorlarning telegramdagi ijodiy kanallari: 1-mavsum Azizbek Norov @kitob_xiyoboni Tillaniso @TillanisoEN Xurshid Abdurashid @xurshidabdurashid Jontemir @jontemir_t Feruza Xayrullayeva @FeruzaXayrullayeva Madina Norchayeva @Madina_Norchayeva Muhammad Siddiq @Muhammad_Siddiq Mirzohid @bobil_kutubxonasi 2-mavsum Furqat Alimardon @f_alimardonqoralamalari Bayram Ali @BeshinchiTomon Sevara Alijonova @sevara_alijonova Mansur Jumayev @Mansur_Jumayev Najmiddin Ermatov @Najmiddin_Ermatov MehrNoz Abbosova @mehrnoz_abbos MohiRa @Altruistning_qizi Nozima Habibullayeva @Nozima_Habibullayeva Suhrob Ziyo @suhrob_ziyo1 Jaloliddin Sayyid @jaloliddinsayid Gulhayo Anorova @GulhayoAVRON Shahriyor Shavkat @shahriyor_shavkat Jumanazar Yo‘ldosh @Jumanazar_Yuldash Rahmat Bobojon @Rahmat_Bobojon 📚 @akademnashr
#IZLAM to‘plamini chegirmali narxda xarid qiling.
Xarid: t.me/akademsavdo Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Repost from Mutolaa
📢 Yilning eng kutilgan kechasi - "Qo'rboshilar qo'shig'i" she'riyat spektakliga marhamat! 🎙️ She’riyat va adabiyotga oshuft
📢 Yilning eng kutilgan kechasi - "Qo'rboshilar qo'shig'i" she'riyat spektakliga marhamat! 🎙️ She’riyat va adabiyotga oshufta qalblar uchun, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” teatrlashtirilgan kechasini taqdim etadi. ➡️ Dastur bosh qahramoni: yosh va iste'dodli shoir Najmiddin Ermatov ➡️ Dastur mehmoni: taniqli aktyor va shoir Erkin Bozorov 🔖 So‘z va adabiyot muxlislarini 12-dekabr (kuni) soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz. 👇 Ro’yxatdan o’tish uchun: https://forms.gle/JXuWztq9yywF8wbNA 👤 Yilning eng eksklyuziv tadbirini aslo o'tkazib yubormang! Telegram | Instagram | YouTube

Унгача чидайвер, бовурим, Симобдай ютилса ҳаволар. Унгача яғриндан яғирин Тулпорлар оларда даволаб. Унгача, куюклим, суюклинг
Унгача чидайвер, бовурим, Симобдай ютилса ҳаволар. Унгача яғриндан яғирин Тулпорлар оларда даволаб. Унгача, куюклим, суюклинг Аёзда кўз ёши музласа, Чидайвер, чидайсан бу юкнинг Ипини баҳорлар узмаса. Унгача қушларнинг ортидан Дарахтлар учади олланиб. Қақшаган дарёлар юртида Оғочдай қоларсан зорланиб. Отанг ҳам чидаган, сиқилма, Эгатга эш билиб бошини. Остонанг бошига тиғ илма, Ўғрига едиргин ошингни. Бахтидай ёрилиб товони Орзуси кулук бу оналар Унгача чидатиб дунёни Туғади сендайин болалар. Чидайвер ғурбатда меҳнатдан Нон топган ҳеч кимса ўлмас-а? Бу чидоқ қон сурар, албатта, Боланг ҳам чидайди ўлмаса. Чидовга ўргатгин барчани Ғойибдан келгувчи кунгача. Чидайвер, минг йиллик арчанинг Умри ҳам тугайди унгача. Қимсатинг қуяди қулоққа: “Ҳислат бу, эмасдур иллатинг!” Чидаш-ла борурсан узоққа, Унгача бормайди миллатинг... Унгача чидайвер, бовурим. Н.Э. Декабрь, 2024 https://t.me/Najmiddin_Ermatov

Shoir Najmiddin Ermatovning “Izlam” loyihasi doirasida nashr etilgan “Turon sog’inchi” kitobi haqida suhbat. @mehrnoz_abbos

Qor misoli kaftingga qo'ndim, Kuyib ketdi kafting taftimdan. Tisarilding, axir bilmasding, Qorning cho'g'dek yonishin, erkam.
Qor misoli kaftingga qo'ndim, Kuyib ketdi kafting taftimdan. Tisarilding, axir bilmasding, Qorning cho'g'dek yonishin, erkam. Men yonardim, sen hayron eding, Hadik ichra yumding ko'zingni. Ko'z o'rgangan, yurilgan o'sha, Yo'llar tomon burding yuzingni. Ketayapsan, yonayapman men, Ortingda qor- oppoq alanga. Olding sovuq- yog'ayapti qor... Ishonch bilan boqding o'shanga. Ranjimagin, yonarkan deya, Ketavergin sen o'sha izdan. Ranjimayman, dunyoning sovuq Qorlariga ko'nikkan qizdan. https://t.me/Najmiddin_Ermatov

KO‘K BO‘RI                 Najmiddin Ermatov ijodiy makoni, xususan, uning "Turon sog‘inchi" she’riy to‘plami haqida so‘z yuritganda, avvalo uning she’riyatini "yovqirlik" ruhi, ya’ni jasorat, ichki kuch va o‘zlikni anglash bilan uyg‘unlashgan ijod sifatida tasvirlash lozim. Shayton, taqiq va afsusni aks ettirgan ochilish misralaridan to butun to‘plamning "Jon", "Qon", "Shon" kabi bo‘limlariga qadar shoirning insoniyat, tarix va turkiy xalqlarning kechinmalari bilan qiyoslanadigan mushohadasi aks etadi. Bu to‘plamni adabiy jihatdan tahlil qilishda uning o‘ziga xos xususiyatlari va hozirgi o‘zbek she’riyatidagi o‘rnini aniqlash muhimdir.                 "Turon sog‘inchi"dagi asosiy motivlardan biri — tarixiy-madaniy sog‘inch va hozirgi zamon bilan o‘tmish o‘rtasidagi dialektik aloqa. Shoir bu asarda insoniyatning yashash ma’nosi, taqdir va millat ruhiyatini falsafiy maslak bilan aks ettiradi. "Shayton", "taqiq" va "afsus" kabi ramzlar orqali Ermatov insoniyat tarixidagi muqaddas va murakkab davrlarni qayta talqin qiladi. Uning she’rlarida ko‘pincha milliy-madaniy qadriyatlar orqali bugungi avlodning o‘zini anglash masalasi yotadi.                 Kitobning "Jon", "Qon", "Shon" kabi qism(qur)larga bo‘lingani uning mazmunini tuzilma va mavzu jihatidan uyg‘unlashtiradi. Har bir bo‘lim ma’lum bir ramziy g‘oyani aks ettiradi: "Jon" hayot falsafasi, muhabbat va insoniy kechinmalarni; "Qon" kurash, adolat va xalqning mustaqillik yo‘lidagi jasoratini; "Shon" esa Turon diyorining shonli o‘tmishi va uning yangi davrdagi o‘rnini ifodalaydi.                 Ermatovning yana bir muhim yutug‘i — tilning ravon va tabiiyligi. Shoir xalq og‘zaki ijodidan ilhomlanib, qadimiy turkiy so‘zlar va iboralarni jonlantiradi. U zamonaviy she’riyatdagi ortiqcha murakkablik va tilimizga "begona" bo‘lgan arab-fors-yunon so‘zlaridan qochadi. Bu o‘quvchiga shoir fikrini yaqinroq his qilish imkonini beradi. "Yovqirlik" sifatida talqin etilgan bu uslub o‘quvchini faqat tarixiy qahramonlar bilan emas, balki o‘zining ichki kuchi bilan ham bog‘laydi.                 To‘plamning uch qismga ajratilishi kitobning ichki mantiqiy izchilligini ta’minlaydi. Bu nafaqat mavzularni aniq ifodalashga, balki o‘quvchini muayyan his-tuyg‘ular zanjiri bo‘ylab olib borishga xizmat qiladi. Kitobning muqovasi ham bu ramziy tuzilmani aks ettirib, "Turon sog‘inchi"ni she’riy jihatdan eng yaxshi tartiblangan asarlardan biriga aylantiradi.                 Muallif ovozining she’rlariga singishganligi alohida e’tiborga loyiqdir. O‘quvchi she’rlarni ichdan o‘qir ekan, shoirning o‘z ovozini his qiladi. Bu she’riy tuyg‘ularning jonli va tabiiyligini oshiradi.                 Najmiddin Ermatovning "Turon sog‘inchi" she’riyati zamonaviy o‘zbek she’riyatining yangi bosqichini aks ettiruvchi muhim ijodiy yutuqdir. Unda tarixiy-madaniy sog‘inch, milliy qadriyatlar va zamonaviy inson kechinmalari mahorat bilan uyg‘unlashtirilgan. Bu she’riyat o‘quvchini nafaqat qadimiy Turon ruhiyatiga, balki yangi davr ma’nosini izlashga ham undaydi. Ermatovning tili tabiiy va aniq bo‘lib, u xalq ruhi bilan uyg‘unlashgan ijodkor sifatida milliy adabiyotimizda munosib o‘rin egallaydi.                 Maqola va maqolalarning to‘lig‘ini o‘qish 👇👇👇 https://t.me/santuagaraoflibrary/2976

Уфққа қараб қушлар учди, Ўнги келмай тушлар учди, Тўкилганим увол дея Парланиб-о, ёшлар учди. Бир мен қолдим учолмаган. Висол
Уфққа қараб қушлар учди, Ўнги келмай тушлар учди, Тўкилганим увол дея Парланиб-о, ёшлар учди. Бир мен қолдим учолмаган. Висол мендан кечиб кетди, Хулё сари кўчиб кетди, Кўзларима тиккан ўша Чимилдиғин ечиб кетди,. Бир мен қолдим кечолмаган. Ғусса келди қўлида тўр, Кишан, тушов - яроғи мўл, Чирқиллади oлашақшақ, Қочиб кетди ҳаттоки йўл. Бир мен қолдим қочолмаган. На илдиз бор, ва на қанот, Фақат дард бор йўқдир сабот, Аҳволима бўзлаб, бўзлаб, Менда яшаб ўтди ҳаёт. Бир мен қолдим яшолмаган. Бир мен қолдим яшолмаган... ©Нажмиддин Эрматов 2019, феврал

Repost from MehrNoz
#Izlam #Kitobli_yakshanba Bu galgi “Kitobli yakshanba” da Najmiddin Ermatovning “Turon sog’inchi” kitobini tahlil qilamiz. Or
#Izlam #Kitobli_yakshanba Bu galgi “Kitobli yakshanba” da Najmiddin Ermatovning “Turon sog’inchi” kitobini tahlil qilamiz. Orangizda kitobni o’qib tugatganlar bormi? Yakshanbagacha sotib olib, o’qib chiqishga ulgurasiz. @mehrnoz_abbos

📘 Najmiddin Ermatov, “Turon sog'inchi” Xarid: t.me/akademsavdo 📚 @akademnashr
📘 Najmiddin Ermatov, “Turon sog'inchi”
Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr

Repost from MehrNoz
#Izlam #Kitobli_yakshanba Bu galgi “Kitobli yakshanba” da Najmiddin Ermatovning “Turon sog’inchi” kitobini tahlil qilamiz. Or
#Izlam #Kitobli_yakshanba Bu galgi “Kitobli yakshanba” da Najmiddin Ermatovning “Turon sog’inchi” kitobini tahlil qilamiz. Orangizda kitobni o’qib tugatganlar bormi? Yakshanbagacha sotib olib, o’qib chiqishga ulgurasiz. @mehrnoz_abbos

Бугун даврадош жўрамиз, шоир, журналист Дилмурод Дўст тувилган кун! ОҚШОМ. СЕН ВА РАСМ Тошкент тунги чироқлар Нурлари оғушида
Бугун даврадош жўрамиз, шоир, журналист Дилмурод Дўст тувилган кун! ОҚШОМ. СЕН ВА РАСМ Тошкент тунги чироқлар Нурлари оғушида. Чироқ нурларин рақси Ҳайрат навозишида. Эслатар бунда сени Ҳар қадам, гулу гиёҳ. Чироқ орзуларингдек Товланур пушти, сиёҳ... Тарих мулкига жойлаб Ўшал кун, ул насмни. Чироқлар ёғдусида Тушгандик бу расмни. Бугун сен йўқ, қолгани Расм, тунги чироқлар. Энди мен билан кезар Боғни соғинч, фироқлар... Ҳайронман бу ҳолга мен, Сенсиз ҳам осмон ойли. Васлинг билмадим, аммо Ҳижронинг ҳам чиройли. Тошкент тунги чироқлар Нурлари оғушида... © Дилмурод Дўст

Qanoti siniqku, ucholmas bulbul, Tillari kesilgan, tumshug‘ida zang. Sendan kattalarning hadigi sabab, Sening zamoningdan quv
Qanoti siniqku, ucholmas bulbul, Tillari kesilgan, tumshug‘ida zang. Sendan kattalarning hadigi sabab, Sening zamoningdan quvilgan ohang. Dilginang hapqirar hayajon yutib, Sezasan nimadir chekishin nola. Tinmay entikasan mo‘jiza kutib, Qafasning sayrashin kutyotgan bola. https://t.me/Najmiddin_Ermatov

Бугун ака-жўрам Дадахон Муҳаммадий туғилган кун! КЕЧИККАН ЙЎЛОВЧИ Поезд кетиб бўлди. Энди қайтамиз. Кечиккан йўловчи, не кеча
Бугун ака-жўрам Дадахон Муҳаммадий туғилган кун! КЕЧИККАН ЙЎЛОВЧИ Поезд кетиб бўлди. Энди қайтамиз. Кечиккан йўловчи, не кечар ҳолинг? Битта чиптачию бир қоровулдан Бошқа ҳеч кимсага келмас малолинг. Кечиккан йўловчи, кел, мен билан юр, Иккиланяпсанми қайтишга, ахир? Бир шунга қўл силтаб кетолмаяпсан, Поезд – тақдир эмас, пешонанг – тақдир. Йўловчи, кўнглингдан нималар кечди? Ҳар мусофир – меҳмон, бизнинг ақида. Қўшиқлар айтамиз, шеърлар айтамиз, Кечикиш ҳақида, кечиш ҳақида... Кўнглингдан ўтганин мен ҳам сезганман, Зулматдан гўёки қочиб панага. Мен ҳам кетмасликка баҳона излаб, Бир ўзим қолганман чиптахонада. Қаерга кетяпман – исмсиз манзил, Чиптага ёзиб ҳам бўлмайдиган жой. Кечикканинг, балки, фожеамасдир, Сен ҳам бебахтмассан қолиб, ҳойнаҳой... Поезд кетиб бўлди. Энди қайтамиз. Кел, энди, дўстимми, инимми, оғам... Ҳеч ким кузатгани келмади, тушун, Атай поездига кечиккан одам!.. ©Дадахон Муҳаммадиев @dadaxonmuhammadiy

Чопиб-чопиб тоғларда Бориб-бориб адашсам. Сулув-сулув оҳулар Орқасидан эргашсам. Баланд-баланд қоялар, Чуқур-чуқур зовларда Т
Чопиб-чопиб тоғларда Бориб-бориб адашсам. Сулув-сулув оҳулар Орқасидан эргашсам. Баланд-баланд қоялар, Чуқур-чуқур зовларда Таъқиб қилса қашқирлар Омон чиқсак овлардан. Зилол-зилол булоқдан Қониб-қониб сув ичсам. Куюк кўнгил жисмима Яхтай ҳовур тирмашса. Қаттиқ-қаттиқ тошларга Бериб ётсам кўксимни, Ҳайрон-ҳайрон какликлар Учиб ўтса устимдан. Эзиб-эзиб ҳаққушлар, Мунглиғ куйин бошласа, Эзғин-эзғин хаёллар Келиб кўзим ёшланса. Ўтлиғ-ўтлиғ туйғулар Чорлаганда кўнглимни Қорли-қорли кўчкилар Ёпиб қўйса йўлимни. Юксак-юксак чўққилар Кетай, десам қўймаса, Бориб-бориб тоғларда Қолсам! Биров билмаса. https://t.me/Najmiddin_Ermatov