cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

MMTV | Ta‘limga oid hujjatlar

Kanalimizda Maktabgacha va maktab ta’limiga oid barcha hujjatlar joylanadi, ta’limiy yangiliklar yoritiladi. Xalq ta’limi xodimlari uchun maxsus kanal. Kanal manzili: https://t.me/joinchat/Sysb1MrRfYGyQDFU

Більше
Рекламні дописи
3 153
Підписники
-124 години
-337 днів
-14130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#Ovozli_chat Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha ovozli chat 📆 2024-yil 16-may (payshanba) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Ovozli chat Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etadi va savollarga shaxsan javob beradi. 🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
👍 2
⚡️Мактабгача ва мактаб таълими вазири жамғармаси ҳисобидан ҳар ойлик устама оладиган педагоглар рўйхати эълон қилинди Унга кўра, вазирлик тизимида фаолият юритаётган 1 005 нафар малакали педагог кадрларга 2024-йил май ойидан 2025-йил январ ойига қадар (9 ой) меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 5,5 баравари миқдорида ҳар ойлик устама тўлаб борилади.
Показати все...
👍 3
Бепул эссе дарси бошланди, қатнашинг, очиқ дарс бошланғич синф, ўзбек тили ҳамда она тили ўқитувчилари учун👇👇👇👇 https://t.me/RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
Показати все...
RESPUBLIKA FILOLOGLARI

👨‍💻Kanal Respublika filologlariga metodik yordam uchun tashkil qilindi. 📖 Kanalda ona tili va adabiyot, o'zbek tili fanidan ma'lumotlar, ta'limiy yangiliklar yoritiladi. Murojaat: @RF_ADMINKA

👍 3
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. 📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊
Показати все...
👍 1
Ўқитувчиларимиз кутаётган қарор лойиҳаси Кўплаб ўқитувчи ва экспертларнинг таклифларини инобатга олган ҳолда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳамда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги қўшма қарори лойиҳасини ишлаб чиқибди. Муҳокамага қўйилган ушбу янги лойиҳада талаб этилган минимал даражани эски лойиҳадан фарқли равишда бир поғонадан туширган ҳолда, умумтаълим фанлари учун "B+" даража (60 баллдан юқори), бошланғич таълим учун эса "C" даража (46 баллдан юқори) талаб этилишини белгилаган. Маълумот учун, эски лойиҳада умумтаълим фанлари бўйича миллий сертификатдан РАШ модели бўйича "А" ва "А+" даража кўрсатган ўқитувчиларга, бошланғич таълим (математика ва она тили ва адабиёт) учун эса "С+" ва ундан юқори даражага устама берилиши назарда тутилган эди. Лойиҳа муҳокамаси 22 майга қадар давом этади. Киринг, кўринг ва ўз таклифларингизни билдиринг! 👇👇👇 https://regulation.gov.uz/oz/d/98472
Показати все...
Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida

👍 2
Qo‘llab-quvvatlagan barchaning xonadonlariga baraka nurlari yog‘ilsin🤲🤲, Alloh rozi bo‘lsin!
Показати все...
👍 1
Assalomu alaykum, azizlar, xayrli kun! Sizlardan kichkinagina iltimosimiz bor, maktab miqyosida tashkil qilinayotgan tanlovda bolajonimizni qo‘llab-quvvatlasangiz, faqat 10 soniyagina vaqtingiz ketadi, reaksiya qoldirib 👍👏 ovoz berasiz, ovoz berish uchun pastdagi ko‘k yozuvni bosing! #15_ishtirokchi Almambetov Sultanbek 👇👇👇👇👇 https://t.me/shimbay43mektep/1942
Показати все...
👍 2
⚡️Ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda Metodik xizmat boʻlimlari huzuridagi  Oʻquv metodik kengashlar tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda. ❌ 2024-yil 15-may kuni Kengashlar tomonidan "Rad etilgan" metodik ishlar va rad etish sabablari eʼlon qilinadi. ✅ 2024-yil 20-may kuni barcha tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan metodik ishlar eʼlon qilinadi.  ❌ Metodik ishlari Oʻquv metodik kengash qarori bilan "Rad etilgan" talabgorlardan apellyatsiya qabul qilinmaydi.  ➡️ Qolgan barcha turdagi shikoyat arizalari 20-maydan 23-maygacha o'z ishlarini ommalashtirishga topshirgan ishtirokchilar apellyatsiya arizasi taqdim etishi mumkin. Arizalar faqat talabgorning shaxsiy kabineti orqali (PDF formatda) qabul qilinadi. ➡️ 2024-yilning 20-maydan 30-maygacha Metodik xizmat boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqadi va javob xatini talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi. 📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊
Показати все...
Ўқитувчи ота-оналар номидан kundalik.com'га кириши керакми? @Yurist_Xizmati 4515-савол: Assalomu aleykum! Men 11-sinflarga sinf rahbarman. Maktabimiz zavuchi o'quvchilarning emaktab ya'ni kundalik.comda ota-onalar faolligi bo'yicha siz ma'sulsiz deb bu sizga 205-buyruq bo'yicha yuklatilgan deb qo'ymayapti. Ota-onalarni majburiy obuna qilganday qildik. Endi ularning farzandlarining baholarini ko'rib chiqishiga undashimiz aks holda o'quvchilarning ota-onasining login, paroli bilan birma-bir kirib chiqing o'zingiz deyapti?! Bu qanchalik qonunga to'g'ri keladi?! ЮРИСТ ЖАВОБИ: ❗️Бу масалада сиз завучнинг ҳаракатлари устидан туман адлия бўлимига ёки меҳнат инспекторига мурожаат қилишингиз лозим. Унинг бу ҳаракатлари ноқонунийдир. 1⃣ Биринчидан, Меҳнат кодекси кодекс 115-моддасига кўра иш берувчи ходимдан қуйидагиларни талаб қилишга ҳақли эмас: 👉 агар ушбу Кодексда ва бошқа қонунда бошқача қоидалар белгиланмаган бўлса, меҳнат шартномасида шарт қилиб кўрсатилмаган ишни бажаришни; 👉 қонунга хилоф бўлган, ходимнинг ёки бошқа шахсларнинг ҳуқуқларини бузадиган, ҳаёти ва соғлиғини хавф остига қўядиган, уларнинг шаъни, қадр-қиммати ҳамда ишчанлик обрўсига путур етказадиган ҳаракатларни амалга оширишни. 2⃣ Иккинчидан, Педагогнинг мақоми тўғрисидаги қонун 5-моддасига асосан педагогни касбий фаолияти билан боғлиқ бўлмаган ишларга жалб этиш тақиқланган. 3⃣ Учинчидан, Умумий ўрта таълим муассасаларининг педагогик мутахассисликлари бўйича намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби тўғрисидаги Йўриқнома (рўйхат рақами 3058) 15-бандида Умумий ўрта таълим муассасалари педагог ходимлари томонидан синф журнали (босма ёки электрон) юритилиши белгиланган. Бунда ўқитувчи ўз лавозим мажбуриятларидан келиб чиқиб, жунрал юритади. Қаранг! Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023-йил 20 - декабрдаги 565-сонли буйруғига 37-иловада тасдиқланган Умумий ўрта таълим муассасалари (айрим фанлар чуқур ўрганиладиган ихтисослаштирилган муассасалар) ходимларининг лавозим мажбуриятлари белгиланган бўлиб, унда ўқитувчининг электрон журнални юритиш мажбурияти белгиланган. ❗️Шунга кўра ўқитувчи дарсда давомад ва баҳоларни кундалик платформасига киритиши шарт. Лекин унинг мажбуриятлари қаторида ота-оналарнинг номида кириш қайд этилмаган. ❌ Шунга кўра бундай талаб қўйиш мутлақо тақиқланади. Бу вазиятда завучнинг ҳаракати учун унга маъмурий жавобгарлик чораси қўлланилиши мумкин. 📩 Юристга савол юбориш ☎️ Қўнғироқ орқали юрист билан ҳозироқ онлайн боғланиш 📚Барча турдаги ҳужжатларга буюртма бериш Каналимизга уланинг                 👇👇 👉 @Yurist_Xizmati‌‌
Показати все...
👍 1
04:25
Відео недоступнеДивитись в Telegram
БУГУН 9 МАЙ «ХОТИРА ВА ҚАДРЛАШ» КУНИ XIX асрнинг иккинчи ярмидан бошланган рус босқинида, ХХ аср биринчи ярмидаги қатлиомларда шаҳид кетган 1 000 000 ватандошларимиз, 1937-1953 йилларда қатағонга учраган 100 000, шундан отиб ташланган 13 000, Иккинчи жаҳон урушида қурбон бўлган 500 000, 1980 йиллардаги "Пахта иши"да жувонмарг кетган 10 000 лаб, Мустақиллик даврида Ватан ва Ҳалқ учун жонини берган минглаб юртдошларимиз... Барчаларини эслаймиз ва қадрлаймиз! Ватан, халқ ва Ҳақ учун хизмат қилиб жон берган барча фидойилардан Аллоҳ рози бўлсин! Ҳеч қачон уруш бўлмасин. Азизлар, бугун кекса яқинларингизни кўргани боринг, ғанимат инсонларни йўқланг, кўнглини олинг... Оламдан ўтган яқинларингиз бўлса, руҳларини шод этиб, қабрларини зиёрат қилинг! •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈ Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 @RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
Показати все...
👍 2