cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

ODAMLAR ORASIDA...

Mohira Eshpo‘latovaning shaxsiy kanali. Nimani ko‘rsangiz o‘shalargina bor.

Більше
Таджикистан6 598Мова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
236
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Показати все...
Mohira

.

…qo’limdan kelmadi. Axir bu yerda 5 yillik men borman. Bu kanalni ochganimda 4 kurs talabasi edim. Hech bir maqsadsiz ish boshlagan. O’sha paytlar urfda edi shaxsiy kanal yuritish. Bolalikdan sirdosh odamim bo’lmagan, shungami kundalik yozardim. Keyin u ham qolib ketdi. Bu dildosh topganimdan emas bu ish endi qoniqtirmay qo’yaganidan. Kattaroq nimadir xohlardi ko’nglim. Kanal ochib xuddi kundaligimday yozib boraman deb o’ylaganman, ammo qayoqda. Shunchalar qo’rqqanman odamlarga hislarimni, kechinmalarimni ochiq berishga. Bu katta jasorat menday ko’ngli berk odam uchun. Yozmay qo’ydim. Yuzaki she’rlar, aforizmlar va mana men dunyoda borman degandek uyoq buyoqda e’lon qilingan hikoyalarim bilan to’ldirdim uni. Lekin bundan sizga ne naf? Hech kimga foydali bir narsa qilmadim, kanalimdan ko’nglim to’lmay uni o’chirmoqchi bo’ldim, qo’lim qaltiradi. Bu qanday yaxshi! Aziz nimangdir borligi, kechishga ko’z qiymaydigan nimangdir borligi qanday katta boylik! Mayli u yashasin. Mensiz. Shu bilan kanal faoliyati to’xtadi. Boshqa hech narsa yozmayman. Qachondir uni boshdan ko’zdan kechiraman, hayotim davrlarini eslayman, siz bilmaydigan postlar qo’yilishi sabablarini eslab kulib qo’yaman… mayli u yashasin. Menda qadriyatlar yo’qolyapti. Ishongan narsalarim sinyapti, axir bunday bo’lmasligi kerak, bu yog’iga ularsiz nima qilaman deb o’ylayapman. O’z o’zimni asrab qolishni shunchalar kuchli xohlayapmanki, shu xohishning kuchi bilan hamma narsani 0 ga tushiryapman. Yozish yo’q, kitob yo’q, insonlar yo’q, ijtimoiy tarmoqlar yo’q, munosabatlar yo’q- faqat erkin yashash bor. Har doim hayotimdan ma’ni izlaganman. Ish qilsam, kimgadir foydali ekanligini ko’rgim kelgan. Unday bo’lmasa u ishni yig’ishtirganman. Munosabatlarda ham shunday. Odamlardan ko’nglimni uzaman. Bugundan 0 da hamma. Nimadir deyish kerakmi? Ehtimol. Baribir amal qilmaysiz, unutasiz. Shunday bo’lsada, aytgim kelyapti, “Ey miyalilar, O’zingizni hayotga qo’yib yuboring, yashashga bering. Ketishlar, kechishlar lazzatini toting, odamlardan o’zingizni asrang. Olomonga qo’shilib yo’qolmang va eng asosiysiz hammasi yolg’on va o’tkinchiliginni unutmang” Yangi yilingiz bilan)
Показати все...
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
18.03.2023 Odamlar sen his qilganlaringni O‘zinikidek qabul qilsa, yana yozging keladi.
Показати все...
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ‘‘ajoyib‘‘ bir ko‘rgazma bo‘lib o‘tyapti ekan. Har bir kartina san‘at durdonasi emish, kamdan kam namoyishga qo‘yilarmish. Shu bir rasmlarini mediamizda aylantirish kerak ekan-da, zora ajdodlarini qirganlarga, jismi, ongini qul qilganlarga sig‘inishdan to‘xtashsa.
Показати все...
Фото недоступне
Qo‘rqoqda muhabbat bo‘lmaydi, Muhabbat faqat jasur kishilargagina xos tuyg‘u. Mahatma Gandi
Показати все...
Kechuvda ot almashtirilmasmish
Показати все...
Ayamga buni qanday ishlatishni o‘rgatib qo‘yaman, keyin buyruq beraveradi. ‘‘Mohira, uni qil, Mohira, buni qil‘‘ deb😁
Показати все...
Фото недоступне
Ўзбекча “Алиса” қандай ишлаб чиқилди? — лойиҳа асосчилари билан суҳбат Ўзбекчани тушуниб, унда гапира оладиган сунъий интеллект яратилди. Эндиликда бирор юмушни бажариш ёки маълумотларни топиш керак бўлса, “Siri”, “Alexa” ёки “Алиса”га эмас, “Моҳира”га ҳам мурожаат қилиш мумкин. Хўш, янги сунъий идрок қандай ишлайди? Қачон ишга туширилади? Бунда киберхавфсизлик масалалари инобатга олинганми? Лойиҳа асосчилари Kun.uz’га берган интервьюсида шу ҳақда гапириб беrди. 📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
Показати все...
⚡⚡ Post-sovet respublikalari va janubiy-g'arbiy Osiyo mintaqasidagi davlatlardagi ijtimoiy hayotida patriarxal tizim katta rol tutadi. Aksiga olib, oilaviy hayotda erkaklar ayollarga nisbatan zo'ravonlikning turli xil ko'rinishlari( jinsiy, jismoniy...)ni ham o'tqizadi. Bu holat ayol uchun eng katta katastrofa deb o'ylayman. Bunday holat bilan porloq kelajakni kutish shunchaki utopiya! Lekin bizning sodda ayollar qaysidir jihatdan ayol uchun qadriyatga aylanayotgan "bardoshlilik, sabrli bo'lish, toqatlilik" kabi parazit tushunchalarga ishonishadi. Bu esa fojea. Eng katta fojea esa har bayram(8-mart) arafasida eng arzon, manipuliatsion sovg'alar: dasta gul, kosmetika, turli sovg'alar, kopirativlar, shirin so'zlarga tezda aldanadi va hammasini unutishadi. Aslida ayol uchun eng katta sovg'a bu: ayollarga nisbatan zo'ravonlikka butunlay chek qo'yish, agar zo'ravonlik aniqlansa jinoyat ishi ochilishini jinoyat kodeksiga kiritish, ayolning oilada, jamiyatda o'rnini mustahkamlashni hayotda tadbiq etishimiz shart. Bu ayollar uchun eng katta sovg'a bo'ladi. (Masalan, statistikaga ko'ra, Qozog'istonda ayollarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik tufayli har yili 400ta ayol vafot etadi) bizda qancha ayol bunday zo'ravonlikdan aziyat chekishi va qanchasi vafot etishi noma'lum? Ayollarga nisbatan dunyoqarashimizni, fikrlarimizni biroz bo'lsada o'zgartirish uchun Respublika yosh ijodkorlar kengashi va 139 Documentary center gallerysi bilan hamkorlikda Toshkentda film premyerasini tashkil etdik. Film Qozoq kinorejissyori Askar Uzabaevning "Baxt"(2022) filmi. Film o'tgan yilgi Xalqaro Berlin kinofestivalida maxsus mukofatlangan. Film hali katta ekranlarga chiqqani yo'q. 8-mart munosabati bilan maxsus namoyish etiladi( film mualliflarining roziligi bilan) Filmda Qozog'iston jamiyatida ayollarga nisbatan zo'ravonlik mavzusi ko'tarilgan. Bu mavzu bizning jamiyatga ham begona emas, aksincha dolzarb hisoblanadi. Kino namoyishni Oleg Karpov, Binazir Yusupova bilan birgalikda olib boramiz. Film qozoq tilida ingliz tili subtitiri bilan. 11-mart 17:00da. Manzil: 210 Sultonali Mashhadi ko'chasi. @artjingo
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.