cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Davlat xizmatlari yangiliklari

Рекламні дописи
46 594
Підписники
-6124 години
+437 днів
+56930 днів
Час активного постингу

Триває завантаження даних...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Аналітика публікацій
ДописиПерегляди
Поширення
Динаміка переглядів
01
#Bilasizmi Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi? Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra: 🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin. ✅ Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega. 📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi. ⏩ Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi. 💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi. ❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. ⏳Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi. 📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi. 🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi. ⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
4 81217Loading...
02
#Adliya_xabari “Bo‘ston” da sayyor qabul O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida aholi va tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda adliya boshqarmasi vakillari ham ishtirok etdi. Bo‘ston mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 44 ta masala yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Muloqot davomida fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator masalalar masʼullar tomonidan ko‘rib chiqildi. Shu joyning o‘zida markaz xodimlari tomonidan 17 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Кanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/toshkentviladliya
3 8460Loading...
03
#Adliya_xabari “Oila — mehr va baxt qo‘rg‘oni” mavzusida respublika seminari o‘tkazildi Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda oilalar mustahkamligini taʼminlash, yosh oilalarda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida nikohlanuvchilar doimiy ravishda maxsus o‘quv kurslari asosida o‘qitib kelinmoqda. Mazkur sohada samaradorlikni yanada oshirish maqsadida “Oila — mehr va baxt qo‘rg‘oni” mavzusida respublika namunaviy seminari o‘tkazildi. Unda 14 ta hududdan kelgan mutaxassislar, yosh kelin-kuyovlarning maxsus kurslarini tamomlagan yoshlar va o‘quv-kursini boshlaydigan juftliklar ishtirok etdi. Seminar davomida nikohlanuvchi yoshlarga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik hamda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalarida ko‘plab tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida oila munosabatlariga doir kitoblar taqdim etilib, soha vakillari kelgusidagi rejalarni belgilab olishdi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
3 5184Loading...
04
#Bilasizmi ⚡️Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali olishingiz mumkin Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. 🔸Murojaatlar qabul qilinadi: – Davlat xizmatlari markazi; – YIDXP – my.gov.uz orqali. 🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: 👨‍💼Jismoniy shaxslar 💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 800 so'm (BHMning 2,0 foizi) 💠 Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. 🧾Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi. ⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati – real vaqt rejimida. ❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
3 7742Loading...
05
#Bilasizmi Bir harakatda Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin! Buning uchun: Jismoniy yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim. Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi. Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi. Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi. BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi. Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang! Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
4 23922Loading...
06
#Jarayon Vazir o‘rinbosari “Mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashdi Adliya vazirligi va hududiy boshqarmalar tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularga huquqiy ko‘mak berish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olingan. Mazkur chora-tadbirlar doirasida  adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Bo‘ka tumanidagi “Bo‘ston” MFYda “Mahalla yettiligi” vakillari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, ularni bartaraf etish, “Mahalla yettiligi”ning adliya bilan hamkorligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mohiyati va ahamiyati yuzasidan suhbatlashildi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
4 4231Loading...
07
#Bilasizmi Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma”ni olish mumkin. ✅Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. 🔸Murojaatlar qabul qilinadi: – “Litsenziya” AT - license.gov.uz; – YIDXP – my.gov.uz orqali. 🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar. 💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi; b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi; v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida. 💸 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Yig‘im undirilmaydi. ⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 ish kun. 🗓 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
4 9935Loading...
08
#Adliya_xabari Adliya bo‘limining yangi zamonaviy binosining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev Toshkent viloyatida xizmat safarida bo‘lib, dastlab Quyichirchiq tuman adliya bo‘limi uchun qurilayotgan yangi ma’muriy bino holati bilan tanishilib, yangi binoda, eng avvalo, aholi uchun keng qulayliklar yaratilishi yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Mazkur binoda adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va FHDYO bo‘limi joylashtirilishi rejalashtirilgan. Bir joyda barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati, o‘z navbatida, fuqarolarga ko‘plab qulayliklar yaratadi. Binoga barcha qulayliklarni o‘z ichiga olgan zamonaviy jihozlar o‘rnatilishi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kerakli uskunalar bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birgalikda, binoda elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish hududi, bolalar o‘yin maydonchasi, mini-kutubxona, infokiosk va bepul Wi-Fi bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
6 4995Loading...
09
#Bilasizmi #Fuqarolik 📃O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma 👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi. 👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi: Jismoniy shaxs 🏛Vakolatli organ: Doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organi Xorijda doimiy yashayotgan shaxs uchun — konsullik muassasasi 🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: 📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi) ➖pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari); ➖ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus); ➖yashash manzili; ➖elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami; ➖voyaga yetmagan farzandlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan vaqti va joyi, qarindoshlik darajasi; ➖O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashagan manzili va qaysi hujjatga asosan chiqib ketganligi (hujjat seriyasi va raqami); ➖qaysi davlat fuqarosi yoki qaysi chet davlat fuqaroligini qabul qilish istagida ekanligi. 📌Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ➖tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; ➖shaxsini tasdiqlovchi hujjat; ➖ma’lumotnomada ariza beruvchining voyaga yetmagan farzandlari ham ko‘rsatilganda, ularning nomidan qonuniy vakillari tomonidan imzolangan arizasi; ➖notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa). 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Ma’lumotnoma berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi 📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 oy Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
6 8129Loading...
10
#Bilasizmi #Manzil 📃 Manzil-ma’lumot axborotlari to‘g‘risida ma’lumotnoma 👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi. 👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi: Jismoniy shaxs 🏛Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi Manzil-ma’lumot byurolari 🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: 📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi) ➖pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari); ➖ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus); ➖yashash manzili; ➖elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi 📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 2 ish kuni Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
6 5657Loading...
11
#Bilasizmi #Manzil 📃Manzil-ma’lumot axborotlari to‘g‘risida ma’lumotnoma 👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi. 👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi: Jismoniy shaxs 🏛Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi Manzil-ma’lumot byurolari 🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: 📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi) ➖pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari); ➖ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus); ➖yashash manzili; ➖elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi 📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 2 ish kuni Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
6 7125Loading...
12
#Bilasizmi #Sudlanmaganlik #Sudlanganlik 📃Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma 👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi. 👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi: Jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lgan chet el fuqarosi (shu jumladan MDH davlatlari fuqarosi) hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) Jismoniy shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) 🏛Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi 🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: 📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi) ➖pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari); ➖ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus); ➖yashash manzili; ➖elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami. 📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa). ➖Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi 📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 2 ish kuni Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
6 5756Loading...
13
#Bilasizmi #Harbiy_xizmat 📃Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma 👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi. 👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi: O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi jismoniy shaxs 🏛Vakolatli organ: Mudofaa ishlari bo‘limlari 🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: 📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi) ➖pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari); ➖ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus); ➖yashash manzili; ➖elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami. 📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa). Ishonchnomada: ➖nomiga harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), yashash manzili. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bepul 📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni ❗️Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi shaxslarga ma’lumotnoma berilmaydi: ➖O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qabul qilingan qarorga asosan chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan bo‘lsa; ➖chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga tegishli pul badallarini belgilangan muddatda to‘lamagan bo‘lsa. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
6 8818Loading...
14
#Bilasizmi #Fuqarolik #Chiqish 🪪O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish uchun ariza yuborish 📃Davlat xizmatlari YIDXP orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi. 👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 🏥Vakolatli organ: O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: ➖familiyasi, ismi, otasining ismi; ➖oldin mavjud bo‘lgan barcha familiyalari, ismi, otasining ismi o‘zgartirishning sababi (o‘zgartirgan bo‘lsa); ➖tug‘ilgan joyi va sanasi; ➖millati; ➖ma’lumoti va ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi; ➖ilmiy darajasi, ilmiy unvoni; ➖oilaviy ahvoli; ➖ilgari O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yo‘qotganligi; ➖O‘zbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan bo‘lsangiz, qachon, qayerda va nima sababdan; ➖davlat oldida bajarilmagan majburiyatlari yoki fuqarolar yoxud davlat organlari va boshqa tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy majburiyatlarining mavjudligi; ➖mehnat faoliyati (ta’lim muassasalarida o‘qish va harbiy xizmat ko‘rsatib o‘tiladi); ➖yaqin qarindoshlar (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, farzandlari); ➖nikohga doir ma’lumotlar; ➖O‘zbekiston Respublikasida barcha yashagan manzillariga oid ma’lumotlar; ➖o‘zingiz bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandlaringizni ham O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga ruxsat berishni so‘rasangiz, ularni ko‘rsating (18 yoshga qadar); ➖harbiy xizmatga majburligi va harbiy unvoni (chaqiruv yoshidagi shaxsning O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashdan ozod etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi); ➖O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish sabablari; ➖uy manzili va telefon raqami; ➖pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan; ➖arizaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 1.8 baravari 📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 557-son qarorida belgilangan muddatlarda Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.01.2022 yildagi 8-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
7 7586Loading...
15
#Bilasizmi #Fuqarolik #Qabul #Qilish 🪪O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish uchun ariza 📃Davlat xizmatlari YIDXP orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi. 👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi: O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 🏥Vakolatli organ: O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: ➖familiyasi, ismi, otasining ismi; ➖oldin mavjud bo‘lgan barcha familiyalari, ismi, otasining ismi o‘zgartirishning sababi (o‘zgartirgan bo‘lsa); ➖tug‘ilgan joyi va sanasi; ➖millati; ➖ma’lumoti va ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi; ➖ilmiy darajasi, ilmiy unvoni; ➖oilaviy ahvoli; ➖ilgari O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yo‘qotganligi; ➖yashash guvohnomasining seriyasi va raqami, qaysi organ tomonidan va qachon rasmiylashtirilgan; ➖harbiy xizmatni qachon va qayerda o‘tagan, harbiy unvoni va harbiy guvohnomasidagi ma’lumotlar; ➖O‘zbekiston Respublikasiga kelishdan avval jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan bo‘lsangiz qachon, qayerda va nima sababdan; ➖O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chib kelgan sana va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan sana; ➖O‘zbekiston Respublikasiga kelishdan maqsadi; ➖O‘zbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan bo‘lsangiz, qachon, qayerda va nima sababdan; ➖mehnat faoliyati (ta’lim muassasalarida o‘qish va harbiy xizmat ko‘rsatib o‘tiladi); ➖yaqin qarindoshlar (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, farzandlari); ➖nikohga doir ma’lumotlar; ➖O‘zbekiston Respublikasida barcha yashagan manzillariga oid ma’lumotlar; ➖o‘zingiz bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandlaringizni ham fuqarolikka qabul qilishni so‘rasangiz, ularni ko‘rsating (18 yoshga qadar); ➖yashash manzili va telefon raqami; ➖iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 1.8 baravari 📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 557-son qarorida belgilangan muddatlarda Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.01.2022 yildagi 8-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
7 7127Loading...
16
#Bilasizmi #FHDY #Guvohnoma 💠Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari haqida ma'lumotlar 🔹Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma — bu bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir. 🔹Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir. 🔹Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma nikohda bo‘lgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 🔹O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma shaxsning o‘limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. ❗️Tug‘ilish va o‘limning o‘z vaqtida qayd etilishi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomaning, shuningdek perinatal o‘lim va o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnomaning to‘g‘ri va aniq to‘ldirilganligi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarida tuman va shahar sog‘liqni saqlash bo‘limlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi. 📝Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023 yildagi 550-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
7 7558Loading...
17
#Bilasizmi #Fuqarolik #Qabul #Qilish 🪪O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish uchun ariza 📃Davlat xizmatlari YIDXP orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi. 👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi: O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 🏥Vakolatli organ: O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: ➖familiyasi, ismi, otasining ismi; ➖oldin mavjud bo‘lgan barcha familiyalari, ismi, otasining ismi o‘zgartirishning sababi (o‘zgartirgan bo‘lsa); ➖tug‘ilgan joyi va sanasi; ➖millati; ➖ma’lumoti va ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi; ➖ilmiy darajasi, ilmiy unvoni; ➖oilaviy ahvoli; ➖ilgari O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yo‘qotganligi; ➖yashash guvohnomasining seriyasi va raqami, qaysi organ tomonidan va qachon rasmiylashtirilgan; ➖harbiy xizmatni qachon va qayerda o‘tagan, harbiy unvoni va harbiy guvohnomasidagi ma’lumotlar; ➖O‘zbekiston Respublikasiga kelishdan avval jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan bo‘lsangiz qachon, qayerda va nima sababdan; ➖O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chib kelgan sana va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan sana; ➖O‘zbekiston Respublikasiga kelishdan maqsadi; ➖O‘zbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan bo‘lsangiz, qachon, qayerda va nima sababdan; ➖mehnat faoliyati (ta’lim muassasalarida o‘qish va harbiy xizmat ko‘rsatib o‘tiladi); ➖yaqin qarindoshlar (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, farzandlari); ➖nikohga doir ma’lumotlar; ➖O‘zbekiston Respublikasida barcha yashagan manzillariga oid ma’lumotlar; ➖o‘zingiz bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandlaringizni ham fuqarolikka qabul qilishni so‘rasangiz, ularni ko‘rsating (18 yoshga qadar); ➖yashash manzili va telefon raqami; ➖iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 1.8 baravari 📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 557-son qarorida belgilangan muddatlarda Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.01.2022 yildagi 8-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
8 0196Loading...
18
#Bilasizmi #Pasport #ID 🪪Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish 📃Davlat xizmati YIDXP orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari va davlat xizmatlari markazlari tomonidan ham ko‘rsatiladi. 👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 🏥Vakolatli organ: O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: ➖so'ralayotgan karta turi (O‘zbekiston fuqarosi ID kartasi, Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ID kartasi); ➖ID karta olish sababi; ➖maʼlumotlarni yig‘ish punktiga tashrif buyurish sanasi; ➖maʼlumotlarni yig‘ish punktiga tashrif buyurish vaqti; ➖tashrif buyuriladigan maʼlumotlar yig‘ish punkti joylashgan hudud; ➖tashrif buyuriladigan maʼlumotlar yig‘ish punkti joylashgan tuman; ➖tashrif buyuriladigan maʼlumotlar yig‘ish punkti; ➖taqdim etilayotgan hujjat turi; ➖taqdim etilayotgan hujjatning berilgan sanasi; ➖ro'yxatdan o'tkazilayotgan shaxsning mobil telefon raqami. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi 📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 ish kuni davomida Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.01.2022 yildagi 8-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
8 13416Loading...
19
#1148_ishonch_telefoni #Soʻragan_edingiz 🏛 Davlat xizmatlari yo’nalishida ☎️“1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz! ❔Men tadbirkorlik subyekti sifatida oʻzim tomonidan dizaynerlik asosida yaratilgan poyafzalga Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi tamgʻasini yopishtirib, tovar belgisiga patent olmoqchi edim. Patent idorasi esa mening brendimni roʻyxatga olib, patentlash oʻrniga rad javobini berdi. Shu to'g'rimi ? 🔹Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 480-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ning 7-bandiga muvofiq, davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmasligi belgilangan. 📝Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.09.2023 yildagi 480-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
7 7795Loading...
20
#Bilasizmi #FHDY 💠Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari haqida ma'lumotlar 📌FHDY organlari tegishli yozuvlar orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi: ➖tug‘ilganlik haqida; ➖nikoh tuzish haqida; ➖nikohdan ajralish haqida; ➖o‘lim haqida. 🔹Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi. 📎Dalolatnoma yozuvlarini qayd etish quyidagi holatlarda rad qilinishi mumkin: ➖agar dalolatnoma yozuvini qayd etish qonunchilikka zid bo‘lsa; ➖agar taqdim etilgan hujjatlar ularga nisbatan qonun hujjatlarida qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa; ➖agar dalolatnoma yozuvini qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli bo‘lmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa. ❕Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilingan shaxsning talabiga ko‘ra FHDY organi 15 kun muddatda ushbu shaxsga yozma yoki elektron shaklda rad etish sababini ma’lum qilishi lozim. ❗️FHDY organlari xodimlari, shuningdek konsul o‘zi, eri yoki xotini o‘zining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tug‘ishgan aka-uka, opa-singillari) to‘g‘risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishga haqli emaslar. 🔹Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘ysunish tartibida yuqori organning yozma ko‘rsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvlarining “Belgilar uchun” ustuniga bu to‘g‘rida tegishli yozuv kiritiladi. 📝Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023 yildagi 550-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
8 1786Loading...
21
#1148_ishonch_telefoni #Soʻragan_edingiz 🏛 Davlat xizmatlari yo’nalishida ☎️“1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz! ❔Oʻzim sportchiman, 7 yildan beri sportning badminton turi bilan shugʻullanib kelaman. Yaqinda bir tanish sportchidan eshitib qoldim, xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sportchida sport pasporti boʻlishi kerak ekan. Shu haqida maʼlumot bersangiz, uni qayerga murojaat qilib olsam boʻladi? 🔹Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyuldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan “Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlangan. Unga koʻra, sport pasporti — yagona namunadagi hujjat boʻlib, sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligini hamda uning sport malakasini tasdiqlaydi. 🔹Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi. 🔹Reglament talablariga koʻra, sport pasporti ikkinchi oʻsmirlar sport razryadidan past boʻlmagan razryadga ega boʻlgan, tegishli sport turi (bir yoki bir necha) bilan muntazam ravishda shugʻullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi. Sport pasportining amal qilish muddati 5 yil. 🔹Sport pasportidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: ➖bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga oʻtishda; ➖sport musobaqalarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtishda; ➖tibbiy tekshiruvdan oʻtishda; ➖sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur boʻlgan normalar hamda talablarning bajarilishida. 🔹Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda uning maʼlumotnoma-anketasi davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng real vaqt rejimida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.16 yoshga toʻlmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi. 📝Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.07.2023 yildagi 309-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
8 6397Loading...
22
#1148_ishonch_telefoni #Soʻragan_edingiz 🏛 Davlat xizmatlari yo’nalishida ☎️“1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz! Men 2-guruh nogironi sifatida "Axborot texnologiyalari" mutaxassisligi boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotida 3 oylik oʻquv kursida oʻqishga kirdim. Biroq, oʻqishga toʻlashga pulim yoʻq. Davlat xizmatlari markazi orqali oʻqish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olsam boʻladimi, menga qancha miqdorda subsidiya beriladi. 🔹Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamenti” talabiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar oʻrgatish, ularda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi. 🔹Oʻqish xarajati uchun subsidiya — nogironligi boʻlgan yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar oʻrgatish, ularda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti hamda ushbu Reglamentda keltirilgan umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish uchun ajratiladigan subsidiya hisoblanadi. 🔹Reglamentning 3-bandiga koʻra, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan har bir yoshga uning talabiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda subsidiya ajratiladi. Oʻqish xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan koʻp boʻlmasligi lozim. 📝Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
12 67411Loading...
23
#1148_ishonch_telefoni #Soʻragan_edingiz 🏛 Davlat xizmatlari yo’nalishida ☎️“1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz! ❔Men yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtib, Toshkent maxsus sanoat zonasida investitsiya faoliyatini amalga oshirmoqchiman. Ushbu faoliyat uchun davlat xizmati mavjudligini eshitdim. Shu toʻgʻrisida maʼlumot bersangiz. 🔷Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentyabrdagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” qoidalari maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga koʻrsatiladigan quyidagi davlat xizmati turlariga nisbatan tatbiq etiladi: ➖ investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ularni tanlab olish (biznes-rejalar boʻyicha xulosalar berish, yer maydonlari hamda bino va inshootlarni auksionga chiqarish); ➖maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish; ➖maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim va ijara shartnomalarini tuzish. 🔷Maxsus iqtisodiy zonalar hududida yangi investitsiya loyihasini moliyalashtirish va amalga oshirish istagini bildirgan yuridik shaxslar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi yoxud bevosita Direksiyaga murojaat qiladi. 🔷Investor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, Reglamentga muvofiq investitsiya buyurtmanomasi Davlat xizmati markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, Investor tomonidan tasdiqlanadi. Investor YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda, mustaqil ravishda Reglamentga muvofiq shakldagi investitsiya buyurtmanomasini to‘ldiradi. Investor Direksiyaga mustaqil ravishda murojaat qilgan hollarda investitsiya buyurtmanomasi qog‘oz shaklida yoki pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi. 🔷Investor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli bo‘lmagan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanishi Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi. Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. 🔷Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo‘yicha investorlar tomonidan taqdim qilingan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlar Direksiya tomonidan o‘n ish kunida ko‘rib chiqiladi. 📝Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.09.2023 yildagi 452-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
11 4523Loading...
24
#1148_ishonch_telefoni #Soʻragan_edingiz 🏛 Davlat xizmatlari yo’nalishida ☎️“1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz! Mening yoshim 28 da, menda surunkali qand kasalligi borligi sababli, TMEK xulosasiga koʻra, 2 guruh nogironi sifatida roʻyxatda turaman. Yaqinda oʻzim yashab turgan hududda Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini boshladim. Menga tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qurilish uskunlari zarur, ularni sotib olishga yetarli mablagʻim yoʻq. Mahallada ishlaydigan masʼul xodimlardan nogironligi boʻlgan shaxslarga davlatimiz tomonidan asbob uskuna sotib olish uchun subsidiya ajratilishida bir qator imtiyozlar borligini eshitib qoldim. Ushbu imtiyozlar nimalardan iborat ekanligi haqida maʼlumot bersangiz degandim. 🔹Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunlar va mehnat qurollarini harid qilish uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamenti”ga muvofiq, asbob uskunlar yoki mehnat qurollarini harid qilish uchun subsidiya – kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻrgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat olgan hamda tadbirkorlik subyekti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini (motokultivatorlar, oʻt oʻrish oʻroq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar) xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya hisoblanadi. 🔹Ushbu Reglamentga muvofiq, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan har bir yoshga uning talabiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda subsidiya ajratilishi, subsidiya har yili arizalar topshirish ketma-ketligi boʻyicha 500 nafar nogironligi boʻlgan shaxsga ajratilishi, ajratilgan subsidiyalar soni haqidagi maʼlumotlar yoshlarportali.uz elektron platformasiga doimiy ravishda kiritib borilishi belgilangan. 📝Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
9 95612Loading...
25
#1148_ishonch_telefoni #Soʻragan_edingiz 🏛 Davlat xizmatlari yo’nalishida ☎️“1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz! ❔Men bino va inshootimni tashqi koʻrinishi va dizaynini oʻzgartirmoqch edim. Bu masalada Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan vaqtimda, menga MIB tomonidan binoga taqiq qoʻyilganligini bildirib, binoni tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga yozma ravishda rad javobini berildi. Shu qonuniymi ? 🔹Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Bino va inshootlarni tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishi boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ning 16-bandi talabiga koʻra, bino-inshoot taqiqda turgan boʻlsa, uning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga ruxsat berilmasligi qayd etilgan. 📝Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
10 5899Loading...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi? Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra: 🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin. ✅ Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega. 📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi. ⏩ Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi. 💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi. ❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. ⏳Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi. 📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi. 🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi. ⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Показати все...
👍 11🔥 1
#Adliya_xabari “Bo‘ston” da sayyor qabul O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida aholi va tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda adliya boshqarmasi vakillari ham ishtirok etdi. Bo‘ston mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 44 ta masala yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Muloqot davomida fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator masalalar masʼullar tomonidan ko‘rib chiqildi. Shu joyning o‘zida markaz xodimlari tomonidan 17 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Кanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/toshkentviladliya
Показати все...
👍 5
#Adliya_xabari “Oila mehr va baxt qo‘rg‘oni” mavzusida respublika seminari o‘tkazildi Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda oilalar mustahkamligini taʼminlash, yosh oilalarda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida nikohlanuvchilar doimiy ravishda maxsus o‘quv kurslari asosida o‘qitib kelinmoqda. Mazkur sohada samaradorlikni yanada oshirish maqsadida “Oila mehr va baxt qo‘rg‘oni” mavzusida respublika namunaviy seminari o‘tkazildi. Unda 14 ta hududdan kelgan mutaxassislar, yosh kelin-kuyovlarning maxsus kurslarini tamomlagan yoshlar va o‘quv-kursini boshlaydigan juftliklar ishtirok etdi. Seminar davomida nikohlanuvchi yoshlarga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik hamda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalarida ko‘plab tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida oila munosabatlariga doir kitoblar taqdim etilib, soha vakillari kelgusidagi rejalarni belgilab olishdi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Показати все...
👍 2 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi ⚡️Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali olishingiz mumkin Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. 🔸Murojaatlar qabul qilinadi: – Davlat xizmatlari markazi; – YIDXPmy.gov.uz orqali. 🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: 👨‍💼Jismoniy shaxslar 💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 800 so'm (BHMning 2,0 foizi) 💠 Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. 🧾Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi. ⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati – real vaqt rejimida. ❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Показати все...
👍 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi Bir harakatda Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin! Buning uchun: Jismoniy yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim. Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi. Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi. Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi. BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi. Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang! Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Показати все...
👍 6
#Jarayon Vazir o‘rinbosari “Mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashdi Adliya vazirligi va hududiy boshqarmalar tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularga huquqiy ko‘mak berish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olingan. Mazkur chora-tadbirlar doirasida  adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Bo‘ka tumanidagi “Bo‘ston” MFYda “Mahalla yettiligi” vakillari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, ularni bartaraf etish, “Mahalla yettiligi”ning adliya bilan hamkorligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mohiyati va ahamiyati yuzasidan suhbatlashildi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Показати все...
👍 6
#Bilasizmi Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma”ni olish mumkin. ✅Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. 🔸Murojaatlar qabul qilinadi: – “Litsenziya” AT - license.gov.uz; – YIDXP – my.gov.uz orqali. 🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar. 💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi; b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi; v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida. 💸 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Yig‘im undirilmaydi. ⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 ish kun. 🗓 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Показати все...
👍 2
#Adliya_xabari Adliya bo‘limining yangi zamonaviy binosining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev Toshkent viloyatida xizmat safarida bo‘lib, dastlab Quyichirchiq tuman adliya bo‘limi uchun qurilayotgan yangi ma’muriy bino holati bilan tanishilib, yangi binoda, eng avvalo, aholi uchun keng qulayliklar yaratilishi yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Mazkur binoda adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va FHDYO bo‘limi joylashtirilishi rejalashtirilgan. Bir joyda barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati, o‘z navbatida, fuqarolarga ko‘plab qulayliklar yaratadi. Binoga barcha qulayliklarni o‘z ichiga olgan zamonaviy jihozlar o‘rnatilishi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kerakli uskunalar bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birgalikda, binoda elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish hududi, bolalar o‘yin maydonchasi, mini-kutubxona, infokiosk va bepul Wi-Fi bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Показати все...
👍 16 4
#Bilasizmi #Fuqarolik 📃O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma 👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi. 👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi: Jismoniy shaxs 🏛Vakolatli organ: Doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organi Xorijda doimiy yashayotgan shaxs uchun — konsullik muassasasi 🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar: 📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi) ➖pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari); ➖ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus); ➖yashash manzili; ➖elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami; ➖voyaga yetmagan farzandlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan vaqti va joyi, qarindoshlik darajasi; ➖O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashagan manzili va qaysi hujjatga asosan chiqib ketganligi (hujjat seriyasi va raqami); ➖qaysi davlat fuqarosi yoki qaysi chet davlat fuqaroligini qabul qilish istagida ekanligi. 📌Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ➖tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; ➖shaxsini tasdiqlovchi hujjat; ➖ma’lumotnomada ariza beruvchining voyaga yetmagan farzandlari ham ko‘rsatilganda, ularning nomidan qonuniy vakillari tomonidan imzolangan arizasi; ➖notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa). 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Ma’lumotnoma berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi 📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 oy Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori 😄Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/davxizmat
Показати все...

👍 15

👍 9