cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

O'ZBEK FILOLOGIYASI MATBUOTI

O'zbek filologiyasi fakulteti matbuot kanali

Більше
Рекламні дописи
971
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
-2230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Aziz yoshlar! Barchangizni, xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ta’lim olayotgan yoshlarni bugungi 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan shaxsan o‘zim nomimdan va universitet jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Yangi O'zbekistonga sizdek g‘ayratli, bilimli va vatanparvar yoshlar kerak. Shuni ham aytish kerakki, orangizda hammangiz eng iqtidorli talabalarsiz. Ko‘p ishlarga qodirsiz. 2017-yilning 30-iyun kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi. Bu yoshlar mamlakati bo'lgan O'zbekistonda sizlarga qaratilayotgan e’tiborning yaqqol namunasi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Yil davomida turli darajadagi tadbirlar va tanlovlar tashkil etilyapti. Yangi iqtidor egalari kashf qilinyapti. “Ma'rifat maydoni" Respublika tanlovida ishtirok etgan universitetimiz yigit-qizlarining muvaffaqiyati barchamizni quvontirdi. Bayram munosabati bilan davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan universitetimiz talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlangani esa chinakam ma'noda bayramga munosib tuhfa bo'ldi. Dilnavoz kabi iste'dodli, zukko talabalarimiz safi kengayaversin, har biringiz ana shunday e'tirofga munosibsiz. Chunki siz nufuzli reytinglarda TOP-300+ natijani qayd etgan universitet talabasisiz. Men quvonch bilan ayta olamanki, bugun bizning talabalarimiz O‘zbekistonning barcha hududlaridagi bilim maskanlarida, turli tashkilot va idoralarda mehnat qilib, o'zining salohiyati bilan hammani lol qoldirib kelishmoqda. Bu esa universitetimizning juda katta yutug‘i deb hisoblayman. Bu bayram zamirida Yangi O‘zbekiston yoshlarining porloq kelajagiga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam. Jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda. Shunday ekan, men yana bir bor barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy qutlayman. Sizlarga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilm o‘rganishdan, ko‘zlagan maqsadlaringiz sari dadil qadamlar tashlashdan charchamang! Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov
Показати все...
🔥 10👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Hurmatli O'zbek filologiyasi fakulteti yoshlari!!! Sizlarni 30-iyum Yoshlar kuni munosabati bilan fakultet ma'muriyati samimiy qutlaydi. Ertangi kunimiz ishonchi bo'lgan sizdek yoshlarimizga ushbu kun muborak bo'lsin. G'ayratingiz aslo so'nmasin. Yuksak marralarni ko'zlab harakat qilishdan to'xtamang. Sizlarga hamisha zafarlar tilab qolamiz. https://t.me/FILOLOGIYAMATBUOT
Показати все...
👍 4🔥 2👏 1
🗓️2024-yilning 29-iyun kuni “Yangi O'zbekiston" bog'ida 3000 metrga yugurish bo'yicha marofon bo'lib o'tdi. ✅Ushbu marafonda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetining sportchi talabalari va tyutorlari S.Bekchanov,I.Bobomurodov va M.Baxtiyorovlar faol ishtirok etishdi.
Показати все...
🔥 8👍 2👏 1
🗓️2024-yil 26-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti kengashi qoshida navbatdagi xalqaro nazariy-metadologik seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda "Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik" kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Zilola Shukurorova va "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasi tayanch doktoranti Dilnavoz Najimovalarning ma'ruzalari tinglandi. ✅Seminarda bayozlarning ilk namunalari haqida yangi ma'lumotlar olindi. Yosh tadqiqotchi Dilnavoz Najimova Ozarbayjon bolalar adabiyotiga oid antologiya tuzish an'analarining milliy adabiyotimizga tadbiq qilish mumkin bo‘lgan jihatlari haqida ham qiziqarli ma'lumotlar berdi. https://t.me/FILOLOGIYAMATBUOT
Показати все...
👍 5
🗓️2024-yil 26-iyun kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashining O’N BIRINCHI sonli MAJLISI bo‘lib o‘tdi. 📌Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror hamda topshiriqlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining qarorlari va vazirlik buyruqlarining bajarilishi, ta’lim sifati. Fakultetda o‘quv yilining yakunlanishi, Hemis dasturiga talabalar davomati  va mavzularning vaqtida kiritib borilishi, shuningdek, ON va YN  natijalarining qayd etilishi xususida. Bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyalari natijasi. 1-2-kurslarda folklor va dialektologik amaliyotlarning olib borilishi,3-kurslarda malakaviy amaliyotni tashkil etish. Fakultetda hamda kafedralarda O‘QUV, ILMIY, MA’NAVIYAT VA XOTIN-QILAR masalalari bo‘yicha qilingan ishlar hisoboti kabi masalalar koʻrib chiqildi. ✅Majlisda barcha professor-o‘qituvchilar,doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi. https://t.me/FILOLOGIYAMATBUOT
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#tabriklaymiz 🌟 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi. https://t.me/FILOLOGIYAMATBUOT
Показати все...
22🔥 5
#tabriklaymiz 🎉Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi oʻqituvchisi Turdialiyev Anvarbek Xusinovich filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PHD) diplomini olganligi munosobati bilan Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekanati tomonidan qutlandi. Universitet hamda fakultet jamoasi ustozni ushbu ilmiy daraja bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi. https://t.me/FILOLOGIYAMATBUOT
Показати все...
🔥 20👏 6👍 5 4
#Amaliyot jarayonidan 🗓️O'zbek filologiyasi fakulteti 310-guruh talabalarining 10 nafari O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi ''O'zbekiston'' radiokanalida malakaviy amaliyotlarini o'tashmoqda. Hozirda talabalar bosh muharrir Rohila Yusupova rahbarligida radiokanalning adabiyot va mutolaaga bag'ishlangan ''Sakkizinchi mo'jiza'', ''Adabiy jarayon'' kabi eshittirishlari tayyorlanishida faol ishtirok etmoqdalar. Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi oʻqituvchilari Durdona Mahkamova hamda Mushtariy Xolmurodovalar jonli efir jarayonida ishtirok etdilar. 📌Qiziquvchilar uchun efir vaqtlari: Dushanba, chorshanba, juma 13.30 https://t.me/FILOLOGIYAMATBUOT
Показати все...
02:36
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#OAV_biz_haqimizda Sirgʻali tumani “Ittifoq” MFY yoshlari bilan universitetimiz vakillari uchrashu haqida maxsus lavha “Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” dasturida efirga uzatildi. 👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇 Telegram / Facebook / Instagram/ X
Показати все...
azizaxon.mp416.10 MB
👍 2 1
02:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#munosabat ✅ 20-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurib, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini oʻtkazdi. Ushbu yigʻilishda ilgari surilgan muhim jihatlar haqida Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov munosabat bildirdi. 👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇 Telegram / Facebook / Instagram/ X
Показати все...
0621.mp4174.38 MB
🔥 2👍 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.