cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

💔𝕐𝕦ℝ𝕒𝔾𝕚𝔻𝕒_𝔻𝕒ℝ𝔻𝕚_ 𝔹𝕠ℝ𝕃𝕒ℝ🖤 ✍️Javohir_Pozilov

Muallif: ✍️Javohir_Pozilov Yuragi Yarim Dardi Butunlar... • 📜She‘rlar📜 • 📚Sevgi hikoyalari📚 • 🔍 Ajoyib faktlar🔎 • 🗞📰Qiziqarli yangiliklar📰🗞 • 📑Aforizmlar📑 Kanalimiz 07.01.2020 yildan xizmatingizda...

Більше
Рекламні дописи
332
Підписники
Немає даних24 години
-67 днів
-3130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

ФАҚАТ ОНАМ... •┈┈┈•• ✦🕊❤️‍🔥 🍃✦••┈┈┈• Тақдир ҳақиқатни очмоққа қодир. Кимни ким экани маълуму содир Бир юмушим дея бўлдим мусофир, Фақат онам... Эслаб олар хавотир. Қарзларим узай деб уйқуга ётмай, Ойлик маош кутиб ишлаймиз толмай. Жароҳат олмаган бирон жой қолмай, Фақат Онам... Ҳолим сўрайди тинмай. Туним бедор ютиб дардим ичимга, İбодатим таскин бўлар кучимга. Ачиниб гоҳ яшаб ўтган умримга, Фақат Онам... Интизордур йўлимга... Суйганларим узоқлашсам унутди, Бир бор хабар ёзмадилар кўникди. Ўзи йўқ деб ўзга билан овунди, Фақат Онам... Дуо қилиб соғинди... Кун санадим ойлар ўтди йил ўтди, Дўст санадим фойдам тегса иш битди. Пул санадим пулга учганлар қайтди, Фақат Онам... Сен кераксан деб айтди. Онам экан борлигимча қабул қилар, Талаб қилмай шартсиз менга мехр берар. Куйинади... Соғиниб болам кел дер, Фақат Онам... Мен ношудни ғамин ер. 30.04.2024йил Муаллиф: ✍️Жавоҳир_Позилов 😁Реакция Қолдиришни Унутманг😁
Показати все...
🔥 3
FAQAT ONAM... •┈┈┈•• ✦🕊❤️‍🔥 🍃✦••┈┈┈• Taqdir haqiqatni ochmoqqa qodir. Kimni kim ekani maʼlum-u sodir Bir yumushim deya boʻldim musofir, Faqat onam... Eslab olar xavotir. Qarzlarim uzay deb uyquga yotmay, Oylik maosh kutib ishlaymiz tolmay. Jarohat olmagan biron joy qolmay, Faqat Onam... Holim soʻraydi tinmay. Tunim bedor yutib dardim ichimga, İbodatim taskin boʻlar kuchimga. Achinib goh yashab oʻtgan umrimga, Faqat Onam... Intizordur yoʻlimga... Suyganlarim uzoqlashsam unutdi, Bir bor xabar yozmadilar koʻnikdi. Oʻzi yoʻq deb oʻzga bilan ovundi, Faqat Onam... Duo qilib sogʻindi... Kun sanadim oylar oʻtdi yil oʻtdi, Doʻst sanadim foydam tegsa ish bitdi. Pul sanadim pulga uchganlar qaytdi, Faqat Onam... Sen keraksan deb aytdi. Onam ekan borligimcha qabul qilar, Talab qilmay shartsiz menga mexr berar. Kuyinadi... Sogʻinib bolam kel der, Faqat Onam... Men noshudni gʻamin yer. 30.04.2024yil Muallif: ✍️Javohir_Pozilov 😁Reaksiya Qoldirishni Unutmang😁
Показати все...
01:01
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🚀 TELEGRAM KANAL VA GURUHGA BEPUL JONLI O‘ZBEK OBUNACHI KO‘PAYTIRISH! 🇺🇿 Telegram tarmog‘idagi yagona jonli obunachi ko‘paytiruvchi bot! ➕ Endilikda siz ham kuniga 1000 donadan obunachilarni botdagi shartlarni bajarish orqali bepul qo‘shib olishingiz mumkin! 💳 To‘lov qilish orqali ham hisob to‘ldirishingiz mumkin, buning uchun 20dan ortiq to‘lov turlari mavjud! ⚠️ Botga hoziroq kirib bonusni qo‘lga kiritishingiz mumkin! https://t.me/XObunachiBot
Показати все...
Telegram_uchun_aktiv_o_zbek_obunachilar_yig_ish_endi_mu_uDkSYk4Ph.mp42.91 MB
👍 1
🚀 BOTGA KIRISH ➕
#buyurtma sheʼr Guli ismli qizlar uchun. •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Oqshom yulduzlari tunning jilosi Hayolim oʻgʻirlar koʻzing charosi. Sanam sochlaringni oʻzim adosi Guli seni jondan sevaman bilsang. Sogʻinchim ummoni joʻsh urar doim, Sen erkam mohimsan soʻzi muloyim. Falakda oʻzingsan yagona oyim Guli seni jondan sevaman bilsang. Dunyoga alishmay borligʻim dedim Sen uchun ne desang borimni berdim. Qizgʻonib oʻzimdan bir seni sevdim, Guli seni jondan sevaman bilsang. Sen menga mossan boʻylab koʻr boʻying, Nomardlar olmasin hayoling oʻying. Men tomon bosilsin qadaming yoʻling. Guli seni jondan sevaman bilsang. Tanhosan qalbimda taratgan ziyo, Jodu koʻz janonim bir boqgin qiyo. Yorugʻ yoʻllarimni qilma zimziyo, Guli seni jondan sevaman bilsang. Sen uchun sher bitar dilim siyohi, Dardimga malhamdur mexring giyohi. Asrasin baxtimni Alloh panohi, Guli seni jondan sevaman bilsang. 28.04.2024yil Muallif: ✍️Javohir_Pozilov 😁Reaksiya Qoldirishni Unutmang😁
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
SIZ QAYSI HOLATDA O'TIRASIZ? 🕊 PSIXOLOG TESTI
Показати все...
🅰️
🅱️
🆅
🅶
🅳
👑 BARCHA PSIXOLOGIK TESTLAR
Ota onam uchun. ( Bir singlimizni iltimosiga koʻra yozildi yurakdagi dardlari. Dadasidan erta ayrilgan yolgʻiz ona ming mashaqqatlar bilan farzandlarini tarbiylab oʻstirganlari uchun minnatdorchilik va ota sogʻinchi izhorlari. ) •┈┈┈•• ✦🕊❤️‍🔥 🍃✦••┈┈┈• Ona borizga shukur, Toʻgʻlardagi lolamsiz. Ming bor sizga tashakkur, Farishtam bir olamsiz. Mushtipar, mushfiq, onam, Roʻzgʻorni qilmayin kam. Ulgʻaytirdingiz chidab, Sinovlardan kelsa gʻam. Taqdir musibat toshin, Faqat sizga otdimi? Sinab sabr-u bardoshin, Yolgizlikka sotdimi? Beozor munis onam, Oʻksimaydi xech sıra. Oʻrni bilinsa otam, Koʻz yoshini yashira. Deydilar: Otang bizga, Jannatdan boqib turar. Bir oʻgʻlim besh qizimga, Toleyi baxtdan kular. Sogʻinaman har doim. Jannatdagi dadamni, Bir bor qaytar hudoyim, Quchoqlayin otamni. Oʻrningiz bilindi koʻp, Pinhona yigʻlab oldim. Otasiz deb qilsa doʻq, Bir chetda muzlab qoldim. Onamdan soʻrab tinmay, Dadam keladi qachon. Bolaligimga yoʻymang, Ulgʻaydim allaqachon. Bilaman bu dunyoda Endi ortga qaytmaydi Kuzatar u dunyoda Balki bizga aytmaydi. Ulgʻaydi bugun mana, Ota kenja qizingiz. Ona fotiha bering, Yorugʻ qilay yuzingiz. Menga tuyular kamdek. Otamning bir soʻzlari, Bir bor ona qizim deb, Chaqirsaydi oʻzlari Nikoh kechasi bugun, Biroz oʻksidi dilim. Qalbimda qoldi tugun, Dadamsiz oʻtdi toʻyim. Bir bor tuysam ifori, Koʻnglimni ohu zori. Armon ota diydori, Dadamsiz oʻtdi toʻyim. Onajonim otamdek, Goh qalqondur akamdek. Tuyular kimdir kamdek, Dadamsiz oʻtdi toʻyim. Qilmayin hechkimdan kam, Ham onam ham otamsiz. Quchoqlay sizni mahkam, Duogoʻyim onamsiz. Ona borizga shukur, Toʻgʻlardagi lolamsiz. Ming bor sizga tashakkur, Farishtam bir olamsiz. 06.04.2024yil Muallif: ✍️Javohir_Pozilov 😁Reaksiya Qoldirishni Unutmang😁
Показати все...
Botdan foydalanish uchun tasdiqlash tugmasini bosing.
Показати все...
✅ Tasdiqlash
🔕 Yashirish
Bizni koʻzimizni yoshlab, bir umrga tashlab ketgan buvijonim uchun bagʻishlov sheʼr. 12.04.2024 yil kuni olamdan oʻtdilar Xadicha buvijonim. 87 yoshlarida omonatlarini topshiradilar. Inna lillaxi va inna ilayxi rojiun. •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Dard bilan olishdi tunlar qiynalib, Ojiz dek yumildi bu ochiq koʻzlar. Hasta holida xam turar iymanib, Pichirlab lablari shahodat soʻzlar. Jon bergan Allohim olarkan qaytib, Jannat bogʻlarini sayr etmoqqa. Yuzdan nur taralar vidolar aytib, Taraddud koʻrmoqda Arshga ketmoqqa. Nogohon sukunat boʻlsa hukumron, İchingda bir ovoz faryod urarkan. Hasratlar yutmoqda noiloj inson, Nadomat koʻzlardan balqib turarkan. Azroil kelganda olmoqlikka jon, Boshlanar birma bir soʻroq savollar. Mushtipar bir ona taslim qilsa jon, Farzandlar koʻzidan oqar koʻz yoshlar. Mudom tun uyquga yumuldi koʻzlar, Erta tong uygʻonmoq yoʻqdur chorasi. Ojizlikdan inson shundayin boʻzlar, Vujudi ingraydi tinmas nolasi. Ayrilib bir oʻgʻildan qolgan oʻksinib, Bu musibat yorida tutdi-ku motam. Soʻng navbat keldimi? Chuqur xoʻrsinib, Bizni ham tark etdi Xadicha onam. Takrorlar yuzida tabbasum ila, Shokirjon keldi der: Meni koʻrgani. Dardlar azobini oʻziga olib, Kelgan ekan sizni olib ketgani. Toʻrt qiz-u tort oʻgʻil qoldi ortidan, Dod faryod urib-la istigʻfor aytib. Ruhlari shod boʻlsin duo ortidan, Xadicha onamiz kelmaydi qaytib. Sabr ber Allohim bergin qanoat, Bizlarni sogʻinchdan aslo qiynama. Karaming kengdur-u koʻrsat hidoyat, Oʻlim hukmi bilan qayta siylama. Joylari jannatda goʻzal bogʻ boʻlsin, Kavsar suvlaridan simirib ichsin. Allohdan soʻrayman yo Rasululloh, Xadicha buvimga yon qoʻshni boʻlsin. Allohga qaytamiz jon olsa bir kun, Taqdirga bitilgan tugʻulmoq oʻlmoq. Oʻlim sharbatini tortamiz shu kun, Sirot koʻprikdan mushkuldir oʻtmoq. (Xadicha buvimga jannat muborak, Oʻqiymiz Qurʼondan sura Taborak.) 16.04.2024yil yozildi. Muallif: ✍️Javohir_Pozilov
Показати все...
👍 1
Бизни кўзимизни ёшлаб, бир умрга ташлаб кетган бувижоним учун бағишлов шеър. 12.04.2024 йил куни оламдан ўтдилар Хадича бувижоним. 87 ёшларида омонатларини топширадилар. Инна лиллахи ва инна илайхи рожиун. •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Дард билан олишди тунлар қийналиб, Ожиз дек юмилди бу очиқ кўзлар. Ҳаста ҳолида хам турар ийманиб, Пичирлаб лаблари шаҳодат сўзлар. Жон берган Аллоҳим оларкан қайтиб, Жаннат боғларини сайр этмоққа. Юздан нур таралар видолар айтиб, Тараддуд кўрмоқда Аршга кетмоққа. Ногоҳон сукунат бўлса ҳукумрон, Ичингда бир овоз фарёд ураркан. Ҳасратлар ютмоқда ноилож инсон, Надомат кўзлардан балқиб тураркан. Азроил келганда олмоқликка жон, Бошланар бирма бир сўроқ саволлар. Муштипар бир она таслим қилса жон, Фарзандлар кўзидан оқар кўз ёшлар. Мудом тун уйқуга юмулди кўзлар, Эрта тонг уйғонмоқ йўқдур чораси. Ожизликдан инсон шундайин бўзлар, Вужуди инграйди тинмас ноласи. Айрилиб бир ўғилдан қолган ўксиниб, Бу мусибат ёрида тутдику мотам. Сўнг навбат келдими? Чуқур хўрсиниб, Бизни ҳам тарк этди Хадича онам. Такрорлар юзида таббасум ила, Шокиржон келди дер: Мени кўргани. Дардлар азобини ўзига олиб, Келган экан сизни олиб кетгани. Тўрт қизу торт ўғил қолди ортидан, Дод фарёд уриб-ла истиғфор айтиб. Руҳлари шод бўлсин дуо ортидан, Хадича онамиз келмайди қайтиб. Сабр бер Аллоҳим бергин қаноат, Бизларни соғинчдан асло қийнама. Караминг кенгдуру кўрсат ҳидоят, Ўлим ҳукми билан қайта сийлама. Жойлари жаннатда гўзал боғ бўлсин, Кавсар сувларидан симириб ичсин. Аллоҳдан сўрайман ё Расулуллоҳ, Хадича бувимга ён қўшни бўлсин. Аллоҳга қайтамиз жон олса бир кун, Тақдирга битилган туғулмоқ ўлмоқ. Ўлим шарбатини тортамиз шу кун, Сирот кўприкдан мушкулдир ўтмоқ. (Хадича бувимга жаннат муборак, Ўқиймиз Қуръондан сура Таборак.) 16.04.2024йил ёзилди. Муаллиф: ✍️Жавоҳир_Позилов
Показати все...