cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Oʻzbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

Group's created for exchanging information. One should think about changing the world! Group: @Jahon_Tillari_guruhii Channel: https://t.me/joinchat/baIhMJGei81lNjgy Creator: @Samandar_me (Nabijonov Samandar)

Більше
Країна не вказанаМова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
189
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#Qabul2022 #Apellatsiya Apellatsiya arizalarini tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng qabul qilinadi 🔰 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi. ☑️ Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi. 🖥 Bunda abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. 📋 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. 📆 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
#Qabul2022 #Apellatsiya Apellatsiya arizalarini tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng qabul qilinadi 🔰 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi. ☑️ Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi. 🖥 Bunda abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. 📋 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. 📆 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
Фото недоступне
#qabul2022 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2021-2022 o'quv yili uchun bakalavr kunduzgi ta'lim shakli o'tish ballari (Ta'lim tili o'zbek guruhlar uchun) P.s bu degani bu yil ham huddi shunday boʻladi degani emas Abituriyentlarga yuboring! https://t.me/+bnDh7OqjO0QxODcy https://t.me/+bnDh7OqjO0QxODcy
Показати все...
Бугун тестларнинг охирги куни. Шу билан ОТМларга бўлиб ўтган барча тестлар тугайди. 2020 ва 2021 йилда бўлгани каби коронавирусга чалинганлар учун қўшимча тестлар ўтказилмайди. Бу дегани — мандат жорий йилда вақтлироқ чиқиши кутилмоқда. Энди буёғига мандатни кутиш қолади. Олинган маълумотларга кўра, мандат тахминан 27 август атрофида чиқиши мумкин. © Xushnudbek
Показати все...
#Qabul2022 #Natija ⚡️ Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi 📣 2022-yil 9-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ 9-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 @e_dtm_mandatbot 👉 @e_dtm_mandat1bot 👉 @e_dtm_mandat2bot 👉 @e_dtm_mandat3bot 👉 @e_dtm_mandat4bot 4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
#Qabul2022 #Natija ⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi 📣 2022-yil 8-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ 8-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 @e_dtm_mandatbot 👉 @e_dtm_mandat1bot 👉 @e_dtm_mandat2bot 👉 @e_dtm_mandat3bot 👉 @e_dtm_mandat4bot 4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
❗️Tibbiyot boshlaydi, iqtisodchilar tugatadi! 🌀 Imtihon sanalari bo'yicha taqsimlash: ✅ 8-9-10 avgust - Tibbiyot yo'nalishlari, shuningdek Kimyo-biologiya ixtisoslashtirilgan fanlar yo'nalishlari bo'yicha ✅ 11 - 12 avgust - asosan pedagogika, psixologika yo'nalishlari va maktabgacha ta'lim yo'nalishi. ✅ 13-avgust - texnik yo'nalishlar uchun boshlanadi va 19-avgustgacha davom etadi ✅ 14-avgust - yuridik yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar bir kunda topshiriladi. ✅ 15-avgust - iqtisodchilar uchun boshlanadi va shu kabi yo'nalishlar bo'yicha oxirgi imtihon kunigacha davom etadi. ✅ 16-17-18 avgust - asosan filologiya yo'nalishlari bo‘yicha imtihonlar bo'lib o'tadi ❗️Bu yil hujjat topshirgan barcha abituriyentlarni xabardor qiling
Показати все...
⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bergan talabalar diqqatiga! 📆 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar kuni xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilindi. ✅ Mazkur muddat davomida onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalar 8-avgustga qadar qayta ariza yuborishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.
Показати все...
Bugun, 5-avgust kuni soat 17:00 dan 18:00 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan stadion yoki xiyobon (Botanika bog‘i va Paxtakor stadionidan tashqari) ga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
Показати все...
#Qabul2022 ⚡️ mandat.dtm.uz saytidagi ma’lumotlar yangilandi 🖥 Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi. 👨🏻‍💻 Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini ko‘rishlari mumkin. ✅ Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi: 👉 abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari; 👉 OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari; 👉 ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani; 👉 davlat granti asosidagi qabul rejasi; 👉 to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi; 👉 ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi); 👉 tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi). ❇️ Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi.
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.