cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Feruza Xayrullayeva

Adabiyot | kino | hayot | = san'at |

Більше
Рекламні дописи
550
Підписники
+124 години
-27 днів
+230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

🕊 4 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Duelga topshirsammi, topshirmasammi, deb vaqtni o'tkazvorganlar, talabalikdan qolgan odat bo'yicha dedlaynga taqab, oxirgi kun telefonining quvvati tugab qolganlarga yana bir imkon berilyapti)) Duelda arizalar qabul qilish muddati 10-iyunga qadar uzaytirilibdi! Endi tezroq topshiringlar, duel boshlanib, kim kimni "otarkan" deb shunaqa kutib oʻtiribman qachondan buyon😁
Показати все...
😁 6🐳 1💔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Tomosha tugadi. Qoyilmaqom ijro etdingiz Xudodan oʻgʻirlagan rolingiz... Aslida bu rol na sizniki, Na boshqasiga yozilgandi. U shunchaki bor edi - musaffo. Men boʻlsa varragini oʻgʻirlatgan boladek Osmonga termulaman. Garchi hech qachon Qayta uchmasligin bilsam ham. Hayot - kino emasdi, Va yo teatr, Ammo baribir Rol oʻynash yoqardi sizga, azizim. Yuzingizni boʻyash, Kiyinish oliftalardek Va yakunda taʼzim qilish qarsaklar uchun! O-o-o, naqadar totli bu lahza, Axir siz deb yoshlar toʻkildi, Sizga yoqsin uchun pushti dudoqlar Olovlandi doʻzax misoli! Oʻrningizda boʻlsam, zarra ham Afsuslanmas edim siz kabi Yolgʻonlarimga! Axir arziydi shuncha tuygʻuga! Shuncha qaygʻuga bir rol oʻynamoq! Yaxshiki, tugadi barisi Hech qachon boʻlmagandek Sahnalar... Sizga ichim achiyotir ammo hozirdan, Hali uzoq umringiz bor Va ming-minglab rollar! Toʻzim bersin lablaringizga... @FeruzaXayrullayeva
Показати все...
💔 11 4👍 2🐳 1
Sochlari daryo edi, dunyomni zebo etdi, Sezib devonaligim, sochlarin koʻtoh etdi. Vah-vaaaah!!!!! @usmonosphere
Показати все...
💔 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
БАСИР Бўяб кўрсатишди бизга ҳаётни: қашшоқликни бахт, тобеликни севги, қўрқувни тинчликка. Бўялган илоҳга сажда қиламиз. Бўялган лаблардан оламиз ўпич. Бўялган тунларда қовушиб, бўялган болалар туғамиз. "Онангни отангга бепардоз кўрсатма" энг олий шиор. Қандай гўзал чапланган ватан. Қандай гўзал чапланган осмон. Чапланган келажак, чапланган тарих... "Бўялган нарсаларнинг ҳаммаси жирканч!" Ким у хоин? Қаманг! Йўқотинг! Тангри ёрлақасин бўёқчиларни, Тангри ёрлақасин бўёқчиларни. Ахир яхши билади улар, юраги ёрилиб ўлади одам асл башарасин кўрса ҳаётнинг. Жонтемир
Показати все...
💔 5👍 3🕊 1
Yirtqich akula va yana bir baliqni bir akvaryumga solishibdi, biroq akvaryumni ikkiga ajratgan shisha to’siq akulani baliqqa hamla qilishidan saqlar ekan. Akula ochlikni his qilishi bilan, o’ljasiga bor kuchi bilan qancha tashlanmasin, qarshisidagi to’siqqa urilar ekan. Baliqni yeyish uchun shu tarzda 28 soat uringan akula nihoyat qismatga tan beribdi va qayta sinab ko’rishdan voz kechibdi. Bir ozdan so’ng, akvaryumdagi shisha to’siq olib tashlanibdi. Bu gal baliq akulaning yoniga o'zi suzib borsa ham, akula uni yeyish istagidan voz kechibdi va oxir-oqibat ochlikdan o’libdi. To'siq yo'qligiga qaramay, akulaning qayta sinab ko’rishga bo’lgan ishtiyoqsizligi va mag’lubiyatni qabul qilishi, ya’ni muvaffaqiyatsizlklarga ko’nikishini “o’rganilgan chorasizlik” deb atash mumkin. Har birimiz vaqti kelganda qarshimizga chiqqan to’siqlarni olib tashlash o’rniga, ortga chekinamiz. Ortga chekinish odamni ba’zida yanada hushyorroq harakat qilishga undasa, ba’zan esa harakat qilishdan butunlay to’xtatib qo’yadi. Qochish emas, aksincha kurashish kerak.
Показати все...
🐳 3👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ёзда қурилиши бошланармиш. Хўп, АЭС керакдир, лекин “кам қувватли АЭС”нинг нима кераги бор — шунча овора бўлиб қурганга яраша у-бу кам-кўстимизни тўлдирадигани қурилмайдими? Нега Россия билан қуриш керак буни, нега бир очиқ танлови, тендери йўқ? Нега бунинг нархи эълон қилинмаган? Бурнинггача қарзга ботиб ётган бўлсанг, қайси пулингга қурасан? АЭСни қўя турайлик, тўғонларинг қўшниларни сувга бўктирадиган бир давлат сифатида ўша қўшниларнинг розилигини олганмисан? Қанақасига ёздаёқ қурилиши бошланади — номига бўлса ҳам халқ билан маслаҳатдашилмайдими? Нега Жиззахда қуришингни, нега ёздаёқ қурилишни бошлашингни, нега айнан Россия билан, нега айнан кам қувватли АЭС қурмоқчи эканингни сани пул билан таъминлаб турган халққа тушунтирмайсанми? Ўзбекистонда Россия АЭСи қурилмасин! Бир ўзбекистонлик сифатида ман бу лойиҳага тўлиқ қаршиман!
Показати все...
👍 12
Har gal Nuralining postlarini koʻrganimdan keyin mani miyam: Nuralidek kitob olish va oʻqish uchun nima qilish kerak?))
Показати все...
😁 9
Repost from Jonixonov
“Дўзах бўш, ҳамма иблислар ерда юрибти” Шекспир @jonixonov
Показати все...
👍 6🗿 2💔 1
Qanchalik ogʻir boʻlsa ham, oʻzingni ortiqcha his qildirilgan joyga borma.
Показати все...
9👍 3🕊 1