cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Tarixdan onlayn repetitor

☞ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ ☜ Bu kanal abuturiyentlar va tarixga qiziqadiganlar uchundir.🌏🗺️🗾📜🏺 Bizning kanalda👇 📚Tarix Kitoblari 🎧Audio kitoblar 📊Testlar 🖼️Rasmli Malumotlar 🔥 Online Darslar 💥 🔝 Shularni barchasini topasiz✔️

Більше
Узбекистан76 157Мова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
159
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

❇️Kichik Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlari tarixi 🔱 Troya podsholigi 🔱 🛡 Kichik Osiyoning shimoliy-g'arbiy burchagida Gissarlik tepaligi qad ko'tarib turadi. Arxeolog olimlar bu tepalikni qazib ochganlarida, u qadimgi Troya shahrining o'rni ekanligi aniqlangan . Bundan 4 ming yil muqaddam bu shahar Troada viloyatining markazi bo'lgan. 🛡 Miloddan avvlagi XVII asrda shahar dushmanlar tomonidan talangan, va yondirilib yuborilgan . Keyinchalik Troya o'zini tiklab olgan Miloddan avvalgi XVIII-XIII asrlarda Troya podsholigi gullab yashnagan 🛡 Shahar ichida podsho saroyi, ma'muriy binolar, ibodatxona, badavlat kishilarning muhtasham uylari qad ko'tarib turardi. Bu davlat shu shahar nomi bilan Troya podsholigi deyilgan 🛡 Miloddan avvalgi XVIII-XIII asrlar orasida podsholikda dehqonchilik hunarmandchilik savdo sotiq rivojlandi Troyaliklar yilqichilikka alohida e'tibor berganlar Yunon tarixchisi Gerodot troyaliklarni "ot o'rgatuvchilar" deb ataydi 🛡Miloddan avvalgi 1300-yilda Troyada qattiq zilzila bo'lib, shahar katta talofat ko'radi. @Tarixdan_onlayin_repititor
Показати все...
♻️ Davlatlar qaysi hukmdor davrida taraqqiyotning choʻqqisiga chiqqan (Yuksalgan) ? Marhamat tanishib chiqing. 🌎Qadimgi Bobil podsholigi- Xammurapi davrisa(1792-1750; 🌏Yangi Bobil Podsholigi-Navuxodonosor II 🌏Midiya- Kiaksar davrida mil.avv VII asrda; 🌏Ahamoniylar davlati- Doro I davrida (522-486); 🌏Maurya- Ashoka davrida( m.a III asr); 🌏Xan sulolasi- U-Di davrida; 🌏Afina davlati-Perikl davrida (m.a 443-429); 🌏Makedoniya-Aleksandr davrida(m.a 336-323); 🌏Yunon-Baqtriya davlati- Demetriy davrida; 🌏Kushon davlati- Kanishka davrida; 🌏Rim imperiyasi- Trayan davrida (II asrda); 🌏Somoniylar davlati- Ismoil Somoniy davdida; 🌏G'aznaviylar davlati- Mahmud G'aznaviy davrida; 🌏Temuriylar davlati- A.Temur davrida; 🌏Franklar imperiyasi- Karl davrida (768-814); 🌏Uesseks qirolligi- Buyuk Alfred davrida(871-900); 🌏Vzantiya imperiyasi- Yustinian I davrida(527-565); 🌏1-Bolgariya podshiligi- Simeon davrida (893-927); 🌏Kiyev Rusi- Yarolav davrida (1019-1054); 🔶Katolik cherkovi- Innokentiy III davrida (1198-1216); 🌏Shtaufenlar sulolasining eng mashhur vakillaridan biri-Fridrix I Barbarossa (1152-1190); 🌏Oltin O'rda- O'zbekxon (1312-1342) va Jonibek Sulton( 1342-1357) davrida; 🌏Dehli sultonligi-Feruzshoh Tug'luq davrida qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik yuksaldi( xalq homiysi sifatida uluglandi); 🌏Boburiylar davlati- Akbarshoh davrida (1556-1605); 🌏Mali davlati-Sundiata Keyt davrida (1230-1255); 🌏Choson davlati- Sechjon Buyukn davrida (1418-1450); 🌏Tyudorlar sulolasi- Yelizaveta I davrida (1558-1603); 🌏1-Fransiya imperiyasi- Napoleon Bonapart davrida (1804-1814); 🌏Prussiya qirolligi-Fridrix II davrida (1740-1786) mutlaq monarxiyaga aylandi; 🌏Romanovlar sulolasi-Pyotr I davrida (1689-1721); 🌏Tokugava sulolasining eng mashhur vakili Yosimune Tokugava (1716-1745); 🌏Safaviylar davlati- Abbos I davrida (1587-1629); 🌏Yaponiyada modernizatsiya jarayoni boshlandi- Meydzi davrida; 🌏Efiopiya-Kasa davrida (1855-1867); 🌏Shayboniylar (Buxoro xonligi)- Abdullaxon II davrida (1556-1598); 🌏Ashtarxoniylar sulolasi- Imomqulixon davrida (1611-1642); 🌏Mang'itlar sulolasi- Amir Shohmurod davrida (1785-1800 ) davlat mustahkamlandi; 🌏Qo'ng'irotlar sulolasi- Avaz Muhammad davrida ( 1790-1804) iqtisodiy jihatdan, Muhammad Rahimxon I davrida( 1806-1825) siyosiy jihatdan mustahkamlandi; 🌏Qo'qon xonligi-Olimbek davrida (1798-1810) siyosiy mavqeyi mustahkamlandi, Norbo'tabiy davrida iqtisodiy jihatdan,Umarxon davrida ilm -fan jihatdan yuksaldi; @Tarixdan_onlayin_repititor
Показати все...
❗ Xato javobni aniqlang?Anonymous voting
  • Antropologlar-qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini topib, ularning tashqi qiyofasini tiklaydilar
  • Etnograflar-qadimgi odamlarning ko‘pgina udumlarini oʻrganadilar
  • Arxeologlar-qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar
  • Numizmatika - tangalarni oʻrganadi.
0 votes
Arablar XUROSON DEB 🌎hozirgi Afg‘onistonning shimoliy 🌎 Eronning shimoli sharqiy qismi 🌏Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlarni 🏰 POYTAXT - Marv shahri edi 🏛 Hirot, Mashhad, Niso, Qandahor, Qunduz, Balx, Noshopur, G'azna kabi shaharlar uning markaziy shaharlari hisoblangan. 🔻Bizga a'zo bòling🔻 🧿O‘z bilimingizni oshirib boring🧿 BIZNI KUZATIB BORING ♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing 🔽 @tarixdan_onlayin_repititor
Показати все...
♻️Doimo yodda tuting 📌"Insonlar muvaffaqiyat uchun dunyoga kelishadi, mag'lubiyat uchun emas" 📌"Mag'lubiyat yomon, ammo muvaffaqiyat tomon intilmaslik undanda yomon" 📌"G'oliblar hech qachon o'z ishini yarim yo'lda tashlab ketmaydi. Mana nimaga aynan ular g'olib" 📌"Biz hammamiz qobiliyatlimiz, Farqi shundaki, har kim undan qanday foydalanishda" 📌 "Ertangi kun uchun eng yaxshi tayyorgarlik - bugungi kun uchun belgilangan ishni 100% qilib bajarishdir" 📌"Hech qachon xato qilmagan odam - hech qachon yangi narsaga intilmagan odamdir 📌"Kelajakni oldindan bashorat qilishning eng yaxshi yo'li - uni yaratishdir" 📌"Boshlash yoki to'xtatish degan narsa yo'q. Faqat bajarish" 📌"Birinchi qadamni ishonch bilan tashla. Oldingdagi yo'lni butun hammasini ko'rishing shart emas. Asosiysi birinchi qadam" 📌 "Maqsad tomon eltib qo'yuvchi LIFT mavjud emas. Maqsad tomon zinalardan qadamba-qadam chiqishing kerak" 🔻Bizga a'zo bòling🔻 🧿O‘z bilimingizni oshirib boring🧿 BIZNI KUZATIB BORING ♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing 🔽 @tarixdan_onlayin_repititor
Показати все...
​Tog’lar ✅Alp tog'lari – har bir german qiroli taxtga kelganidan so'ng o'z qo'shini bilan shu tog’ orqali Italiyaga yurish qilib, Rimda imperatorlik tojini kiyardi. ✅Boysun tog'lari - o’rta paleolit davriga oid Teshiktosh g'ori joylashgan ✅Himolay tog'lari – Hindistonda shimoli sharqdan dushmanlar va sovuq shamollar tajovuzidan o'ziga xos tabiiy mudofaa devori bo'lib xizmat qilgan ✅Olimp - Yunonistonning eng baland tog'i ✅Hisor tog'lari - Xoriyen va Oksiartning tog' qal'alari joylashgan ✅Muqaddas tog' - plebeylardan iborat bo'lgan Rim qo'shinlari shu tog'ga ketib qolgan ✅Vezuviy tog'i - Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari tog'idagi shu to'gdagi qoyaga chiqib oladilar ✅Golgof tog'i - Odam Ato dafn etilgan va Iso xochga tortilgan tog’ ✅And tog'laridan - Tinch okeaniga qadar ulkan masofada Inklar o'z hokimiyatini o'rnatadilar ✅Oloy tog'lari – Turk xoqonligini sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’lib turgan ✅Qurama va Qoramozor tog'larida - qadimdan yilqichilik bilan shug'ullanilgan. ✅Allegan tog'i - XIX asr 50-yillarining oxirlarida Jon Braun qullar qo’zg’alonini shu to’gdan plantatsiyalarga yoymoqchi bo’ladi ✅Qurama tog' tizmasida - 1940-yil oxirlarida dastlabki ko'mir qazib oladigan shaxta qurilgan ✅Himolay tog'i - 1998-yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari mazkur tog’ning eng baland ,,Everest" cho'qqisiga chiqib, O'zbekiston dovrug'ini dunyoga taratdilar @Tarixdan_onlayin_repititor
Показати все...
6️⃣-SINF QADIMGI DUNYO TARIXI 📕 2️⃣- DARS. Mavzu: QADIMGI TARIX - TARAQQIYOYNING BOSHLANISHI 📇 Arxeologlar - qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini olib boradilar. ☠️ Antropologlar - qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasini tiklaydilar va rivojlanishini o'rganadilar. 📑 Etnoglarflar - qadimgi odamlarning ko'pgina udumlari, hozirda mavjud qabilalar va elatlarning qadimdan saqlanib qolgan, xo'jalik va madaniy an'analarini o'rganadilar. 📜 TARIXIY MANBALAR: 🤖 1.Moddiy manbalar - mehnat qurolari, zeb ziynatlar, qurol-yarog'lar, sopol buyumlar va jamikiy inson qo'li bilan yaratilgan narsalar. 📝 2.Yozma manbalar - qadimgi kitoblar, bitiklar, qadimgi tarixchilar va yilnomachilarning asarlari va boshqa yozman manbalar.[Yozman manbalarning topilishi bilan olimlarga qadimgi tarixni tiklash osonlashdi.] 📔 "Avesto" - zardushtiylarning muqaddas kitobi, O'rta Osiyo tarixi bo'yicha eng qadimgi yozma manba. [ Baqtriya, So'g'd, Xorazm aholisi madaniyati hikoya qlinadi] 📌 "Behustun Bitiklari" - Fors shohi Doro I buyrug'iga binoan hozirgi Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinidagi Behustun qoualariga o'yib yozilgan. [ Unda Xorazm, So'g'd, Baqtriya sanab o'tilgan ] 🗒 Gerodot - mil. avv. V asrda yashab o'tgan yunon tarixchisi. U 9 kitobdan iborat "TARIX" kitobini yozgan. Unda o'lkamizning qadimgi aholisi to'g'risida so'z yuritiladi. 🗒 Strabon - mil. avv I asr oxirlarida yashab o'tgan yunon geografi va tarixchisi. "Geografiya" nomli asar muallifi. Asarida O'rta Osiyo xalqlari madaniyati to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi. 🗒 Kvint Kursiy Ruf - mil. I asrda yashab o'tgan qadimgi Rim tarixchisi. "Makedoniyalik Aleksandr tarixi" nomli asarni yozib qoldirgan. Unda Makedoniyalik Aleksandrning O'rta Osiyoga harbiy yurishlari haqida ma'lumotlar keltirgan. 🗒 Arrian - mil. II asrda yashab o'tgan yunon tarixchisi. "Aleksandr harbiy yurishlari" ("Aleksandr Ananabasisi") nomli asar yozib qoldirgan. 👤 Ibtidoiy odamlar - tarix fanida eng qadimgi odamlar jamoasi shunday nomlanadi. 👨‍👧‍👧 Ibtidoiy to'da - turmush va mehnat umymiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi. 👨‍👩‍👧‍👦 Ibtidoiy jamoa tuzumi - insoniyat tarixining boshlang'ich davri bo'lib, bu davrda barcha mehnat qurollari umumiy bo'lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. 👨‍👩‍👧 Urug' - birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog'larga ega bo'lgan eng qadimgi qarindoshlar jamoasi. 👥 "Patriarxat" - ibtidoiy odamlar jamoasining ota urug'i atrofida to'planishi. 💠"TOSH DAVRI" - eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasaganligi tufayli arxeologlar insoniyat tarixining boshlanish davrini tosh davri deb atashadi. [Tosh davri ancha uzoq davom etganligi tufayli bir necha bosqichlarga bo'linadi] : ✔️Paleolit - [ yunoncha - "paleos"- qadimgi, "litos"- tosh] qadimgi tosh davri. Mil avv. 1 mln - 12 ming yillik. ✔️Mezolit - [ yunoncha - "mezos" o'rta va "litos" tosh ] o'rta tosh davri. Mil. avv. 12- 7 ming yillik ✔️Neolit - [ yunoncha- "neos" yangi] yangi tosh davri. Mil. avv. 6-4 ming yillik. ✔️Eneolit - [ yunoncha "enios"- mis va "litos" - tosh. ] mis - tosh davri. Mil. avv 4-3 ming yillik o'rtalari. [ PALEOLIT : Ilk - Mil. avv 1 mln -100 ming yillik. O'rta - Mil. avv 100 - 40 ming yillik. So'ngi -Mil. avv 40-12 ming yillik ] @Tarixdan_onlayin_repititor
Показати все...
📌 Poytaxt ko'chirgan hukmdorlar (6-7-sinf darsliklari asosida) ▪️ Kanishka - Baqtriyadan Peshovarga ▪️ Konstantin - Rimdan Vizantiyga (330-yil) ▪️ Afrig' - Tuproqqal'adan Katga (305-yil) ▪️ Abul Abbos Abdulloh - Marvdan Nishopurga (VIII asr) ▪️ Ismoil Somoniy - Samarqanddan Buxoroga ▪️ Ma'mun ibn Muhammad - Katdan Ko'hna Urganchga (995-yil) ▪️ Mehmet II - Istanbulga ko'chirdi (1453-yil) ▪️ Li Son Ge - Kegyondan Xansonga (XIV asr) 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻 @Tarixdan_onlayin_repititor
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.