cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Jismoniy tarbiya va sport

Jismoniy tarbiya va sport fidoiylari uchun maxsus kanal

Більше
Рекламні дописи
676
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

05:24
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ommalashtirish platformasida o'qituvchilarning metodik ishlarini baholash bo'yicha videoyo'riqnoma. Platformadan telefon orqali foydalanishda Google chrome brauzeridan tavsiya etaman. O'qituvchilarning metodik ishlariga holisona baho bering, o'zingiz uchun yuklab oling va foydalaning.
Показати все...
25.46 MB
OMMALASHTIRISH Respublika ta'lim markazi tomonidan fan o'qituvchilarining ijodiy metodik ishlarini ommalashtirish yangicha formatga o'tkazilib, elektron platforma orqali amalga oshirish tartibi belgilangan! Ommalashtirishning maqsadi ilg'or tajribaga ega fan o'qituvchilarini rag'batlantirish va yosh kadrlar uchun metodik ma'lumotlar bazasini yaratishdir. Siz ham ommalashtirish platformasining imkoniyatlaridan foydalaning. Platformada fan o'qituvchilari tomonidan yuklangan metodik ishlarni ko'rib baholashingiz va o'zingiz uchun yuklab olib, dars jarayonida foydalanishingiz mumkin.
Показати все...
Ommalashtirish

Respublikamizdagi ayrim maktablarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazishga mo’ljallangan sport zal mavjud emas. Jismoniy tarbiya darslarini, darsdan tashqari o’tkaziladigan to’garak mashg’ulotlarini sport zali mavjud bo’lmagan umumta’lim maktablarda qish oylarining ayozli, ob-havoning sovuq kunlarida (SanPin qoidalariga ko'ra +14⁰C dan past haroratda) va kuzgi, bahorgi yog’ingarchilik kunlarida sinfxonalarda rejalashtirilgan mavzular bo’yicha nazariy tarzda tashkil etish tavsiya etiladi. Dars mavzularini…

🪐 ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ фани ўқитувчилари учун малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар 💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг! 👉 @Jismoniytarbiya_sport
Показати все...
12-Jismoniy tarbiya.pdf2.35 KB
⚡️ #ПКА_2022 #ЯНГИСИ 🏆Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари жисмоний тарбия фани ўқитувчилари учун амалий синовлар НОРМАТИВЛАРИ
Показати все...
Баҳолаш_мезонлари_Жисмоний_тарбия_572_17_09_2021.pdf1.91 KB
​​#Munosabat O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri o'rinbosarining 2021 yil 8-avgustdagi 07/1-3064 raqamli ko'rsatmasiga asoslanib 2021-2022 o'quv yilida umumta'lim maktablarida 1-4 sinflardagi jismoniy tarbiya dars soatlari mutaxassis o'qituvchiga emas, boshlang'ich sinf o'qituvchilariga berilish holatlari kuzatildi va bu holat yangi o'quv yilida ham katta ehtimol bilan davom etishi rejalashtirilmoqda.  Jismoniy tarbiya insonni irodaviy, axloqiy, morfologik takomillashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon bo'lib, uning maqsadi o'quvchilarni mehnatda va Vatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun ko'nikma, malaka hamda maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.  O'sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol inson qilib tarbiyalashga barchamiz birdek mas'ulmiz.  Jismoniy tarbiya fanini o'qitish metodikasi boshqa fanlarni o'qitish metodikasidan farq qilishi barcha o'qituvchilarga kundek ravshan. Jismoniy tarbiya darsining tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarida o'quvchining organizmi o'zgaruvchan uch xil funksional holatda bo'ladi. Jismoniy tarbiya darsining yakuniy qismida o'quvchilarning jismoniy holatini tiklovchi harakatlar o'qituvchining pedagogik mahoratidan kelib chiqib to'g'ri tanlanmasa, bolada toliqish va kayfiyatga ta'sir etuvchi omillar vujudga kelishi mumkin.  Hozirgi kunda Respublika ta'lim markazi tomonidan jismoniy tarbiya fani uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan biror-bir metodik qo'llanmalar yangidan ishlab chiqilib foydalanishga tavsiya etilmagan. Shu holatda boshlang'ich sinf o'qituvchisi jismoniy tarbiya fanidan dars o'tish metodikasini qayerdan oladi? Joriy yilda o'tkazilgan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga fan o'qituvchilarni saralab olishda test sinovlari bilan birga suhbat jarayonining tashkil etilishi o'qituvchining dars o'tish metodikasini va pedagogik mahoratini aniqlash edi. Fan o'qituvchisi o'ta bilimli bo'lsayu lekin unga metodika yetishmasa demak uning faoliyati qoniqarsiz hisoblanadi. Sinfxonalarda "Bir soatlik dars - buyuk bir asardir" degan shiorning yirik harflar bilan yozib qo'yilgan. Ushbu shiorda keltirilgan "asar"ni yaratishda kim nimaga qodirligini nahotki vazir o'rinbosari payqamasa? Bu kelajak avlod ildiziga bolta urish bilan barobarku? Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi o'z mutaxassisligi bo'yicha dars berishi uchun OTMga kirishdagi ijodiy imtihon sinovlaridan boshlab, bakalavr darajasini olguniga qadar, pedagogik faoliyati davomida attestatsiya sinovlaridan o'tib yuqori toifalarni olguniga qadar qanchadan-qancha mashaqqatli yo'lni bosib o'tib bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lishini tasavvur qilib ko'ring. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari esa jismoniy tarbiya fani bo'yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etmasa, pedagog kadrlar attestatsiyasidan o'tishda ushbu fandan amaliy va nazariy sinovlarga tayyorgarlik ko'rib, o'z ustida mustaqil ishlamasa ushbu fandan namunali dars berishiga kim kafolat beradi? Jismoniy tarbiya darsini noto'g'ri tashkil etish natijasida sog'lom bola ortiqcha yuklama tufayli sog'ligiga jiddiy zarar yetib, butun umr nogiron bo'lib qolishi ham mumkin. Bu aksioma hech kim buni inkor eta olmaydi. Jismoniy tarbiya darsida o'qituvchi sport formasida bo'lib, mashg'ulotning murakkab qismiga to'xtalib, asosiy e'tiborni mashq elementiga qaratgan holda sekin bajarib ko'rsatib berishi talab etiladi. Abu Alu ibn Sino "Tib qonunlari"ning to‘rtinchi bobida: "Jismoniy tarbiya mashqlari saviya va son jihatdan juda uzoq va kishini charchatadigan bo‘lmasligi kerak. Ular juda tez ham bo‘lmasligi kerak, aks holda ular qisqa davom etishiga qaramay kishiga uzoq bo‘lib tuyuladi, shuningdek, bu mashqlar o‘ta bo‘sh bo‘lmasligi ham kerak, aks holda ular uzoq davom etadigan mashqlar, kishiga juda qisqa bo‘lib tuyulmasin", - deydi. Bundan ko‘rinadiki, ibn Sino o‘rta asrlardayoq jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariniig inson hayotida tutgan o‘rni va mohiyatini nazariy asoslab bergan.
Показати все...

​​#Fakt Futbol bo'yicha birinchi jahon chempionati tarixi 1928 yilda bo’lib o’tayotgan FIFA kongresida birinchi jahon chempionatining tashkillashtirilishi haqida qaror qabul qilinishiga turtki bo’ldi. Bu turnirni o’z hududida o’tkazish uchun bir necha mamlakatlar raqobatlashdilar: Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Vengriya va Urugvay. Bu bellashuvda Urugvay eng ko’p ovoz bilan g’olib chiqdi va futbol bo’yicha ilk jahon chempionatini o’z hududida o’tkazish huquqini qo’lga kiritdi.  Turnir qatnashchilari Jahon chempioni nomiga sazovor bo’lish uchun Montevideoda bo’lib o’tayotgan turnirga bor-yo’g’i 13 ta jamoa tashrif buyurdi. Ulardan yettitasi Janubiy Amerika, ikkitasi Shimoliy va Markaziy Amerika va to’rttasigina Yevropa manfaatlarini himoya qilish uchun keldi.  “A” guruhida Frantsiya, Meksika, Argentina hamda Chili “B” guruhida Braziliya, Boliviya va Yugoslaviya “C” guruhida Ruminiya, Urugvay va Peru “D” guruhida Belgiya va Paragvay o’ynagan. Ilk matchlar Turnirning ilk matchlari 1930 yilning 13 iyulida bo’lib o’tdi. Unda Frantsiya bilan Meksika hamda AQSH bilan Belgiyaning terma jamoalari uchrashdi.Fransuzlar 4-1 hisob bilan, amerikaliklar esa 3-0 hisob bilan raqiblari ustidan g’alaba qozondilar. Jahon chempionatidagi ilk golning muallifi Frantsiyaning yarim himoyachisi Lyusyen Loran bo’ldi.  Yarim finallar Eng birinchi yarim final o’yinlari esa 26 iyul kuni Argentina hamda AQSH jamoalari o’rtasidagi match bilan boshlandi. Birinchi taym argentinaliklarning g’alabasi bilan 1-0 hisobi bilan yakunlandi, ikkinchi taymda esa ular yana beshta gol urdilar, amerikaliklar esa bor-yo’qi bitta gol bilan javob qaytardilar. Final hushtagidan keyin arbitr 6-0 hisobini hamda Argentina g’alabasini qayd etdi. 27 iyulda bo’lib o’tgan yarim finalning ikkinchi o’yini ham huddi shunday hisob bilan yakunlandi. Bunda Urugvay hamda Yugoslaviyaning terma jamoalari uchrashgan edi.  Final Futbol bo’yicha birinchi jahon chempionatining hal qiluvchi final o’yini 1930 yilning 30 iyulida Sentenarioda 93 ming tomoshabin ishtirokida bo’lib o’tdi. Bunda Argentina bilan Urugvay jamoalari uchrashdi. Birinchi taymda urugvayliklar o’z uylarida argentinaliklarga 1-2 hisobda yutqazib turgan edilar. Biroq ikkinchi taymda o’yin jarayoni tubdan o’zgarib ketdi: Urugvay jamoasi uchta to’pni argentina darvozasiga urub, umumiy hisobni 4-2 ga yetkazdi va tarixda ilk bora futbol bo’yicha jahon chempioniga aylandi. Qiziqarli faktlar Futbol bo’yicha ilk jahon chempionatida taklifnoma olgan har qanday mamlakat qatnashishi mumkin edi. Ammo shunga qaramasdan, ko’pgina Yevropa mamlakatlari iqtisodiy sabablar tufayli ushbu turnirda qatnashishdan bosh tortdi. Ishtirok etuvchi jamoalarning kamligi uchun jahon chempionatining tarixida yagona marta saralash turniri o’tkazilmadi. Guruh turniridagi g’alabasi uchun jamoa hozirgidaka uch emas, ikki ochkoni qo’lga kiritar edi.  Birinchi jahon chempionatida “turnirning rasmiy to’pi” bo’lmaganligi uchun turnirning final matchi terma jamoa o’yinchilari o’rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqmaganligi uchun ikkita to’p bilan o’tkazilgan. Birinchi taymda argerninaliklarning to’pidan, ikkinchi taymda esa urugvayliklarning to’pidan foydalanilgan. Turning rasmiy to’pi esa 1970 yilda paydo bo’ldi. Futbol bo’yicha birinchi jahon chempioni bo’lgan Urugvay jamoasiga ushbu turnirni tashkillashtirgan FIFA prezidenti Jyul Rime nomli kubok topshirilgan, Unda g’alaba timsoli bo’lmish qadimgi yunon ilohi – Nika tasvirlangan edi. Keyinchalik bu kubok g’olibdan g’olibga o’tib kelavergan. Biroq 1970 yilda bu sovrin futbol bo’yicha jahon chempionatida uch marotaba g’oliblikni qo’lga kirintgan Braziliya terma jamoasiga butunlay taqdim etilgan. Uchinchi o’ringa da’vogar bo’lgan AQSH va Yugoslaviya jamoalari o’rtasida match o’tkazilmagan. Sakkiz to’pni raqiblar darvozasiga kirita olgan Urugvay terma jamoasining o’yinchisi Gilyermo Stabile chempionatning eng yaxshi hujumchisi, deya qayd etildi.
Показати все...

​​Baydarka va kanoeda eshkak eshish Baydarka va kanoeda eshkak eshish — sport turi, poygalar va slalomdan iborat. Baydarka va kanoeda eshkak eshish musobaqalari 19-asrning 60-yillarida Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida eshkakchilar klublari paydo bo‘lgandan so‘ng boshlandi va avval baydarkalarda, keyin kanoeda sport poygalari o‘tkaziladigan bo‘ldi. Xalqaro kanoe federatsiyasi (IKF, 1946 yil tashkil topgan) 54 milliy federatsiyani birlashtiradi (1991). 1936 yildan Baydarka va kanoeda eshkak eshish olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan, 1938 yildan jahon chempionatlari o‘tkaziladi. Baydarkalardagi musobaqalar ayollar va erkaklar o‘rtasida, kanoeda esa — faqat erkaklar o‘rtasida bo‘ladi. Baydarkalar bir kishilik, ikki kishilik va to‘rt kishilik, kanoe — bir kishilik va ikki kishilik. 1972 yildan baydarka va kanoeda slalom musobaqalari olimpiada musobaqalari dasturiga tajriba tariqasida kiritilgan. O‘zbekistonda bu sport turi havaskorlari 50-yillardan suv havzalari, anhor va daryolarda mashq qilib, musobaqalarda qatnasha boshladilar. O‘zbekiston terma jamoasi 1996 yilgi 26-yozgi olimpiya o‘yinlarida va ayniqsa 1997 yilgi Osiyo birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sokchasiti (Jan. Koreya) shahrida bo‘lgan qit’a chempionatida 12 oltin, 11 kumush, 9 bronza medali qo‘lga kiritilib, birinchi o‘rin egallandi. Jamoa muvaffaqiyatiga xalqaro sport ustalari aka-uka S. va V. Shoislomovlar (kanoe), D. Kovalenko (kanoe), T. Levina, I. Lyalina, A. Shpiganovich, I. Isakova (baydarka) katta hissa qo‘shishdi. O‘zbekiston Baydarka va kanoeda eshkak eshish jamoasi 13-Osiyo o‘yinlari (Bangkok, 1998) chempioni nomini ham oldi, Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘iicha asosiy sport bazalari Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori, Samarqand eshkak eshuvchilar kanalidadir.
Показати все...

​​Basketbol Basketbol (ing. basket — savat, ball — to‘p) — sport turi, 3,05 m balanddagi savatli halqaga to‘pni qo‘lda tashlab o‘ynaladigan jamoa o‘yini. Basketbol mashg‘uloti va musobaqalari uchun to‘rtburchak maydoncha (o‘lchami 28x15 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan o‘yinchi bo‘lib, maydonga bir yo‘la har jamoadan 5 tadan o‘yinchi tushiriladi (bu o‘yinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga ko‘p to‘p tushirsa, o‘sha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga tushirilgan to‘p uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan to‘p uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi. Erkaklar 40 minut, ayollar 36 minut, 15 — 16 yashar o‘smirlar va qizlar 30 minut, 13 — 14 yashar o‘g‘il va qiz bolalar 24 minut o‘ynashadi. Belgilangan vaqtda jamoalar baravar ochko olsa, biror jamoa g‘olib chiqquncha 5 minutdan qo‘shimcha vaqt beriladi. Basketbol vatani AQShdir (1891). Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA; 1932 yil tuzilgan)ga 177 mamlakat a’zo (1991). Basketbol 1936 yildan Olimpiya uyinlari dasturiga kiritilgan. 1950 yildan Basketbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazib kelinadi. Basketbol O‘zbekistonda 1921 yildan o‘ynala boshlagan. O‘zbekistonlik R.Salimova 2 marta jahon hamda olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan. Basketbol bo‘yicha O‘zbekiston respublika federaiiyasi oliy liga jamoalari o‘rtasida musobaqalar tashkil etib kelmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi 1997 yil II Markaziy Osiyo o‘yinlari — «Sprayt chellenje» xalqaro turnirining g‘olibi bo‘ldi (terma jamoa bosh ustozi A. Adisman, jamoa a’zolari 3. Xabibulin, M. Shafenkov, R. Karimov, S. Demurin, B. Mirodilov, T. Abbosov, V. Petrishchev).
Показати все...

​​Basketbol to'pi (7-o'lcham) Basketbol to'pi dumaloq shaklda bo'lib to'q sariq rangda bo'ladi. To'pning ustki qismi charmdan, sintetik charmdan, rezina yoki sintetik xomashyodan tayyorlangan bo'lishi kerak. To'p ichidagi havo bosimi 1,80 metr balandlikdan polga tushganda 1,20-1,40 metr balandlikka sakrashi lozim. To'pning aylanasi uzunligi 74,9-78 sm, og'irligi 576-650 gramm bo'ladi.
Показати все...

​​Badminton Badminton (Angliyaning Badminton shahri nomidan) — patli koptok (volan)ni raketka bilan urib o‘ynaladigan tennisga o‘xshash sport o‘yini. O‘yin to‘rtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda maydoncha o‘lchovi 13,4x5,2 m va juftli o‘yinlarda 13,4x6,1 m) 1,55 m balandlikda tortilgan to‘rda o‘tkaziladi. O‘yinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir. 15 xol (ayollar va bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5 qur o‘ynaladi. Xol 0 va juft bo‘lganda koptokcha o‘ngdan, toq bo‘lganda chapdan uriladi. Juftli o‘yinlarda o‘ng tomondan boshlanib, har xoldan keyin o‘yinchilar sherigi bilan o‘rin almashtiradi. Badminton qadimgi Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 19-asr 70- yillarida Angliyada rasm bo‘lib, o‘yin qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham yoyildi. Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) 1934 yil tashkil topdi, unga 80 dan ortiq mamlakat a’zo (1991). 1977 yildan jahon birinchiligi o‘tkazib kelinadi. 1992 yildan Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy oldi. Erkaklar uchun Tomas kubogi (1947 yildan), ayollar uchun Uber kubogi (1955 yildan) eng yirik xalqaro musobaqalar, Angliyaning ochiq birinchiligi (Uimbldon turniri) esa norasmiy jahon chempionata hisoblanadi. Badminton O‘zbekistonda 50- yillardan rivojlana boshladi.
Показати все...

Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.