uk
Feedback
Dee Hanim

Dee Hanim

Закритий канал

💣Ruhga teginib davolaydigan Life-Coach… 💣Dee dan keyin avvalgidek yasholmaysiz! 💣Eng qimmat bilimlar eng oson tilda! Uzbekistondagi yagona va yangi yo’nalish, tirik ilm va tajribalar @DeeHanim da Murojaat: @DeeCosmos_manager

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Dee Hanim

Канал Dee Hanim у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 23 290 підписників, посідаючи 2 782 місце в категорії Бізнес та 3 439 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 23 290 підписників.

За останніми даними від 29 червня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -979, а за останні 24 години на -34, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 21.45%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 27.98% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 4 998 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 6 519 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 348.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
💣Ruhga teginib davolaydigan Life-Coach… 💣Dee dan keyin avvalgidek yasholmaysiz! 💣Eng qimmat bilimlar eng oson tilda! Uzbekistondagi yagona va yangi yo’nalish, tirik ilm va tajribalar @DeeHanim da Murojaat: @DeeCosmos_manager

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 30 червня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Бізнес.

23 290
Підписники
-3424 години
-2267 днів
-97930 день
Архів дописів
Dee Hanim
23 290
ASLIDA… O’yinda hech kim yutqazmaydi, Biri to’pga sohib chiqadi, Biri darvozaga, Biri maydonga, Biri raqamga, Biri muxlis qozonadi, Biri tajriba… Biri ismini yozdiradi tarixga, Biri yoshini… Va bu tegirmon doim aylanib turadi, bu qozonishlar, bu sohiblik, bu yutuq to’p kabi oyoqdan-oyoqqa, ismdan-ismga, bayroqdan-bayroqqa, yurakdan-yurakka o’taveradi. Navbati bilan! Yutqizgan yo’q, aslida! Faqat bir yutqizgan bor: u ham bo’lsa hech narsa qilmagan odam. Qimirlagan hamma yutadi… Siz qay taraf: yutqazgan tarafmi, yutgan tarafmi? Qimirlaganmi, o’tirganmi? (Sizni sog’indim, yozganingiz sari sog’inchimiz birlashadi) @DeeHanim

Dee Hanim
23 290
Uraaaaaaaaaaaaa😍

Dee Hanim
23 290
Instagram storslarini shu yerga ham joylamoqchi bo’lyapman, lekin “ovoz” berilishi kerak ekan, Shu yozuvni bosib, ovoz bervoring, qancha ko’p ovoz bo’lsa, shuncha ko’p stors joylash mumkin:👇🏻 https://t.me/boost?c=1230231174

Dee Hanim
23 290

Dee Hanim
23 290
Xulq, baribir, asl masala bo’lib qolaveradi… Dee Hanim @DeeLahzalik kanalimda bormisiz?
Xulq, baribir, asl masala bo’lib qolaveradi… Dee Hanim @DeeLahzalik kanalimda bormisiz?

Dee Hanim
23 290
ASLIDA, Hikoyamning qanday tugashi muhimmas edi, men o’sha paytdami xat yozdim, kimga yozdim, qachon yozdim, yozdimmi o’zi… M
ASLIDA, Hikoyamning qanday tugashi muhimmas edi, men o’sha paytdami xat yozdim, kimga yozdim, qachon yozdim, yozdimmi o’zi… Menga kutilmagan, ammo kutilgan — mening nima demoqchi bo’lganimni aytishga yordam beradigan yakun kerak edi… ASLIDA GAP, Siz keng makonimni - qavat-qavat, xonalari ko’p uylarimni unutdingiz, maktabgacha bo’lgan uzuuun yo’limni — istalgancha xatni bekitsam, birov toshni tepib ko’rmaydigan tutqatorni unutdingiz, Onamni aytdim, otamni aytdim, jigarlarimni aytdim, unutdingiz, sizningcha ularni nega sanadim?! Men shuncha ishonishim mumkin bo’lgan shuncha kenglik va qadrdonlik qolib, yuragimni qo’ltiqlab-qo’ltiqlab borib, hislarimni hovuchlab-hovuchlab bir yirtiq sumkaga oborib to’kkanimda hechmi hayratlanmadingiz?! MENING DUNYOGA MUTLAQO ISHONCHIM BO’LMAGANI va ammo bir yirtiq bo’lsa ham bir joyga judayam ISHONGIM KELGAN. Toshlargamas, daraxtlargamas, uyimgamas, ko’rpachalar orasigamas, ishonish ehtimoli 0% bo’lgan, har dam ochib qaralishi mumkin bo’lgan yirtiq joyga ISHONISHNI ISTAGANMAN. ISHONGANI yer qidirganman. XATni esa “V” sinfdagilarga emas, o’zimga yozganman. Men uyimdan, makonimdan, maktabimdan, hamma borar manzillarimdan uzoqdaligimmi his qilganman… Men o’zimni haqli ravishda uzoqdan qidirganman, balki bu xatni V sinf o’qir, balki B sinf… javob ham muhimmas, men o’zimni eshitayotganimga, men menga yetib borayotganimga amin bo’lishim kerak edi…. Ba’zan, HAYHOTDAY DUNYODA ishongani yirtiq bo’lsa ham bir joy qidirasan… O’zingni shunday, LABING YORILSA ham, TOVONING YORILSA, YURAGING YORILSA ham yana o’zingni izlayverasan, izlayverasan… Mening xatlarim bitmaydi…. Sizga yozaman… 1000 + reaksiya va comment bo’lmasa rozimasman))) 🔥🔥🔥 @DeeHanim

Dee Hanim
23 290
… Davomi Lobar durkun qiz edi, lablari katta va tarangligidan gapirganda oxirigacha yopilmay qo’yaverardi. Qachonki, lablari
… Davomi Lobar durkun qiz edi, lablari katta va tarangligidan gapirganda oxirigacha yopilmay qo’yaverardi. Qachonki, lablari yorilsa, bilardim, demak labini tishlaydigan nimadir bo’lgan… …Ko’zlari bejoligidan bildim, o’zi, labini yorilganidan yuragim yorildi: xatlaaaaar?! “Opam topvoldi (opasi hiyligina qiz, menga kel deb, Lobarga “ket”dedirttirardi) dadamga aytdi, onam o’qidi, men “menmas” dedim, singlim suvga otdi…, xatlar yo’q…!” … …O’sha kundan e’tiboran, boshqa bolaga xat yozishni boshladim))) Bu safar pochtalyon o’zim, Xatga javob beruvchi yana “V” sinfdan. Uning o’rtog’i, pochtalyoni… Oborib bermasdan, o’zi yozib qo’ya qolardi… Bu yerda gap! Lobarda ham emas, V sinfda ham emas, B sinfda (ya’ni menda) ham emas! Bu yerda gap:…. Siz taxmin qilib turing, yozaman… @DeeHanim

Dee Hanim
23 290
Aniq o'qigan ayasi, keyin menimcha kuchukday urgan😁

Dee Hanim
23 290
Aniq Lobarni uyidagilari u xatni korib qolib dodini bergan bolsa kere deb hayol keldi😁

Dee Hanim
23 290
Endi Lobarni onasi qachon so'mkasini kovlarkin deb turudim 🤣🤣🤣

Dee Hanim
23 290
Lobar degan sinfdoshim bo’lardi va uning astari yirtilgan sumkasi… U yerda mening maktublarim saqlanardi. 6-sinfdan boshqa ma
Lobar degan sinfdoshim bo’lardi va uning astari yirtilgan sumkasi… U yerda mening maktublarim saqlanardi. 6-sinfdan boshqa maktabga o’tdim. Uyimdan uzuun yo’l — dala-dashtni o’rtada qoldirib yetib boraman. Yo’llarga ishonmayman. Uyimiz 2-qavat, 10 lab xona, yon taraf ayri maydon — somonxona, qo’raxona… orqa tomon katta hovli, katta tomorqa… Makonimga ishonmayman… Otam-onam… qo’rqaman. Akam-ukam… qo’rqaman, Opam—singlim qo’rqaman, Aytolmayman, Ishonmayman… Shu yirtiq sumkadan boshqa hech kimga hislarimni ishonmayman. Lobar o’qimasligiga ishonaman, o’sha yirtiq sumkasida ko’z qorachig’idek (o’qimasdan) saqlashiga ishonaman… “D” sinfdagi bola bilan xat yozishardik: katta tanaffusda uydan yozib kelgan xatimni berardim, u dars tugaganda javob bilan menga qaytib berardi. Men yo’lda Lobarni uyigacha o’qib, xatni sumkasining taaaagiga (Lobar ham qo’li yetmaydigan qilib😁)yashirib, keyin tutqatorda yo’limni davom ettirardim… Bir kuni Lobarning labi yorilib, sumkasi qo’ltig’idan tushib keldi. Mening yuragim yorildi… O’qiyapsizmi? @DeeHanim

Dee Hanim
23 290
Xat yozamiz degandim, instagramda… Xat — ruhiyatni tashuvchi eng kuchli vosita. Unda tanlangan so’zlar, holatni tasvirlash ti
Xat yozamiz degandim, instagramda… Xat — ruhiyatni tashuvchi eng kuchli vosita. Unda tanlangan so’zlar, holatni tasvirlash tili, nuqta-vergulgacha — Siz, Sizni bunda bemalol o’qisa bo’ladi, kimligingizni bilsa bo’ladi… (Bu bo’yicha men bakalavrda diplom ishi yoqlaganman… — matndan egasini tanish bo’yicha) Va aytdimki, Siz xat yozasiz, men kimligingizni aytaman… Buni qanday qilamiz, nima qilamiz, telegramni kuzatib turing, instagramda 477 ming, tg da 24 ming insonga yetadigan nimadir o’ylayapman… Siz qanaqasiz o’zi, kim xat yozgan oxirgi marta va kimga? (Menga ko’p-ko’p yozing, ko’p-ko’p reaksiya🔥 busiz men Sizni his qilolmayman, qancha o’zingizni ko’rsatsangiz, men ham shuncha ko’rsataman) Shunday qilib, kim kimga xat yozgan oxirgi marta? @DeeHanim

Dee Hanim
23 290
Jonlariiim, yangi men! Ertaga kelaman, shu yerda bo’lib turing 💋

Dee Hanim
23 290
Hali sotuv ochilmadi, Mashenniklar yozsa, bloklang. Ularga to’lagan pulingizga biz javob bermaymiz! ✅Rasmiy manager: @DeeCosmos_ManagerKarta nomi: Dilrabo Norqulova ✅Biz Sizga Siz yozmasingizdan oldin yozmaymiz! ADMINISTRATSIYA: @DeeCosmos_manager

Dee Hanim
23 290
Jonlaaar🤎 Shu yerdamisiz? Audiokanalni eshitayotganlar, hislaringiz qanaqa? NIMA DEB O’YLAYSIZ? Shart bajarildimi? ANKETANI
Jonlaaar🤎 Shu yerdamisiz? Audiokanalni eshitayotganlar, hislaringiz qanaqa? NIMA DEB O’YLAYSIZ? Shart bajarildimi? ANKETANI NECHTA ODAM TO’LDIRDI? Raqam yozing👇 @DeeHanim

Dee Hanim
23 290

Dee Hanim
23 290
Відеоповідомлення01:00

Dee Hanim
23 290
💥1000 ta odamga degandim, hushyor 2000+ odam kanalga yopiq kanalga muvaffaqiyatli kirishga ulgurdi! Ulgurmaganlar endi diqqatli bo’lishni o’rganishadi.
Anonymous voting

Dee Hanim
23 290
Taaak, hamma hayitligini oldi, 100$ lik audio kanalga qo’shildi, va’damni bajardim, to’g’rimi, ora ochiq to’g’rimi?
Anonymous voting

Dee Hanim
23 290
Xulq masalasi — dunyo masalasi… Dunyo boylik sirlarini ochishda davom etmoqda, muvaffaqiyat haqida bitmas nutqlar bong urilya
Xulq masalasi — dunyo masalasi… Dunyo boylik sirlarini ochishda davom etmoqda, muvaffaqiyat haqida bitmas nutqlar bong urilyapti. Movitatsiyalarning so’ngi yo’q, ilm yo’llarining oxiri. Ammo hali hanuz dunyoni 3 faylasuf, 6 lidir va 9 kashfiyotchi boshqaryapti. Yana boylar o’sha, muvaffaqiyatlilar loteriyadan chiqqandek, kambag’allar esa tug’ilishda davom etmoqda… Sir nimada?! Menga hamisha ufqning ko’rinmas sarhadlari qiziq bo’lgan, barcha kashfiyotlardan tepada, barcha ilmlardan yuqori nimadir bor, har doim bo’lgan, va hatto u ufqlar qadar olis tuyulsa-da, aslida tomir qadar yaqin, u qonimizda biz bilan birga oqadi…shunday his qilaman… His qilganlarimni yillardir qog’ozga to’kaman. Insonni o’rganaman, qonni, jonni, ruhni tahlil qilaman, fe’lni, tabiatni bir-bir nimtalab ko’raman. Va o’sha olis ufqlarga teginaman, hayotimga qo’llayman, “ha” bu o’sha: eng qisqa, oson, tez yo’l bu… Rivojning raketa yo’li, ha — ruhiyat ufqlarini ochish… “Ilohiy poklanish”, “ilohiy tiklanish” shular jumlasidan. Menday yarador qushni avval oyoqda tutib, so’ngra uchirgan… “Ilohiy Xulqlanish” — mening baraka kashfiyotim… inson fe’lining taqdiriga javobgarligi, xulqning hayotga ta’siri va… Kecha bir fazasini ochdim: INSON RUHIGA HURMAT! Eshitdingiz-a kecha, shu haqida gapirdim, yozingchi nimalar esingizda? @DeeHanim

Dee Hanim - Статистика та аналітика Telegram каналу