Dilbar O'rinboyeva
Відкрити в Telegram
Upwork: https://www.upwork.com/freelancers/~01296c5280ef1d4618 YouTube: https://www.youtube.com/@udilbar Portfolio: https://ndn1618.netlify.app LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/udilbar Github: https://github.com/udilbar
Показати більше330
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
+130 день
Архів дописів
Misqollab yig'ayotgan tangalarim 😁 (agar shunday deyish mumkin bo'lsa 😅)
@u_dilbar
🚀 Binary Search - Cracking Leetcode 🚀
"Easy" darajadagi va "Binary Search" mavzusiga tegishli bo'lgan Leetcode misolini "crack" qildik. 💪
Hoziroq tomosha qiling: https://youtu.be/NO5aaH0c3to?si=-a2xKQ3BjZbNw05u
Obuna bo'lishni va do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang! 😊
@u_dilbar
Garvard universitetining kompyuter fanlari professori Devid J.Malan 5 xil odamga, yosh bola, o'smir, kollej talabasi, bitiruvchi va ekspertga, algoritmlarni tushuntirishga chaqirilibdi.
https://youtu.be/fkIvmfqX-t0?si=jamLwILPpy96SuoQ
@u_dilbar
Repost from N/a
Garvard universitetining kompyuter fanlari professori Devid J.Malan 5 xil odamga, yosh bola, o'smir, kollej talabasi, bitiruvchi va ekspertga, algoritmlarni tushuntirishga chaqirilibdi.
https://youtu.be/fkIvmfqX-t0?si=jamLwILPpy96SuoQ
@u_dilbar
2023-yil boshida o'zim uchun oldimga maqsadlar qo'yib, kichik bir daftarchaga qayd etib qo'ygan edim. Qo'ygan maqsadlarimdan Allohning inoyati ila faqat bittasiga erishibman. Lekin qolgan barcha maqsadlarim uchun tamal toshini qo'yibman, Alhamdulillah.
Yil sarhisobi:
- Universitetni bakalavr darajasini 4.92/5 GPA bilan tamomladim. 👩🎓
- Bir qancha qiziqarli loyihalarda ishladim.
- Leetcode platformasida yil davomida 138 kun aktiv bo'lib, 2023-yilning "100 days" nishoniga ega bo'ldim.
- ICT4Girls loyihasi doirasida Sabohat Qalandarova bilan frilanserlik dasturiga qabul qilinib, Upwork platformasida frilanserlik faoliyatimni muvaffaqiyatli boshlab oldim.
- Yil davomida 5 dan ortiq kitoblar o'qidim (ba'zilarini oxirigacham tugata olmaganman, shuning uchun taxminan aytyapman)
- Ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram, YouTube) faollashdim, oz bo'lsada foydali (shunday deb umid qilaman :)) maqolalar va kontentlar yaratdim.
- Yozda birga kod yozamiz (Algoritmlar) loyihasiga qabul qilindim va ishtirok etdim. 2022-yilda topshirib, o'ta olmagan edim.
- Farzandlik bo'ldik (Allohimning mo'jizasi).
Barchasi uchun Alhamdulillah deyman 😊
@u_dilbar
Repost from Isr0il Boykot.
Umar ibn al-Xattob aytdilar:
اجْتَنِبُوا أَعْدَاءَ اللَّهِ فِي عِيدِهِمْ
“Allohning dushmanlaridan (kofirlardan) bayramlarida uzoq turinglar”.
📚 Bayhaqiy rivoyati
This is my GitHub Unwrapped 2023! I didn't expect #Python to be one of the top languages I used. 🫣
Get yours 👉 https://githubunwrapped.com
@u_dilbar
LeetCode Milestone Unlocked! 🏆
Just earned the "100 Days Badge 2023" on LeetCode, ranking in the top 4.2% of LeetCoders! 🎉
@u_dilbar
Repost from Donishmand Dasturchi
O'zbekistonda dasturchi bo'lib ishlashning achchiq haqiqatlari.
Men remote, xalqaro bozorda dasturchi bo'lib ishlashga qaror qilishimdagi sabablardan biri bu ishdagi erkinlikni xohlashim bo'lgan. Erkinlik - istagan vaqt, istagan joyda, qattiq bosimlarsiz ishlay olish. O'ylaymanki, agar siz o'zbek mahalliy IT kompaniyalardan birida ishlasangiz, quyidagi cheklov, taqiq va bosimlardan hech bo'lmasa bittasini ko'rgansiz yoki boshdan o'tkazgansiz.
- Haftasiga 6 kun, kuniga 8+ soat ishlash majburiyati
- Kunlik ishlar aslida sizga bog'liq bo'lmagan muammolar tufayli tugallanmay qolsa, ish vaqti tugashiga qaramasdan, ishxonada yarim kechasiga majburlab ushlab turish.
- Ishga kech qonganlik uchun, kech qolingan har bir daqiqa uchun oylik maoshdan ushlab qolinadigan qandaydir jarima.
- Ishdan erta ketib qolganlik uchun, ofisda o'tmagan har bir daqiqa uchun oylik maoshdan ushlab qolinadigan qandaydir jarima.
- Tushlik yoki tanaffus vaqtlarining judayam qat'iy qo'yilganligi va belgilanganidan ko'p vaqt sarflab yuborilganligi uchun yana qandaydir jazo.
- Ish sababidan kasal bo'lsangiz, tibbiy xarajatlaringizni qoplanmasligi yoki hech bo'lmasa davolanish davringizda ham oylik maoshingiz berilmasligi.
- Ishxonadagi qoidalarni va tizimni "Software development cycle" dan umuman xabari yo'q odamlar tuzishi va nazorat ham ularning qo'lida bo'lishi.
- Ishxonadagi motiv amalga oshirilgan yaxshi ishlar rag'batlantirilishi evaziga emas, qilingan xatolar jazolanishi ustiga qurilganligi.
- Ish vaqtida to'satdan chiqib qolgan shaxsiy muhim ishlar uchun bir necha odamlardan ruxsat olib, keyingina keta olish va shunda ham ruxsat berilmasligi ehtimolligi yuqoriligi.
- Turli shaxsiy ishlar, qandaydir uy hujjatlarini to'g'rilash yoki yaqin insonni shifoxonaga olib borish kabi faqat ish kunlarida qilish mumkin bo'lgan ishlarga ishxonaning ruxsat bermasligi yoki oyiga faqatgina bir martagina ruxsat berilishi.
- Pullik mehnat ta'tili berilmasligi
Bu hamma kompaniyalarga tegishli emas. Lekin afsuski, O'zbekistondagi aksar mahalliy kompaniyalarda yuqoridagi kabi qattiq ish cheklovlari ko'p ko'zga tashlanadi. Ishxonalar ishchilar ustidan doimiy nazoratni ushlashga harakat qilishadi. Asosiy muammolardan biri shundaki, ular ichki tizimni kamchiliklarini topib, uni bartaraf qilish yoki xalqaro kompaniyalarda qanday qilib ishchilarga erkin ish muhitini yaratib bergan holda ishning samaradorligini oshirish yo'llarini o'rganish va amaliyotga tadbiq qilish o'rniga, eng chapani - ko'proq, qattiqroq, jazoga asoslangan motiv orqali ishlatish evaziga samaradorlikni oshirishga urunishadi.
Qachondir sizning ishxonadagi haq-huquqlaringiz tiklanishini, erkinlik berilishini kutib yashamang. O'zingizga nisbatan talabchan bo'ling. Ilm oling, tajriba orttiring va kerakli insonga aylaning. O'zingizni ishxonada majburlikdan, pulga muxtoj bo'lganingiz uchungina bu bosimlarga chidab ishlaydigan holizdan olib chiqing. Bizda hali beri ishchilar haq huquqlari qattiq himoya qilinib, Yevropadagidek imtiyozlarga ega bo'lishiga hali bor. Lekin siz o'zingizni kerakli kadrga aylantirib, o'zingiz uchun istagan ish muhitini yaratishingiz mumkin.
Endi Upwork'dagi profilimda ushbu yutuq belgisi bor 🤩
Kirib ko'rishingiz mumkin 😌:
https://www.upwork.com/freelancers/~01296c5280ef1d4618
@u_dilbar
2-dekabr kuni farzandimni yaxshilab ovqatlantirib xo'jayinimga topshirib turdim va o'zim hech kimsa yo'q xonaga kirib testni topshirishni boshladim. 3ta amaliy mashq va 4ta test tushdi. Ko'rib turganingizdek, 1- va 3-amaliy mashqlar osonroq, 2-esa qiyinroq edi. 2-mashqda kalkulyator funksiyasini bir boshqacharoq usulda amalga oshirish kerak edi. Yozgan kodim hammma test holatlariga (test cases) to'g'ri kelmay qoldi. Qolgan 4ta 50 ballik testlar esa HTML, CSS va JavaScript'ga doir edi.
@u_dilbar
Assalomu alaykum!
Demak, avvalgi hikoyamizni davom ettiramiz. Yuqoridagi rasmda Upwork Skill Certification'ni olishlikning qanday foydalari borligi aytilgan.
Men ushbu sertifikatni qo'lga kiritishim uchun endi 2-bosqich, ya'ni Skill-Specific Coding Test'ni topshirishim kerak edi. Men Frontend dasturchi bo'lganligim uchun ushbu test JavaScript tilida bo'ladi. Unda qanday savollar tushishi bo'yicha hech qanday ma'lumot topa olmadim. Faqatgina bilgan ma'lumotlarim unda Frontend dasturlashga doir amaliy mashqlar va testlar tushishi mumkinligi edi. Shuning uchun hech qanday tayyorgarliksiz testni topshirishga qo'rqmadim.
@u_dilbar
Va nihoyat, bu xabarni bugun oldim. Tabriklashingiz mumkin, 1-testdan 80ta connect'ga ega bo'lib o'tibman. 2-test esa skill-specific test. Uning jarayonlari haqida ham yozib borishimni xohlasangiz, ko'proq reaksiya qoldiring 🔥😁
@u_dilbar
CodeSignal men ortiqcha noodatiy harakatlar qilmaganimni tekshirib ko'rib, meni ishimni tasdiqladi. Menga bir necha kundan keyin natijalarim keldi. Lekin Upwork'dan General Coding Assessment'dan o'tganmanmi yoki yo'qmi, bu haqida xabar kelmadi. Va men sizlarga natijalarni ko'rsatishdan avval shu xabarni kutayotgan edim.
@u_dilbar
CodeSignal platformasi siz test topshirayotganingizda kompyuteringiz ekranini, old kamerasini (sizni harakatlaringizni) va ovozingizni yozib oladi. Bu haqida to'liqroq ushbu maqolada o'qishingiz mumkin.
Brauzerda qidirish imkoniyatlari bor, faqat foydalanadigan dasturlash tilingiz sintaksisi bo'yicha qidira olasiz, berilgan masalaning yechimiga doir so'rov berish mumkin emas.
Menga 4ta masala tushdi. Ularga umumiy 1 soat 10 daqiqa vaqt berildi. 1-masala juda oson edi, uni 2 daqiqada yechib bo'ldim. 2-masala ham qiyin emas edi, unga 11 daqiqa vaqt sarfladim. 3-masala esa juda qiyin edi, men uchun. 1 qator kod yozib baribir ishlay olmasligimni tushundim va vaqtdan yutqazmaslik uchun 4-masalaga o'tib ketdim. 4-masala "Dynamic programming" mavzusiga tegishli edi, men qiynaladigan mavzu. Shunday bo'lsa ham yechishga harakat qildim. Orada farzandim yig'lab qoldi. Hayolim buzilib oxirgacham ishlay olmay qoldim, qolgan barcha vaqtim shu 4-masalaga ketdi.
@u_dilbar
