cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Urfon intellektual klubi | Ilm ulashamiz!

“Urfon” intellektual klubining telegramdagi rasmiy sahifasi. Murojaat uchun: @urfon_ik_bot

Більше
Рекламні дописи
1 145
Підписники
Немає даних24 години
+137 днів
-1430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#termin Sizif mehnati Shamollar xudosi Eolaning o'g'li Sizif qilmishlari sabab o'limidan so'ng xudolar tomonidan shunday jazolanganki, u doimiy ravishda tog' tepasiga ulkan toshni dumalab chiqishga majbur qilinadi, ammo u doimo oxirlab qolganida xarsangtosh pastga dumalaydi. Sikl yana va yana takrorlanadi va hech qachon u cho'qqiga chiqolmaydi. Ushbu holat termin sifatida "Sizif mehnati" nomini olgan. Hozirda mashaqqatli ammo ma'nosiz ishlar bilan shug'ullanish "Sizif mehnati" termini bilan ifodalanadi. @urfonklubi
Показати все...
👍 4🤣 2
Savolning javobi: Sizif Izoh: Yunon miflarida qarg'ishga uchragan Sizifga antiqa jazo berilgan edi: u ulkan tosh bo'lagini tepalik ustiga surib chiqar, chiqqanda esa tosh yana pastga dumalab tushar edi. FIK 0% ga teng bo'lgani bois befoyda, samarasiz mehnatga nisbatan "Sizif mehnati" degan termin qo'llanadi. Savolda ham shunga o'xshash (teskari) holat aks etgan. Savol matnidagi "sizib chiqayotgan" so'zi e'tiborni tortish va Sizifni eslatish uchun qo'llangan. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Sisyphus
Показати все...
Sisyphus

king of Ephyra in Greek mythology

1126. Qumsoat o'ynayotgan bolani otasi IKS deb hazillashadi. Chunki bola qumsoatning bir qorinchasidan ikkinchisiga sizib chiqayotgan qum tugashi bilan aylantirib qo'yar edi. Savol: IKSni atoqli ot bilan yozib bering. @urfonklubi
Показати все...
Shaxsiy o‘yin. 2-tur savollari 1-mavzu: Sayyohlar 10. Aynan ushbu sayyoh Tinch okeanini Tinch deb atagan. Qaysi sayyoh? Javob: Ferdinand Magellan 20. Bu barbar sayyohi 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali umumiy 120 ming masofani bosib o'tgan. Uning asl ismini emas, bizga tanish nomini ayting. Javob: Ibn Battuta 30. Aynan shu kashshofning admiralligidagi dengiz sayohati orqali Braziliya kashf etilgan va uni Portugaliya mustamlakasiga aylantirishga harakatlar boshlangan. Kim? Javob: Pedru Alvarish Kabral 40. Bu ingliz sayyohi Vest-Indiyaga qilingan qaroqchilik ekspeditsiyasining rahbari bo'lgan. U Magellandan so'ng 2-bo'lib dunyo bo'ylab suzib chiqqan. U, shuningdek, Ispanlarning "Yengilmas armada"sini tor-mor qilishda ingliz flotiga boshchilik qilgan. U kim? Javob: Frensis Dreyk 50. Bu ispan sayyohi va konkistadori Amazonka bo'ylab suzib o'tgan va uni tadqiq qilgan ilk kashfiyotchi bo'lgan. U kim? Javob: Fransisko Orellyana 2-mavzu: matritsada -DAN- 10. Filning tishi yoki suyagidan yasalgan pichoq dastasi shunday ataladi. Javob: Dandon 20. 1040-yil 23-mayda G'aznaviylar va Saljuqiylar o'rtasida bo'lib o'tgan jang mavzuimizga 2 karra mos tushadi. Javob: Dandanakon jangi. 30. Bu mato ipakning bir turi bo'lib, uning etimologiyasi Buxorodagi bir qishloqqa borib taqaladi. Narshaxiyning yozishicha, u asosan Hindiston va Iroqqa jo'natilgan. Javob: Zandanicha 40. Formada ikki so‘z. U - Uchinchi reyxning 1940-yil 9-aprelda amalga oshirgan va atigi 6 soat davom etgan harakati. Uni ikki so‘zda ayting. Javob: Daniya operatsiyasi. 50. Ushbu braziliyalik jangchi Ultimate Fighting Championship tarixida 2 ta vaznda chempion bo'lgan birinchi ayol hisoblanadi. Javob: Amanda Nunyez 3-mavzu: mashhur ozarbayjonlar 10. Formada taxallus. Uning "Комета", "Lollipop", "Без тебя я не я", "Ты пари" kabi qo'shiqlari mashhur. Asl ismi - Jahid Huseynli. Biz uni qanday nom ostida bilamiz? Javob: JONY 20. Formada taxallus. Asl ism-sharifi Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayyad. Taxminan 1141-yil Ozarbayjonning Ganja shahrida tug‘ilgan. Ozarbayjon fors she’riyatining klassigi, O‘rta asrlar Sharqining eng buyuk shoirlaridan biri, fors tilidagi epik she’riyatga so‘zlashuv tili va realistik uslubni olib kelgan inson. Kim? Javob: Nizomiy Ganjaviy. 30. Formada ism-familiya. 1996-yilda Bakuda tug‘ilgan ushbu qoʻshiqchi, musiqalar matni muallifi, internet yulduzi hisoblanadi. U 2018-yilda Murat Goyebakan tomonidan yozilgan „Ay yuzlum“ qoʻshigʻini kuylab, klipini YouTubega joylaydi va mashhur bo‘lib ketadi. Kim? Javob: Nahide Babashli. 40. Formada ism-familiya. U - sobiq futbolchi va futbol hakami. 1966-yilgi jahon chempionati finalida Angliyaga shuhhali gol kiritishda yordam bergani bilan va shuningdek u shu turnir boshidagi Shveytsariya-Ispaniya bahsida shveytsariyaliklarning golini hisobga olmaganligi bilan muxlislar yodida qolgan. Uning nomi bilan Ozarbayjon milliy stadioni ham nomlangan. U kim? Javob: Tofiq Bahromov 50. Ushbu ijodkor "Tuproq. Dengiz. O‘t. Samo", "Kun o‘tdi" va Dədə Qorqud filmlari uchun ssenariylar yozgan. „Uzeyirning hayoti“ filmiga ssenariy muallifi hamda prodyusserlik qilgan. 2014-yilda Turkiyaning Eskishehir shahrida bo‘lib o‘tgan Turk dunyosi adabiy jurnallarining VI qurultoyi qarori bilan Turkiy tilli mamlakatlar yozuvchilar uyushmasining birinchi prezidenti etib saylangan. Kim? Javob: Anor (Anor Rzayev) @urfonklubi
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Onlayn shaxsiy o‘yin ligasi 2-tur o‘yinidan keyingi natijalar @urfonklubi
Показати все...
2-tur. 📊 Yakuniy natijalar 📊 🥇 @Mekhmonov_Jurabek: 100 ball 🥈 @Akbarbek_Zunnunov: 90 ball 🥉 @Bookuzbek_Jizzax: 80 ball 4. @Sayyorkhon: 50 ball 5. @RobertLokampp: 20 ball 6. Tursunboyev J: 10 ball 6. @DoctorVanGogh: 10 ball
Показати все...
5 daqiqa
Показати все...
Shaxsiy o‘yin. 2-tur. 22:30 ❗️O‘yin ushbu guruhda bo‘ladi https://t.me/+_eeRFQg5HxMwOWYy @urfonklubi
Показати все...
Urfon intellektual klubi chati

You’ve been invited to join this group on Telegram.

👍 3👎 2
Shaxsiy o‘yin. 1-tur savollari. 1-mavzu: AQSH shtatlari 10. Laqabi "Yankilar shtati" bo'lgan shtatning odamlari qonxo'rligi haqida ma'lumot topa olmadik. Qaysi shtat? Javob: Ogayo 20. Merilend shtati o'zining "ozod shtat" laqabini qaysi taqiqga bo'ysunmasligini birinchi bo'lib e'lon qilganidan so'ng olgan? Javob: "Quruq qonun" 30. "Nicknames of the states" kartinasida ushbu shtatda kirka(cho'kich) bilan mehnat qilayotgan ko'rsichqon tasvirlangan. Qaysi shtat? Javob: Kaliforniya 40. Aynan ushbu shtat nomi vaqt o'lchayotganda ishlatilish sababi har bir bo'g'inni aytish uchun chorak soniya ketishidir. Qaysi shtat? Javob: Mississipi 50. Kanzas shtatining bayrog'i markazidagi halqani pastki qismida mashaqqat bilan mehnat qilayotgan inson, yuqori qismida yulduzlar tasvirlangan. Bayroqdagi devizni yozib bering. Javob: Ad astra per aspera Qabul: Per aspera ad astra. 2-mavzu: Initsial K.. K.. 10. 1763-yilda qabul qilingan Qirollik deklaratsiyasi uni prototipi bo'lgan va u quyidagilardan iborat: 1982-yilgi Kanada akti, uning ilovasida koʻrsatilgan aktlar va farmonlar va ushbu hujjatlarga kiritilgan har qanday oʻzgartirishlar. U? Javob: Kanada konstitutsiyasi 20. Uni XVI asrda fransuz qirolining shifokori Amburaz Pare tirik ayollarda boshlagan, ammo bu davrda ko'pincha o'lim bilan yakunlangan. U? Javob: Kesarcha kesish 30. Tenebrizm(qorong'u fonda yotilgan obyektlar) 17-asrda asrda Ular tufayli rivojlangan. Ular? Javob: Karavadjo kartinalari 40. Ushbu asari, Chexiya birinchi prezidenti tomonidan yozilgan bo'lib, post-totalitar davlatlarda fuqarolik jamiyatining roli va ojizlar qanday qilib davlat deb atalmish kuchli siyosiy institut oldida qadni tik tutishi mumkinligi haqida fikr yuritadi. Ushbu asar nomi? Javob: Kuchsizlar kuchi 50. Ushbu qo'shiq 1940-yili rojdetsvo kuni, shahar bombardirovka qilinganidan ko'p o'tmay BBC radiosida translatsiya qilinishi sababli keng jamoatchilik orasida mashhur bo'lgan. Javab: "Koventri karol"(Coventri carol) 3-mavzu: Anagrammalar Navbati bilan terminlarga ta’riflar beriladi, siz esa anagrammalarni bir xabarda yozib berishingiz kerak bo‘ladi. 10. Birinchi kirish yoki boshlanish ma'nosini anglatadi, musiqa, video, kitob yoki boshqa har qanday ijodiy ishning boshlanish qismi sifatida ishlatilishi mumkin. Ikkinchi azot kislotasini ishlatish tizimlarini jargon nomi. Javob: Intro, nitro 20. Birinchi ikki jins vakillarining oʻzaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq, ikkinchi arabchadan o'zlashgan so'z bo'lib, gʻoyibdan xabar beruvchi, bashoratgoʻy degani va kelajak haqida yolgʻon soʻzlovchi sifatida talqin qilinadi. Javob: nikoh, kohin 30. Birinchini nomi lavrentiyalik irokez qabilasi tilidagi kanata(qishloq, manzilgoh) so'zidan olingan.Ikkinchi ayollar roʻmoli; odatda qora yoki oq satindan tayyorlanadi va soch farqini berkitib, sochni tutib turishga xizmat qiladi. Koʻproq oʻrta yoshli va keksa ayollar katta roʻmol tagidan oʻraydilar. Javob: Kanada, dakana 40. Birinchi Gomerning “Odisseya” va Vergiliyning “Eneida” asarlarida shamollar hukmdori sifatida tilga olingan Gippotning oʻgʻli. Ikkinchi esa 1982-yilda “Real Sosyedad” chempion deb eʼlon qilingandan keyin, San-Sebastyandagi “Atocha” stadionidagi odamlar “Campeones, campeones, hobe, hobe, hobe” qoʻshigʻini ayta boshlashgan va Ispaniyaning boshqa qismlariga tarqalishi natijasida hozirgi holatida kelgan. Javob: Eol, ole(ole-ole-ole) 50. Birinchi arabcha qattiq toʻqima maʼnosidagi soʻzdan olingan boʻlib “oʻrab turish” maʼnosini ham beradi. Oʻzbek tiliga termin boʻlib kirgan bu soʻzi “ota tomondan qarindosh” degan maʼnoni anglatadi. Ikkinchi 42-oyatdan iborat makkiy sura  bo'lib, "yuzini burishtirdi" ma'nosini beruvchi so'z bilan boshlangani uchun  suraga shu nom berilgan. Javob: Asaba, abasa @urfonklubi
Показати все...
👍 2
01:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Urfon intellektual klubining 2023/2024-yilgi mavsumiga bag‘ishlangan slayd shousi Mavsum davomida esingizda qolgan qiziqroq voqeani yozib keting ;) @urfonklubi
Показати все...
26.48 MB
👍 2 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.