cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Ma'rufjon Blogi

Kitoblar haqida postlar. 💰Postlar manfaatli bo'lsa, donat uchun: 8600492984450854 Ikkinchi kanal: @bookinoman1 YouTube manzil: https://www.youtube.com/channel/UC9bOod_K-A7TKQv2Su0yjLw

Більше
Рекламні дописи
1 075
Підписники
+13724 години
+1207 днів
+6930 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Telegram'ning o'zbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin. Ro'yxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga a'zo bo'lishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmunli va samarali o'tishiga yordam beradi. https://t.me/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
Показати все...
UzBookblogs

astronaut invites you to add the folder “UzBookblogs”, which includes 32 chats.

👍 1 1
Hozircha ushbu kitobdan o‘rin olgan ikkita hikoya, “Ishg‘ol qilingan uy” va “Aksolotl”ni o‘qib chiqdim. Ikkalasi ham insonni bir zumga o‘yga toldiradi. Birinchi hikoyada aka va singil o‘zlarining keng uyida bamaylixotir yashashadi toki ularning uylarini begonalar sekin-sekin egallab olishgunicha. Avval bitta xona, keyin yana biri va oxirda aka-singil uyni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. Ancha o‘yladim, ramz qidirdim. Ba’zi manbalarda begonalar Argentinaga kelgan yangi hukumat va ular o‘ziga yoqmaganlarni sekin siqib chiqarishiga ishora ekanligini yozilgan. Kortasar ham yangi hukumat bilan kelisha olmagach, u yerni tashlab, Yevropaga ketgani yozilgan. Yana bir taxmin borki, begonalar bu — yolg‘izlik. Yolg‘izlik insonni sekin-sekin qamrab oladi va yakunda uni hech narsasiz qoldiradi degan ma’no kelib chiqishi ham mumkin. Xullas, o‘quvchi o‘zicha xulosani chiqaraverishi mumkin. Ikkinchi hikoyada esa akvariumdagi aksolotlga mahliyo bo‘laverib, yakunda o‘zi ham ulardan biriga aylanib qolganini sezmay qoladi. Haqiqatan ham odam bir narsaga mukkasidan ketsa, uni egallay boshlaydi va atrofda hech kim uni tushunmaydigandek, uni qabul qila olmaydigandek, o‘ziga o‘xshagan “aksolotl”lar bilan til topishadigan bo‘lib qoladi. Bu hikoya haqida yanada kengroq xulosalar chiqarsa bo‘ladi. Juda yoqdi. Kitobdagi qolgan hikoyalarni ham navbat bilan o‘qishni boshlayapman, kecha ta’kidlaganimdek, “Love, Death and Robots” serialidek. Unda ham voqealar kutilmagan burilish oladi va kutilmagan yakun bilan intiho topadi. Kortasarni o‘qish kerak, azizlarim. @marufjonblogi
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yarim tunda Kortasardan o'qigim keldi. Hikoyalarini o'qiyapman-u, go'yoki, “Love, Death, Robots” syujetini ko'rayotgandekman. Kutilmagan burilishlar, odamni o'yga toldiradigan voqealar. @marufjonblogi
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
To'g'rimi? @marufjonblogi
Показати все...
👍 14🔥 3
Nimanidir xato qilyapman O‘qishni bitirganimdan so‘ng eng ko‘p eshitgan savollarim: qachon endi psixologlik qilasan? Psixologik blog yuritasan? Psixologik konsultatsiyalar o‘tasan? Javob har safar bir xil: ozroq bilimimni oshiray. Ha, psixologman deb da’vo qilishga faqatgina diplomning o‘zi kifoya emas. Diplomli psixologman, bu juda qiyin sohaligini, odamlarning hayoti bilan o‘ynashib bo‘lmasligini yaxshigina bilaman. Kun kelib, insonlarga yordam berishni, jamiyatimizda zulukdek yopishgan illatlarni, muammolarni kamaytirishni xohlayman. Bu kasb zavqli ekanligini bilaman. Bir paytlar 2-3 kishi bilan psixolog sifatida ishlaganman. Ularga yordamim tekkanini bilib, quvonganman. Lekin bu shunchaki o‘z bilim doiramdan kelib chiqib, tor doiradagi ishlar edi. Lekin men bilimim kam, hali psixologlik yukini ko‘tara olmayman deb turgan joyimda, kundan kunga internet sferasida psixologlar ko‘paymoqda. Ularni kuzatishni judayam yoqtiramanda. Nega? Hammasi gapirayotgan gaplar, qilmoqchi bo‘layotgan ishlar kulgumni qistaydi. Juda oddiy, elementar va tiyinga qimmat gaplar. Ammo ularni tinglaydigan, ularga ishonadigan va hatto millionlab sarflab konsultatsiyalariga yoziladigan odamlar bor. Nimaaaa? deyman o‘zimga-o‘zim. Ha, bunaqa qalloblarni ko‘rsam, menga og‘ir botadi. Chunki bu sohaga dog‘ tushirishni istamay, munosib bo‘lib, harakat qilay deb turgan joyimda, dog‘ tugul, hamma joyini rasvo qilib yuborishdi. Ular bilan yuzma-yuz bo‘lib qolsangiz yoki sal chuqurroq kirsangiz, psixologiyani elementar narsalarini ham bilmasligini tushunib yetasiz. Shunchaki xalqimizning shirin so‘zga, yoqimli daldalarga muhtoj ekanligidan unumli foydalanishmoqda. Eh xalqim-a!!! Yaqinda bir psixolog insonda 3 ta shaxsiyat bor deb turib, 4 ta sanasa bo‘ladimi, deng. Keyin o‘ziyam hayron qolib, “yo‘q, 4 ta shaxsiyat ekan” deydi. Bern go‘rida tik turgandir buni eshitib. Bundaylarni taqiq qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, taqiq — erkinlik bo‘g‘ilishining asoslaridan biri. Shunchaki odamlarimiz qallob kim-u, soha egasi kim ajratib olishi lozim. Yo‘qsa, hali bundaylarning bozori chaqqon bo‘laveradi. @marufjonblogi
Показати все...
👍 9🔥 1
O'zi rostdan kitob o'qiyotganlar bormi? @marufjonblogi
Показати все...
🔥 1
Musiqa inson hayotida alohida bir o‘ringa ega bo‘lim muhim kashfiyotlardan biri deb hisoblayman. Juda bir meloman bo‘lmasam ham chiroyli musiqalarni pleylistga yig‘ishni va albatta ulardan nimadir ma’no olishga, o‘rganishga harakat qilaman. Shunday musiqalar bo‘ladi, eshitganingda butun tanang titraydi. U xuddi sen uchun yaratilganday. Yana shunday musiqalar bo‘ladi, eshitganingda beixtiyor olis bir o‘tmish yoki o‘zing bo‘lmagan, lekin xayolan sayr qiladigan makonlarga borasan. Hamma narsamiz juda tez bo‘lgan bu hayotda bir on tinim olib, musiqa atalmish bir ne’matdan bahramand bo‘ling. Shunchaki xonangiz chirog‘ini o‘chirib, quloqchinni taqib, dunyodan uzilgan holda mana shu musiqalarni eshitib ko‘ring: 1. HOMIE — По дворам 2. Ummon — Vaqt 3. Avicii — Hey, brother 4. Michael Jackson — Earth Song 5. Eng gullagan yoshlik chog‘imda. Albatta, bu meni yodimga kelgan va yaxshi deb hisoblagan musiqalarim. Siz esa o‘zingizga yoqadigan, yuragingizga yaqin istalgan qo‘shiqlarni xuddi men aytgandek tinglab ko‘ring. Ichingizda nimadir o‘tadi. Musiqa sehridan bahramand bo‘lasiz. @marufjonblogi
Показати все...
👍 5🔥 2 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Noam Xomskiy 95 yoshida vafot etibdi. @marufjonblogi
Показати все...
👍 3 1🔥 1
Yaxshi savol: Badiiy adabiyotni yaxshiroq anglash uchun ilmiy manbalar, ilmiy kitoblar o'rni qanchalik muhim? Chunki juda ko'p badiiy kitoblarda biz ilg'amagan g'oyalar, qarashlar va shunga o'xshash jihatlar bo'ladi. @marufjonblogi
Показати все...
👍 7 2
Sevimli kitoblarimdan biri — Rey Bredberining “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja”dan iqtiboslar @marufjonblogi
Показати все...
👍 4 2
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.