Sirdarya Football Association
Відкрити в Telegram
Sirdaryo viloyati Futbol Assotsiatsiyasi rasmiy kanali • youtube.com/@SirdaryaFA • instagram.com/sirdaryafa • facebook.com/profile
Показати більше2 785
Підписники
-524 години
+797 днів
+31130 день
Архів дописів
+1
⚔ Sirdaryo viloyati Qizlar o’rtasida mini-futbol bo’yicha “Davlat Xavfsizligi Xizmati kubogi-2026” viloyat bosqichi musobaqasi start oldi. B-guruh uchrashuvlari natijalari va guruh jadvallari bilan tanishing.
18-iyun kuni bo’lib o’tadigan yarim final hamda final uchrashuvlari ertalab o’tkaziladi.
📱Instagram📺YouTube🕊Telegram
+1
⚔ Sirdaryo viloyatida O’g’il bollar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi 23-iyun kuni start oladi.
Guruh uchrashuvlari sanasi va vaqti bilan tanishing.
🏟️ A-guruh o’yinlari Guliston shahar 2-maktab sunniy maydonida o’tkaziladi.
🏟️ B-guruh o’yinlari Guliston shahar 8-maktab sunniy maydonida o’tkaziladi.
🏟️ C-guruh o’yinlari Guliston shahar Qurilish kolleji sunniy maydonida o’tkaziladi.
Erkaklar o‘rtasida futbol bo’yicha uchrashuvlar sanalari yaqin kunlarda ma’lum qilinadi.
📱Instagram📺YouTube🕊Telegram
+9
Sirdaryoda futbol bayrami: “Yoshlar ishlari agentligi kubogi”ning Respublika bosqichi start oldi.Musobaqa oldidan viloyat Yoshlar markazida qur’a tashlash marosimi tashkil etildi va unda viloyat hokimi Otabek Mavlonberdiyev va Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati mas’ul xodimi Nurulla Abdullayevlar so'z olib, ishtirokchilarni samimiy qutlashdi va musobaqa tartib-qoidalari bilan yana bir bor tanishtirib o‘tildi. Shundan so‘ng qur’a tashlash marosimi boshlandi. Unga ko'ra Samarqand, Xorazm, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari "A" guruhidan, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari "B" guruhidan, Toshkent shahri; Surxondaryo, Toshkent viloyatlari "C" guruhidan, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi esa "D" guruhidan joy egalladi. Sirdaryo bugun futbol nafasi bilan yashamoqda. Bu yerda har bir uchrashuv – shunchaki o‘yin emas, balki orzular, maqsadlar va g‘alaba sari tashlangan dadil qadamlarning yorqin ifodasidir. 📱Instagram📺YouTube🕊Telegram
⚔ Sirdaryo viloyati Qizlar o’rtasida mini-futbol bo’yicha “Davlat Xavfsizligi Xizmati kubogi-2026” viloyat bosqichi musobaqasi start oldi. A-guruh uchrashuvlari natijalari hamda jadvali bilan tanishingz
Ma’lumot uchun: ertaga bo‘lib o‘tadigan B-guruh uchrashuvlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.
📅 Sana: 16-iyun (o‘zgarishsiz)
⏰ Barcha uchrashuvlar faqat ertalabki vaqtlarda, ketma-ket tartibda o‘tkaziladi.
📱Instagram📺YouTube🕊Telegram
Repost from Uzbekistan Football Association
+6
⚡️ Futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining final bosqichi yakunlandi
Joriy yilning 1–15-iyun kunlari Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining final bosqichi yuqori saviyada va muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Ilk bor tashkil etilgan mazkur musobaqada respublikaning 23 ta futbol akademiyasi jamoalari chempionlik uchun bahs olib bordi.
Musobaqalar U-13, U-14, U-15 va U-16 yosh toifalarida o‘tkazildi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrindorlar safidan joy oldi:
U-13 yosh toifasi
🥇 Nasaf FA
🥈 Sirdaryo FA
🥉 Toshkent viloyati FA
U-14 yosh toifasi
🥇 OKMK FA
🥈 Sirdaryo FA
🥉 Andijon FA
U-15 yosh toifasi
🥇 So‘g‘diyona FA
🥈 Nasaf FA
🥉 OKMK FA
U-16 yosh toifasi
🥇 OKMK FA
🥈 Toshkent shahri FA
🥉 Namangan FA
Ta’kidlash joizki, futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati ilk marotaba tashkil etildi va yosh futbolchilar uchun muhim tajriba maydoniga aylandi.
✅ Musobaqaning navbatdagi mavsumi kuz–bahor formatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yangi mavsumga sentyabr oyida start berilishi ko‘zda tutilgan.
💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️ Uzbekistan FA
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
