cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Criminal Justice & Legal Paradigm

Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.

Більше
Рекламні дописи
322
Підписники
Немає даних24 години
+77 днів
-130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
The New Yorker amaldagi Qo‘shma Shtatlar Oliy sudi karikaturasini e’lon qilibdi. @CJandLP
Показати все...
😁 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
1174-yil 12-iyul kuni Angliyaning Plantajinant sulolasidan bo‘lgan qiroli Henry II Kantebri (Canterbury) cherkoviga borgan holda uning sobiq arxibishopi o‘limidagi aybi uchun tavba tazarru jarayonini amalga oshiradi. Tavba tazarru jarayoni o‘ziga xos spektral effektga ega bo‘lib u o‘sha davrda ichki va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklarga uchrayotgan qirol uchun o‘z siyosiy legitimligini tiklab olishda muhim ahamiyat kasb etgan. Tashqi va ichki ekzestensial xavflardan qutilib olgan qirol Henry buni ilohiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘lashga urinadi. Bugun kuzda bo‘lib o‘tadigan Qo‘shma Shtatlar prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan sobiq prezident Donald Trampning hayotiga suyuqasd uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Suyuqasdning kim va nima uchun uyushtirganligi bir yoqda qolib, bu hodisaning sura’tlar, video tasvirlar va minglab olamon ichida sodir bo‘lganligi o‘zi bilan yuqorida aytib o‘tilgan effektni keltirib chiqaradi. @CJandLP
Показати все...
🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Huquq ustuvorligi bir amallab yashab qolishga urinmoqda. Germaniya Federal Mehnat sudi (Das Bundesarbeitsgericht) FSV Mainz 05 futbolchisi Anvar Al Ğoziy mehnat shartnomasining bekor qilinshini haqiqiy emas (null and void) deb topdi. U Falastin birdamligi ortidan dastlab vaqtincha jamoadan chetlatilgan. Nashg‘ulotlariga qaytarilganidan so‘ng ham bu solidarlik uchun afsuslanmasligini bildirgan. Natijada, uning mehnat shartnomasi bekor qilingan. So‘z erkinligi chegaralarining uni qaysi ijtimoiy sinf, etnik yoki irqiy guruh vakillari qo‘llashiga qarab o‘zgarib turishi bugungi kunda global o‘ta o‘ng avtoritar rejimlar sonining oshishi bilan belgilanadi. Hattoki, Yevropaning kun tartibi belgilaydigan Germaniya va Italiya parlamentida ana shunday kun tartibini ilgari suruvchi siyosiy partiyalarning katta mandatlarga ega. Fransiyada ham o‘tgan hafta o‘tkazilgan parlament saylovlarida bunday partiyalarning g‘olib chiqishiga bir bahiya qolganligi muammoning ildizini ko‘rsatib beradi. @CJandLP
Показати все...
👍 1🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
1950-yillarda Chilining Katolika universitetidan Amerikaning Chikago universitetida o’qib nafaqat Chili, balki Lotin Amerikasining qolgan mamlakatlari hamda post-kommunistik Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida iz qoldirgan bir guruh yosh tadqiqotchi-olimlar Chikago yigitlari nomi bilan tilga olinadi. Chicago Boys o’ziga xos pejorativ, kamsituvchi umumiy nom bo’lib asosan ikki ma’noda qo’llanilgan. (i) Bu nom xorijda o’qib qaytgan amaliy iqtisodiyot haqida hech narsani bilmaydigan ‘yosh bolalar’ degan mazmun kasb etgan. (ii) ularni ‘yot ideologiya’ ta’siridagi guruh sifatida tavsiflagan. Katolikaning ana shu yangi avlodi mamlakatga qaytgach Iqtisodiyot bilan bog’liq universitet o’quv dasturlarini radikal o’zgartirgan. Substandard o’zlashtiruvga ega talabalarni kursdan kursga o’tishiga qarshilik qilgan va hattoki, o’zlari faoliyat yuritayotgan universitet boshqaruv vakillariga o’z e’tirozini ochiqchasiga bildirgan. @CJandLP
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘tgan asrning ko‘zga ko‘ringan intellektual qatlam vakillaridan biri sifatida e’tirof etiluvchi Hannah Arendt Berklidagi Kaliforniya universitetidagi Zamonaviy Muammolar nomli fani yakuniy imtixoni uchun talabalarga bir necha esse savollari taqdim etgan. Esse savollaridan birida u talaba(lardan) ‘Nima uchun totalitar ideologiya intellektual qatlamni o‘ziga qarata olish qobiliyatiga ega ekanligini tushuntirib berishni’ so‘ragan. @CJandLP
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kontenintal Yevropaning eng yirik davlatlaridan biri bo’lmish Fransiya Milliy Assambliyasi saylovlarining 2-bosiqichi birlamchi natijalariga ko’ra Yangi Xalq Fronti so’l kuchlar koalitsiyasi vakillari mamlakat parlamentida eng ko’p o’rinni egallashi kutilmoqda. @CJandLP
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
4-iyul nafaqat Atlantikaning nargi tarafida bayram, balki uning bu tarafida ham bayram sifatida qayd etiladigan kun. Dastlabki natijalarga ko‘ra, Leybor partiyasi o‘zining eng katta tarixiy natijasini qo‘lga kirtishi kutilmoqda. Ser Kyer Stramer — Birlashgan Qirollikning yangi Bosh vaziri. @CJandLP
Показати все...
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qo‘shma Shtatlarning aksariyat shtatlarida qamoqxona va tergov hibsxonalari oliy ta’lim muassasalari sonidan ko‘p. Ruth Gilmore kitobi sarlavhasida qo‘llanilgan Oltin Gulag va ayniqsa Nils Christie’ning qamoq industrial kompleksi konseptlari nega bu mamlakatda qamoq jazo formasi va qamoqxonalar prevalentligini ko‘rsatib beradi. @CJandLP
Показати все...
1
‘Russia… where the serf mentality, with its blind, fatalistic respect for rulers and its automatic acceptance of all their claims, is still dominant and combined with a superpower patriotism which traditionally places the interests of empire higher than the interests of humanity’. Havel, V. (1985). The Power of the Powerless (Routledge Revivals): Citizens Against the State in Central-eastern Europe (1st ed.). Routledge. @CJandLP
Показати все...
👍 1
Qo‘shma Shtatlarning Massachusetts shtati federal qamoq indeksida eng kam mahkum saqlab turuvchi shtat sifatida qayd etilgan. Garchi shunday bo‘lsada, eng quyi natija ko‘rsatib turgan mazkur shtat Saudiya Arabistonidan 20%, Xitoydan 50%, Fransiyadan 100% hamda Yaponiyadan 700% yuqori mahkum saqlaydi. Shtatlar qamoq indeksining global miqiyosda taqqoslanishi Prison Policy Initiative nodavlat, nopartizan tashkiloti tomonidan yuritiladi. @CJandLP
Показати все...
States of Incarceration: The Global Context 2024

Criminal justice policy in every region of the United States is out of step with the rest of the world.

Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.