cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

MUROD KOMILIY

Mualliflik huquqini buzmang. Aks holda qonun oldida javob berasiz Murod Komiliyni @murodkomiliy0099 manzili orqali topishingiz mumkin

Більше
Узбекистан73 363Мова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
165
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Xalqaro tanlovda 3-o'rinni olibmiz, sizga ham ilindik
Показати все...
Like
Показати все...
👍 20
👎 1
Ketib borayapti Hassaga suyanib, asta xo'rsinib Biroz yig'lamsirab, biroz o'ksinib Ko'p bora qoqilib, ko'p bora sinib Ketib borayapti bizdan oqibat Aldamchi so'zlardan qochaman deya Yolg'onchi ko'zlardan qochaman deya Qachon men o'zimni ochaman deya Ketib borayapti bizdan haqiqat Avval bo'lar endi Barchinlar, alplar Tosh bo'lib qolyapti hozirgi qalblar Titramay qo'ydiku sevdim deb lablar Ketib borayapti bizdan muhabbat Bu qanday ko'rgulik ayting, ey do'stlar Ayrilib qolibmiz qancha xislatdan O'zimizni maqtab, o'zgani koyib O'tolmay qolibmiz tan'a, minnatdan ✍Murod Komiliy
Показати все...
Like
Показати все...
Like
Показати все...
👍 21
👎 3
Boshim og'rir, dil toliqdi Ko'zlarim ham giryon-giryon Har qadamda izlab seni Ko'rsam deyman, mayli, bir on Atrofimda tanishlar ko'p Ko'pdir o'rtoq, do'st-u yoron Lekin bular ovutolmas Yurolmasman sensiz shodon Sen ham meni o'ylaysanmi Eslaysanmi har-har zamon Ne bo'lsa ham, gulim, seni Sog'inyapman juda yomon ✍Murod Komiliy
Показати все...
Like
Показати все...
👍 23
👎 1
Dunyolarni unutdim bugun Sayr qilay deb hayol bog'ida Dilni sog'inch ezgan chog'ida Sening vasling jim kutdim bugun Chetga surib zavq-shavq, o'yinni Kuni bo'yi hastaday yotdim Tonglar otdi, men esa botdim Gulim, qumsab sening ro'yingni Balkim, sen ham shunday holatda... Balki yuzni yuvgan ko'z yoshing Balki qotgan sening ham boshing Hijron degan bunday kulfatda ✍Murod Komiliy
Показати все...
Like
Показати все...
👍 21
👎 1
Oilam Tanim sog'lom,ruh esa sokin Hayot yo'lim ravon va tekis Baxt yetarli... Dilni zabt etgan Muhabbat deb atalmish bir his G'am-anduhga hatto bir sekund Hayotimda yo'qdir sira vaqt O'ylab ko'ring, g'amga ne hojat Kutib turgan bo'lsa sizni baxt Uyda kutar otam va onam, Darvozani har kun keng ochib Qaytgunimcha kun sanab yorim Kutar tunda uyqusi qochib Singlim ham bor yakka yagona Aka degan so'zi bir olam Shular baxtim, shular quvonchim Mening baxtim - mening oilam Shuncha baxtni bergani uchun Yaratganga aytaman rahmat Yozganimni o'qigan barcha Qadrdonlar, bo'ling salomat ✍Murod Komiliy
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.