Toshkent Tibbiyot Akademiyasi | Rasmiy kanal
🔷Официальный канал Ташкентской Медицинской Академии 📍100109,Ташкент,Узбекистан ул. Фароби 2 🌏https://tma.uz/ 📲Телефон доверия: +99878 150-7825 ☎️Факс: +998 78 150-7828 📮E-mail: [email protected]
Більше- Підписники
- Перегляди допису
- ER - коефіцієнт залучення
Триває завантаження даних...
Триває завантаження даних...
Eng yorqin, eng zavqli, eng hayajonli jarayonlar, konsert dasturi, san'atkorlarning qo‘shiqlari bilan yanada ko‘tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.✍Tinch, osoyishta yurtimizga ana shunday bayramlar yarashadi!
Ayni daqiqalarda, Poytaxtimizdagi “Humo arena” sport saroyida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tmoqda.Tadbir avvalida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston yoshlariga yoʻllagan bayram tabrigi oʻqib eshittirildi: Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Siz, azizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarimiz ijobatini, Yangi O‘zbekiston kelajagini butun el-yurtimiz qatori sizdek azmu shijoatli farzandlarimiz bilan bog‘liq holda ko‘ramiz. Shu kunlarda mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan Butunjahon yoshlar festivaliham O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak e’tibor namunasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu anjumanda 92 ta mamlakatdan 700 nafardan ziyod chet ellik yoshlar, 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning vazirlik va idoralaridan rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etmoqda. Eng muhimi, yurtimiz yoshlarining butun dunyoda do‘stlari, hamkorlari ko‘paymoqda, bilim va kasb o‘rganish, global muloqot va almashuvlarda ishtirok etish imkoniyatlari kengaymoqda. Aziz o‘g‘il-qizlarim! Farzandlari bilimli, iste’dodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli albatta yorug‘ bo‘ladi. Biz O‘zbekiston yoshlarini ana shunday ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini g‘animat bilib, doimobunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashasangiz albatta kam bo‘lmaysiz.
Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdabarchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va zafarlar tilayman—dedi Prezident oʻz tabrigida.
@alisher_sadullaev
Joriy yilning 19 iyundan 28 iyungacha Angren Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi 2021-2024 o'quv yili bitiruvchilari uchun Mutaxassislik fanlar bo'yicha Yakuniy Davlat attestatsiyasi bo'lib o'tdi. Mutaxassislik fanlaridan amaliy imtixon 19.06.24 dan 24.06.24 gacha va Mutaxassislik fanlaridan nazariy (test) imtixon 25.06.24 dan 28.06.24 gacha bulib utdi. Toshkent tibbiyot akademiyasidan "Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi" katta o‘qituvchisi Adilova Z.U. rais o'rinbosari sifatida ishtirok…
На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.