IRFONTV | Rasmiy kanal
Відкрити в Telegram
IRFONTV - ilmiy-ma'rifiy onlayn telekanali Bizning rasmiy sahifalar: http://myurls.co/irfontv
Показати більше1 930
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
грудень '24
грудень '24
+12
в 0 каналах
листопад '24
+19
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '24
+16
в 0 каналах
Get PRO
вересень '24
+2
в 0 каналах
Get PRO
серпень '24
+3
в 0 каналах
Get PRO
липень '24
+17
в 0 каналах
Get PRO
червень '24
+13
в 2 каналах
Get PRO
травень '24
+13
в 0 каналах
Get PRO
квітень '24
+12
в 1 каналах
Get PRO
березень '24
+9
в 1 каналах
Get PRO
лютий '24
+8
в 1 каналах
Get PRO
січень '240
в 1 каналах
Get PRO
грудень '230
в 0 каналах
Get PRO
листопад '230
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '230
в 0 каналах
Get PRO
вересень '23
+56
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+84
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+76
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+76
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+74
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+102
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+96
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+158
в 0 каналах
Get PRO
січень '23
+379
в 0 каналах
Get PRO
грудень '22
+656
в 0 каналах
Get PRO
листопад '22
+235
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '22
+132
в 0 каналах
Get PRO
вересень '22
+163
в 0 каналах
Get PRO
серпень '22
+211
в 0 каналах
Get PRO
липень '22
+127
в 0 каналах
Get PRO
червень '22
+98
в 0 каналах
Get PRO
травень '22
+135
в 0 каналах
Get PRO
квітень '22
+165
в 0 каналах
Get PRO
березень '22
+313
в 0 каналах
Get PRO
лютий '22
+476
в 0 каналах
Get PRO
січень '22
+143
в 0 каналах
Get PRO
грудень '21
+152
в 0 каналах
Get PRO
листопад '21
+122
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '21
+185
в 0 каналах
Get PRO
вересень '21
+163
в 0 каналах
Get PRO
серпень '21
+257
в 0 каналах
Get PRO
липень '21
+468
в 0 каналах
Get PRO
червень '21
+215
в 0 каналах
Get PRO
травень '21
+321
в 0 каналах
Get PRO
квітень '21
+827
в 0 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 21 грудня | 0 | |||
| 20 грудня | +2 | |||
| 19 грудня | +1 | |||
| 18 грудня | 0 | |||
| 17 грудня | +1 | |||
| 16 грудня | +2 | |||
| 15 грудня | 0 | |||
| 14 грудня | +1 | |||
| 13 грудня | 0 | |||
| 12 грудня | +1 | |||
| 11 грудня | 0 | |||
| 10 грудня | 0 | |||
| 09 грудня | +2 | |||
| 08 грудня | +2 | |||
| 07 грудня | 0 | |||
| 06 грудня | 0 | |||
| 05 грудня | 0 | |||
| 04 грудня | 0 | |||
| 03 грудня | 0 | |||
| 02 грудня | 0 | |||
| 01 грудня | 0 |
Дописи каналу
Repost from Javhari fard
AKROM MALIKNING VODIYGA IJODIY SAFARI REJASI
17-iyun, 2023-yil, shanba
1. 10:00 – 12:20. “Ramazon kundaligi” kitobi
taqdimoti va navoiyxonlik: “Vafo – noyob javhar” (“Hayrat ul-abror” dostoni asosida) – “Yuksalish” liderlar akademiyasi, Qo‘qon shahri, To‘qqizbuloq koʻchasi, 9-uy, Universal bank yonida.
2. 16:00 – 18:00. Navoiyxonlik: “Rostgo‘ylik va to‘g‘rilik haqiqati” (“Hayrat ul-abror” dostoni asosida) – “Ravza-ta’lim” o‘quv markazi Namangan shahri, Chorsu maydoni, Kosmos kafesi yonida.
18-iyun, 2023-yil, yakshanba
3. 10:00 – 12:20. Navoiyxonlik: “Falak g‘amxonasida baxtiyor bo‘lmoq nedir?” – “Murabbiy academy” o‘quv markazi, Namangan shahri. Namangan viloyat hokimiyati binosi yonida.
@Akrom_Malik_rasmiy
| 2 | https://youtube.com/live/MR2Imo-Zrlg | 902 |
| 3 | #taqdimot #tanlov #ilm_suhbati
Ustoz Akrom Malik boshchiligida
"Sinchkov kitobxon" tanlovi soʻngi bosqichi va
"Ramazon kundaligi" kitobi taqdimoti
🗓 21-may, 2023-yil,
Yakshanba, soat 09:00
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻiravon ko‘chasi 55-uy.
📍 Joylashuv
👉 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari! | 1 058 |
| 4 | Imom Hasan Basriy «...o‘ngda va chapda o‘tirgan hollarida» oyatini o‘qib turib:
«Ey odam bolasi, sening sahifang ochildi, ikki hurmatli farishta senga vakil qilindi, bittasi — o‘ng tarafingdagisi yaxshiliklaringni yozadi, ikkinchisi — chap tarafingdagisi yomonliklaringni yozadi. Nimani xohlasang qilaver — ozmi, ko‘pmi... Vafot etganingda, sahifang berkitiladi, qabringda bo‘yningga osib qo‘yiladi. Qiyomat kuni shunday holda qabringdan chiqasan...» degan ekanlar.
("Xislatli hikmatlar sharhi" kitobidan)
👉 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari! | 987 |
| 5 | Немає тексту... | 8 |
| 6 | Bunday toifalarning fe’lida, o‘yida, so‘zida kenglik yo‘q, faqat tanglik bor. Ular insonlarning obro‘siga, davlatiga, savlatiga, haybatiga oshiq. Allohdan emas, o‘zidan jisman kuchli bo‘lganlardan qo‘rqadi. Jonini saqlash uchun, tirik qolish uchun jamiki muqaddasotlardan yuz o‘giradi.
Uzoq muddat ezilgan, past nazarlar ostida qolgan xalqlarning ayanchli qismati bu. Sho‘rpeshonasi bu. Ular uchun mansab – oliy maqsad, yashash va yana yashash, yashashga to‘ymaslik – xususiyat.
Insonlarni sotish, aldash, tuhmat qilish, yolg‘on gapirish, poraxo‘rlik, ikkiyuzlamachilik, takabburlik – bu kabi kasalliklarning barchasi mana qaynoqdan chiqadi. Ozod va hur, ko‘zi to‘q va o‘ziga ishongan odamlar unday bo‘lmaydilar. Ular temir ulovning biror qanoti shilinsa, talvasaga tushmaydilar, kimdir xato qilsa, oyoq ostiga olib tepmaydilar; pul va moddiyat uchun qadru qiymatini, or va nomusini, iffat va hamiyatini savdoga chiqarmaydilar; kufr va shirk qarshisida ulardan qo‘rqib iymon va e’tiqodidan voz kechmaydilar.
Odamlar o‘z uylarini toza tutib, ko‘chalarni axlatga to‘ldirishlari; faqat o‘zim bo‘lsam, bo‘ldi deya yo‘llarni shudgorga aylantirib, yo‘l pulidan o‘zlariga qasr qurishlari; Davlat mablag‘ini har xil nayranglar bilan o‘zlashtirib, uyalmay hazm qilishlari; haq so‘z aytilsa, uni tan olish va aybini to‘g‘irlash o‘rniga haqgo‘yning tilini qirqib, o‘ldirishga urinishlari; ot va it izining aralashib ketishi; sa’viyasiz va ilmsiz, shalaqi va tarbiyasizlarning olamni boshga ko‘tarib baqirishlari, aynan ularni izlab topib, ularga mazlum to‘nini kiygizib, ovozdastak (mikrofon)lar berilishi; yuksak axloqiy sifatlarning yo‘qlik sari yuz tutishi; nafrat va yomonlikning urchishi; yovuzlik va vahshiylikning tillarda oddiygina hikoya etilish; asl qadriyatlarga qarshi kurashning boshlanishi – yana qay birini aytish mumkin?! – millat ruhiyati hurriyat ne’matidan bebahra qolganiga isbotdir.
Ozod millat ozod Davlatni quradi. Ozod odamlar ozod jamiyatni barpo etadilar. Qo‘rqmas kishilar erkin va hur yashaydilar. Dunyoga qul bo‘lmaganlar dunyoning sohibidirlar. Dunyo ortidan yugurmaganlarning, balki Xoliq bo‘lgan Zotning yo‘lidan yurganlarning izidan dunyo yuguradi. Aynan ular temir ulovlari qirilib ketganiga motam tutmaydi, balki bunday temirlar inson qalbi va sha’ni oldida sariq chaqachalik ham qiymatsiz ekanligini biladilar. Aynan ular pulga sotilmaydigan, balki pulga topilmaydigan axloqiy sifatlar, go‘zal fazilatlar bois dunyo hamon yorug‘ va mavjud ekanligini aniq idrok etadilar.
Allohim!
Bizning xulqlarimizni go‘zal et! Maydakashlikdan ozod qil! Dunyo xarobasidan oxirat qasrlarini afzal ko‘radigan millatga aylantir bizni! Dunyo butiga topinadigan butparast emas, balki Sening Zotingga sig‘inadigan komil mo‘min ayla bizni!
5-ramazon, 1444-yil / 27-mart, 2023-yil
Akrom MALIK
👉 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari! | 1 046 |
| 7 | SUBHI SODIQ
FE’LINGNI KENG QIL VA YUKSAL
To‘rtinchi subh
Gohida o‘ziyurar ulov yo‘llarida shunda manzaraga guvoh bo‘lamiz: kimningdir aybi bilan – yo‘lning notekisligi, haydovchining tajribasizligi yoki xayolga berilgani sababli ikkita temir ulov yengil to‘qnashadi, bir-biriga turtinib ketadi. Allohning qadari. Ko‘rgilik. Asosiysi, tan sog‘ va salomat. Ammo bizning ko‘p haydovchilarimiz nima qilishadi? Chatnagan yoki shilingan ulovini ko‘cha o‘rtasida to‘xtatib, hammaga tomosha ko‘rsatadilar: avvalo, jonlari sug‘urib olingandek ko‘zlarini ola-kula qilishadi, ovozlarini baland ko‘tarib, baqira boshlaydilar, juda kamdan kam holda kechirim so‘raydilar, aksincha, aybni tan olish o‘rniga o‘zaro yoqa bo‘g‘ishadilar. Xalq tilida aytsak, ho‘kizdek erkaklar o‘rtasidagi hol bu. Tashqaridan bunday toifa odamlar juda ayanchli, sharmanda va bechora bo‘lib ko‘rinadilar. Temirning qiymati inson sha’nidan ulug‘mi?
“Kechirasiz, aka... Mendan o‘tdi...”
“Astag‘firulloh, yo‘g‘-ye, o‘zim e’tiborsizlik qildim-da...”
“Yo‘q-yo‘q, men yetib oldim-ku, aka, Allohim bizni sog‘ qilganiga shukur. Xarajatini beraman, inshaaAlloh...”
Mana shunday halim va muloyim, ishonch va samimiyat bilan suhbatlashib muammoni hal qilsa bo‘ladimi? Bo‘ladi, albatta, bo‘ladi. Nima uchun bir-birimizga bu qadar nafrat bilan boqamiz? Fe’limizdagi bu toqatsizlik va axloqsizlik qayerdan keldi?
Ba’zan yanglishib birovning eshigini taqillatib qo‘ysangiz, uy sohibi chiqib dag‘dag‘a qilib qoladi. “Kechirasiz, adashibman...” – desangiz ham ko‘nmaydi. Nimadir ayb izlashga intiladi.
Bizda kichik xatolar, mayda nuqsonlarni katta fojiaga aylantirish illati juda ham kuchli. Bu illat oiladan boshlanadi va katta-katta ishxonalarga qadar yetib boradi. Afv qilib yuborish, bir og‘iz shirin so‘z bilan hal bo‘ladigan masalalarni uzoq vaqt chaynaymiz. Buning nomi maydakashlikdir. Zotan, mayda odamlarning muammolari, gaplari, ishlari va so‘zlari ham mayda bo‘ladi. Ayrim maydalar esa katta gapirib, o‘zlaridagi maydakashlik xastaligini berkitishga urinadilar. Taqvolari bo‘lmagani uchun taqvodan so‘zlaydi, obro‘ga oshufta ekanliklari sababli obro‘li odamlarga soxta taqlid qiladilar. Tog‘ay Murod aytganidek, chumchuq bo‘la turib, laylak yurish qilishga tirishadilar. Holbuki, bu odamlarning aksari temir ulovlari qirilib ketsa, asabiylashadigan va shuning ortidan bir hazrati Inson qalbini tilkalashdan toymaydigan nusxalar, xolos.
Bu xarakter qullar xarakteridir. Qullarning tabiati va qullik zehniyatining tamsilidir. Chunki qullar va ularning ajdodi muttasil ezilib yashaydilar. Bir burda nonga zor bo‘ladilar. Yelkasi oftob ko‘rmaydi. Erki o‘zida emas. Doim birovning qovog‘iga qaraydi. Bo‘yni bo‘yinturuqda. Hayotini mustaqil qura olmaydi. Ozod yashashni uddalashga quvvati yo‘q, balki ongida hurlik degan buyuk so‘zning tarjimasi, anglami tag-tugidan mavjud emas. Ular hurriyat deganda nafsning tiyiqsiz istaklariga eshik ochib qo‘yishni tushunadilar, boshqa tasavvurlar tushlariga ham kirmagan.
Qulning qo‘liga birdan pul kirsa, u qonidagi ochlik, xo‘rlanish, asrlar davomida ota-bobosi ko‘rib kelgan qo‘likaltalik natijasida besh panjasini birdan og‘ziga tiqadi, og‘zi to‘lib, qorni to‘ysa-da, ko‘zlari to‘ymaydi, yana, yana, yana deb hovliqadi. Birgina maqsadi bor, bu ham bo‘lsa, kayfu safo, ayshu ishratdan iborat. Ishini ham chala-chulpa tugatib, maishatu lazzat maskaniga yuguradi. Tanasining xizmatkoriga aylangan. Xayolida faqat pulni ko‘paytirish, uyni dang‘illama qilish, imkon qadar, mumkin bo‘lgani qadar jamiki huzurni tatib ko‘rish orzusi charx uradi. Ilm, ma’rifat, Robbisini tanish, ibodat, el qayg‘usi, yurt g‘ami, Vatan tashvishi, Davlat muammolari uning uchun mutlaqo qiziq emas. Qo‘liga tushgan har bir narsani boylikka, moddiyatga ayirboshlash vasvasasida yonadi. Agar dindan pul kelsa, din savdoga qo‘yadi. Agar nomusdan boylik kelsa, nomusini sotadi. Agar iffatning narxi qimmatlashsa, iffatini dunyoga almashadi. Zotan, u qul edi, ajdodi qul edi, qul bo‘lgani uchun ham to‘ymaydi. Zotan, uning nasli qorni to‘yib ovqat yemagan, issiq ko‘rpa ko‘rmagan, ot minmagan. | 725 |
| 8 | Ko‘ngil faqat Uni eslash bilan taskin topadi. Ko‘ngil Unga oshiqlik bilan yonadi, lovullaydi, otashga aylanadi. Ko‘ngil faqat Uning Ismi Zotini takrorlash bilan farah va kamolotni kashf qiladi, tiriklik va hayot ma’nosini anglaydi, hayot va o‘lim o‘rtasidagi chegaralarni buzadi, ikki olamni – dunyovu oxiratni bir yo‘l ekanligini ixtiro aylaydi.
Insonning zoti nasldan naslga, sulbdan sulbga o‘tadi. Bu zotning ichida Ko‘ngil yashaydi. Ota-onadan bolaga, boladan uning bolalariga zot ko‘chib yurarkan, Ko‘ngil ham bu yo‘l bo‘ylab sayr qilib kelaveradi. Har bir inson o‘z zotining zanjirida bir halqadir. Bu halqalar to qiyomatga qadar ko‘payib borarkan, har birining yo‘qlikdan to borliqqa qadar bir sayri bor, bir sayohati. Bu sayr onaning qornida davom etadi. Alloh belgilagan muddatda bu sayr bu g‘avg‘oli olamga maydoniga qo‘nadi. Tug‘ilgan go‘dakni Robbisining malaklari o‘rab oladi, ko‘zga ko‘rinmas ming xil balolardan qalqon bo‘lib qo‘riydi. Bu go‘dakning paydo bo‘lishini, uning shaklu shamoyilini kim ham avvaldan tasavvur etgandi? Hech kim!
U Ilohning lutfi bilan dunyoga qadam bosadi, o‘sadi, aqlini taniydi, ko‘ngli mavjlanadi va o‘zining borligini namoyon etadi. Alam va azoblar, huzur va lazzatlar, hidlar va ta’mlar, og‘riqlar va faryodlar, ranglar va nurlarni taniydi. Hayratlar uni og‘ushiga oladi. Nafsi uyg‘onadi. U haqiqat va yolg‘onlarga to‘qnashadi, haq va kizbdan birini tanlash majburiyati ostida qoladi.
Ana shu zot – Sensan. Agar Ko‘ngling Haqni zikr tanisa, Qalbing Robbing ma’rifatini kashf aylasan, har tomoni aqlni cheksizlik sari boshlaydigan olamda xuddi jannatul a’lo hovlisida yashagandek yashaysan. Senga berilgan Vaqt xazinasining har bir zarrasiga boqiylik bog‘laridan chaman va gulzorlar, orom va sakinatlar xarid qilasan. Bu olam oxirat diyori sari qurilgan bir zina ekanligini yaqqol ko‘rasan, bu haqiqatni ismingni bilganingdan ko‘ra aniqroq anglaysan.
Atrofingda shaytonlar, iblis malaylari charx uradi, sening Qalbingni o‘ldirib, uning murdasi ustida quzg‘unlar kabi bayram qilishni, Ko‘nglingning jonsiz tanasini luqma-luqma yeyishni istaydilar. Yo‘l qo‘yma, Inson! Qalbingni boy berma, Odam!
Butun olam Ismi Zotning ismu sifatlarini bir ovozdan yodga olib, jo‘r bo‘lib aytayotganlarini tinglab ko‘rmaysanmi? Tinglay olganingda, jahonni boshqa ranglarda ko‘rarding! Ilohiy kalom tilovatidan biz ko‘ra olmaydigan minglab olamlarning barchasi qanchalay suyunayotganiga shahodat keltirarding. Har bir zarra O‘z Robbisiga taslimiyat ila egilganini ko‘rib, o‘zingning osiyliging oldida sharmandalik gulxani yonarding, g‘aflating hayrati tutunidan bo‘g‘ilib hushingni yo‘qotgan bo‘larding.
Olamlarni yaratgan Zotning butun yaratiqlarga ko‘rsatgan o‘lchovga sig‘mas muhabbati, lutfi muqobalasida qilayotgan noshukurligingdan uyalarding, xijolatdan terlarding, terlaring ko‘l bo‘lib seni cho‘ktirgan bo‘lardi, albatta. Bunga shubha qilma.
Ey Odam! Yo‘qlikdan borliqqa seni keltirgan sirni, zimmangga qo‘yilgan vazifani anglamaysanmi? Seni yaratgan Robbning amrlariga hozirlanmaysanmi? Zikri bilan Qalbingni tiriltirib, uning yo‘liga majnun kabi qurbon bo‘lmaysanmi? Qadaringga lutfini egiz qilgan Zotning ma’rifati bilan yonmaysanmi?! Senga ko‘rsatilayotgan marhamat, muhabbat, lutf uchun berilgan vaqting maydonida javlon urmaysanmi?! Zamoning makonida g‘ayrat qilmaysanmi?! Umring bog‘ida sevinchga chulg‘anmaysanmi?! Hayoting gulshanida bedoru shujo’ bo‘lib o‘tmaysanmi, ey mardum?!
Ya Robbal a’lamiyn!
Bizni nafsimiz jaholatidan marhamating ma’rifatiga chorla! Bizni so‘qirlikdan nurlar olamiga olib chiq! Shaytonlar kishani va shirk botqoqlarida qoldirma! Tanballik va qo‘rqoqlik qulligidan shijoat va jasorat hurligiga ko‘tar!
4-ramazon, 1444-yil / 26-mart, 2023
Akrom MALIK
👉 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari! | 778 |
| 9 | SUBHI SODIQ
NEGA YONMAYSAN, EY MARDUM?!
Uchinchi subh
Bir qarasang, dunyoning cheki yo‘qdek. Bu kavnu makonda had yo‘qdek. Go‘yoki osmonga uchib chiqsang, borib uriladigan devorni topib bo‘lmaydi. Ammo bir qarasang, vaziyat mutlaqo boshqacha – dunyo tor, shu qadar torki, uning changalidan qochgani makon, halovat his qilmoq uchun bir maskan izlab qolasan. Ko‘klarga nazar solasan: yulduzlar juda uzoqda, samoning chegarasini ko‘zlar ilg‘amas. Tog‘larga qaraysan: shu qadar ulug‘vor, shu qadar baland, shu qadar yuksak. Ummonlarga yuzlashasan: to‘lqin urayotgan bu bahrning oxirini tasavvuring qamrashga ojiz. Sahrolarda piyoda yurasan, qumlar uzra yugurasan, barxanlarga bag‘ring bosasan – bu qum zarralarining sanog‘ini bilishga inson aqli qodirmi?!
Qay tomonga yuzlanma, bir cheksizlik senga quchoq ochib turadi. Holbuki, aql zanjirlarini parchalab tashlaydigan, aql qoliplariga mos kelmaydigan bu hududsizlik ichida sening Ko‘nglingga, ha, Qalbingga, ha, o‘sha janobi Dilga nima uchun bir masnad ko‘rinmagay?! Agar Ko‘ngil jam bo‘lishi uchun, Qalb o‘zini baxtiyor sezishi uchun, muttasil saodatmand tuyishi uchun o‘zini u! – ofarinish sahnida ozgina joy topilsa edi, qayg‘ularga asir bo‘larmiding?! Gʻamlar qo‘lida sarosar qolarmiding? Anduhlar kishanida ko‘zyoshlar to‘karmiding?! U holda qayda u Qalb talpingan ma’vo? Qayerda, axir, Ko‘ngil qo‘msagan ma’man?!
Ko‘zlaring go‘zallikni sevadi. Sochlarini ona zamin ko‘ksiga yoygan sharsharalar, Yerning yuziga yastangan dengizlar, qo‘llarini ko‘klarga duoga ochib ko‘targan o‘rmonlar, olislarga sassiz holda ko‘zlarini tikkan tog‘lar – bularning barchasi nima uchun bir muddatdan so‘ng qalbingga u istagan rizolik, u izlagan nekbinlik, u mushtoq bo‘lgan tole’ni taqdim etmaydi?! Bundan chiqdi, Ko‘ngilni bu olamdagi hech bir yaratiq boqiy shodlik bilan uchrashtirmas ekan-da...
Aslida, unday emas. Aslo unday emas! Mutlaqo unday emas, ey yoron!
Zotan, Sen bu olamning mohiyatini bilsayding! Tongda shivirlayotgan yaproqlarning tillarida, esayotgan yellarning so‘zlarida, suvlarning saslarida, qumlarning quchoqlarida qanday Sir pinhon ekanini ko‘ra olsayding, Ko‘ngil o‘zi istagan mangu halovat, boqiy rizolik va o‘lmas sevinchni kunduzi quyoshni, oydinda oyni ko‘rgandek ko‘rgan bo‘lardi shaksiz, shubhasiz!
Bu koinotning mohiyati shuki, uning har bir zarrasi, har bir to‘lqini, har bir nafasi bir Zotga bo‘lgan Ishq, Itoat, Talpinish, Zorlanish, Majnunlikdan iborat. U Zotning kamolini fikratu tafakkur, aqlu tasavvur, xayolu taxayyul, idroku kalom kashf etishdan ojiz, anglashdan zaif, ammo Ko‘ngil Unga oshiqu beqaror, majnunu telba. | 773 |
| 10 | Shu boisdan ko‘ngil bor – bu sirlarni qabul etguvchi, ko‘ngil bor – borlig‘ini haqiqatga qurbon qilib tutguvchi.
Haqiqatga yetmoq uchun avval uni chin dildan izlash kerak, haq yo‘lida tunlari yig‘lab, ko‘zyoshlar bilan zulmatga mash’ala yoqmoq lozim, so‘ng bu mash’ala yorug‘ida Allohga sajda qilib bo‘zlash kerak.
Haqiqatning vasliga erishmoq qasdida nafsning istaklarini qat’iyat bilan mahv aylamak shart, zotan, nafsning sevgani – yolg‘on, yolg‘on bilan mast bo‘lish oson.
Yolg‘on – ofatlarning boshi, insonning aziz boshini yanchib tashlaguvchi shaytonning toshi. Yolg‘on va haqiqat bir joyga sig‘maydi, haqiqat yolg‘on qadami yetgan joylarda nafas olmaydi. Yolg‘onning ishi insonni zanjirband qilmoq va qafasga solmoq, o‘zining bol kabi og‘usini tomchi-tomich ichirib oqibatda iymoni va jonini olmoq.
Haqiqat xiyonatni kechirmaydi, sadoqatsizlardan nafrat qiladi. Qalb tubida yolg‘onga bo‘lgan zarra mayl sezsa, odamzoddan voz kechadi. Ammo o‘z oshiqlarining to qiyomat qadar hamrohi bo‘ladi.
Haqni sevgan va u bilan yashaganlarning qalblari xotirjam, ularga qo‘rquv hamda vasvasa begona; o‘zini aldab, podshoh yo‘llariga yolg‘ondan poyandoz to‘shab, butun yurt xaroba bo‘lsa-da, xo‘jasining ko‘zini bo‘yab yurganlar aldov mayidan mastu mastona. Haqiqatga tik boqqaning homiysidir haqiqat, yolg‘on panohiga qochganlarning borgan joyi esa jahannam.
Haqiqatning so‘zlari qisqa, bezaksiz va oddiy. Yolg‘onning nag‘masi uzun, bezakdor va serhasham. Haqiqat o‘z haqligini aytish uchun gapirmaydi, balki o‘zini ko‘rsatsa, kifoya. Yolg‘on esa bor ovozi bilan hayqiradi, lashkarlari bilan atrofu javonibni qoplaydi.
Yolg‘on har qancha o‘zini ko‘z-kz qilmasin, yeru osmonlarni o‘z tutuni bilan to‘ldirmasin, haqiqatning quyosh kabi bir porlash, shamol kabi bir yelishi uning parokanda etadi, tog‘ kabi yolg‘on zarra qadar kichik haqiqat qarshisida dosh bera olmaydi.
O‘tmishda o‘tgan barcha haqparastlarning yuzlari yorug‘, nomai a’mollari la’nat va nafratdan forig‘. Barcha kazzob va yolg‘onchilarning boshlari egik, ko‘zlari ma’yus, yuraklarida armon, yelkalarida gunohu isyonlari osmon-osmon.
Yolg‘on yoqqan olovda taft yo‘q, balki sovuqlik bor. Yolg‘onning oxiri azob, yolg‘on qurgan har qanday imorat xarob, yolg‘on ko‘rsatgan har qanday hadaf – sarob. Yolg‘onning so‘nggi tushkunlik, g‘am va qayg‘u, oxiri bo‘lmagan iztirob.
Shayton va uning malaylari hamisha yolg‘on lashkarini tuzdilar, o‘zlaricha haqiqat qurgan uylarni buzdilar. Yolg‘on lashkariga yengilganlar sharmanda bo‘ldi, haq ahli uzoq kurashdan so‘ng qalblari quvonchga, yuzlari nurga, bilaklari kuchga to‘ldi.
Bugun haq ahlini Yer yuzida chiroq yoqib topib bo‘lmas. Kattalar kichiklarni, ustozlar shogirdlarni, xojalar qullarini yolg‘onga o‘rgatmoq ila band. Haq so‘zni aytganlarning tillari kesilmoqda, haqiqat deb bosh ko‘targanlar osilmoqda. Bu haqiqatni aytsang ham tan olmaydilar, ortidan malomatlarini qo‘ymaydilar. Ha, haqiqat anglanishi oson emas, parvona to yonmaguncha olov sirini bilmaguncha haqiqatga ixtiyorini topshirmagan aldanaveradi.
Haq sevmoq – jon kechmoqdir. Yashar ekansan, shahodat sharbatini ichmoqdir. Yo‘q, kechilmagan jonlar bilan to‘ldi bu olam, xumlarda shahodat sharoblari ichilmay qolib ketdi.
Ya Robbiy!
Bizga haqiqatlarni ko‘rsat, botil va yolg‘ondan uzoq qil! Bizni haqiqat saodatiga yetkaz, aldov va munofiqlik halokatidan qutqaz!
3-ramazon, 1444-yil / 25-mart, 2023-yil
Akrom MALIK
📱 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari! | 860 |
| 11 | SUBHI SODIQ
HAQNI SEVISH – JONDAN KECHISH
Ikkinchi subh
Insonni haqiqat kabi mast qiluvchi boshqa hech sharob yo‘q.
Insonni haqiqat kabi o‘ldiruvchi zahar, haqiqat kabi hayot baxshida etguvchi boshqa ne’mat mavjud emas.
Inson haqiqatning oshig‘i, ayni vaqtda haqiqatdan qochguvchidir.
Haqni anglamoq behad mashaqqatli, haqiqat go‘zal ma’shuqa kabi aqlni oladi, o‘zining sirlarini hech kimga osonlik bilan ochmaydi, chehrasini ko‘rsatmaydi, uzoqlashganni kuydiradi, yaqinlashganni yondiradi.
Haqiqat – Rahmon bo‘lgan Zotning marhamati, hayotning nuri, qalbning sururi, g‘alabalarning g‘ururi. Haqiqat – dunyo va oxiratda saodatli bo‘lishning yagona chorasi, inson esa bu chorani izlab, nafsu shayton hiylasining ovorasi. Haqiqat – pokiza va xolis qalblarning mehmoni, jasoratli va shijoatli, qo‘rqmas va botir aqllarning mezboni, koshki, aqlda bahodirlik bo‘lsa, aql aql bo‘lib yaralibdiki, qo‘rquv va ehtiyotkorlikning quli.
Hazrat Alisher Navoiy aqlni ko‘r deb aytgani bejiz emas, zotan, aql hisob-kitob bilan ilmlarni anglashga qodir, ammo hikmatlarga yuzma-yuz kelsa, so‘qir kabi haykaldek qotib qoladi. Hikmatlar – Ilohning siri, aql bu sirga yetib borishdan ojiz. | 818 |
| 12 | SUBHI SODIQ
Birinchi subh
TUYGʻULAR TAZOHURI
Uning qadamlari pok yurakning sasi kabi sevimli...
Uning bo‘yi onaning mehri kabi bebaho...
Qalbni tub-tubiga qadar singadigan marhamatdir uning borlig‘i. Ko‘zlardagi ko‘z yoshdir u. Shunday ko‘z yoshki, bir tomchisi jahannam olovini o‘chiradi, holbuki, jahannamning bir uchquni Yer yuzini kuydirib yuborguvchidir.
Iymonning tasdig‘ini tasbitu iqrorini barqaror etajak shahodat, dunyo hovlisiga jannat gulbog‘laridan tushib kelgan saodatdir u. Quchog‘ida oyati karimalar yangragan, qiroatlarni farishtalar tinglagan; aqllar emas, fikrlar emas, so‘zlarini qalblar anglagan bir karomatdir u.
Vaqt yurib kelayotgan yo‘lning yop-yorug‘ masofasi, taqvodorlar va gunohkorlarning tavbakor va parhezkor qiyofasi u! Nafs jangida jarohatlanganlarning shifosi, ma’shuq tashrifiga intiq va mushtoq bo‘lganlarning vafosi, qayg‘uga to‘lgan, g‘amlar qo‘lida asir bo‘lgan, sevinchlarini armon yulganlarning safosidir u!
Subhlari sidqida sodiq, tunlari uzro uzoriga zor Vomiq, kunlari kunning ko‘zida kulgan gul, oqshomlari ro‘zadorlarning kelishini kutib ko‘zlari nigoron bo‘lgan dil, kechalarini sajdalar oqartirgan Ramazon u! Gavharu javhardir, javharu javohirdir undan har bir on!
Ramazon keldi, iymon dengiz kabi toshgay, to‘lqinlari ko‘zlardan tomchilari sochgay, ibodatlar kashfu fathlarga eshiklar ochgay, shayton hiylalari olisga qochgay, xush kelding, Ramazonim!
Ro‘za – ruhning taomi, saharlik – qalbning kalomi, iftorlik – visol oqshomi, Qur’on – Robbimizning salomi.
Ey Sevgilim Ramazon! Ey hadyasi ro‘za bo‘lgan Sultonim! Robbimga yetaklab boradigan Habibim, nursiz ko‘zlarimning Tabibi! Sening quloqlaringga botadigan g‘iybatlarga, yolg‘onu nojoiz lafzlarga o‘t qo‘yganim bo‘lsin! Ko‘zlaringni ma’yus etadigan ishlarni, qalbingga soya solguvchi xayollarni to‘xtatganim bo‘lsin!
Qarshingdaman, shoyadki, muhabbatimda rost tursam! Shoyadki, so‘zlarimda samimiy yashasam! Shoyadki, Sening ro‘zalaringni tutsam, yo‘q, har bir kuning ro‘zasini bag‘rimga bossam, yo‘q, ko‘nglimning ko‘ksiga gul etib qadab qo‘ysam! Bu gul esa butun vujudimga tomir otsayu, g‘unchalab, chaman-chaman gullasayu, har bir gulidan jannat iforlari taralsa, firdavs ifori taralsayu, dunyoyu oxiratimni, qabru mahsharimni xush bo‘ylarga burkab yuborsa!
Tarovehing – rohat, tahajjuding – farog‘at, e’tikofing – farah, huzur va muhabbatdir Sendagi har shafaq.
Robbim!
Gunohkor qullaringga bergan Ramazoning uchun shukurlar! Qop-qora yuzlarimizni nur bilan yuvish uchun ato etgan ro‘zang uchun hamdlar! Qurum bosgan qalblarimizga bergan shoda-shoda marvarid – Qur’on oyatlari uchun adadsiz sanolar!
Bizni yana Ramazonga yetkazding, bizga yana Ramazonni yetkazding! Sening rahmating cheksizdir, uning cheksizligini aqllar hisoblay olmas, fikrlar uning ortidan quvib yeta olmas!
Duolarimizni qabul ayla, o‘zing rozi bo‘lajak ishlarga bizni yo‘lla! Ibodatlaring bilan bizni xushnud serob et, bu ibodatlarni O‘zing qabulu mustajob et!
Sendan bo‘lak suyanchimiz yo‘q, Sendan bo‘lak inonchimiz yo‘q! Sen bizni yaratding. Yo‘qdan bor qilganing tufayli uyg‘ongan sevinchimizdan o‘zgach sevinch, afv etsang, g‘ufroningdan ulkanroq quvonchimiz yo‘q!
Fano yo‘lida bizni adashtirma, nafsimizning isyonidan, qalbimizning tug‘yonidan, aqlimizning toyishi, shaytonning royishiga royish berishdan bizni asra!
O‘zing imkon berding. Imtihonlar vodiysini sharaf-la bosib o‘tib, bu imkondan go‘zal foydalar olmoqni nasib et!
Amiyn, ya Robbal a’lamiyn!
1 ramazon, 1444 yil / 23 mart, 2023 yil
Akrom MALIK | 1 149 |
| 13 | Адабиёт ихлосмандлари, ҳазрат Навоий муҳиблари!
2023 йил, 16 март, пайшанба куни соат 14:00да Қўқон шаҳридаги "Ahmad International School"да ёзувчи, навоийшунос Акром Малик билан "Ҳаёт. Адабиёт ва Алишер Навоий" мавзусида давра суҳбати бўлиб ўтади.
Водийлик адабиёт мухлисларини ушбу давра суҳбатига таклиф қиламиз.
Суҳбатда иштирок этишни истовчилар олдиндан ушбу рақамга қўнғироқ қилиб ўз ўринларини банд қилиб қўйишлари сўралади: +998991104500
Манзилни эса шу сўз ҳаволасига жойлаштирдик.
@Akrom_Malik_rasmiy | 744 |
| 14 | 🟢 Qalbdagi mehr-oqibat
Islom psixologiyasi 19-son
🎙 #Ustoz_Muhammadjon
🎞 Youtubeda ko'rish uchun
📱 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari! | 963 |
| 15 | 🟢 Qalbdagi mehr-oqibat
Islom psixologiyasi 19-son
🎙 #Ustoz_Muhammadjon
🎞 Youtubeda ko'rish uchun
📱 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari! | 886 |
| 16 | Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam osmon ufqida bulutni ko‘rsalar, ishni tark qilar edilar. Agar namoz o‘qiyotgan bo‘lsalar ham. So‘ngra «Allohim! Men sendan uning sharridan panoh so‘rayman», der edilar. Agar yomg‘ir yog‘sa:
اللهم صَيبًا نافِعا
«Allohim! Foydali va nafli qilgin»,
der edilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan.
#duo #hadis
📱 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari! | 966 |
| 17 | 🟢 Qalbdagi mehr-oqibat
Islom psixologiyasi 19-son
🎙 Ustoz Muhammadjon
Premyera soat 23:00 da
🎞 Youtubeda ko'rish uchun
📱 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari!
👉 PREMYERANI KO'RISH UCHUN | 817 |
| 18 | Jaholat botqog'idan ma’rifat bo'stoni tomon
Islom - ilm va ma’rifat dinidir. Islom dini har bir iymon keltirgan bandalarni avval boshdan ilm o’rganishga chorlaydi va ragʻb…
أَنَّهُ لَا إِلَٰهَ إِلَّا اللَّهُ فَاعْلَمْ
“Bilingki, Allohdan o‘zga ibodatga loyiq iloh yo‘qdir”. (Muhammad surasi, 19-oyat)
Ya’ni, Allohning yagona ekanligiga iymon keltirishga nisbatan ham “Biling” deyilmoqda. Oyati karimada “O‘ylab oʻtirmay, ko‘r-ko‘rona ergashib ketaver”, deyilmayapti, balki, “Allohning haq-yagona iloh ekanligini bilgin, soʻng bunga taslim boʻl va iymon keltir”, deyilmoqda. Ulamolarimiz bu oyati karimaning hikmati borasida shunday deganlar: “Bizning Alloh azza va jallaga iymon keltirishimizning asosi ilm olishimizdan boshlanadi”.
👉 Batafsil
📱 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari! | 917 |
| 19 | 🟢 Chirchiq madaniyat saroyi
Navoiyxonlik 2023
🎙 Nurboy AbdulHakim va Akrom MALIK
🎞 Youtubeda ko'rish uchun
📱 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari! | 831 |
| 20 | 🟢 Chirchiq madaniyat saroyi
Navoiyxonlik 2023
🎙 Nurboy AbdulHakim va Akrom MALIK
🎞 Youtubeda ko'rish uchun
📱 IRFONTV — ilm-u maʼrifat sari! | 852 |
