Sardor Bazarbaev
Відкрити в Telegram
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Показати більше5 100
Підписники
-224 години
-397 днів
-16430 день
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
серпень '26
серпень '26
+17
в 4 каналах
липень '26
+22
в 6 каналах
Get PRO
червень '26
+43
в 14 каналах
Get PRO
травень '26
+37
в 11 каналах
Get PRO
квітень '26
+28
в 11 каналах
Get PRO
березень '26
+87
в 22 каналах
Get PRO
лютий '26
+112
в 17 каналах
Get PRO
січень '26
+436
в 13 каналах
Get PRO
грудень '25
+428
в 12 каналах
Get PRO
листопад '25
+635
в 14 каналах
Get PRO
жовтень '25
+796
в 11 каналах
Get PRO
вересень '25
+27
в 2 каналах
Get PRO
серпень '25
+25
в 13 каналах
Get PRO
липень '25
+32
в 2 каналах
Get PRO
червень '25
+103
в 56 каналах
Get PRO
травень '25
+223
в 82 каналах
Get PRO
квітень '25
+228
в 70 каналах
Get PRO
березень '25
+115
в 50 каналах
Get PRO
лютий '25
+98
в 29 каналах
Get PRO
січень '25
+63
в 22 каналах
Get PRO
грудень '24
+202
в 22 каналах
Get PRO
листопад '24
+480
в 30 каналах
Get PRO
жовтень '24
+487
в 20 каналах
Get PRO
вересень '24
+561
в 32 каналах
Get PRO
серпень '24
+486
в 30 каналах
Get PRO
липень '24
+25
в 9 каналах
Get PRO
червень '24
+188
в 25 каналах
Get PRO
травень '24
+1 080
в 33 каналах
Get PRO
квітень '24
+494
в 8 каналах
Get PRO
березень '24
+975
в 7 каналах
Get PRO
лютий '24
+608
в 29 каналах
Get PRO
січень '24
+1 837
в 13 каналах
Get PRO
грудень '23
+543
в 10 каналах
Get PRO
листопад '23
+369
в 28 каналах
Get PRO
жовтень '23
+1 208
в 20 каналах
Get PRO
вересень '23
+248
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+129
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+58
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+553
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+193
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+238
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+1 533
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+1 717
в 0 каналах
Get PRO
січень '23
+10 073
в 0 каналах
Get PRO
грудень '22
+1 248
в 0 каналах
Get PRO
листопад '22
+2 757
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '22
+3 250
в 0 каналах
Get PRO
вересень '22
+1 314
в 0 каналах
Get PRO
серпень '22
+78
в 0 каналах
Get PRO
липень '22
+230
в 0 каналах
Get PRO
червень '22
+612
в 0 каналах
Get PRO
травень '22
+196
в 0 каналах
Get PRO
квітень '22
+4 054
в 0 каналах
Get PRO
березень '22
+2 925
в 0 каналах
Get PRO
лютий '22
+6 912
в 0 каналах
Get PRO
січень '22
+6 481
в 0 каналах
Get PRO
грудень '21
+192
в 0 каналах
Get PRO
листопад '21
+6 927
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '21
+1 400
в 0 каналах
Get PRO
вересень '21
+1 336
в 0 каналах
Get PRO
серпень '21
+279
в 0 каналах
Get PRO
липень '21
+87
в 0 каналах
Get PRO
червень '21
+137
в 0 каналах
Get PRO
травень '21
+128
в 0 каналах
Get PRO
квітень '21
+138
в 0 каналах
Get PRO
березень '21
+476
в 0 каналах
Get PRO
лютий '21
+112
в 0 каналах
Get PRO
січень '21
+186
в 0 каналах
Get PRO
грудень '20
+19 564
в 0 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 26 серпня | 0 | |||
| 25 серпня | +2 | |||
| 24 серпня | 0 | |||
| 23 серпня | 0 | |||
| 22 серпня | 0 | |||
| 21 серпня | +1 | |||
| 20 серпня | 0 | |||
| 19 серпня | 0 | |||
| 18 серпня | +3 | |||
| 17 серпня | +1 | |||
| 16 серпня | +1 | |||
| 15 серпня | +1 | |||
| 14 серпня | 0 | |||
| 13 серпня | +1 | |||
| 12 серпня | 0 | |||
| 11 серпня | +1 | |||
| 10 серпня | 0 | |||
| 09 серпня | 0 | |||
| 08 серпня | 0 | |||
| 07 серпня | 0 | |||
| 06 серпня | +1 | |||
| 05 серпня | +1 | |||
| 04 серпня | +3 | |||
| 03 серпня | 0 | |||
| 02 серпня | +1 | |||
| 01 серпня | 0 |
Дописи каналу
Katta orzular sari kichik qadamlar! 🌟
Solih — endigina 1-sinfni tamomlagan, ammo xalqaro maydonlarda o‘z bilimini namoyon etishga ulgurgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biri.
Solih o‘tgan yil davomida deyarli barcha olimpiadalarimizda muntazam ishtirok etdi. Saralash bosqichlaridagi g‘alabalar esa uni xalqaro finallar sari yetakladi.
🇦🇺 10–16-aprel | Sidney, Avstraliya
IMEC xalqaro matematika olimpiadasi — KUMUSH MEDAL 🥈
🇺🇸 26–31-iyul | Nyu-York, AQSh
Akademik jarayonlari nufuzli Columbia universitetida tashkil etilgan COPERNICUS xalqaro olimpiadasi — KUMUSH MEDAL 🥈
Solihning iqtidori ancha avval e’tirof etilgan. U atigi 6 yoshida bir nechta tilni bilishi bilan tanilib, Kun.uz va boshqa OAVlarda uning iqtidori haqida intervyular e’lon qilingan edi.Bugun esa Solih hayotidagi yana bir muhim bosqichni boshlamoqda — u Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilindi. 🎓
Bir yil davomida olimpiadalarda muntazam qatnashish, tajriba to‘plash, g‘alabalar va mag‘lubiyatlardan xulosa chiqarish — bularning barchasi katta natijalarga olib boradigan yo‘lning bir qismi.Solihning hikoyasi bizga yana bir narsani ko‘rsatadi: natija bir kunda kelmaydi. Muhimi — erta boshlash, muntazam harakat qilish va to‘xtamaslik.
| 2 | 🇨🇳 Nega Xitoydagi G.A.T.E International Olympiad finalida qatnashish kerak?
➕ Matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan G.A.T.E International Olympiad final bosqichi bu yil Xitoyning zamonaviy va go‘zal Hanjou (Hangzhou) shahrida bo‘lib o‘tadi.
🏆 Videoda dunyodagi eng nufuzli matematika olimpiadasi — IMO (International Mathematical Olympiad) sovrindorlari Xitoydagi xalqaro finalda qatnashish nega muhim ekanini tushuntirib berishdi.
✨ Hanjou — Xitoyning eng mashhur turistik shaharlaridan biri bo‘lishi bilan birga, innovatsiya, texnologiya va ta’lim markazi hamdir. Ishtirokchilar bu safarda nafaqat xalqaro maydonda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi, balki yangi do‘stlar, yangi madaniyat va unutilmas sayohat tajribasiga ega bo‘ladi.
🛂 Yana bir katta qulaylik — O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz safar qilishlari mumkin. Bu final bosqichida qatnashishni yanada osonlashtiradi.
🌍 Xalqaro olimpiadadagi ishtirok va natijalar o‘quvchining akademik portfoliosini boyitishi, kelajakdagi universitet arizalari uchun muhim tajriba bo‘lishi mumkin. Xorijiy safarlar tarixi esa kelgusida ayrim davlatlarga viza rasmiylashtirish jarayonida foydali omillardan biri bo‘lishi mumkin.
✈️ 17–23-avgust kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan final uchun O‘zbekiston delegatsiyasini shakllantirish ishlari yakunlanmoqda.
🔥 SO‘NGGI 3 TA JOY QOLDI!
📞 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
☎️ +998 55 515-80-88 (9:00–18:00)
📱 +998 97 651-33-34
🇺🇿 Xalqaro maydonda o‘z bilimingizni namoyon etish va dunyoning turli davlatlaridan kelgan iqtidorli tengdoshlaringiz bilan bellashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! | 347 |
| 3 | Telegram asoschisi Pavel Durov yozmoqda:
🇺🇿 2026-yilgi Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI) bugun Toshkentda boshlandi!
🏆 IOI — maktab o‘quvchilari uchun dasturlash bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli musobaqalardan biri. Bir necha yil avval Telegram jamoasining ko‘plab a’zolari ham ushbu olimpiadada medallarni qo‘lga kiritgan.
🤝 Dunyoning eng kuchli yosh dasturchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Telegram 235 nafar g‘olibga umumiy qiymati kamida 117 000 AQSh dollari bo‘lgan eksklyuziv raqamli kolleksiya — Algorithm Cups sovg‘a qiladi.
🕌 IOI aynan O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani ham o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Zero, O‘zbekiston — algebra asoschisi Al-Xorazmiy vatani. Uning nomidan bugungi kunda butun dunyo ishlatadigan “algoritm” atamasi kelib chiqqan.
💪 Eng kuchli algoritm g‘alaba qozonsin! | 1 709 |
| 4 | Shu rasmdagi Muhammadni eslab qolinglar. 🙂
1 yoshga endi to‘ldi. Hozirdanoq Avstraliya va Amerikani ko‘rib ulgurdi.
Xudo xohlasa, bir necha yildan keyin ota-onasining qo‘lida emas, bo‘ynida oltin medal bilan shu sahnada turadigan chempion bo‘ladi! 🥇🇺🇿 | 5 199 |
| 5 | 🎓 RASMAN: DAVLAT UNIVERSITETIGA QABUL DAVOM ETMOQDA!
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan Toshkent shahridagi "MEI" milliy tadqiqot universiteti Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.
🤍 Elektronika va nanoelektronika — zamonaviy energetika, mikroelektronika, aqlli qurilmalar, energiya tejamkor texnologiyalar va kelajak sanoatining poydevori.
🤖 Fundamental informatika va axborot texnologiyalari (Sun'iy intellekt tizimlari) — raqamli iqtisodiyot, avtomatlashtirish, sun'iy intellekt, raqamli boshqaruv va shaffof tizimlarni yaratishga xizmat qiladigan eng istiqbolli yo‘nalishlardan biridir.
Shuningdek, quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham qabul davom etmoqda:
⚡️ Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi
⚡️ Elektr energetikasi va elektr texnikasi
⚡️ Iqtisodiyot
⚡️ Elektronika va nanoelektronika
⚡️ Sifatni boshqarish
Nega aynan bizni tanlashingiz kerak?
😄 Davlat oliy ta'lim muassasasi.
😄 Qabul kvotalarining 30 foizi grant asosida ajratilgan bo‘lib, grant to‘liq 4 yillik ta'lim davri uchun beriladi.
😄 Kirish imtihonlari atiga ikki fandan o'tkaziladi: Matematika va rus tili
😄 Filialda viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talabalar uchun barcha zarur sharoitlarga ega talabalar turar joyi mavjud.
Rus tilini mukammal bilmasligingiz o‘qishga kirishingizga to‘sqinlik qilmaydi. Imtihonda asosiy ustuvorlik matematika faniga beriladi.
O‘qish davomida rus tilini yaxshi bilmaydigan talabalar uchun mutlaqo bepul rus tili to‘garaklari tashkil etiladi.
Hujjat topshirish juda oson!
👉 qabul.mpei.uz
📞Call Center (Maslahat markazi):
☎️ +998555007740
☎️ +998951457741
☎️ +998951457742
👩🏻💻 Onlayn murojaat: @meiqabul
Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube | 2 152 |
| 6 | YOZGI MAKTAB – 2026 muvaffaqiyatli yakunlandi!
Bu yilgi yozgi maktabimiz ham unutilmas taassurotlar, yangi doʻstliklar, qiziqarli mashgʻulotlar va yorqin natijalarga boy boʻldi.
🎥 @khiso kanalida yozgi maktabning kunma-kun videolari, shuningdek taqdirlash marosimi videolari va rasmlarini navbatma-navbat e'lon qilib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting!:
▪️1-KUN: ➡️ t.me/khiso/5952
▫️2-KUN: ➡️ t.me/khiso/5953
▪️3-KUN: ➡️ 🔜
▫️4-KUN: ➡️ 🔜
▪️5-KUN: ➡️ 🔜
▫️6-KUN: ➡️ 🔜
▪️7-KUN: ➡️ 🔜
🔥 Ayni paytda yangi mavsum uchun KHISO olimpiadalariga yillik obunani katta chegirma bilan xarid qilish imkoniyati mavjud. Faqat (40 tagacha) KHISO olimpiadalari uchun START paketini, (30 tagacha) xalqaro olimpiadalar bilan birgalikda (jami 70 tagacha olimpiada) PREMIUM paketini tavsiya qilamiz.
🏷 Paketlarni xarid qilish orqali 50% dan 75% gacha chegirmalarga ega bo‘lish mumkin. Bu imkoniyatdan foydalaning!
📲 Batafsil: @khiso | 6 125 |
| 7 | Відеоповідомлення | 6 160 |
| 8 | Bugun Yozgi Maktabda taqdirlash!
Taqdirlash marosimida millatimiz ilm-fani dargʻalaridan ustozimiz akademik Abdulla A’zamov qatnashadilar.
Bilasizmi, men oʻquvchi vaqtim ustozimizning kitoblarini koʻp yechardim. Ayniqsa “Kvant” jurnalidagi ustoz muallifligidagi olimpiada savollarini koʻrib faxrlanardim.
Biz koʻrishishni orzu qilgan ustozimiz qoʻlidan oʻquvchilarimiz medallarini olishadi. | 6 375 |
| 9 | 2019-yil 27-dekabr. Mashhur Al-Xorazmiy maktabining ochilish marosimi.
Bunga qadar Prezidentimiz bilan bir necha bor uchrashib, takliflarimni bildirib, qo‘llab-quvvatlashlariga erishgan edik. Bu safar esa, qaysidir ma’noda, amalga oshirgan ishlarimiz yuzasidan hisobot berayotgan edim.
O‘sha paytda 5 ta hududda hokimlar bilan hamkorlikda (uni o‘shanda “Qo‘shimcha Respublika olimpiadasi” deb atagan edik) olimpiadalar tashkil qilgan edik. Davlat rahbariga shu haqda ma’lumot berganimda:
“Sardor, menga qolsa, har kuni olimpiada qilgin. Bolalarim ertaga olimpiada bor deb, bugun kitob o‘qiydi. Menga shu kerak.”
— degan edilar.
Ana shu so‘zlardan ilhom olib, olimpiadalar sonini yanada ko‘paytirdik. Birgina 2025–2026-o‘quv yilining o‘zida 50 dan ziyod olimpiada tashkil etdik, shundan 30 tasi oflayn formatda bo‘ldi.
Ko‘pchilik mendan:
“Shuncha tizimli va tinimsiz olimpiadalarni o‘tkazishga energiyani qayerdan olasiz?”
deb so‘raydi.
Bu energiyani men sizdan, hurmatli Prezidentimiz, bundan yetti yil avval olganman.
Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin! | 7 095 |
| 10 | 18:15 da YOZGI maktab boʻyicha ovozli chat boshlanadi.
Ungacha savollaringizni ushbu xabarning izoh qismiga yozib tursangiz boʻladi 👇
https://t.me/khiso/5920 | 164 |
| 11 | Yana bir o‘quvchimiz “Innovator” jurnali qahramoniga aylandi.
Xabaringiz bor, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining nufuzli "Innovator" jurnali bizning chempionlarni yoritib keladi.
Bu safar iqtidorli o‘quvchi qizimiz Sibel jurnal qahramoniga aylanibdi. Quyida Sibelning rus tilidagi nutqining tarjimasini ham keltiraman:
Bu jurnal qahramoni bo‘lishimga 3-sinfdan buyon muntazam qatnashib kelayotgan Sardor Bazarbaev olimpiadalari sabab bo‘ldi. Aynan shu olimpiadalar menga turli nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishim uchun mustahkam poydevor yaratdi. Natijada Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadadan muvaffaqiyatli o‘tdim, shuningdek, “Sirius” ta’lim dasturiga ham saralab olindim. Meni ushbu jurnal qahramonlari safidan joy olganim uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bu men uchun juda katta sharaf va kelgusida yanada katta marralarni zabt etishim uchun kuchli rag‘bat bo‘ldi. Har doim aytib kelaman, qizlar yutuqga erishsa 2 hissa quvonaman.
O‘g‘il bola bilimli bo‘lsa oilasi faravon yashaydi, qiz bola bilimli bo‘lsa millat rivojlanadi. | 2 503 |
| 12 | KHISO oilamizning yana bir a’zosining professional karyerasida yuksalish!
Salkam 15 yillik doʻstim, KHISO jamoamizning ajralmas boʻlagi Qosimxoʻjayev Oʻgʻuzxon SQB ATB bosh bankida Sun’iy intellekt departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.
Oʻgʻuzxonning mas’uliyatlilik darajasi har doim yuqori boʻlgan. Bizda dars berishdan tashqari, olimpiada savollarini rus tiliga sifatli tarjima qilardi va “Mantiqiy Matematika-1” kitobimizda video tahlillarni rus tilida tayyorlab bergan.
Matematikani puxta oʻzlashtirish nafaqat matematik boʻlish uchun, istalgan sohada muvaffaqiyatli boʻlish uchun muhim hisoblanadi. Shunday ekan farzandlaringizga yoshligidanoq matematikani yaxshi oʻqiting. Zero, davlatimiz rahbari aytganidek “Avval matematika, keyin hammasi”! | 2 341 |
| 13 | Голосове повідомлення | 1 862 |
| 14 | 🔝14-iyun (ertaga), EINSTEIN xalqaro olimpiadasi saralash bosqichi!
❓Ertaga saralash bosqichi o‘tkaziladigan EINSTEIN xalqaro olimpiadasining savollari qanaqa bo‘ladi?
📚Ko‘pchilik so‘ragan “Eynshteyn olimpiadasining namunaviy savollari” @penwars kanalimizda e’lon qilindi. Quyidagi havola orqali namunaviy savollar (sample questions) bilan tanishishingiz mumkin:
➡️ https://t.me/penwars/205
📱Ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomalari:
➡️ t.me/khiso/5059
➡️ t.me/khisofaq/55
📍RESPUBLIKA bo‘ylab o‘tkaziladigan barcha manzillar: ➡️ t.me/khiso/5630
✉️ Murojaat uchun admin:
➡️ @khiso_admin | 288 |
| 15 | 2019-yil 24-may: Bu kunni xuddi kechagiday eslayman.
🏆 Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lganim uchun PREZIDENTIMIZ ko‘rsatgan bu e’tiborlari men hozir qilayotgan ishlarimda haligacha motivatsiya bo‘lib turadi.
Sizning farzandingiz ham shunday yoshlar qatorida bo’la oladi.
➖➖➖➖➖➖
🎥 Videoda Prezidentimiz bilan 3-uchrashuvim aks ettirilgan.
🎁🚗 Bu uchrashuvda ularning oldilarida birinchi marotaba suhbatga chiqishim edi va menga avtomobil sovg‘a qilgan edilar.
Shu kundan boshlab shaxsan o‘zlarining tavsiyalari bilan Xalq ta’limi vazirligida ish boshlagan edim.
📌 11-iyun kuni "Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari" mavzusida ochiq vebinar bo‘lib o‘tadi.
🔥Vebinarda biz siz bilan:
- Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni ochib berishi;
- TOP universitetlarga grant asosida kirish imkoniyati
🎁 Efir oxirida esa faqatgina ishtirokchilar uchun eksklyuziv taklifimiz bor.
🔗 VEBINARGA KANALIGA QOʻSHILISH: t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy | 2 150 |
| 16 | Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, Yangi O‘zbekistonning 3-Renessansini aynan bugungi yoshlar yaratadi.
❓ Ammo savol shuki: 3-Renessansni kimlar barpo etadi?
➖➖➖➖➖➖
🎥 Ushbu videoda zamonamizning eng ilg‘or, bilimli va tashabbuskor yoshlari — 3-Renessansning haqiqiy bunyodkorlari sifatida e’tirof etilgan yoshlar jamlangan.
Ular safida mening ham borligim men uchun shunchaki faxr emas. Bu — katta ishonch va yanada katta mas’uliyatdir.
Men o‘zim uchun bitta ulkan maqsad qo‘yganman: sizning farzandingiz ham ertaga mana shunday yetakchi, bilimli va Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yoshlar qatoridan joy olishi uchun bor bilim va tajribamni ulashish.
Shu sababli ertangi vebinar oddiy uchrashuv emas. Bu — farzandingizning kelajagi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Biz ushbu vebinarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va siz uchun eng foydali ma’lumotlarni tayyorladik.
⚡️ Eng muhimi, faqat ertangi taqdimotda qatnashganlar uchun maxsus va eksklyuziv imkoniyatlar e’lon qilinadi.
⏰ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ertaga albatta qatnashing!
🔗 VEBINARGA KANALIGA QOʻSHILISH: t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy | 1 617 |
| 17 | 📆 ONLAYN JONLI TAQDIMOTGA ATIGI 1 KUN QOLDI
Ertaga 20:00da maxsus kanalda jonli efirda ko‘rishamiz va shu mavzularda gaplashamiz:
- Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni ochib berishi;
- TOP universitetlarga grant asosida kirish imkoniyati
🎁 Efir oxirida esa faqatgina ishtirokchilar uchun eksklyuziv taklifimiz bor.
📈 Taqdimotni shaxsan men - o‘zim, Sardor Bazarbayev — xalqaro olimpiadalar g‘olibi, KHISO maktabi asoschisi — olib boraman.
🔗 TANISHLARINGIZGA HAM ULASHING: https://t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy | 2 813 |
| 18 | 🏆 Farzandining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalar!
📌 Bu kanalimizda 11-iyun kuni "Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari" mavzusida ochiq vebinar bo‘lib o‘tadi.
🔥Vebinarda biz siz bilan:
- Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni ochib berishi;
- TOP universitetlarga grant asosida kirish imkoniyati
🎁 Efir oxirida esa faqatgina ishtirokchilar uchun eksklyuziv taklifimiz bor.
📈 Taqdimotni shaxsan Sardor Bazarbayev — xalqaro olimpiadalar g‘olibi, KHISO maktabi asoschisi — o‘zlari olib boradilar.
YAQINLARINGIZ BILAN ULASHING: https://t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy | 970 |
| 19 | Відеоповідомлення | 1 800 |
| 20 | 🛫 8000 kilometr, 2 ta yangi davlat, 10 ga yaqin shaharlar va 6000 o‘quvchi bilan finalda kurashish!
May oyida 40 dan ortiq o‘quvchi va ota-onalar bilan yana bir katta xalqaro loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdik.
🇹🇷 Turkiyada o‘tkazilgan nufuzli xalqaro olimpiadada 75 000 nafar o‘quvchi orasidan saralangan 6 000 nafar finalchi qatorida 27 nafar o‘zbekistonlik yoshlarimiz ham Vatanimiz sharafini himoya qildi. Ular shunchaki musobaqada qatnashib kelishmadi:
✅ Mustaqil bo‘lishni;
✅ Mas’uliyatni his qilishni;
✅ Turli davlatlardan kelgan tengdoshlari bilan raqobatlashishni;
✅ Jamoa bo‘lib harakat qilishni;
✅ Va eng muhimi, o‘z kuchiga ishonishni o‘rgandilar.
🏆 Dastlabki natijalar:
🥇 4 ta oltin medal (shundan 1 tasi mutlaq natija — 100%)
🥈 4 ta kumush medal
🥉 13 ta bronza medal
Bu medallar ortida yuzlab soatlik mehnat, ota-onalarning ishonchi va ustozlarning fidoyiligi turibdi.
✈️ 🚌 8000 kilometr.
🇹🇷🇦🇿 2 ta yangi davlat.
🏙 10 ga yaqin shahar.
Ammo eng katta yutuq — bu farzandlarimizning dunyoqarashi kengaygani, ularda "Men ham qila olaman!" degan ishonch paydo bo‘lgani bo‘ldi. Yaqin kunlarda ushbu safarda qatnashgan ota-onalar va o‘quvchilarning samimiy fikrlarini ham sizlar bilan bo‘lishamiz.
🔜 Oldinda esa yanada katta marralar kutmoqda:
🇺🇸 AQSh — Olympiad USA, Copernicus, STEAM Spires.
🇬🇧 Buyuk Britaniya — TeenEagle xalqaro olimpiadasi (Viza jarayonlari davom etmoqda: 97 651 33 34)
🇨🇳 Xitoy - G.A.T.E xalqaro olimpiadasi
🇩🇪 Germaniya — Einstein Olimpiadasi (Saralash bosqichi: 14-iyun)
Bugun havas qiling. Bugun tayyorlaning. Ertaga esa farzandingiz ham O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘tarayotgan yoshlar safida bo‘lishi mumkin.
🇺🇿 Biz yoshlarimizga ishonamiz!
📲 Asosiy kanal: @khiso | 6 867 |
