Muhammad Uralov
Відкрити в Telegram
- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
Показати більше2 762
Підписники
-324 години
-317 днів
-15030 днів
Архів дописів
2 762
U dardini, shu darsdni hal qila oladigandan boshqa hammaga to'kib-sochardi.
Oqibatda, muammoni hal qila olmaydiganlarning ham, hal qila oladiganlarning ham oldida obro'si tushardi. U nolishda davom etaverardi.
18 лист, 01:26
2 762
Hissiyotlarini boshqara olmaydiganlarga boshqalarni boshqarishni ishonib topshirishmaydi.
17 лист, 12:34
2 762
Eng yaqinlarimga ishonchimni oqlamaguncha ishonch beraveraman, balki o’quvchilarimga ham qo’llashim kerakdir.
Ular ham yaqinlarimga aylanishi kerak-ku!
15 лист, 12:15
2 762
Ba’zi rahbarlar Umar Ibn Xattobning shijoatini yoqtiraman, shuni o’z faoliyatimda ishlataman deyishadi.
Lekin kuzatuvlarimda ular bu shijoatni faqat o’z qo’l ostidagilarga ishlatayotganini ko’rdim, yuqori rahbarlarga kelganda ichlaridagi shijoat so'nib qoladi negadir.
14 лист, 07:44
2 762
Blog yuritishning foydasini bilganda - hamma blog boshlagan bo’lardi.
Blog yuritishning qiyinchiligini bilganda - hech kim blog boshlamagan bo’lardi.
11 лист, 11:24
2 762
Boy bo’lishimizdan, boy bo’lgandek ko’rinishga harakat qilishimiz to’sadi.
08 лист, 07:07
2 762
Ishxonamda ba’zi hamkasblar mendan ehtiyot bo’lib yurisharkan, kanaliga yozvoradilar biz haqimizda nimadir bo’lib qolsa deb)
Hech narsa qilishmasa ham yozdim ular haqida)
06 лист, 13:14
06 лист, ~14:44
2 762
Ko'p ishlaganlar boy bo'lishining uchta sababi bor:
1. Ko'p mehnat qilgani(sababiyat)
2. Sabr qila olgani (taslimiyat)
3. Ko'p vaqt ishlagani uchun topgan pulini ishlatishga vaqti topolmagani)
06 лист, 05:16
2 762
Har doim qiynalayotganimda, keyinchalik aytib bera oladigan hikoyalar yig’yapman deb qo’yaman o’zimga)
03 лист, 13:58
2 762
Vafot etganlar seni yoshingga yaqin bo’lsa, sen uzoq deb o’ylayotgan narsaning qanchalik senga yaqinligini, kafolating yo’qligini chuqurroq his qilasan.
03 лист, 13:01
2 762
Video orqa foniga qayg’uli, ta’sirli musiqa qo’yadigan, bu orqali insonlar hissiyotlari bilan o’ynashadigan kontent yaratuvchilarning hech birini hurmat qilolmayman.
01 лист, 07:44
2 762
Ikki narsadan doim uzoq yuraman.
1. Asl narxidan ancha arzonga taklif qilinayotgan mahsulot|xizmatlardan
2. Tez va oson erishishga va’da beriladigan natijalardan. Pul, obunachi va hkz.
01 лист, 06:56
2 762
Katta loyihalarda siz bir muruvvatsiz. Siz bilan ham sizsiz ham ishlayverishadi.
Aslida juda kattalarida asoschi ham muruvvatga aylanadi. Loyihaning muvaffaqiyatliligini ham shu belgilar, balki.
O’zgartirib bo’lmaslar yo’qligi.
30 жовт, 12:59
2 762
Samarqandga ketyapman, Mirzacho’l hududigan o’tyapmiz. Cho’l hududida uzoq-uzoqlarda kichik chiroqlar ko’rinyapti.
Bu uzoq uylarda kimlar, qanday insonlar yashar ekan? Ular nimalar haqida o’ylar ekan? Hayot tarzi qanaqa ekan? O’ylab ketyapman.
24 жовт, 11:48
2 762
Ishga borishda va ishdan qaytishda ozgina uzoqroq masofaga mashina haydash bu ish!
Energiyasini saqlashni va kattaroq ishlarni qilishni xohlagan odam buni o’zi qilmasligi kerak.
24 жовт, 09:56
2 762
Bir necha yil oldin Teacher Azam Davron aka Fayziyevdan intervyu olayotganida: «Nimalarni qumsaysiz?» — deb so‘raganida, Davron aka: «Vaqtim bemalolroq bo‘lib, kofe bilan xotirjam podkast ko‘rib o‘tirishni...» — degandilar. O‘sha paytda shu podkastni ko‘rib, bu gapni unchalik tushunmagan edim. Hozir esa o‘sha davrlarimni o‘zim ham qumsab qoldim...
23 жовт, 09:44
2 762
O'zingiz yashayotgan davlat tilini yaxshi bilmas ekansiz, yo siz telbasiz, yoki bosqinchi!
Gandi
21 жовт, 05:14
