cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

"NMZ" yoshlari

"Navoiy mashinasozlik zavodi" Ishlab chiqarish birlashmasi yoshlar hayoti Taklif va murojaatlar uchun: Xazrat Salimjonov (93) 521.83-65

Більше
Рекламні дописи
291
Підписники
-124 години
+17 днів
+530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#kiberxavfsizlik KIBERJINOYATCHILIK – BUGUNNING DOLZARB MUAMMOSI ➡️ “Iyul – kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatida masʼul idoralar hamkorligida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bank “xodimi”ning soxta qo‘ng‘irog‘i, “katta oylik” vaʼda qilingan onlayn ish, mo‘may pul taklif etayotgan internet o‘yinlari... Kundalik hayotimizda bunday axborotlarga tez-tez duch kelamiz. Afsuski, firibgarlar tuzog‘iga ilinayotganlar ham oz emas. 3-avtobaza, Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi hamda Navoiy mashinasozlik zavodi ishchi-xodimlari uchun “Kibermadaniyatni yuksaltirish” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kiberxavfsizlik markazi mutaxassisi B.Nurmanov, Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavsizlik markazi mutaxassislari A.Jo‘rayev va F.Husenov, Navoiy shahri IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari F.Xo‘jaqulov tomonidan ishtirokchilarga bugungi kunda dunyo miqyosida tahdid sifatida eʼtirof etilayotgan kiberjinoyatchilik, internetdagi zo‘ravonliklar, haqoratlash, tuhmat va boshqa g‘arazli maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan harakatlarning zararli oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qilmaslik, plastik kartasi bilan bog‘liq maʼlumotlarni begona shaxslarga bermaslik hamda zararli havolalarga kiritmaslik zarurligi taʼkidlandi. Yakunda ishchi-xodimlarning ushbu jinoyatlar qurboniga aylanmasliklari uchun Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining YouTube va Telegramdagi “cyber102 | IIV Kiberxavfsizlik markazi” rasmiy kanaliga aʼzo bo‘lish va doimiy kuzatib borishlari tavsiya qilindi. Kanalga ulanish: 👇👇👇 https://t.me/ngmkofficial 🌐 Sayt 🔝 Telegram 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Twitter🔝Linkedin
Показати все...
02:45
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#MUROJAAT 🇺🇿Navoiy shahar IIB boshlig'i, Podpolkovnik F.Berdiyevning "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" munosabati bilan shahrimiz aholisiga murojaati. 🇺🇿Navoiy shahar hokimligi Axborot xizmati
Показати все...
Navoiy shahar IIB boshlig'ining murojaati tg.mp422.83 MB
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Qabul_2024_magistratura 📢NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI MAGISTRATURASIGA MARHAMAT! ➡️Bizda mavjud yo‘nalishlar va talab etiladigan sertifikat darajalari: ✅ Iqtisodiyot - B2 ✅ Kimyoviy texnologiya - B1 ✅ Biotexnologiya - B1 ✅ Elektr ta’minoti - B1 ✅ Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish - B1 ✅ Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - B1 ✅ Metallurgiya - B1 Mashinasozlik texnologiyasi - B1 ✅ Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi - B1 ✅ Foydali qazilma konlarini qazish - B1 ✅ Shaxta va yer osti muhandisligi - B1 ✅ Foydali qazilmalarni boyitish - B1 ✅ Konchilik mashinalari va jihozlari - B1 ✅ Konchilik ishlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish - B1 ✅ Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyasi - B1 ✅ Qurilish muhandisligi - B1 ✅ Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji - B1 ✅ Logistika - B2 Batafsil: 79 223 15 95 Bizni kuzatib boring👇 NDKTU RASMIY KANALI
Показати все...
Repost from N/a
14:10
Відео недоступнеДивитись в Telegram
«Ассалом, янги кун!». Навоий машинасозлик заводи хотин-қизлар масалалари бўйича масъул Санобар Туропова ва завод кран машинисти, "Келажак бунёдкори" медали соҳибаси Севинч Саидовалар дастур меҳмони. @Navoiy_trk
Показати все...
SO'G'BAT 01.mp488.72 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#XALQARO_REYTING “NKMK” AJ “S&P Global Ratings”dan “Barqaror” prognozi bilan “BB-” darajasidagi birinchi xalqaro kredit reytingini oldi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati o‘z tarixida “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan birinchi kredit reytingini oldi. Kompaniyaga O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingiga muvofiq “Barqaror” prognozi bilan “BB-” uzoq muddatli kredit reytingi berildi. “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi reytingni baholash doirasida bir vaqtning o‘zida Kompaniyaning kreditga layoqatlilik xususiyatlarini (SACP) bb+ darajasida baholadi, bu bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi korxonalari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. ➡️ BATAFSIL -- -- --  -- -- --  -- -- -- #МЕЖДУНАРОДНЫЙ_РЕЙТИНГ AО «НГМК» присвоен первый международный кредитный рейтинг от S&P Global Ratings «BB-» с прогнозом «Стабильный» АО «Навоийский горно-металлургический комбинат» получил первый в своей истории кредитный рейтинг от агентства S&P Global Ratings. Компании присвоен долгосрочный кредитный рейтинг «BB-» с прогнозом «Стабильный», что соответствует суверенному кредитному рейтингу Узбекистана. В рамках рейтинговой оценки, агентство S&P Global Ratings одновременно произвело оценку характеристик собственной кредитоспособности (SACP) Компании на уровне «bb+», это самый высокий уровень, который когда-либо присваивался предприятиям из Республики Узбекистана. ➡️ ПОДРОБНЕЕ Kanalga ulanish: 👇👇👇 https://t.me/ngmkofficial 🌐 Sayt 🔝 Telegram 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Twitter🔝Linkedin
Показати все...
#Kibermadaniyatni_yuksaltirish #Kiberjinoyat #Kiberxavfsizlik Viloyatimizda iyul oyi Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi deb elon qilingan. Joriy yilning 4-iyul kuni “NKMK” AJ IIB xodimlari F.Kodirov va F.Ganiyevlar tomonidan “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ishchi-xodimlari oʻrtasida kibermadaniyatni yuksaltirish targʻibot tashviqot ishlari olib borildi. Tadbir davomida ishchi-xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Savol va takliflar uchun; @HazratSalimjonov (93) 521.83-65 https://t.me/nmzyoshlari
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bugun, 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun 🇺🇿 1992-yil 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Bugun ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom ma’nodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan. ➡️Gerbimiz haqida batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/15287 #Davlatgerbi32yoshda Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿 Бугун, 2-июл куни Ўзбекистон Республикаси Давлат Герби қабул қилинганлигига 31 йил тўлди. Қуйидаги линкни босинг ва Навоийликларга қўшилинг👇 https://t.me/+LQpMEIN9Sa02OWM6
Показати все...
Repost from NKMK YOSHLARI
01:20
Відео недоступнеДивитись в Telegram
✨ Prezident Shavkat Mirziyoyevdan davlat mukofotini qabul qilib oladigan yoshlarning hayajonlari Do’stlaringizga ulashing ✈️ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ Telegram | 🌐 Instagram 💬 Facebook | 📹 YouTube
Показати все...
IMG_5318.MOV15.87 MB
👍 1
#YOSHLAR_KUNI #NKMK_YOSHLARI #Xushxabar #Tabik #NKMK_kubogi_zakovat #NKMK_kubogi_volleybol #NKMK_kubogi_futbol Joriy yilning 26-29-iyun kunlari Navoiy shahridagi “Farxod” madaniyat saroyida hamsa Soʻgʻdiyona oʻyingohida "NKMK kubogi" uchun tashkil etilgan "Zakovat" intellektual oʻyini, volleybol, furbol turnirlari boʻlib oʻtdi. Ushbu turnirlarda Navoiy mashinasozlik jamoasi: - “Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha I oʻrin (kubog sohibi); - Volleybol boʻyicha I oʻrin (kubog sohibi); - Futbol boʻyicha II oʻrinni egallashdi. Bilimdonlarimiz va sportchilarimizni NMZ ma’muriyati va jamoamiz nomidan tabriklab kelgusi ishlari muvaffaqiyat, omad tilab qolamiz. Savol va takliflar uchun; @HazratSalimjonov (93) 521.83-65 https://t.me/nmzyoshlari
Показати все...
👏 6
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.