uk
Feedback
𝐴𝑙𝑡𝑒𝑟 𝐸𝑔𝑜

𝐴𝑙𝑡𝑒𝑟 𝐸𝑔𝑜

Відкрити в Telegram

Ko’lanka…

Показати більше
390
Підписники
+124 години
-17 днів
-430 днів
Архів дописів
Buyuk odamlar, g'oyalar, ilm haqida gaplashadi. O'rtahol odamlar, narsalar, buyumlar haqida gaplashadi. Eng past odamlar, oda
Buyuk odamlar, g'oyalar, ilm haqida gaplashadi. O'rtahol odamlar, narsalar, buyumlar haqida gaplashadi. Eng past odamlar, odamlar haqida gaplashadi.. @alterego_uz 📱✅

Sizga vazifa yuklatildimi — uni sidqidildan bajaring. Bu sizning sinovingiz, sizga bo‘lgan ishonchdir. Ishni majburlik bilan emas, vijdon bilan bajargan insonning natijasi har doim e’tirof topadi. Unutmang: vazifani bajarish — majburiyat, ammo sidqidildan bajarish — insoniylikdir.

Emotsional intellektingizni qanchalik rivojlantirsangiz, shunchalik hamma narsani yuragingizga yaqin olmaslikni o‘rganasiz. Odamlarning xatti-harakati—ularning shaxsiy hayotiy tajribasi, koʻrgan-kechirganlari, ularning fikrlashi, e’tiqodi va stereotiplarining oqibati ekanini tushuna boshlaysiz. Ularni oʻzini tutishi—sizning qadriyatlaringizga hech qanday tarzda bogʻliq emasligini aniq-tiniq anglay boshlaysiz. Siz shunchaki—bunday xulq-atvorli inson sizga mos keladimi, yo‘qmi tanlaysiz halos. @alterego_uz

🎯 Ko‘p ishlash ≠ Samarali ishlash Avval ham aytganman, yana takrorlayman: xodimni ishxonada 10–12 soatlab ushlab turish - tashkilot uchun minus. Bugungi zamonaviy dunyoda “ko‘p ishlash” emas, to‘g‘ri ishlash muhim. Sababi — miyani ham kunlik energiyasi chegaralangan. Umumiy quvvatni samarasiz yig‘ilishlar, bekorchi chatlar yoki “shuni ham qilib qo‘y” degan topshiriqlarga sarflash - kompaniya resursini sekin yo‘qotish degani. ⏳ Ish vaqti — soatlar bilan emas, natija bilan o‘lchanadi.

🎯 Fokus — eng katta kuch Hayotda bir vaqtning o‘zida ko‘plab ishlarni boshlash mumkin, lekin hammasiga barobar e’tibor berib bo‘lmaydi. Energiya parchalansa, natija sekinlashadi. Agar siz kuchingizni bitta yo‘nalishga to‘liq qaratib, sistemali va sabr bilan ishlasangiz, tezroq muvaffaqiyatga erishasiz. 👉 Formulani yodda tuting: Fokus + Sistemalilik + Sabr = Natija

🌱 Kun iqtibosi "Tajriba – eng qimmatli o‘qituvchi, lekin u eng qimmat to‘lovni ham talab qiladi." 👉 Sizning oxirgi tajribangizdan olgan eng katta saboq nima bo‘ldi?

Ushbu rasm chorrahalarida 12 ta qora nuqta bor. Sizning miyangiz ularni birdaniga koʻrishga ruxsat bermaydi. @alterego_uz
Ushbu rasm chorrahalarida 12 ta qora nuqta bor. Sizning miyangiz ularni birdaniga koʻrishga ruxsat bermaydi. @alterego_uz

🌿 Akademikning so‘zi 🌿 👉 Ko‘rgan narsangiz miyangizda qoladi. Umringiz oxirigacha turadi. O‘lgandan keyin ham saqlanadi. 🔑 Demak: — Foydali narsa o‘qisak, unutib qo‘ysak ham foyda olamiz. — Bema’ni narsani ko‘rsak, unutib yuborsak ham zarar beradi. — U miyadan chiqib ketmaydi. 🎒 Sumkamizga tushgan narsa qaytib chiqmasligini bilsak, o‘ylab solgan bo‘lardik. 👥 Tanishgan odamimiz bilan do‘st bo‘lishga majbur bo‘lsak, hamma bilan tanishmasdik. ⏳ Balki kontentni tanlash vaqti kelgandir. Atrofdagilarni ham. 👁 Bema’ni narsani ko‘rgan ko‘z, balki hech narsa ko‘rmagani yaxshi. 💡 Chunki qulog‘ini va nazarini asragan, miyasinini asrabdi. @alterego_uz

😰 SOTSIOFOBIYA – JAMOAT OLDIDA QO‘RQISH Sotsiofobiya (ijtimoiy fobiya) – bu insonning boshqa odamlar bahosidan, jamoat orasida o‘zini noqulay tutishidan yoki xatoga yo‘l qo‘yishidan haddan tashqari qo‘rqishi. 🔍 Asosiy belgilar: -Odamlar oldida gapirishdan yoki chiqish qilishdan qo‘rqish -Notanishlar bilan tanishish qiyin bo‘lishi -O‘zi haqida salbiy fikr bildirilishidan xavotir -O‘ta uyatchanlik va doimiy o‘zini nazorat qilish -Yurak urishi tezlashishi, qo‘l titrashi, terlash 🧠 Sabablari: -Bolalikda salbiy tajribalar (masxara qilish, tanqid, zo‘ravonlik) -Ota-onaning ortiqcha talabchanligi yoki tanqidiy munosabati -Past o‘z-o‘zini baholash -Genetik moyillik ⚡️ Oqibatlari: -Do‘stlar va yangi tanishlardan chetlashish -O‘qish yoki ishdagi imkoniyatlarni boy berish -Yolg‘izlik va tushkunlikka tushish ✅ Yechimlar: -Psixoterapiya (xususan, Kognitiv-xulqiy terapiya) -Asta-sekin qo‘rquv keltiruvchi vaziyatlarga kirish va ularga moslashish -Meditatsiya, nafas mashqlari, stressni kamaytirish texnikalari -Zarur hollarda mutaxassis nazoratida dori vositalari 📌 Esda tuting: Sotsiofobiya oddiy uyatchanlik emas – bu ruhiy muammo. Uni e’tiborsiz qoldirish kerak emas, lekin davolash mumkin! @alterego_uz

Hayotimizda uchta eng muhim inson bor 👇 — otamiz ✅ — onamiz ✅ — ustozimiz ✅ • Agar pul bilan muammo bo‘layotgan bo‘lsa, demak otamiz bilan muammo bor. • Agar jamiyatdagi obro‘yimizga putur yetayotgan bo‘lsa, onamiz bilan muammo bor. • Agar ilmda o‘sish bo‘lmasa, ustoz bilan muammo bor. Shu uchalasini rozi qilmaguncha hayotda birov biror narsaga erisha olmaydi❗️ @alterego_uz

Agar tavakkal qilishdan qo'rqsangiz, siz doim tavakkal qilgan odamlar uchun ishlaysiz. @alterego_uz

In a war of ego, loser always wins... @alterego_uz

— Kel, o‘g‘lim. Qarshimga o‘tir, sendan bir narsa so‘ramoqchiman. — Tayyorman, ustoz. — Mavjudotlar nechaga bo‘linadi? — To‘rtga bo‘linadi. — Menga xatodek tuyilyapti, mayli sana-chi, botam. — O‘simliklar, hayvonlar, insonlar va bolalar… — Bolalar inson emasmi, o‘g‘lim? — Haqsiz, ustoz. Adashmasam, mavjudotlar uchga bo‘linadi. — Yaxshi, qani boshqatdan sana-chi, o‘g‘lim. — O‘simliklar, hayvonlar va go‘daklarga. — O‘g‘lim, insonlarga nima bo‘ldi? — Qalbini sevgi bilan yoshartirib, yashay olgani bolaligicha qoladi, qolganlari esa hayvonga aylanadi, ustoz… @alterego_uz

Профессор Зарифбой Ибодуллаев: "Раҳбарлар учун муҳим! Ходимнинг иш вақти 8 соатдан ошмаслиги, шанба ва якшанба кунлари эса албатта дам олиши шарт." @alterego_uz

O'ZBEK TILIDAN PSIXOLOGIYA TILIGA TARJIMA 😂 Qo‘y siqilma — stressga tushma❤️ O‘zingni bosib ol — agressiyaga berilma❤️ Qalbinga quloq sol — hissiyotga beril❤️ Odam olasi ichida — stereotiplarga ishonma❤️ Boshimni og‘ritma — frusratsiyaga tushirma💋 Kayfi chog‘ — eyforiya holatida❤️ Yulduzi yulduziga to‘g‘ri kelmadi — xarakteri mos kelmadi❤️ Bo‘rtirmasdan gapir — giperbolizatsiya qilma❤️ Meni o‘rnimga o‘zingni qo‘yib ko‘r — meni identifikatsiya qil❤️ @alterego_uz

🎯 8 soatlik ish kuni qayerdan chiqqan? Yevropada inqilobchilar 1800-yillarda "8 soat ishlash, 8 soat dam olish, 8 soat yashash" shiorini o‘rtaga tashlagan. G‘oya – inson mashina emas. 🛠 1914-yil Henry Ford ushbu modelni amalda qo‘llab, ishchilar unumdorligi ko‘payganini ko‘rsatdi. Shu yondashuvdan so‘ng, ko‘pchilik davlatlarda 8 soat – me'yor sifatida qonuniylashtirildi. 😑 Ammo bizda... Rahbarlar buni biladi, ammo “bilsang ham qilma” tamoyili bilan: Kuniga 10-12 soat ishlatadi, Shanba-yakshanba: “Kela olasanmi?” deb emas, “Kelyapsanmi” deydi, Oylikni pasaytirish bilan qo'rqitadi va amalda ham buni qiladi.
Aslida bu — rejalashtirish, ish taqsimoti va samaradorlikni boshqara olmaslik belgisi.
👨‍🔬 Ilm nima deydi? Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi: 💡 8 soatlik ishda xodim faqat 3-4 soat samarali ishlaydi. Shu paytga yetgan texnologiyalar, AI, robotlar, bulutli tizimlar fonida bizda hali ham: "Yotib ishlayapsanmi, ishlamayapsanmi, lekin ofisda bo‘l!" shiori amalda.
"Kosmik kemalarimiz koinotni kezib yurgan bir paytda… biz hali ham ofisda 18 soat qolishni samaradorlik deb bilamiz."
😶‍🌫️ Xulosa: Xodim 8 soatdan ortiq ishlasa: Ishga nafrat hosil qiladi, Ijodiy fikrlay olmaydi, Tashkilot esa muddati o‘tgan loyihalar, migratsiya qilgan kadrlari bilan qoladi. 🧠 Nima qilish kerak? Rahbarlar: ishni rejalashtiring, KPI emas – odamni ko‘ring. Xodimlar: huquqingizni biling. Tashkilotlar: samaradorlik va insonparvarlik parallel yuradi. Postni kimgadur yuborasizmi, yubormaysizmi o'zingiz bilasiz!!! @alterego_uz

#Tana_tili ⚡️Qo‘llarni shim cho‘ntagiga solish. 💥Qo‘l ayniqsa kaft ko‘pincha insondag‘i haqiqat va samimiylik zonasi hisobla
#Tana_tili ⚡️Qo‘llarni shim cho‘ntagiga solish. 💥Qo‘l ayniqsa kaft ko‘pincha insondag‘i haqiqat va samimiylik zonasi hisoblanadi. Sudlardagi bir qo‘lini muqaddas kitobga va bir qo‘lini kaftini ko‘rsatib ont ichishda ma’no shuki kaft ko‘rsatish bu ochiqlik, ishonchlilik belgisidir. ✨Suhbat paytidagi kaftlarni shim cho‘ntagiga yarim solish bu nosamimiylikdan dalolat. To‘la solish nosamimiylik, ishonchsizlik, hurmatsizlik va suhbatdosh sizga nisbatan yashirin negativ fikr borligidan dalolat beradi. 🧂Buni u beixtiyor qiladi va siz bundan xulosa qilishingiz kerak bo‘ladi. @alterego_uz

Hech qachon bunday qilmang: 1. Hech qachon sizga kerak bo'lmagan odamni qaytarishga urinmang. 2. Hech qachon o'zingizni kamsitmang va vijdoningizga, his-tuyg'ularingizga va o'zingizga qarshi bormang. 3. E'tiborni jalb qilish uchun hech qachon ahmoqona ish qilmang. O'zingizni kamsitmang va baxtga intiling! Bu haqida keng malumot chiqadi! Hayratda qolasiz!! Ha aytkancha Yaxshi Yangiliklarimiz Ko'p Tayyor bolib Turing Post Chiqadi :) @alterego_uz

Eng mashhur yetti qonun 1. Myorfi qonuni: Nimadir sodir boʻlishidan qanchalik koʻp qoʻrqsangiz, uning sodir boʻlish ehtimoli shunchalik katta boʻladi 2. Kidlin qonuni: Agar muammo aniq va konkret yozib qoʻyilsa, uning yarmi hal boʻlgan deyavering. 3. Gilbert qonuni: Biror masalani hal qilishga kirishar ekansiz, kerakli natijaga erishishning eng yaxshi usullarini topish uchun doimo shaxsan masʼulsiz. 4. Uilson qonuni: Agar bilim va intellekt birinchi oʻringa qoʻyilsa, pul oʻz-oʻzidan kela boshlaydi. 5. Folklend qonuni: Agar qandaydir masala yuzasidan qaror qabul qilish zaruriyati boʻlmasa — qabul qilmang. 6. Parkinson qonuni: Ish unga ajratilgan barcha vaqtni band qiladi, hattoki u haddan ziyod boʻlsa ham, bu esa samaradorlikni pasaytiradi. 7. Pareto prinsipi (80/20 qoidasi): Juda koʻp vaziyatlarda 80 foiz natijani 20 foizlik saʼy-harakat va omillar taʼminlab beradi. @alterego_uz

Qanday qilib kishi o'ziga ko'proq ishonch hosil qilish mumkin? ☝️ Agar siz doimo o'zingizni boshqalar bilan taqqoslayotgan bo'lsangiz, unda shuni bilingki, bu vaziyatda doimo g'alaba qozona olmaysiz. Biz hammamiz har xil va turli xil narsalarni bilamiz. Buning o'rniga, o'zingizni qadrlashni o'rganing yoki qanday fazilatlarga ega bo'lmasligingizga e'tibor bering va ularni rivojlantiring. Shunda boshqalar bilan taqqoslash uchun vaqt bo'lmaydi. 👉 O'ziga ishonchsizlik o'tgan muvaffaqiyatsizliklardan kelib chiqishi mumkin. Ular bizning o'zimizga bo'lgan munosabatimizni sezilarli darajada o'zgartiradilar, ayniqsa jiddiy narsa yuz bergan bo'lsa. 😎 Agar siz o'zingizni yaxshi tutsangiz va boshingizni baland ko'tarib yursangiz, o'zingizni ancha ishonchli his qilasiz. 🗣 Nutq tezligini kuzating. Asabiylashganingizda ovozingiz odatdagidan balandroq eshitiladi va siz o'ylaganingizdan tezroq gapirasiz. Shuning uchun, sekinroq gapirishga harakat qiling. @alterego_uz