cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

NAZM BAZMI ™

✍️Shahzod JOʻRAYEV ijod namunalari Ruknlarimiz: 📄Nazm 📇Nasr 👨‍🏫Tarjima 🎁Mehmon sheʼr 📖Mutolaa zavqi 🎼Audio 🎥Video 🚨Tanqidiy munosabat 🤔Fikr va mulohazalar uchun: @nazm_bazmi_aloqa_bot 📲Kanalni ulashish: t.me/nazm_bazmi

Більше
Узбекистан78 161Мова не вказанаКатегорія не вказана
Рекламні дописи
155
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Inson o'rtacha 25 yil umrini uyquga sarflaydi.Angishvona — Mana shu faktni eshitganimdan soʻng oʻzgarganman. Shuning uchun har doim atrofimdagilarni gʻaflatdan qutqargim keladi. Kunduzi mudrayotgan odamni koʻrsam, turtaman: «Uxlamang!» Sizga ham shu maslahatni beraman. Uxlamang, oʻrtoqlar. Har kuni, har soatda, har soniyada kelajagingiz uchun foydali qaysidir ishni amalga oshiring yoki unga poydevor qoʻying. Uxlashdan boshqasiga yaramaydigan yoshga kirasiz hali! @nazm_bazmi
Показати все...
Istaganingcha yolgʻon gapiraver, qudrating yetgancha zulm qil, boshqalar haqida xohlagan igʻvoyu tuhmatlaringni qil, haqqini ye... Xohlagan ishingni qilaver! Faqat keyin o'lma, oʻzingni qutqarish uchun boshqa chora izlab top! ✍️Ikrom SHARIF @yerdagi_neptun kanalidan olindi! @nazm_bazmi
Показати все...
#mehmon_sheʼr O‘ZBEK XOTIN-QIZLARIGA Keldi ochilur chog‘i, o‘zliging namoyon qil, Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil. Maktab, anjuman borg‘il, unda fikr ochib gohi Ilm-u fan tig‘i birla jahl bag‘rini qon qil. Soyalarda sarg‘aygan yuzlaring qilib gulgun, Sen ham ahli donishlar bazmini guliston qil. Cho‘rilikni mullalar senga qildilar taqrir, Kel, bugun bu zaxmingga maʼrifatni darmon qil. Onalik huquqingni hurmat etmaganlarni Yuzlarin qaro aylab, feʼlidan pushaymon qil. Oy yuzing qaro chimmat zulmidan qutultirgil, Chiq qorong‘i turmushdan, nur ichida javlon qil. Sen qachon maorifning dargohiga yo‘l topsang, Nurlarin olib ko‘zga surmayi Sulaymon qil. ✍️Hamza Hakimzoda NIYOZIY @nazm_bazmi
Показати все...
#kayfiyat_vaqti Multichekinish! Oʻtirib begʻubor paytlarni bir eslab oldim😊 Hammaga koʻrishni tavsiya qilaman. Dunyo tashvishlariga toʻlib-toshgan koʻngil bir zumga bolalik hislari bilan oziqlanadi! @nazm_bazmi
Показати все...
#mutolaa_zavqi Darvesh qo‘lidagi kuloxni siltab, tinmay baqirmoqda: ,,Buxoro, o‘lgan emas, onaizor! Uni osig‘liq deb qattiq adashasiz! Buxoro o‘lmagan, o‘lmaydi ham. Faqat ne bir kunlarni boshdan kechirgan bu ko‘hna kent qattiq uyquda, mudramoqda, xalq kabi! Bundan foydalandingiz, ustalik bilan uning oyoq-qo‘lini bog‘ladingiz. «Uxlagan odam zararsiz, - deb o‘yladingiz va ark darvozasiga Buxoroni osdingiz! Ammo adashasiz! Qattiq adashasiz! Buxoro o‘lmagan bulutlar ortida qolgan quyoshdek ko‘rinmayapti, xolos! Siz bor adolatni, bor islohni, bor nomusni osishingiz mumkin, ammo kelajakni osa bilmaysiz! Qara, Buxoro tirilmoq istayapti... Qara, ona, U tebranyapti. Buxoro tirilyapti, u tirik ona! Yo Alloh!ʼʼ Ona yig‘laydi. @nazm_bazmi
Показати все...

#mutolaa_zavqi Orzularsiz shaharlar quriydi. Dunyoni orzu qiladigan odamlar bezab turadi, ular mazmun bag‘ishlaydi. Xalq orzusi zerikarli kafedralardan izlanmaydi. Issiq qalbni yuragida sovitmay omon olib yurgan odamlargina uni quyosh nur taratgan misol taratadilar. ,,O‘ylash va orzu qilishni unutayotgan yangi oqim odamlariga salomlarim bo‘lsinʼʼ, – deyman amakilarim bilan ko‘rishayotib. Ularning rangi go‘rdan chiqqanday oqarib ketadi. @nazm_bazmi
Показати все...

#mutolaa_zavqi Shundan beri eshakqurtlarni yomon koʻraman. Ular oyoqlarim ostida oʻrmalab, oʻlimga azon aytayotganday boʻladi... Seroyoq, kichkina, shalog‘i chiqqan avtobusga o‘xshab inqillab o‘rmalaydi. “O‘lim avtobusi!" Ular hech kimni chaqib o‘ldirmaydi, tishlamaydi ham, lekin jimgina, sadoqat bilan o‘limingni kutadi. Qabrni birinchi bo‘lib izlab topadi va sen asrab-avaylagan moʻtabar onang etini yeb, tamom qiladi: — Tirnoqning uchicha chiqmaysan-ku, filning go‘shti ham senga kam. Jami odam o‘lsa ham, sen to‘ymaysan, eshakqurt! — Bugun bobongning chap qo‘lini yedik. — Shirinmikan? — Bo‘ladi, qari, tirishgan. Lekin, jo‘ra, ko‘p go‘sht yeganim uchun taʼm xotirasida adashaman. — Menga ham olib chiq, ozgina, bir parcha go‘sht. Bobomni sog‘indim! — Ahmoqmisan, tirigida shuncha kemirganing yetmaydimi, bu yog‘i meniki... — Eshakqurt! — Sen esa odamqurtsan! @nazm_bazmi
Показати все...

Yaqin kunlarda eng koʻp shov-shuvga sabab boʻlgan ,,Qoʻrqmaʼʼ romanidan oʻzimga manzur kelgan parchalarni siz bilan boʻlishmoqchiman! @nazm_bazmi
Показати все...

#mehmon_sheʼr *** O, azizam, siz yozgan maktub Meni aslo aylolmas mahzun; Istamaysiz ortiq sevmoqlik, Lek, xatingiz birmuncha uzun. O‘n ikki bet — kichik va nafis, Bir-biriga yaqin misralar. Hech yozmaslar buncha batafsil Xayrlashmoq bo‘lgan kimsalar. ✍️Geynrix Geyne @nazm_bazmi
Показати все...
#siyosiy_karikatura #qiziqqanlar_uchun Janob Putin ikkinchi dozaga ham tayyorgarlik koʻrib qoʻygan😂 @nazm_bazmi
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.