cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

HAR SOHADAN BIR SHINGIL

Agar muntazam ravishda olam haqida biror yangi va g'aroyib narsalarni bilishga harakat qilsangiz, unda quyidagi qiziqarli faktlar aynan siz uchun. Bu yerda siz koinot, inson anatomiyasi, hayvonlar va sayyoramizdagi hayot haqida qiziqarli narsalarni bilib

Більше
Рекламні дописи
689
Підписники
+124 години
+77 днів
-730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Dunyodagi eng sirli raqs — Samo raqsi haqida So‘fiylarning Samo raqsi Mavlaviylarning zikri hisoblanib, Allohga yaqinlashish yo‘li sifatida e’tirof etiladi. Samo raqsi Mavlono Jaloliddin Rumiy (1207-1273) ilhomi bilan yaratilgan va rivojlangan dunyodagi eng sirli raqs sifatida tanilgan. Mavlonoga esa Shams Tabriziy o‘rgatgandir. Darhaqiqat, chuqurroq qaralsa, bu Mavlaviy darveshlarning zikr marosimidir. Nay kabi nozik cholg‘u asboblari jo‘rligida qo‘llarini ikki tomonga ochib, o‘ng kaftini osmonga, chap kaftini yerga qaratib, Hudodan olib, xalqqa berish kabi tushuniladigan marosim sifatida umumlashtirish mumkin. Bu yerda musiqa mulohaza qilishga yordam beruvchi vositadir. Vaqti-vaqti bilan sayyohlik namoyishi sifatida qabul qilingan Samo aslida chuqur ma’nolarga ega bo‘lgan va asrlar davomida yashab kelayotgan bir marosimdir.
Показати все...
Dunyodagi eng sirli raqs — Samo raqsi haqida So‘fiylarning Samo raqsi Mavlaviylarning zikri hisoblanib, Allohga yaqinlashish yo‘li sifatida e’tirof etiladi. Samo raqsi Mavlono Jaloliddin Rumiy (1207-1273) ilhomi bilan yaratilgan va rivojlangan dunyodagi eng sirli raqs sifatida tanilgan. Mavlonoga esa Shams Tabriziy o‘rgatgandir. Darhaqiqat, chuqurroq qaralsa, bu Mavlaviy darveshlarning zikr marosimidir. Nay kabi nozik cholg‘u asboblari jo‘rligida qo‘llarini ikki tomonga ochib, o‘ng kaftini osmonga, chap kaftini yerga qaratib, Hudodan olib, xalqqa berish kabi tushuniladigan marosim sifatida umumlashtirish mumkin. Bu yerda musiqa mulohaza qilishga yordam beruvchi vositadir. Vaqti-vaqti bilan sayyohlik namoyishi sifatida qabul qilingan Samo aslida chuqur ma’nolarga ega bo‘lgan va asrlar davomida yashab kelayotgan bir marosimdir. Nega aynan aylanish? Chunki borliqning asosiy sharti aylanishdir. Elektronlar yadro atrofida 1000 dan 100 000 km gacha tezlikda aylanadi. Massalari bir-biridan farq qilmaydigan elektronlar turli energiya darajalariga ega va 7 xil orbitalda aylanadi. Elektronning bu tez va cheksiz aylanishi mavjud bo‘lgan hamma narsaning mohiyatidir. Koinotdagi hamma narsa bu aylanish tufayli omon qoladi. Yulduzlar, sayyoralar, tanadagi qon, yerdagi hayot, hamma narsa uyg‘unlikda aylanadi. Kiyimlar va ularning maʼnolari Tennure (oq kiyim) poklik va nafsning kafani, Sikke, darvesh toji (uzun bosh kiyimi), nafsning qabr toshini, qora nimcha esa ruhning ramzidir. Quloqlar tangalar bilan yopilgan, Bu esa, dunyoni eshitmasdan yolg‘iz Allohga yuzlanishni ifodalaydi. Samo raqsiga raqs tushuvchi darveshlarga «semazen», Samo o‘ynaladigan joyga «samoxona» deyiladi. Samoxonaning doirasimonligi Koinotning timsolidir. Nega «semazen»larning boshi aylanmaydi? Aylanayotgan darveshlar huddi yerning 23 darajalik burchagi kabi boshlarini 20-25 daraja chapga burishadi. Bu egilish ichki quloqqa ta’sirlarni neytrallashtiradi va bosh aylanishiga olib kelmaydi. Shu bilan birga, ular faqat bir nuqtaga, chap qo‘lning bosh barmog‘iga qarashadi. Ular atrofdagi narsalarga ahamiyat bermaydilar, ular hamma narsani tuman holatida ko‘rishadi. Nay ilohiy nafasni ifodalagani uchun puflanadi. Darveshlar bir vaqtning o‘zida kaftlari bilan yerga urishadi. Bu zarba qiyomat kuni va Sirot ko‘prigini anglatadi. Darveshlarning o‘rnidan turishlari Koinot shakllanganidan dalolatdir. Ko‘rib turganingizdek, bu raqs oddiy, ko‘ngilochar raqs emas, balki, har harakatida ilohiy ma’no yashiringan raqsdir.
Показати все...
👏 1
Hatto olimlar tushuntirib bera olmagan hodisalar Raqs vabosi 1518 yilda Fransiyada odamlar tushunarsiz vasvasaga tushib qoldi. 400 ga yaqin kishi shahar ko‘chalarida tinimsiz raqsga tushardi. Ularning ko‘plari vafot etdi. G‘alati epidemiya tibbiyot yilnomalari va arxiv hujjatlarida tasdiqlangan.  Kelajakdan kelgan firibgar 2003 yilda Endryu Karlsin firibgarlikda gumon qilinib, hibsga olindi. Qisqa vaqt davomida u atigi 800 dollar sarmoya kiritgan holda 350 million dollar ishlab topdi. So‘roq paytida u o‘zini kelajakdan kelgan, deb da’vo qildi. Endryu to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2002 yilgacha hech qayerda bo‘lmagani bu jumboqni kuchaytiradi.  Perudagi qaynoq daryo Janubiy Amerikadagi ushbu suv o‘zani Shanay-Timpishka, deb ataladi. Bu 80 daraja issiq haroratli daryo. Ajablanarlisi, unga eng yaqin isitish manbai bo‘lgan vulqon 700 kilometr uzoqlikda joylashgan.  Suv ostidagi shahar Yaponiyaning Yonaguni oroli yaqinida taxminan 25 metr chuqurlikda aniq shakldagi xarobalar topildi. Ular orasida ibtidoiy qurollar va inson faoliyatidan dalolat beruvchi boshqa artefaktlar topilgan. Bu faktlarga tayanib, qurilgan binolar muzlikdan oldingi sivilizatsiyaga tegishli deb taxmin qilish mumkin.  Yer ustidagi naqshlar Amazon o‘rmonlarida bir necha yuz geogliflar qayd qilingan. Ular taxminan 3 ming yil oldin yaratilgani va ehtimol, marosimlarga daxldor ekanligini taxmin qilingan.  Muzlagan qiz 1980 yilda Jin Xilliard muzlangan holda topildi. U butunlay muz bilan qoplangan edi. Shifokorlar uning o‘lganiga amin edi, ammo bir necha kundan so‘ng qiz “hayotga qaytdi”. Jin sog‘lig‘iga zarar yetkazilmagan holda kasalxonani tark etdi.  Arvoh-kema 1921 yilda “Kerroll A. Diring” nomli kema topildi. Unda oziq-ovqatdan boshqa hech narsa yo‘q edi. Navigatsiya moslamalari, shaxsiy narsalar va boshqa buyumlar yo‘qolgan. Ushbu hodisa ham sirligicha qolgan.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
RAQS VABOSI 💃🏻🕺🏻 «Raqs vabosi» deb nomlanuvchi XVI -asrning tarixiy yozuvlarida hujjatlashtirilgan bu hodisa o‘zining sirliligi bilan ajralib turadi. 1518-yil iyul oyida Strasburg shahri (o‘sha paytda - Rim imperiyasining bir qismi, hozirgi Elzas viloyati, Fransiya),  aholisi to‘satdan ommaviy raqsga tushishni boshlashadi. Odamlar dam olishsiz, to‘xtamasdan raqs tusha boshlaydilar. Bu holatdan ko‘pchilik yurak xuruji va charchoqdan vafot etadi. «Epidemiya» Frau Troffa ismli ayol shahar ko‘chalarida raqs tusha boshlaganidan so'ng boshlangan. Bir hafta ichida 34 kishi raqsga qo‘shiladi va bir oy o‘tgach ularning soni 400 nafarni tashkil etadi. Tarixiy hujjatlarga ko‘ra,  odamlar doimiy raqs tufayli charchoqdan vafot etgan. Ammo odamlarning nega to‘xtamasdan raqsga tushish sabablari aniq emas. Hammasi qanday boshlangan bo‘lsa shunday to‘satdan yakunlanadi. Hozirgi kundagi zamonaviy nazariyalar bu hodisani ommaviy aqliy zaiflik deb tushuntiradi.
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Oltin. Tartib raqami 79. Atom og‘irligi 196,6 Odamzot juda qadimdan buyon biladigan metallardan biri shubhasiz oltindir. Shu sababli ham uni kim va qachon kashf qilganini hech kim bilmaydi. Bu metallning qo‘llash sohasi haqida ham ko‘p gap aytishni hojati yo‘q. Avvalo, oltin bu – mamlakatlarning oltin zaxira fondining asosi bo‘ladi; qolaversa, u taqinchoq, zeb-ziynat, hamda, juda yaxshi o‘tkazgich metalldir. Yana undan protez tish tayyorlanishini yaxshi bilasiz. Oltin juda oson ishlov beriladigan, yumshoq metalldir. Qadimda eng muhim me’moriy yodgorliklarning devorlariga oltin bilan ishlov berish urf bo‘lgan edi.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Napoleon haqida qiziqarli ma'lumotlar Napoleon yozuvchi bo‘lmagan. Ammo u roman yozgan. Mahoratli sarkarda bo‘lishdan tashqari u mohir matematik va shaxmat ustasi bo‘lgan. U Fransiya fanlar akademiyasining akademigi edi. 16 yoshidan harbiy xizmatni boshlagan Napoleon 24 yoshida general, 35 yoshida Fransiya imperatori bo‘ladi. Napoleon daqiqasiga 2000ta so‘z o‘qiy olgan. Raqiblari Napoleonni kamsitib «korsikalik pakana» deb atashgan. Uning bo‘yi 169 santimetr bo‘lgan. Napoleon ajdodlari italiyaliklarga borib taqaladi. Napoleon haqida yuz minglab tarixiy tadqiqot ishlari bor. Shuningdek, u haqda nasr va nazmda hamda dramaturgiyada ko‘plab badiiy asarlar yozilgan. Shuningdek, Napoleon haqida ko‘plab kinofilmlar, seriallar, hujjatli filmlar suratga olingan.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Margarin haqida Sariyog‘ yuzlab yillar davomida mavjud bo‘lsa-da, margarin yangi ixtirodir. Fransiya imperatori Napoleon III qurolli kuchlar va quyi sinflar tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qoniqarli sariyog‘ muqobilini tayyorlay oladigan har bir kishiga mukofot taklif qilgan. 1869-yilda fransuz kimyogari Hippolyte Mège-Mouriès mol go‘shti, sut va margarik kislotani birlashtirib, sariyog‘ o‘rnini bosuvchi vositani yaratgan va uni oleomargarin deb nomlagan.  Sigir sutidan olinadigan sariyog‘ bir oz sarg‘ish rang, margarin esa oq rangga ega bo‘lib, dastlab margarin cho‘chqa yog‘iga o‘xshab ko‘ringanligi sababli, ko‘pchilikka ishtahasiz tuyilgan. Taxminan 1880-yillarning oxirlarida ishlab chiqaruvchilar sotishni yaxshilash uchun margarinni sariq rangga bo‘yashni boshlaganlar. 
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
1920 yil 15 iyulda – pul tanqisligi kuchayganini hisobga olib, Turkiston Respublikasi hukumati 5000 rubllik vaqtinchalik kredit biletlarini chiqardi. Tarixchi R.To‘xtayevaning qayd etishicha, yirik pul birliklari Turkiston bozorida keng qo‘llanila boshlandi. Muomaladagi barcha pullarning 45 foizini 1000 va 5000 rubllik kupyuralar tashkil etdi. Ular ommaviy ishlatiladigan kupyuralarga aylandi. Ammo bu tadbirlar Turkiston iqtisodini izga solish yoki pul jamg‘arishni qulaylashtirish uchun emas, balki o‘lkada kechayotgan iqtisodiy inqirozni biroz yumshatish maqsadida amalga oshirildi.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Oxirgi Volga GAZ-21 konveyerni tark etmoqda. Gorkiy(15-iyul,1970)
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
1923 yil 15 iyulda SSSR Aeroflot davlat aviakompaniyasi tashkil etilganligini e’lon qildi. Aeroflot - Moskvaning Sheremetyevo aeroportidan ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradigan Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi va milliy aviatashuvchisi. Bu dunyodagi eng qadimgi aviakompaniyalardan biri. SSSR parchalanganidan keyin kompaniya yarim xususiylashtirildi, chunki nazorat paketi davlat nazorati ostida.
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.