Give-Get
Відкрити в Telegram
247
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
-230 днів
Архів дописів
247
Repost from Vashington kundaligi
“Microsoft” ilovalari ishlamay qolishi oqibatida ko’plab kompaniyalarda ish to’xtab qoldi.
Yaqinda AI modellariga ulanadigan servislar ishlamay qolsa ham xuddi shunday bo’ladi. Hech kim ishlay olmaydi yoki AIsiz mustaqil qaror qabul qilishga qo’rqadi.
@bmamadiev
247
Bugun dastur ustida kóp ishladim.
1. Server sotib oldim. Oyiga 25$.(Ishxona to'lab beradi.) Savdoga doir ma'lumotlar bo'lgani sabab, qimmatroq serverga qo'ydim.
2. Xodimlar bilimini shu dasturning ichida baxolash funksiyasini qo'shdim. Treyner test yuklaydi, deadline va time-limit qo'yadi. (Skrinshot qilishni o'chirib qo'ydim.) Xodimlar test ishlagach natijasi va reytingini ko'rishi mumkin.
3. Ombor yaratdim.
Reklama maxsulotlar, sovg'alar, formalarning miqdorini excel da nazorat qilar edik. Qaysidur region, do'konga ushbu maxsulotlardan chiqarilsa, excel da jami miqdordan ayirib qo'yilgan. Xozir esa shu jarayon avtomatlashdi. Ofis xodimi ushbu tovarlar miqdori, turi, rasmini yuklab qo'yadi. Qaysi region supervayzeriga ushbu maxsulotlardan qanchadur miqdorda kerak bo'lsa, dastur orqali ko'rib, so'rov qoldiradi. So'rovni ofis xodimi o'zining bazasida ko'radi va tovar bor bo'lsa tasdiqlaydi va jo'natib yuboradi. Ha dasturda miqdor ozayadi.
Dasturni yanada rivojlantirishni o'ylaganman. Google Play va App Store ga qo'yib, ixtiyoriy odam o'zining biznes jarayonida foydalanishi mumkin bo'ladi. Buning uchun, biroz IT kursiga borishim kerak)
247
https://t.me/yourlesh/713
Hozir shu yozgan postimga ko'zim tushib qoldi.
O'ylab qarasam, har bir narsaning o'z vaqti bor ekan.
Bakalavrda qiynalib o'qigan vaqtlarim (moddiy tomondan) men uchun bir hayot maktabi bo'lib bergan ekan.
Balki o'sha payt 'qiynalmaganimda', hozir balki LG ning ostonasiga ham kelmagan bo'lardim.
Shunchaki, ba'zida jim turib, kutish ham yaxshi natijaga yetaklashi mumkin.
247
Repost from Latipov [uzb]
UzIMEI’ning yetti yili: yaratilish tarixi, ta’sischilar, trillionlab so‘mlik to‘lovlar va ularning qonuniyligiga oid savollar
IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq navbatdagi mojarodan so‘ng UzIMEI tizimining yaratilish tarixi, pudratchi qanday tanlangani va tizimning moliyaviy jihatlarini batafsilroq o‘rganishga qaror qildim. Natijada savollarim yanada ko‘paydi. Ulardan eng asosiysi – IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun majburiy to‘lov undirishning o‘zi qanchalik qonuniy.
Konstitutsiyaga ko‘ra, fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 93-moddasiga muvofiq, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy etish Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatiga kiradi.
Ammo IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov qonun bilan emas, balki Vazirlar Mahkamasining 778-sonli qarori bilan belgilangan.
Shu yerda savol tug‘iladi: huquqiy jihatdan bu qanday to‘lov – soliqmi, yig‘immi yoki xizmat haqi?
Agar soliq yoki yig‘im bo‘lsa, nega uni parlament emas, hukumat belgilagan? Agar xizmat bo‘lsa, IMEI ro‘yxatdan o‘tkazilmagani uchun telefon 30 kundan keyin mahalliy mobil operatorlar tarmog‘ida ishlamay qoladigan sharoitda, bu xizmatdan foydalanish qanchalik ixtiyoriy?
Soliq kodeksida yig‘im qonun bilan belgilanadigan, yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq va budjet tizimiga to‘lanadigan majburiy to‘lov sifatida ta’riflangan. IMEI uchun to‘langan pullar esa tizim operatorining maxsus hisobvarag‘iga tushadi. Shu sababli uni avtomatik ravishda davlat yig‘imi deb hisoblash ham to‘g‘ri emas.
Ammo majburiy to‘lovni shunchaki «xizmat haqi» deb atash orqali uning qonuniyligiga oid savolni yopish ham, nazarimda, yetarli emas.
Biz huquqiy baho olish uchun murojaat qilgan yuridik fanlar doktori Dildora Bazarova ham, avvalo, ushbu to‘lovning huquqiy tabiatini aniqlash zarur, deb hisoblaydi. Agar bu yig‘im bo‘lsa, Konstitutsiya va Soliq kodeksi talablari bajarilishi kerak. Agar xizmat haqi bo‘lsa, uning majburiyligi va narxini belgilash uchun yetarli qonuniy asoslar mavjudligi tushuntirilishi lozim.
To‘lov qonuniymi yoki yo‘qmi, degan savolga javob topish uchun rasmiy huquqiy tushuntirish, jumladan, Konstitutsiyaviy sudning pozitsiyasi zarur.
Endi narxiga to‘xtalsak. Bugun bitta IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish 88 ming so‘m, 30 kundan keyin esa 110 ming so‘m turadi. Bitta telefonda ikkita IMEI bo‘lsa, har biri uchun alohida to‘lash kerak. 2019-yildan buyon standart tarif deyarli ikki baravar oshgan.
Nega? Chunki xizmat narxi muntazam oshirib boriladigan bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) bog‘langan. Xuddi jarimalar va ayrim davlat yig‘imlari kabi. Ammo BHM oshishining raqamli identifikatorni ma’lumotlar bazasiga kiritish tannarxiga qanday aloqasi bor? Nega ro‘yxatdan o‘tkazish narxi BHMning aynan 20 foizi, 2 yoki 5 foizi emas? Tarifning iqtisodiy ekspertizasini kim va qachon o‘tkazgan?
Yetti yil ichida IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ to‘langan. 2026-yilning birinchi yarmida tizim davlat operatori daromadlarining qariyb 90 foizi aynan IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hisobiga shakllangan.
Shu bilan birga, xizmat tannarxining ochiq hisob-kitobi, xarajatlarning batafsil tarkibi va texnik pudratchi qancha mablag‘ olayotgani haqida ma’lumot yo‘q.
Shu o‘rinda ikkinchi muammoga kelamiz – tizimning yaratilish jarayoni shaffof emasligi. 2019-yilda UzIMEI’ni joriy etish bo‘yicha tanlovda loyihani 2,5 million yevroga amalga oshirishni taklif qilgan Turkiyaning TTG kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. Bu haqdagi rasmiy xabarni internet arxividan topish mumkin.
TTG bizga uning mutaxassislari Toshkentda UZINFOCOM bilan birgalikda ish boshlaganini ham ma’lum qildi. Ammo shartnoma imzolanmagan. Kompaniya vakillarining aytishicha, sabablar tushuntirilmasdan loyiha Delta Telecom International kompaniyasiga berilgan.
Tanlovdan bir necha oy o‘tib, hukumat Information Technology Center qo‘shma korxonasi tashkil etilganini e’lon qildi. Uning 51 foiz ulushini Amerikaning Delta Telecom International I, LLC kompaniyasi, 49 foizini esa davlatga qarashli Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi olgan.
2026-yilga kelib esa ta’sischilar orasida Amerika kompaniyasi o‘rniga Singapur kompaniyasi ko‘rsatilgan. Qizig‘i, bu kompaniya faqat 2020-yil avgustida, ya’ni UzIMEI ishga tushganidan keyin ro‘yxatdan o‘tgan.
Bu kompaniyalarning yakuniy benefitsiar egalari kim? Nega dastlabki tanlov g‘olibi shartnomasiz qolgan? Tizimni yaratish aslida qanchaga tushgan?
Ehtimol, bu savollarning barchasiga qonuniy va iqtisodiy jihatdan asosli javoblar bordir. Ammo tizim majburiy bo‘lsa, millionlab fuqarolarga taalluqli bo‘lsa va trillionlab so‘m tushum keltirayotgan bo‘lsa, nega bu hujjatlar ochiqlanmagan?
Shaxsan menda tizim qanday shartlar asosida yaratilgani, undan tushgan pullar qayerga yo‘naltirilayotgani va nima uchun «xizmat» aynan shuncha turishi haqida ma’lumot bo‘lmasa, unga nisbatan ishonch ham bo‘lmaydi.
Ha, yagona IMEI bazasi foyda keltirishi mumkin: o‘g‘irlangan telefonlarni bloklash, klonlangan kodlarni aniqlash va noqonuniy importga qarshi kurashishda yordam beradi. Ammo nazarimda, tizim keltirib chiqarayotgan xarajatlar uning foydasidan ko‘proqdek.
Biz O‘zbekistonda soliq yuki nisbatan pastligi haqidagi gaplarni tez-tez eshitamiz. Ayrim soliq stavkalari bo‘yicha shunday bo‘lishi ham mumkin. Lekin biznes yuritish va yashashning haqiqiy xarajatlari faqat soliqlar bilan belgilanmaydi.
Import bojlari, majburiy to‘lovlar, sertifikatlashtirish, ruxsatnomalar, raqobatga qo‘yilgan cheklovlar, monopoliyalar va byurokratiya ham bor.
Tranzaksion xarajatlar ham mavjud. Bular – odamlar va tadbirkorlarning deklaratsiya to‘ldirish, tekshiruvlardan o‘tish, ro‘yxatdan o‘tkazish, navbat kutish va davlat organlari bilan ishlashga sarflaydigan vaqti va resurslari.
Bu ham iqtisodiy yo‘qotish. Ba’zan bunday xarajatlar soliqlarning o‘zidan ham yuqori bo‘lishi mumkin.
Oxir-oqibat, bularning barchasi uchun iste’molchi haq to‘laydi. Jumladan, tovarlar narxining qimmatlashishi orqali.
Biz dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatmiz. Logistika xarajatlari shundoq ham yuqori. Ammo qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish o‘rniga, ko‘pincha yangilarini yaratamiz.
Menimcha, IMEI uchun undiriladigan to‘lovning mustaqil huquqiy ekspertizasini o‘tkazish, tizimning moliyaviy modelini va pudratchini tanlashga oid hujjatlarni oshkor qilish zarur. Shundan keyingina majburiy pullik ro‘yxatdan o‘tkazishni hozirgi shaklda saqlab qolish uchun asoslar bormi yoki yo‘qmi, degan masalani muhokama qilish mumkin.
@latipovuzb
247
Repost from Vashington kundaligi
Amerika madaniyatida ota va onaning o’ziga xos o’rni bor: ota, odatda, ulug’lanadi, ona esa uncha nazarga ilinmaydi.
Badiiy filmlarda, asarlarda otadan faxrlanish, otaning farzandidan g’ururlanishi masalasi, imkon bo’ldi deguncha, qistirib ketiladigan mavzulardan. Hatto farzandi bilan rishtani uzgan, yoshligida uni tashlab ketgan insonlar rolida ham yana ota gavdalanadi. Odatda, bunday ssenariylar ota-bola yarashib olishi bilan tugaydi.
Amerikada yaxshi inson, jentlmen - bu, avvalo, oilasi, farzandlari bilan vaqt o’tkazadigan, ularga alohida e’tibor qaratadigan erkak.
Ona negadir bu vazifalarda ko’zga tashlanmaydi.
No’noqlik, zamonaviy texnikani tushunmaslik, ovsarlik obrazlarini gavdalantirishda, odatda, keksaygan ona obrazidan foydalaniladi.
Kundalik suhbatlarda ham bu tez-tez quloqqa chalinadi: onam doim menga email yozsa, orqasidan tel qilib, xatimni oldingmi deb so’raydi va hokazo…
Ona ustidan kulish - suhbatlarda odamlar e’tiborini tortish uchun ishlatiladigan oddiy yumor vositasiga aylangan.
@bmamadiev
247
Claude ga kompyuterimdan bot yaratish uchun kompyuterimdan foydalanishga dostup berdim.
Hozir, kompyuter ekraniga qarab o'tiribman. AI ni o'zi kompyuterimdagi fayllardan foydalanib bot yasayapti.
247
Shu ma'lumot shu yerda qolsin. 10-20 yildan keyin Gumanoid robotim bilan shu postni birga o'qiymiz.
247
Claude bilan App yaratdik. Shu ish uchun bir Aytishnik 800$ so'radi.
AI bilan bu menga 22$ ga tushdi (QQS bilan).
Programma ishlayapti. Minimal ehtiyojlarni qondiryapti.
Play market va App store ga ham qo'yishni o'rgatyapti.
Har bir amalni AI aytganidek bajarsa, bemalol dasturlashni o'rganmay turib ham, Web-site, app yoki shunga o'xshash platformalar bemalol yaratish mumkin ekan.
07.11.2026.
