cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Kumush Abdusalomova

Siz ushbu kanal orqali yosh ijodkor Kumush Abdusalomovaning ijod namunalarini kuzatib borishingiz mumkin

Більше
Рекламні дописи
238
Підписники
Немає даних24 години
-17 днів
-230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
||Kattaroq ochilsin barcha deraza, Shamollatish kerak Dunyoni biroz.|| Shavkat Rahmon @kumush_abdusalomova
Показати все...
🔥 5👍 2
ГАСТАРБАЙТЕР БАЛЛАДАСИ Муҳаммадали Ғаффоровга бағишладим. Шимол ўлкасига тун чўкди бенур, кўнгил ўлкасида порлаб чиқди кун: ахир, Яккабоғда уйғонган шуур барфин ўрмонларда топмовди якун. Уйғонди, тўлғонди: соғинч, илҳом, шеър. Бу тун бутун шеърдир – кўнгил тўқ эди. Олтига уч метр вагон-контейнер ичра ундан бўлак шоир йўқ эди. Вужудини шимол аёзи чимдиб, ухламай шеър ёзиб ўлтирарди Шарқ, ногоҳ гумбурлади нимадир, тинди, ногоҳ совуқ тунни ўртаб ўтди барқ. Узоқ-яқиндаги шуълалар ўчди, темир бошпанани тарк этди зиё, чироқсиз вагонни қаҳратон қучди ва совий бошлади қонлар ҳам гўё. Темир бошпанани дақиқа сайин ишғол қилар экан совуқ аёз, қиш, тўртта ҳамхонасин уйғотиб тайин, шеър ўқиб бергувчи шоирга олқиш! Совуқ контейнерни илитмади шеър, турдилар, юрдилар, сакрадилар боз, машқ ҳам қилдилар, тепиндилар ер... на чироқ келдию на тинди аёз. Совуқ санчиларкан бамисоли ўқ, музлаб қолмасин деб қўл, оёқ, дил, онг... шу тун тўрт мусофир ухлагани йўқ, шу тун шеър эшитиб оттирдилар тонг. Бешинчи мусофир шеър ўқийди, шеър, ҳар бир шеър гўё бир парча чўғ эди; олтига уч метр вагон-контейнер ичра ундан бўлак шоир йўқ эди. Ниҳоят, тонгга ҳам етдилар омон, ниҳоят, иш-ишга тарқади бари, фақат иш жойига келмади шу тонг қўшни вагондаги ҳамқишлоқлари. Кеча – ток станция портлаган маҳал, чироқ, иситкичлар ўчган ўша тун, нариги контейнер аҳлини ажал олиб кетган экан бус-бутун... Асли, бу гапларни не керак сўзлаб, кечмиш ҳасратлардан озурда бўлмоқ?! Демак, тақдир экан аёзда музлаб, ғафлатда, ҳасратда, фурқатда ўлмоқ. Ўкинмай, ўксинмай бўларми бироқ, бари ватандошу бари дўст-қарин. Худо раҳмат қилсин эл-юртдан йироқ жон берган жувонмарг жонларнинг барин. Не чора бор, ахир, ким нима ҳам дер, бариси навқирон, ғайир йўқ эди, лекин бу вагонда уйғотиб, шеър-пер ўқиб берадиган шоир йўқ эди. Ҳали ҳам совуқдир шимол, дўстларим, ҳали ҳам бир ғафлат қувар эрларни... Аёзда чироқсиз қолдирма, Тангрим, шоири йўқ контейнерларни! Мансур Жумаев
Показати все...
1🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Туйғу Сочларига оқ тушар деб, оқ Салом бердик қоқиўтларга... ✍️Кумуш Абдусаломова 🖼Образда: Маҳларойим Мирзанематова 📷 Фото: Шерзод Қорабоев Yoshlar kundaligi
Показати все...
6
"Yoshlar kundaligi" jamoasiga omad tilayman!
Показати все...
5
Фото недоступнеДивитись в Telegram
4
01:23
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Туйғу Йўлларингга чим босиб, Кеткизгани қўймайман... ✍️Кумуш Абдусаломова 🎤Моҳларойим Мирзанематова Yoshlar kundaligi
Показати все...
12.01 MB
🔥 2
Repost from N/a
O'ttizimni ortmoqlab yillar yo'lga tushdilar, Izimdan shaxtni olib yo'llar yo'lga tushdilar. Dunyo qadimiy zindon, bandilari aldangan- Chin qulligidan kechgan qullar qo'lga tushdilar. Kibrning o'rog'ida o'rilib borayabman, Nafsimning o'yiniga berilib borayabman. Kelgan edim aslida dunyosiga ishq tilab, Yuragimni yolg'onga ushatib berayabman. Etak silkidi bobom, ergashib ketdi otam, Ulg'aytirdi bir tunda bu yuk, bu qora motam. Dunyodan orttirganim  bolalarim va onam Tushlarimda otamga ergashib borayabman. Buvimning suprasiday keti teshik dunyo bu- Masofasi bir qadam-ikki eshik dunyo bu. Gadoyning tòrvasidan tushib qolgan burda non Onamning tilidagi eski qo'shiq dunyo bu. O'ttizimni ortmoqlab yillar yo'lga tushdilar, Qulligini unutgan qullar yo'lga tushdilar!..                                      Zomin. Yulduz ABDULHAKIMOVA
Показати все...
👍 5
Yo‘llaringga “Yo‘llaringga chim bosib, ketkizgani qo‘ymayman” (Xalq qo‘shig‘idan) Bu hayotning o‘yinida Yutqizgani qo‘ymayman. Qo‘llaringni birovga Tutqizgani qo‘ymayman. Yo‘llaringga chim bosib, Ketkizgani qo‘ymayman. Maysa bilan avrasam, To‘xtar edi shaksiz ot. Ulovingga kuch bergan Uch yuz o‘ttiz sakkiz ot – Yo‘llaringga mum bosib, Ketkizgani qo‘ymayman. Dunyolarni yoqarman, Sovisang bora-bora. Agar o‘zandan toshsang, Agar bo‘lsang Sardoba, Yo‘llaringga qum bosib, Ketkizgani qo‘ymayman. To‘saman yo‘llaringni, Yo‘lga ishqiboz bo‘lsang. Gulga ishqiboz bo‘lsang, Bolga ishqiboz bo‘lsang, Yo‘llaringga xum bosib, Ketkizgani qo‘ymayman. Gar otlansang safarga, Safar emas xatarga. Chegaradan qaytargum Men zo‘ravon davlatday. Yo‘llaringga sim bosib, Ketkizgani qo‘ymayman. Yolg‘on! G‘urur bermas yo‘l. Bular kelmas qo‘limdan. Bir so‘z kelmas tilimga. Bir so‘z kelmas tilimga. Men bag‘rimga jim bosib, Ketkizgani qo‘ymayman. Kumush Abdusalomova @kumush_abdusalomova
Показати все...
👍 8 2🔥 2
Afsona Bu yerlarda hukmron – shamol. Daraxtlarni eggan, qayirgan. To‘xtab qoldi birdan mashina. Qaytar edik tog‘dan sayrdan. “Nega bunda to‘xtadik?” deya Savollanib turganimiz dam. Ko‘rsatdilar hamrohlar: “Ana! Kitob o‘qib tosh qotgan odam”. Chindan o‘xshab ketar odamga Qizg‘ish xarsang toshning ahvoli. Ishonadi bunga har holda Zominlik mahalliy aholi. Bunda go‘yo ming yillik archa Imlayotir “Kel! O‘qi yotib!”. Qiziq, odam tosh qotgan ekan Qaysi kitobni o‘qiyotib? Bor dunyoda shunday kitoblar. Har hujayrang bo‘lar muttasir. Shu lahzada topgan baxtingga Bir umrga tosh qotsang arzir. Tug‘iladi muqaddas orzu – Yozganlaring bo‘lsa bir kitob. O‘qiganlar tosh kabi qotsa, Hayratidan tosh qotsa shu tob. So‘ngra orzu bo‘lar bemajol. Tog‘lar bunda boshlar ma’raka. She’rlaringni eshitib ko‘rib, Otquloqlar qilar kalaka. Endi baxtli bo‘lishing oson. Shodlanasan endi ko‘zda nam. Kitobingni qo‘lga olganda Toshyuraklar erib ketsa ham. Kumush Abdusalomova @kumush_abdusalomova
Показати все...
🔥 3 1
Mumtozbegimga Bekinasan pinjimga sen Osmon etsa gumbur-gumbur. Osmon na'ra tortadi-da Jim yurgani uchun kimdir. Mumtozbegim, mohim mening, Momaqaldiroqdan qo‘rqma. Bu qo‘rquvlar, qaltiroqlar Momolardan meros senga. Faqat sirti yaltiroqlar Momolardan meros senga. Mumtozbegim, ohim mening - Momo yaltiroqdan qo‘rqma. Qochma, qizim, bu osmonning Qaldirog‘i tugamaydi. Qachonlardir bu ulusning Qaltirog‘i tugagaymi? Mumtozbegim, ohum mening, Momo qaltiroqdan qo‘rqma. Olis-olis qishloqlardan Haqiqatlar, chinlar chiqar. Ishonmasang, bir silab ko‘r, Qora tutun - jinlar chiqar. Mumtozbegim, shohim mening, Momo moychiroqdan qo‘rqma. Hali xat-savoding chiqar. Kitoblarni varaqlaysan. Burni kesik kishi kim deb Hali mendan so‘roqlaysan. Mumtozbegim, oqim mening, Sen Bobo Shiroqdan qo‘rqma. Gulsan, o‘sma gul tuvakda. Qo‘rqma momaguldurakdan. Yer tinmasdan aylanadi, Qo‘rqma momo g‘ildirakdan. Mumtozbegim, pokim mening, Momaqaldiroqdan qo‘rqma. Momo qaltiroqdan qo‘rqma. Oldda... qaltis... rohdan... qo‘rqma. Kumush Abdusalomova 23.06.2024 Jizzax viloyati Zomin tumani @kumush_abdusalomova
Показати все...
🔥 5👍 3
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.