NSFLA | Rasmiy kanal
NSFLA - National system of foreign language assessment Telefon: 1195 (71) 235-74-85. Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. © 2026 Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi
Показати більше📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу NSFLA | Rasmiy kanal
Канал NSFLA | Rasmiy kanal (@nsfla_uz) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 13 544 підписників, посідаючи 15 038 місце в категорії Освіта та 5 896 місце у регіоні Узбекистан.
📊 Показники аудиторії та динаміка
З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 13 544 підписників.
За останніми даними від 23 жовтня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -453, а за останні 24 години на -4, загальне охоплення залишається високим.
- Статус верифікації: Не верифікований
- Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 34.59%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 12.19% реакцій від загальної кількості підписників.
- Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 4 692 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 1 654 переглядів.
- Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 0.
📝 Опис та контентна політика
Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“NSFLA - National system of foreign language assessment
Telefon:
1195
(71) 235-74-85.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.
© 2026 Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi”
Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 24 жовтня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Освіта.
Завантажуємо дані
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 24 жовтня | 0 | |||
| 23 жовтня | +1 | |||
| 22 жовтня | 0 | |||
| 21 жовтня | 0 | |||
| 20 жовтня | +6 | |||
| 19 жовтня | 0 | |||
| 18 жовтня | 0 | |||
| 17 жовтня | 0 | |||
| 16 жовтня | 0 | |||
| 15 жовтня | 0 | |||
| 14 жовтня | 0 | |||
| 13 жовтня | 0 | |||
| 12 жовтня | 0 | |||
| 11 жовтня | +3 | |||
| 10 жовтня | 0 | |||
| 09 жовтня | +1 | |||
| 08 жовтня | 0 | |||
| 07 жовтня | +1 | |||
| 06 жовтня | +5 | |||
| 05 жовтня | +1 | |||
| 04 жовтня | 0 | |||
| 03 жовтня | +1 | |||
| 02 жовтня | 0 | |||
| 01 жовтня | +2 |
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi🧾 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📆 Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr (chorshanba) kuni bo‘lib o‘tadi. 🌎 Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda kelishi so‘raladi. 🆔 Talabgorlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. ❗ Talabgorlardan imtihonga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar) olib kelmaslik so‘raladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
| 2 | 🇺🇿 O‘zbek tilini xorijiy til sifatida bilish darajasini baholash imtihoni tashkil etildi
🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 2026-yil 15-oktabr kuni o‘zbek tili bo‘yicha malaka imtihoni tashkil etildi.
🖥 Imtihon onlayn shaklda, CEFR mezonlari asosida A1, A2 va B1 darajalarda o‘tkazilib, quyidagi ko‘nikmalar asosida tashkil etildi:
🔸 Tinglab tushunish
🔸 O‘qish
🔸 Yozish
🔸 Gapirish
🔰 Imtihonning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida aniqlash hamda ularning til ko‘nikmalarini xolis va shaffof baholashdan iborat.
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube | 2 754 |
| 3 | 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢
🇺🇸 INGLIZ TILIDAN YOZISH (WRITING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI!
🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan YOZISH (Writing) ko‘nikmasini baholash yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.
📅 Boshlanishi: 27-oktabr, soat 15:00
💻 Ta’lim shakli: Onlayn
⏱️ Davomiyligi: 36 soat
🗣 Mashg‘ulot tili: O‘zbek tili
📌 KURSDA SIZ:
🔹 Writing ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz;
🔹 nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz;
🔹 baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz.
📝 RO‘YXATDAN O‘TISH
📅 25-oktabr, soat 12:00 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
registration.ilmiymarkaz.uz
🎓 MUHIM!
Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda C1 darajadagi tegishli sertifikat va diplomga ega talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
📌 Eslatma: Ekspertlikka nomzodlarni ko‘rib chiqishda ingliz tilini bilishi bo'yicha C1 darajadagi tegishli sertifikat, shuningdek, Writing ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi. TKT va APTIS sertifikatlari ushbu talab doirasida inobatga olinmaydi.
📌 Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi.
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube | 2 543 |
| 4 | Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlari uchun ro‘yxatga olish boshlandi
📱 Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan noyabr oyida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📝 Talabgorlar hududlar kesimidagi o‘tirish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda my.gov.uz sayti orqali quyidagi sanalar uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:
🔹 21-noyabr — biologiya;
🔹 22-noyabr — kimyo;
🔹 24-noyabr — fizika (elektron shaklda);
🔹 28-29-noyabr — matematika.
❕ Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida amalga oshirishlari lozim.
Misol uchun, 16-oktabr kuni soat 10:25 da ro‘yxatdan o‘tgan talabgor 17-oktabr kuni soat 10:24 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
✅ Ushbu vaqt ichida to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi bekor qilinadi va ushbu joy uchun boshqa talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 2 187 |
| 5 | ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
🇺🇸 iTEP va At-tanal Al-arabi xalqaro imtihonlari tashkil etildi.
🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markaz tomonidan 2026-yil 15-oktabr kuni xalqaro til imtihonlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.
🤝 iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini hamda At-tanal Al-arabi — arab tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro imtihonlari xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarni taqdim etadi hamda ishtirokchilarning til ko‘nikmalarini obyektiv baholash imkonini yaratadi.
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube | 2 316 |
| 6 | 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢
🎙 INGLIZ TILIDAN GAPIRISH (SPEAKING) KO‘NIKMASINI BAHOLASH BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSIGA QABUL BOSHLANDI!
🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan GAPIRISH (Speaking) ko‘nikmasini baholash yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.
📅 Boshlanishi: 27-oktabr, soat 15:00
💻 Ta’lim shakli: Onlayn
⏱️ Davomiyligi: 36 soat
🗣 Mashg‘ulot tili: O‘zbek tili
📌 KURSDA SIZ:
🔹 Speaking ko‘nikmasini baholash mezonlarini o‘rganasiz;
🔹 nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etasiz;
🔹 baholash sohasidagi bilim va tajribangizni oshirasiz.
📝 RO‘YXATDAN O‘TISH
📅 25-oktabr, soat 12:00 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
registration.ilmiymarkaz.uz
🎓 MUHIM: Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, portfolio shakllantirgan hamda C1 darajadagi sertifikat, shuningdek, Speaking ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi va tegishli diplomga ega talabgorlar Agentlikka ekspert sifatida jalb etilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
📌 Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. Nomzodlar belgilangan talablar va tegishli tartib asosida ko‘rib chiqiladi.
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube | 2 253 |
| 7 | #Chet_tili_imtihoni
〰️〰️〰️
Chet tillaridan navbatdagi sertifikat imtihonlari o‘tkazildi
🌎 Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari)ni bilish darajasini aniqlashning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan nemis va fransuz tillaridan imtihonlar kompyuterda o‘tkazildi.
📆 Imtihonlar 2026-yil 10-11-oktyabr kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
👥 Ularda salkam 30,900 nafardan ko‘p talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 23 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.
🎶 Mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi
– 12-oktyabrdan 23-oktyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
📝 Imtihon natijalari Vazirlar Mahkamasining 73-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq e’lon qilinadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 4 411 |
| 8 | #Milliy_sertifikat
DIQQAT, E'LON!
Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
☑️ imtihonning yozma qismi – 10-11-oktyabr kunlari;
🎙 gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi – 12-oktyabrdan
23-oktyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
🆔 Talabgorlar my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.
⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
⛳️ Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-10-07-2
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | 5 706 |
| 9 | 🇺🇿 O'zbek tilini xorijiy til sifatida bilish darajasini baholash va sertifikatlash uchun test sinovi tashkil etildi
🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 2026-yil 2-oktabr kuni “Uzbek language proficiency examination for foreign citizens” elektron platformada o‘zbek tili bo‘yicha malaka sertifikati imtihoni tashkil etildi.
🌍 Mazkur imtihonda qo‘shni davlatlardan O‘zbekistonga kelib ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etdilar.
🖥 Imtihon onlayn shaklda, CEFR mezonlari asosida A1, A2 va B1 darajalarda o‘tkazilib, ishtirokchilarning quyidagi ko‘nikmalari CEFR mezonlari asosida baholanadi:
🔸 Tinglab tushunish
🔸 O‘qish
🔸 Yozish
🔸 Gapirish
🔰 Imtihonning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida aniqlash hamda ularning til ko‘nikmalarini xolis va shaffof baholashdan iborat.
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube | 6 663 |
| 10 | #Natija_chet_tili
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari
📆 2026-yil 13-sentabrdan 25-sentabrgacha bo'lib o'tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.
🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 5 327 |
| 11 | Немає тексту... | 6 673 |
| 12 | #Ovozli_chat
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chat
📣 Bugun bo‘lib o‘tishi belgilangan OVOZLI CHAT soat 16:00 da boshlanadi va Bilimni baholash agentligining Telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) orqali o‘tkaziladi.
🎙️ Unda Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlarga oid savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi.
📨 Savollaringizni aniq, qisqa va tushunarli tarzda bu yerda qoldiring.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 8 390 |
| 13 | The Scientific-Educational Practical Center is pleased to announce the launch of the Uzbek language proficiency examination for foreign citizens.
The examination is conducted for the following proficiency levels: A1, A2, and B1, providing candidates with the opportunity to officially confirm their level of Uzbek language competence in accordance with approved standards.
📝 Registration is now open and will continue until September 28
🗓 Examination date: September 30
🕙 Time: 10:00 AM
📝 Registration is now open and will continue until October 13
🗓 Examination date: October 15
🕙 Time: 10:00 AM
Applicants must complete their registration online via the official platform: uzpro.uzbmb.uz
We encourage all interested candidates to register within the deadline and take advantage of this opportunity to obtain an officially recognized Uzbek language proficiency certificate.
✔️ Official Pages of the Scientific and Educational Practical Center:
Telegram | Instagram | YouTube | 7 588 |
| 14 | Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tili imtihoni bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etildi
📆 Koʻzi ojiz, gapirish va eshitishda nuqsoni bor hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2026-yil 17-sentyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
🆔 Imtihon joyi va aniq vaqti ruxsatnomada ko'rsatilgan bo'lib, talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.
⏳ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 5 776 |
| 15 | #Natija_chet_tili
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi
📆 2026-yil 24-avgustdan 4-sentabrgacha bo‘lib o‘tishi beigilangan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.
🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 7 029 |
| 16 | ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
📣 DIQQAT! E'LON!
🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil etilmoqda
🗓 iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari 17- sentabr sanasida bo‘lib o‘tadi
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 15- sentabr soat 9:00 ga qadar
📍 Imtihon : Toshkent shahrida
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube | 8 210 |
| 17 | Немає тексту... | 7 032 |
| 18 | #Milliy_sertifikat
11 ta xorijiy til bo‘yicha Multi-level milliy sertifikat tizimi haqida
🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi xorijiy tillardan chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi joriy etilgan:
🇨🇳 Xitoy tili
🇰🇷 Koreys tili
🇯🇵 Yapon tili
🇪🇸 Ispan tili
🇮🇹 Italyan tili
🇮🇷 Fors tili
🇦🇫 Dari tili
🇦🇫 Pushtu tili
🇵🇰 Urdu tili
🇮🇳 Hindiy tili
🇨🇳 Uyg‘ur tili
❗ Eslatma: mazkur xorijiy tillar bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari, ro‘yxatdan o‘tish tartibi, test formati, namunaviy test topshiriqlari, baholash mezonlari va imtihon o‘tkazish sanalari haqida rasmiy ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytidagi «Chet tilidan milliy sertifikat» bo‘limida joylashtirilgan.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 9 652 |
| 19 | Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi.
🧑💻 Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi).
🆔 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
🧑💻 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 9 028 |
| 20 | #Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
DIQQAT, E'LON!
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 823 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.
2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 632 |
