cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" H A L

FVV Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" HAL

Більше
Рекламні дописи
1 607
Підписники
-324 години
-17 днів
-230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

✅Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" HALda "31-may" Xalqaro kashandalikka qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Shahrisabz shahar tez tibbiy yordam boʻlimi shifokorlari bilan hamkorlikda "Begʻubor yoshlik sururi - baxtli keksalik gashti" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram 📍P/s.Butunjahon tamakisiz kun – BMT tomonidan rasman ta’sis etilib, 1988-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti assambleyasining 42-sessiyasida e’lon qilingan.
Показати все...
#men_donorman ✅Bugun "Adolat" SDP Siyosiy kengashi markaziy apparati tashabbusi bilan “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan onkologik klinikalarda davolanayotgan bolalar uchun “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida oʻtkazilayotgan begʻaraz donorlik aksiyasida Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" HAL shaxsiy tarkibi ham faol ishtirok etib, qon topshirdilar. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram
Показати все...
👍 1
❇️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat xodimlari bilan o'tkazilgan yig'ilishida berilgan topshiriqlariga asosan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi hamda Shahrisabz shahar Madaniyat bo'limi hamkorligida prokuratura xodimlari va ularning oila a’zolari, faxriylar, “Temurbeklar maktabi” HAL oʻquvchilarining bo‘sh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida madaniyat markazi katta tomosha zalida "Madaniy ma'rifiy" tadbir tashkil etildi. Tadbirda Qori Zokir xalq teatri tomonidan sahnalashtirilgan "Dadajonisi kechiring" nomli spektakl namoyish etildi. Tadbir so'nggida madaniyat markazi xushovoz xonandalari oʻzlarining diltortar qo'shiqlari bilan kelgan mehmonlarni xushnud etishdi. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram
Показати все...
👍 8
❇️Bugun Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" HAL 1-bosqich oʻquvchilari va harbiy xizmatchi F.Yuldoshev, X.Ablaqulov, M.Shukurovlar bilan 3000 metrga yugurish musobaqasi tashkil etildi. 🏆Musobaqa natijalariga koʻra, 🥇4-23 guruh oʻquvchisi A.Murodov - 1-oʻrin; 🥈 3-23 guruh oʻquvchisi Sh.Saydullayev - 2-oʻrin; 🥉5-23 guruh oʻquvchisi N.Otaboyevlar - 3-oʻrinlarni egallab musobaqani yakunladilar. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram
Показати все...
👍 13 1
❇️Qarshi harbiy prokuraturasi tomonidan Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi shaxsiy tarkibi bilan Qarshi harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya polkovnigi Sh.R.Zoirov, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kadrlar boʻlimi boshligʻi F.Kamolovlar ishtirokida huquqbuzarliklar va ularning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir soʻngida oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan shaxsiy qabul tashkil etilib, murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram
Показати все...
👍 4 2
🏢Harbiy-akademik litseyining 2023-2024 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash rejasiga asosan HALda Shahrisabz davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari S.J.Shukurov, N.H.Begaliyevlar ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonni birga quramiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram
Показати все...
👍 5
Перейти до архіву дописів