cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Men ikkinchi sinfman

Ta'limga oid yangiliklar Yangi metodlar 2- sinflar uchun topshiriqlar Murojaat uchun adminlar @Mahmudova_Barnoxon @nargiza0596 @photoshop_reklama @iamnot_dtlk

Більше
Рекламні дописи
372
Підписники
Немає даних24 години
-57 днів
-130 днів
Час активного постингу

Триває завантаження даних...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Аналітика публікацій
ДописиПерегляди
Поширення
Динаміка переглядів
01
Esse BUGUNGI KUNDA MUZEYLARGA BORIB TOMOSHA QILISHGA EHTIYOJ QAYDARAJADA DEB O'YLAYSIZ? SIZNINGCHA MUZEYLARGA VIRTUAL SAYOHAT QILGAN BILAN ODDIY TASHRIF BUYURISHNING QANDAY FARQI BOR? Jonli tariximiz koʻzgusi boʻlgan muzeylar hamisha insonlar oʻzligini anglashi uchun katta ibrat maktabi boʻlib kelmoqda.Bugungi rivojlangan zamonda barcha sohalarda boʻlgani kabi muzeylarni borib ekskursiya qilish va hatto virtual tomosha qilish imkoniyatiga ham egamiz.Bu ikki tashrifning qay biri kuzatuvchi uchun afzalroq? Umuman olganda bugun muzeylarni tomosha qilishga ehtiyoj qay darajada? Muzeylar oʻtmish bilan bugunni bogʻlab turuvchi maʻnaviyat koʻprigi sanaladi. Bu maskanga tashrif buyurgan har qanday yoshdagi oʻquvchi boʻladimi yoki boshqa bir soha vakilimi farqi yoʻq.Birdek zavq oladi Statistik maʼlumotlarga qaraganda bugungi kunda dunyoda yuz mingdan ortiq muzeylar mavjud.Birgina Oʻzbekistonning oʻzidayoq 128 ta muzeyning borligi ham yurtimizning tarix sahnidagi oʻrni qanchalik yirik ekanini koʻrsatmoqda.Koʻpchilik insonlar muzeylarni borib oʻz koʻzlari bilan tomosha qilishninafzal bilishadi va hatto uzoq mamlakat muzeylariga ham tashrif buyurishadi.Ularning fikricha eksponatlarni yaqindan jonli koʻrish hamisha oʻzgacha boʻlib , kishiga estetik zavq hamda hayrat baxsh etadi.Muzey xodimlaridan har bir narsa haqida alohida maʼlumotlarga ega boʻlinadi. Masalan , Rossiyaning eng yirik muzeylaridan biri boʻlgan Ermitajning yiliga 3,5million tomoshabin koʻrgani kelishi esa dunyoda tarix ixlosmandlarining koʼpligidan dalolat. Lekin bugungi globallashgan zamonda odamlar ish va kunlik tashvishlar sabab har doim ham muzey va boshqa joylarga borib madaniy hordiq chiqarishga vaqt topa olmaydilar. Bundan tashqari bunday tomoshalar anchagina mablagʻ ham talab etadi.Shuning uchun aksariyat hollarda odamlar bunday goʻzal goʻshalarni online sayohat qilishni maʼqullaydilar ."Zamonamdan oʻrgilay" deganlaridek, bugun istalgan tarixiy majmua yoki muzeylarni uydan turiboq xuddi oʻsha yerda yurgandek tomosha qilish imkoniyatini beradigan ilovalar ham yaratilgan.Masalaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki , bugun muzeylarga talabning kamligi faqat ham vaqt , mablagʻ iqtisodiga borib taqalmaydi.Ayniqsa ,yoshlar orasida bunga xohish kam.Fikrimcha, buning sababi jamiyatimizda muzeylar va tarix haqida yetarli darajada tushuncha yoʻqligi deb oʻylayman.Vaholanki oʻzim ham borib korishdan koʻra u haqida internetdan oʻrganishni tanlayman Soʻzimizni muxtasar qiladigan boʻlsak, kelajagimizning porloq boʻlishi uchun oʻz tariximizni bilishimiz , undan ibrat ola olishimiz kerak Shunday ekan xoh virtual sayohat yoinki, jonli tashrif boʻlsin, ulardan yetarli ilmlarni olishimiz darkor.Zero, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov taʼkidlagalaridek: ,, Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq ". @esse_insho_namunalari
10Loading...
02
Online ta’limda nima ayb?! O’quvchilar odatda “online o’qisam kallamga kirmaydi”,-deb qo’yadi. Shuni sabablariga bir qiziqdim. Online darsda o’quvchilardan mikrofoningni yoqib bir gapirchi desam, mikrofonni yoqishi bilan orqa fonda qo’ylarni ovozimiye, pasudalar taqir-tuquri, mashinalar shovqini yana bir nimalar eshitilib yotadi. E, baraka topgur, agar online darsga shundoq kirib qo’ysam kallamga bir nima kiradi deb o’ylasangiz, karantin paytida Zoom orqali o’qigan universitet talabalari hozir Nobel olgan bo’lardi. Shunchaki kirdim degani bo’ldi o’qiyman degani emas! Alohida xonaga kir, kerak bo’lsa xonani qulfla yoki dars qilyapman deb hammani chiqarib yubor. Daftar kitobingni och, telefonni o’rtaga qo’y. Oldingga olmachani to’g’rab, bir choy damla. Dars payti 100% e’tiborni shu darsga qarat-chi, qani o’sha offline o’qiyotganlardan yaxshi natija qilmaysanmi?! “Online yaxshimas” deb qo’yishadi. Undan ko’ra “bir o’zim qolsam, bitta joyda o’tirolmaydigan odamman, tepamda turib cho’p bilan urib turadigan bir odam kerak shu uchun online o’qiy olmayman” deyish kerak. Sharoit, intizom, mehnat - istalgan usulda bilim olsa bo’ladi. Aybni o’zizdan qidiring…
11Loading...
03
Yuqumli virus: Negativlik- o'tmishdagi salbiy tajribalar, qo'rquv yoki stress kabi turli manbalardan kelib chiqishi mumkin. Ko'pincha bu his - "Coping mechanism" (vaziyatni yengib o'tish mexanizmi) sifatida ko'riladi. Negativlik - judayam yuqumli his, va bu tez tarqaladi, diffuziya holatini bilsangiz kerak, negativ fikr, kayfiyat ham xuddi shunday tarqaladi. Va bir kishini ichidagi zug'um atrofdagilarning ham kunini vayron qilish uchun chiroyli xizmat qilib bera oladi, ha. Nega ba'zi odamlar o'ta negativ? 1. O'zi ko'p tanqidga uchragan va pozitiv fikrlarni ko'p eshitmagan. Dunyodan olgan energiyani dunyoga qaytarish - "mirroring revenge" bilan yashaydi. 2. Fikrlashi qotib qolgan, o'zi 30 da, lekin miyasi maktab bolasinikidan ham battar. Unda hech qachon tepaga siljish bo'lmagan. 3. U g'ird bekorchi. Vaqti shu qadar ko'pligidan ichidagi negativlarini 24/7 sochishga erinmaydi u. Lekin qo'llab-quvvatlashga kelganda, uni bunga vaqti yo'q, chunki u ob-havoni direktori. 4. E'tibortalab. Ko'p insonlar hammadan e'tibor xoxlaydi, va hammani o'ziga qaratishi uchun, negativlik qilishga harakat qiladi. Buyam bitta manipulativ axloqning ko'rinishi. Zaharli. Eng ko'p negativ odamlar qayerda? 1. O'zbekistondagi barcha ijtimoiy tarmoqlardagi videolar va postlarning kommentlarida. Instagrammi u, tiktokmi, telegrammi, farqi yo'q. Toshbo'ronchilar bizda talaygina. Kallangdan biror aqlli gap yozsang, kitobdan o'g'irlagansan. Ko'p post qilsang, bekorchisan. Qilmasang, e'tiborsizzan. Ovqat rasmini post qilsang, ochopatsan. Kiyim post qilsang materialistsan. Kitob post qilsang, "o'zi o'qiysanmi yo faqat rasm tushurishgami?" til bilib, biror skill o'rganib kurs sotsang - "ilmniyam biznes qildilaring". sotmasang - "bilimingni bo'lishmasang nima keragi bor?" raqsga tushsang - "singlim seniyam aka-ukang bordir, e turishingni qara.....#*%+#^ (diskotekada kalyan chekib komment yozadi) Qovun - qovundan rang oladi. Bemaza qovunni urug'i ko'p bo'ladi. Bu mavzuga qovunni aralashtirganim uchun uzr, qovunda ayb yo'q. Shunchaki hayotga qanday qarasangiz, u shunaqa tusga kirib ketaveradi. Siz negativ bo'lsangiz, butun hayotingiz energiyangizga moslashadi. Va bundan atrofdagilar ko'proq jabr ko'radi. Odamlarni aybi nima? Virusingizni bizga yuqtirmang. ©Yupiterlik
11Loading...
04
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 Esse: Pul baxt keltiradimi? Zamon taraqqiy topib,rivojlanib borar ekan, insoniyat ko'p narsalarga ehtiyoj sezadi. Shunday ekan,ba'zi insonlar pul doimo bizga baxt keltiradi desalar,boshqalar pul baxt keltirmasligini aytadi.Xo'sh, aslida, bizga pul baxt keltiradimi yoki yo'q? Bizning pulimiz koʻp ekan, juda katta ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Masalan, Amerika ,Dubay kabi eng mashhur davlatlarga borgimiz keladi.Bundan biz rohatlanamiz va maʼnaviy hordiq chiqaramiz.O'zimizni baxtli his qilamiz.Yaqinlarimiz uchun turli xil narsalarni sotib olib,ularni xursand qilamiz.Buning uchun , albatta,bizda mablagʻ ko'proq bo'lishi kerak.Bundan tashqari biz pulimiz koʻp boʻlsa, yordamga muhtoj odamlarga yordam bera olamiz.Ularning kelajakdagi orzularini amalga oshirishda yordam berish orqali bir oila baxtli boʻladi.Chunki biz birovga muruvvat qo'llarini cho'zib, katta savobli ish qilgan boʻlamiz.Misol uchun, mening tog'am katta daromadga ega inson.U shu boyliklari orqali ota-onasini hajga olib bordi. Bundan tashqari yaqinlariga doimo kutilmagan sovgʻalarni yuboradi. Bundan ota-onasi va yaqinlari juda baxtli his qiladilar. Tanganing ikkinchi tomoni bo'lganidek, biz koʻp narsalarni pul bilan o'lchamasligimiz to'g'riroq. Puli koʻp insonlar boʻladi, lekin ularda oilasi bilan mehr-muruvvat degan tushunchalar bo'lmasa, baxtli his qilolmaydi. Xalqimiz: "Bizning boyligimiz,baxtimiz---sog'lik"-deb bekor aytmagan. Agar biz sog'lom bo'lmasak-u, lekin boyligimiz koʻp boʻlsa, bu bizning dardimizga davo bermasa, ona ôzini baxtliman deb aytolmasa kerak.Shunday insonlar borki, ular doimo hayotlaridan mamnun va rohatlanib yashaydi. Ulardan nega bunday baxtli yurishlarining sababini so'rasang,ota-onasi borligi,yaqin insonlari bunga sababchi ekanligini aytadi. Shunday ekan, har kim uchun baxt har xil birov uchun pul boʻlsa, boshqalar uchun bular o'tkinchi narsa. Mening fikrimcha, pul bizga har doim baxt keltirmaydi, lekin biz mehr-muruvvatli va halol yo'lda sarflasak, odamlarga pullarimiz orqali yaxshilik qilsak, mana shu bizga baxt keltiradi.Doimo tarozining ikki tomonini teng olib borar ekanmiz, biz doimo ôzimizni baxtli his qilamiz. Xulosa qilsam, bizda xoh pul koʻp bôlsin yoki yo'q, muhimi, bizni nima baxtli qila olishini anglashimiz va doimo oilamiz, xalqimiz sevadigan halol inson boʻlib yetishishimizdadir. muallif: Rajabova Sevara Reaksiyalar bilan qoʻllab-quvvatlab turing🤫
41Loading...
05
XXI asr axborot texnologiyalari jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan bir zamon. Bugun qaysi sohaga qaramaylik, qator yangiliklarni koʻramiz. Xoʻsh, ayni damda rivojlangan davlatlarda qaysi sohaga talab ortib bormoqda? Keling, bu xususida atroflicha fikr yuritib koʻramiz. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qatoriga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularning aksariyatida raqamli texnologiya --IT eng ommalashgan sohalardan hisoblanadi. Misol uchun, Hindiston, Janubiy Koreya, Amerika kabi davlatlarda IT yaxshi haq toʻlanadigan hamda rivojlanish markazlariga aylantirayotgan sohalardan biri deyishimiz mumkin. Shu oʻrinda savol tugʻiladi, nega aynan IT? Birinchidan, IT sohasida ishlash uchun alohida diplom talab qilinmaydi. Faqat dasturlashga doir ilmlar yoki sohaga oid maxsus kurslarda oʻqish bilan ishlash mumkin. Bundan tashqari dasturlash bilan shugʻullanish ortiqcha narsalar talab qilmaydi, bittagina kompyuter orqali xilma-xil vazifalarni bajarish imkoniyati mavjud. Bugungi kunda raqamli texnologiya har jabhada oʻz oʻrnini egallamoqda. Deylik, taʼlim tizimida ham bank, iqtisod sohasida ham, bozor iqtisodiyotida ham raqamli texnologiyalar katta oʻrin tutmoqda. Bu degani dasturchilik kasbi keyingi yillarda ham ancha ommalashadigan kasbga aylanadi. IT ning yana qulaylik tomoni shundaki, u bilan uydan chiqmasdan turib ishlasa boʻladi. Shu boisdan yurtimizda ham IT ga chuqur eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, IT parklar, ixtisoslashtirilgan maktablar, raqamli avlodni shakllantirish uchun turli saʼy-harakatlar harakatlar amalga oshirilmoqda. Mening fikrimcha, rivojlangan davlatlar qatorida boʻlish uchun raqamli avlodni shakllantirishimiz lozim. Chunki jahon millionerlarining katta qismini dasturchilar tashkil etadi. Bulardan biri siz-u bizning kundalik foydalanadigan Telegram asoschisi Pavel Durovni misol qilishimiz mumkin. Uning bu yaratgan dasturi orqali butun dunyo aholisi foydalanmoqda. Durov esa bundan millionlab dollar foyda oladi. Yana bir misol bu taniqli dasturchi Mark Sukerberg oʻzining kichik maqsadda yaratgan Facebook dasturi bugun uni millionlar egasiga aylantirdi. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, IT sohasi bilan shugʻullanish pul topishning zamonaviy va oson usulidir. Soha sirlarini oʻrganish nafaqat yaxshi daromad manbayi, balki davlatimiz rivojlanishi uchun ham manfaatli boʻladi. @esse_insho_namunalari
11Loading...
06
Hozirgi kunda fan va texnika yoʻnalishda erishilayotgan yutuqlar mislsiz darajaga koʻtarilmoqda. Rivojlangan davlatlarda aynan qaysi sohaga boʻlgan talab kundan kun oshib bormoqda? Keling, bu masala yuzasidan fikrlarni boʻlishamiz. XXI asr fan va texnologiyalar asri ekanligi hammamizga kunday ravshan. Xususan, IT sohasi rivojlangan davlatlarda xaridorbop sohaga aylanib ulgurdi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, har oʻnta sohaning yettitasi aynan shu yoʻnalish bilan uzviy bogʻlik ekan. Qolaversa, bu sohada ishlash uchun sizdan hech qanaqa diplom yoki maʼlumot soʻramaydi. Uyingizda ham bemalol shugʻullansangiz ham boʻlaveradi. Faqat sizdan axborot texnologiyani puxta bilishingiz talab etiladi. Hozirgi kunga kelib yurtimizda ham bu sohaga katta eʼtibor qaratilmoqda. Aynan, oliygohlarning tashkil etilayotgani yoki chet davlatlarga borib malakasini oshirib kelayotgan hamyurtlarimiz ham talaygina ekanligi fikrimiz isbotidir. Yana shuni aytib oʻtishim joizki, bunda yosh, jins yoki millat hech qanday ahamiyatga ega emas, hattoki nogironligi bor insonlar ham bemalol shugʻullana olishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, IT sohasi koʻp pul ishlab topmoqchi boʻlgan, yaxshi yashashni istayotgan insonlar uchun toʻgʻri tanlov desam adashmagan boʻlaman. @esse_insho_namunalari
11Loading...
07
Yoʻllar...Inson umrining necha foizi yoʻllarda oʻtar ekan-a? Fikrimcha, bu koʻrsatkich koʻpchilikda salmoqli raqamlar bilan ifodalanadi. Xoʻsh, kundalik yoʻlovchi sifatida biz uchun yoʻllarning ravonligi muhimmi, yoxud jamoat transportlaridagi qulayliklarmi? Davlatimiz qay biriga koʻproq mablagʻ ajratishi toʻgʻri? Tekis, ravon, obod yoʻllar, chiroyli yoʻlaklar har qanday insonga cheksiz zavq bagʻishlabgina qolmay, ertalabdan kayfiyatning aʼlo boʻlishiga, oʻz oʻrnida, ish samaradorligining ortishiga sabab boʻlishi, shubhasiz. Notekis, oʻydim-chuqur, shagʻalli, bir soʻz bilan aytganda ta'mirlanmagan yoʻllar har kimning asablarini buzish, kayfiyatini tushirish barobarida koʻplab yoʻl-transport hodisalariga, shuningdek, avtomobillarning texnik sifati buzilishiga sabab boʻlishi tayin. Demak, yoʻllar uchun sarflanadigan mablagʻ juda muhim va ahamiyatli. Biroq ,,Bir tovuqqa ham suv kerak, ham donʼʼ,-deganlaridek, jamoat transportlaridagi qulayliklarga ham aholining talabi yuqori. Erta tongda ishga yoki oʻqishga shoshilayotgan yoʻlovchi uchun har qanday yoʻnalishli transportning oʻz vaqtida yetib kelishi va manzilga ham belgilangan vaqtda, betalofat yetkazishi eng dolzarb masala boʻlsa, ulardagi qulaylik va tartib kishilar kayfiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi lozim. Bu turdagi avtotransport vositalari shaxsiy mashina yoki taksilardan kamxarj va tabiat uchun foydali. Aytaylik bitta avtobusda 15-20 kishi manzilga yetib borishi tayin, ammo har kim shaxsiy avtoulovida borsa-chi? Yoʻllardagi tirbandlik, atrof-muhitga chiqarilayotgan zaharli gazlar, ortiqcha yonilgʻi sarfi, avtoturargohi yoʻq ish yoki oʻqish joylaridagi noqulayliklar bir tomon-u, koʻchalarda sodir boʻladigan avtomobillar toʻqnashuvining ortishi bir tomon. Xullas, hukumat avtobus, tramvay, trolleybus, metro kabi uzogʻimizni yaqin qiluvchi beminnat umumiy dastyorlarimiz faoliyatini qulay, izchil va sifatli yoʻlga qoʻyishi zarur. Xulosa oʻrnida shuni ta'kidlamoqchimanki, har ikkala jabhaga ham yoʻnaltirilgan mablagʻ xalqimiz turmush-tarzini yaxshilashga birdek xizmat qiladi. Etni tirnoqdan ajratib boʻlmagani kabi yuqoridagi muammolarning birini qoʻyib boshqasiga yechim topish ijobiy natija bermaydi. Axir qulay transportda notekis yoʻlda yurish ham, tekis yoʻldagi shalviragan avtobus harakati ham yoʻlovchiga xush yoqmaydi. https://t.me/esse_insho_namunalari
21Loading...
08
Chet elda yashab life-style yurituvchi blogerlar bor. Qarasangiz, hamma narsasi to‘kis, hayoti adrenalinga boy, eri (xotinidan) yolchigan, farzandlari tarbiyasini qotirgan, o‘z karyerasiga ega. ☁️ 🌙 Bunday idealizatsiyalashtirilgan hayot odamlar ongiga "Chet elda yashash muvaffaqiyat belgisi" degan fikrni singdirishi ham tayin, passiv urinishlarning natijasi o‘laroq. Yoki eng kamida o‘zimizning hayotimiz bilan solishtirib ko‘ramiz. Hozirgi global depressiyaning asosiy sabablaridan biri ham shu. Masalaning yana bir tarafi – ijtimoiy tarmoqlardagi hamma narsa ham haqiqatni aks ettiravermaydi. 📌 Bir-biriga beradigan mehrlari faqat kamera oldidagina bo‘lishi mumkinligi, olingan qimmatbaho sovg‘alar boshqa o‘rtog‘idan ijaraga olinganligi ehtimollari ham bor. Mayli, hammasi o‘ziniki bo‘lganda ham, ammo ular ham kechalari qaysidir qiyinchiliklaridan azoblanib yig‘lashi mumkin yoki boshqa turli muammolariga ega. ⭕️Mana shu teatrga mahliyo bo‘lib aldanib qolsak, demak biz boshqarilishga moyilmiz.. Har bir insonning hayoti individual, yo‘llari turli. Karyera, boylik yoki xorij hayoti doim ham baxtni anglatavermaydi. 📝 🔖Tanqidiy qarashlar filtri bo‘lmagan kishilarga esa bunday bloglarni kuzatish tavsiya etilmaydi. Chunki ruhiy muvozanat hamma narsadan muhim. O‘zingizni va ruhiyatingizni asrang 🤎@esse_insho_namunalari
11Loading...
09
⚡️Esse mavzusi: Ba'zilar yoshlar tarbiyasida jazo muhim o'rin tutadi, deb hisoblashsa, zamonaviy psixologlar buni rad etadilar. O'z mulohazalaringizni bildiring. Bugungi kunda farzand tarbiyasiga bo'lgan e'tibor yildan yilga ortmoqda. Bu holat bo'yicha nafaqat ota-onalar, balki psixologlar ham o'z qarashlarini bildirishgan. Zeroki, yoshlar har bir millatning kelajagidir. Ba'zi odamlar bola tarbiyasida jazolash muhimligini yoqlasalar, hozirgi kundagi psixologlar buni yoshlar ruhiyatiga yomon ta'sir qilishini inobatga olib rad etadilar. Shunday ekan, yoshlarni jazolash nechog'lik to'g'ri va buning ijobiy hamda salbiy tomonlari nimalardan iborat? Barchamizga ma'lumki, asrlar davomida farzand tarbiyasiga eng asosiy masala sifatida qaraladi. Bu jarayonda jazoni tarbiyani mustahkamlovchi omil sifatida ko'rishimiz mumkin. Misol uchun, biror bola o'g'rilik yoki shunga o'xshash yomon ishlar qilsa, uni jazolab bu yo'ldan qaytarish kerak. Chunki ko'plab bolalarda jazolashga nisbatan qo'rquv hissi yuqori bo'ladi va bu ishdan o'zini qo'rqqandan ham tiyadi. Fikrimizni tanganing ikkinchi tomoniga qaratsak, kasalni davolash emas, uni oldini olish afzalligi ma'lum bo'ladi. Ya'ni yoshlar jazolanish darajasigacha borishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Jazo esa ular uchun eng so'nggi chora sifatida qo'llanishi lozim. Chunki uning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham bor. Birinchidan, "Asalning ham ozi yaxshi " deganlaridek, yoshlar jazolanaversa, ular qilgan ishlarini yashirishga harakat qiladi va o'z-o'zidan yolg'on gapirish ko'nikmasi shakllanadi. "Ursang eti, gapirsang beti qotadi" deb ta'kidlashgan dono xalqimiz. Psixologlarning fikriga ko'ra, yoshlar qancha ko'p yomon so'zlar eshitib, og'ir jazo olishsa, bu bora-bora ular uchun oddiy holatga aylanadi. Mening fikrimcha, biz oltin tenglik - me'yor tushunchasini esdan chiqarmagan holda yoshlarni tarbiyalashimiz kerak. Zeroki, bizning har bir ishimiz yoshlar kelajagiga ta'sir qilar ekan, xoh jazolash bo'lsin, xoh to'g'ri tushuntirish , bu ikkisi ham ularni ma'nan yuksaltirishga xizmat qilishi lozim. Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, "Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi" deganlaridek, bu holat bolalarning o'ziga ham bog'liq. Har ikki yo'ldan ham maqsadga muvofiq foydalanish esa siz-u bizga havola. 🏷Esse muallifi: Boymurodova Madina
11Loading...
10
Bugungi kunda farzand tarbiyasiga bo'lgan e'tibor yildan yilga ortmoqda. Bu holat bo'yicha nafaqat ota-onalar, balki psixologlar ham o'z qarashlarini bildirishgan. Zeroki, yoshlar har bir millatning kelajagidir. Ba'zi odamlar bola tarbiyasida jazolash muhimligini yoqlasalar, hozirgi kundagi psixologlar buni yoshlar ruhiyatiga yomon ta'sir qilishini inobatga olib rad etadilar. Shunday ekan, yoshlarni jazolash nechog'lik to'g'ri va buning ijobiy hamda salbiy tomonlari nimalardan iborat? Barchamizga ma'lumki, asrlar davomida farzand tarbiyasiga eng asosiy masala sifatida qaraladi. Bu jarayonda jazoni tarbiyani mustahkamlovchi omil sifatida ko'rishimiz mumkin. Misol uchun, biror bola o'g'rilik yoki shunga o'xshash yomon ishlar qilsa, uni jazolab bu yo'ldan qaytarish kerak. Chunki ko'plab bolalarda jazolashga nisbatan qo'rquv hissi yuqori bo'ladi va bu ishdan o'zini qo'rqqandan ham tiyadi. Fikrimizni tanganing ikkinchi tomoniga qaratsak, kasalni davolash emas, uni oldini olish afzalligi ma'lum bo'ladi. Ya'ni yoshlar jazolanish darajasigacha borishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Jazo esa ular uchun eng so'nggi chora sifatida qo'llanishi lozim. Chunki uning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham bor. Birinchidan, "Asalning ham ozi yaxshi " deganlaridek, yoshlar jazolanaversa, ular qilgan ishlarini yashirishga harakat qiladi va o'z-o'zidan yolg'on gapirish ko'nikmasi shakllanadi. "Ursang eti, gapirsang beti qotadi" deb ta'kidlashgan dono xalqimiz. Psixologlarning fikriga ko'ra, yoshlar qancha ko'p yomon so'zlar eshitib, og'ir jazo olishsa, bu bora-bora ular uchun oddiy holatga aylanadi. Mening fikrimcha, biz oltin tenglik - me'yor tushunchasini esdan chiqarmagan holda yoshlarni tarbiyalashimiz kerak. Zeroki, bizning har bir ishimiz yoshlar kelajagiga ta'sir qilar ekan, xoh jazolash bo'lsin, xoh to'g'ri tushuntirish , bu ikkisi ham ularni ma'nan yuksaltirishga xizmat qilishi lozim. Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, "Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi" deganlaridek, bu holat bolalarning o'ziga ham bog'liq. Har ikki yo'ldan ham maqsadga muvofiq foydalanish esa siz-u bizga havola 🏷Esse muallifi: Boymurodova Madina @esse_insho_namunalari
11Loading...
11
Yaxshi qiz sindromi U yoshligidan hamma maqtashi uchun harakat qilardi. "O'yinchog'ingni ber, Sen aqllisanuu" desa bervorardi. Hamma uni yaxshi desin deb hammaga salom berardi. Hamma fandan mukammal o'qishi SHART edi. Mahalla, qarindoshlar oldida sharmanda bo'lishdan, ota-onasiga yomon gap-so'z kelishidan judayam qo'rqardi. Bu yaxshi edi, toki u qaysidir momentda o'zligini yo'qotmaguncha. Endi u hammani ko'ngliga qaraydigan, xuddi urishmasdan, talashmasdan, jonbozlik ko'rsatib hamma "Qoyil" deyishini kutadigan, hamma narsaga sabr qiladigan hammaga qulay shaxsga aylanmaguncha. Yaxshi o'quvchi, yaxshi qiz, yaxshi kelin, yaxshi Ona... Oxiri yo'q buning... Shunchaki unda Yaxshi qiz sindromi bor. Bu holat sizga sal bo'sayam tanishmi ?! Bilasizmi yo'qmi, fanda tasdiqlangan inson ongidagi psixologik buzilishni bildiruvchi holat nomi bu. Va afsuski, bolalarni, ayniqsa qizlarni faqat va faqat jamiyat standartiga moslashtirib katta qilinadigan biznikidek jamiyatda shunaqa sindromi bor qizlar juda juda ko'p. Hatto o'ziyam bilmaydi bundayligini. Bundan u qizni atrofidagi hammaga mazza. Chunki u haqqini talab qilmaydi, hamma vazifani yelkasiga ortvolgan, odamni ko'ngliga qaraydi, so'zlariga e'tiborli bo'lib gapiradi, yomon gapirib keyin yomon degan sifat olgisi kelmaydi. Lekin o'zi qiynaladi. Gapirilmagan gaplar, o'zi uchun qilinmagan qarorlar, o'zi uchun yashalmagan kunlar uni qiynaydi. Men demayman, shartta shartta gapiradigan, insonni dilini og'ritadigan bo'l deb. Shunchaki qaysidir momentda "Yo'q buni xohlamayman. Yo'q menga yoqmadi. Yo'q bu meni tarzim emas. Yo'q bu meni prinsipim emas" degan fikrni chiroyli yetkazib bera olish kerak. Agar sizdayam shu sindrom bo'lsa haliyam vaqt bor. Sal o'zingizni analiz qilishni boshlang. Sal o'zingizni xarakteringiz, xohishlaringizni bilish uchun o'zingizni kuzating. Hammaga qulay bo'lmang. Qulay odam hech kimga qiziqmas. Sizdan hamma olgisi keladi, hecham bermaydi, chunki faqat beminnat beruvchisiz. Men aqlli insondan darhol qo'pol va dil og'rituvchi insonga aylan demayapman. Radikal o'zgarishlar haqida ham yozmayapman. Har qanaqa vaziyatda birovning qalbini og'ritmang, lekin siznikiniyam og'ritishlariga yo'l qo'ymang. Hammaga buyuk sevgi ila #Marjonakhan @switchwithme
11Loading...
12
Esse mavzusi:Ba'zilar yoshlar tarbiyasida jazo muhim o'rin tutadi ,deb hisoblashsa,zamonaviy psixologlar buni rad etadilar.O'z mulohazalaringizni bildiring. Barchamizga ma'lumki'bugungi kunda jamiyatda yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.Bu borada har kim o'z shaxsiy fikriga ega va ba'zilar bolaning to'g'ri tarbiyalanishida jazo muhim ahamiyat kasb etadi deb hisoblashsa,bugungi kun psixologlari esa bu fikrni yoqlamaydilar.Xo'sh,bola tarbiyasida jazo qanday o'rin tutadi?Buning ijobiy va salbiy jihatlari nimalardan iborat? Tabiiyki,bolaning yetuk inson bo'lib kamol topishida tarbiyaning ahamiyati katta,albatta.Zeroki,Abdulla Avloniyning ''Tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamoq,vujudimizni quvvatlantirmoq,axloqimizni kuchlantirmoq,zehnimizni rivojlantirmoq lozim'' fikrlari bejizga aytilmagan.Ba'zi ota-onalar farzand tarbiyasida xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun ularga jazo qo'llash tarafdori.Buning bir qancha afzalliklari bo'lib,ular quyidagilardan iborat:intizomni o'rganadi,unda qo'rqish hissi paydo bo'ladi va yana jazolanmaslik uchun xato qilmaslikka harakat qiladi.Masalan,bir kichik yoshdagi bola o'g'rilik qilganligi sababli ota-onasi tomonidan jazolansa,bu ishni takrorlamaydi.Agarda bu harakatga jazo qo'llanmasa,bola yana bu yo'lda davom etishi mumkin.Lekin ba'zi ota-onalar bilishmaydiki,kasalni davolash emas,uni oldini oiish kerak ekanligini. Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham bor.Har doim ham bolani qilgan aybi uvhun jazolash to'g'ri tanlov emas.Birinchidan,bolalar jazolanish natijasida kuchli stressga tushishi mumkin.Bu esa o'z navbatida turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.Ikkinchidan,bir marta jazolangandan so'ng u yana jzo bilan qutilishga o'rganib,bu yo'lda davom etish holatlari ham kuztiishi mumkin.Bejizga ''Ursang eti,gapirsang beti qotadi'',deb aytilmagan.Bundan tashqari,bu o'zaro munosabatlarning sovishiga ham sabab bo'ladi.Masalan,o'qituchi o'quvchini vazifa bajarmaganligi sababli jazolasa,o'quvchining shu fandan ham,ustozidan ham ko'ngli sovishi mumkin. Bu borada shaxsiy fikrimga to'xtaladigan bo'lsak,farzandni jazolab emas,balki unga vaziyatni tushuntirib tarbiyalash kerak.Chunki bola ko'p tazyiq va bosim ostida qolsa,boshqa yo'llar izlashga ham intilishi mumkin.Zeroki,''Kasalni davolash emas,uning oldini olish kerak'' maqoli buning yaqqol dalilidir. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki,har bir narsa,eng avvalo,insonning o'ziga bog'liq.Chunki ba'zi yoshlar jazolangani bilan ham to'g'ri yo'lga kirmasligi mumkin,ayrimlarga esa bir gapning o'zi kifoya. Esse muallifi:Iroda Xushvaqtova @esse_namunalari1
11Loading...
13
llm olayotgan inson uchun hatto dengizdagi baliqlar ham zikr qilib tursa. Bundan tashqari ming-minglab qorakoʻzlarning Ilm deya atalgan buyuk nurdan sizni sababingiz bilan nurlansa. Bundanda ulugʻroq ibodat bormikin. Men oʻylayman agar bir kishi Haj ziyorati uchun sarflagan yoki boshqa bir xayriyalar uchun toʻplagan molini xalqning bolasini yaxshi oʻqishi, dunyoqarashi keng boʻlib ulgʻayishi yoʻlida sarflab, oʻsha farz ibodatni qilolmay qolsa, mehribonlaring Mehriboni, karamlilarning Karamlisi boʻlmish Robbimiz afv etadi bizni. Ilmsiz, qilayotgan ishlarini nega qilayotganini anglamaydigan, tor darajada fikrlaydigan bolalar, qizlar kamaysa, menimcha, dinimizni anglashga boʻlgan qarashlar ham oʻzgaradi, koʻr-koʻrona oʻtirib turish bilan ish bitmasligini, soqol qoʻyib musulmon boʻlish mumkinligida Echki ham musulmon boʻlishini tushunib yetishardi. Yoxud maktabni tugatib roʻmol bogʻlab, bir oilaga kelib boʻlish bilan millatga foydasi tegadigan farzand oʻstirish imkonsizligini, qizlarimizni 3 yoshidan boshiga sochiq tashlab,kimgadir XOTINlikka tayyorlashimiz emas, va yoki befarosat goʻzallar qatorida emas.Zakovati bilan oshiq qiladigan Hur Moʻmina, Muslimalarni tarbiyalash kerak deb oʻylayman. Fikrlar mutlaqo subyektiv Fikrlar muallifi: Marjonaxon Abduxalilova. Yozish jarayonida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar uchun, qaysidir qarashlarimizda oʻtgan yanglishliklar uchun avvalo OʻZIdan keyin bu xabarni oʻqiyotgan zakovat egalaridan uzr soʻrayman. @switchwithMe
11Loading...
14
Nega kimdir yaxshi pul topsa, daromadi yaxshi boʻlsa masjid qurdiradi, Hajga safar qiladi, izma-iz yangi mashina, yangi uy soladi?! Anchadan beri meni mana shu savol oʻylantiradi. Koʻp kuzatamiz agar qaysidir inson boyib badavlat boʻlsa, mablagʻi bilan foydasi tegishini istaydi. Shu sababdan masjid qurilishiga, Ota-onasi, oila aʼzolarini Haj/ Umra safarlariga yuborishadi. Albatta, bu amallar poklik, goʻzallik ustiga qurilgan Islom dinimizdagi eng manfaatli xayrli ezgu amallardan hisoblanadi. Bunga qarshi emasman. Lekin meni boshqa bir masala oʻylantiradi, uzoq oʻylantiradi. Bugun XXI asr axborot texnologiyalari jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan zamonda yashayapmiz. Atrofimiz toʻla ommaviy tarzda ongsizlantirishga qaratilgan maʼlumotlar ( Shorts, reels va tarmoqlardagi turli bir tiyinga qimmat kontentlar) yoki "INFALOʻTTIVOZ"larning qarmoqlari taʼsiridamiz. Dastlab bunday kontentlarning chiqish sababiga biroza toʻxtalsak. Internet asrida bularni cheklash imkonsiz narsaligi barchamizga maʼlum. Har bir toʻplanayotgan like, koʻrilganlar, obunachilar soniga qarab ular haq olishadi. Ammo eʼtiborli jihati oʻsha millionlar oqib kelishiga sabab boʻlayotgan mahsulotlar mantiqsizlik, farosatsizlik, behayolik, ahmoqlikning oliy darajasini koʻrsatib beradi. Demak, kontent qancha saviyasiz( saviyasiz deganda videolarning texnik sifati aytilmayapti) boʻlsa, u shuncha koʻp pul 💸 olib kelar ekan. Albatta tadbirkorlikning muhim qoidasi "Talabga koʻra taklif" boʻladi. Hamma pulga muhtoj, hamma yaxshi hayotda yashashni xohlaydi. Ana endi nega omma bunday mahsulotni yoqtiryapti? Nega hech kimga "Jonkalarim toychoqlarim" "Qizil koʻylagim" "Pombax koʻylak tikdi onam sepingga", "Oʻjar homilador" lar-u, "qaynotasi zoʻrlagan kelin" kabi darajadagi ongsizlik namunalari gʻayrioddiy qabul qilinmayapti? Sodda qilib aytamiz, ILMSIZligimiz sababli. Oddiy hayotdan misol keltiraman: bobom va buvim televizor qarshisida oʻtirishganda koʻpincha biz kuzatmaydigan dasturlar va kanallarni tomosha qiladilar ( UZREPORTTV, DUNYO BOʻYLAB va qolganlarini nomma-nom keltirmayman ruscha kanallar) Bobomning saviyasi koʻtarmaydi sahnaga chiqib olib beqiliqliklar qilib, bu ishidan rohatlanayotgan kishilarni koʻrishni. Nahotki biz shunaqa darajaga kelib qoldikki, beldan pastki "masalalar"dan boshqa narsa bizni kuldirolmasa, nahotki bizni "Birinchi instagram ochgan odam nimani koʻrgan?", "Nega Oʻgʻiloy bor-u, Qizbek yoʻq? " degan savollardan boshqasi oʻylantirolmasa, nahot biz Odamxoʻr kelinning qaynonasini yeb qoʻyishidan boshqa biror holat qoʻrqitolmasa?! Attang, ahvolimizga yigʻlaylik. Men bu postni yozishdan koʻzlagan asl maqsadimga oʻtsam. Bitta mahallada salobatli, naqshinkor masjidlardan ikkita bor, oʻsha mahalla bolasi 2kmlik tuproq, qishda loy koʻchadan yurib maktabga boradi. Oh, maktabimiz esa haligacha yo sovuqda kechqurun muzlab qolgani uchun isitmaydigan isitish quvurlari yoki SSR davridagi koʻmir pechkalar bilan jihozlangan. Oʻylab koʻraylik, sovuq ob-havoda sovuq xonalarda kamiga 2km uzoqlikka ilm olish uchun boradigan darajada ilmga chanqoq yoshlarimiz bormikin?! Ha, albatta, undan koʻra maza qilib uyda issiqqina koʻrpa va WIFI tagida Instagram/ Pubg da oʻtirish sal Vijdonlirogʻi boʻlsa umrida amal qilmaydigan shaxsiy rivojlanish haqidagi videolarni koʻrib oʻtirgan maʼqulroq-da.😁 Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham aytganlar " Sababchi boʻlmoq— qilgan bilan barobar". Tafakkur qilib koʻraylik, toʻgʻri mutlaqo qarshi emasman ibodat hamisha biz uchun muhim. Ammo undan oldin oʻta ogʻriqli masalalarimiz ham juda koʻp-ku. Biz ming masjid qurib, obod qilib, Haj safar qilib farzandlarimiz istiqbolini soʻraganimiz bilan, yosh avlodimiz "bum-bum" kalla boʻlsa, oʻzligini tanimasa, qilayotgan har bir ishi hatto ibodatidan ham asl koʻzlangan mohiyatini anglolmasa, Alloh saqlasin Islomga qarshi qalbi maraz terrorchilarga, kofirlarga, mushriklarga tayyor xoʻrak boʻlib qolmaydimi?! Qadimdan ham maktab va masjid teng boʻlgan. Ilm olish eng buyuk ibodatlarda deya qaralgan. ©Marjonaxon Abduxalilova @switchwithMe Davomi 👇👇👇
11Loading...
15
Zamonaviy "gadoylar"! 2021 - yil iyulda Moliya vazirligi yangi tizimni eʼlon qildi. Har doim ham chekka tumanlar, qishloqlarga pul yetib boravermaydi, buni oldini olish hamda gʻaznadagi pulni barchaga birdek taqsimlash shuningdek pullarni ishlatishda aholining bevosita ishtirokini taʼminlash maqsadida openbudget.uz sayti ochildi hamda ish boshladi. Bu ajoyib imkoniyat, haqiqatdan ham koʻzdan yiroq boʻlganlar qancha, koʻz oldidagilar ham anchasi hali zoʻr ahvolda emas, infratuzilma obyektlarini taʼmirlash tizimi ancha rivojlandi. Shunchaki ovoz berish yoʻli bilan oʻz mahallasini obod qilish mumkin. Ammo bir narsani ular inobatga olishmagan, biz Oʻzbekistonda yashayapmiz! Xoʻsh, masalani tepasidan kelamiz birinchi navbatda. Siz soliq toʻlayapsiz, turli xil turdagi soliqlar. Ushbu soliqlar gʻaznaga tushadi, keyin esa ularni davlat taqsimlaydi: bir qismiga taʼlimga, qaysidir biri sanʼatga va shularning orasida bir qism pul infratuzilma obyektlarini qurish va taʼmirlash uchun ajratiladi! Buni davlat berishga majbur, butun dunyoda doimo shunaqa boʻlgan va boʻladi, siz soliq toʻlaysiz bunga javoban ular tomonidan bunday ishlar bajariladi. Agar boriga shukur qilaylik deb jim otiraversak, hech qachon oʻzgarmaydi! Pul bor, ammo u hammaga yetmaydi, bu tabiiy hol. Yillar davomida birma bir, ketma ketlikda shu pullar ishlatilganda ehtimol yetardi, ammo bu oʻtib boʻldi va pulni kerakli joyga ishlatish kerak. Bu paytda vazirlik "creative" usul qoʻllashga harakat qildi, suyakni juda koʻp itlar orasiga tashlab, eplagani olsin dedi. Tabiiyki qandaydir maʼnoda bu yerda tabaqalanish boshlanadi. Ovoz berish boshlandi, hammasi oddiy kechadi, oʻzi uchun munosibga ovoz beradi deb oʻylagandim, yana bir narsani unutibman, biz oʻzbekmizku axir. Lekin boshida hammasi oddiy boʻldi, hamma oʻz mahallasi, oʻz maktabi uchun ovoz berdi, ammo keyinchalik yangi chellenj boshlandi, ovoz bersa 5000 pul, 10000 pul, cola, pepsi, flash. Silarni bilmadimu buni korrupsiya deb hisoblayman, axir bularni sotib olishyaptiku! Buncha pul sarflagandan keyin pullarni ishlatgan odam albatta oʻz shaxsiy ulushini undirib olishi tagʻin. Va aslida pulni toʻgʻridan toʻgʻri belgilangan joyga yetib borishini maqsad qilib pulni yana qoʻlma qoʻl boʻlishiga sabab boʻlmoqda-ku! Bundan eng koʻp jabr koʻrganlar bu oʻqituvchilar va shifokorlardir. Ular uchun bu hayotiy majburiyatdek qilib qoʻyildi. Bugun ovqat yemasang yema, lekin shuncha ovoz toʻpla, darsingni qoʻy, bemor oʻlmaydi, borib ovoz toʻpla ham deydiganlar boʻldi, afsuski! Oʻzim shaxsan anchasini koʻrdim, oʻqituvchilarga ovoz toʻplash majburiyat qilib qoʻyilmoqda, har bir oʻquvchisi, oila aʼzolari, mahallasidagi har bir odamdan ovoz olishga majburlayapti, ularga katta bosim oʻtkazishyapti. Pul ularning choʻntagida boʻladiyu buyoda "sariq chaqaga" ishlayotgan oʻqituvchi va shifokorlar balagardon, eh, odam boʻlmaymiz... Kim qanday qaraydi bilmadimu, men uchun bu notoʻgʻri yoʻl, har tomonlama ham. Birinchidan shundoq ham berilishi kerak boʻlgan pul, ikkinchidan pulni olish jarayoni hamda olgandan keyingi qonunbuzarliklar hamda eng asosiysi xalq uchun eng muhim ikkita kasb egalari: oʻqituvchilar hamda shifokorlarga tazyiqlar, ularning qandaydir maʼnoda "toptalishi"! Bizga bunaqasi kerak emas! @nofalsafiy
11Loading...
16
Milliy sertifikat olish uchun juda koʻpchiligimiz harakat qildik. Kurslarga yozildik.Asariyat oʻquvchilar faqat bir oylik kurslarda oʻqishdi, ayrimlar esa tizimli tayyorlanishdi. Oflayn kurslarda oʻqiganlar ham bor. Aytish kerakki, milliy sertifikat oson tizim emas, ayniqsa biz oldingi shaklga qotib qolganmiz. Grammatikani "suv qilib yodlash", adabiyotni " avtomat" qilish degan narsaga. Endi menimcha koʻpchiligimiz angladikki, sertifikat uchun bular foyda bermasligini. Aslida bizdagi mantiqiy fikrlash,zehnni, ijodkorlikni , tahliliy qobiliyatni tekshiradi va shunga koʻra ball chiqarib beradi sertifikat testi. Demak, bizda yuqorida sanalgan jihatlar toʻla shakllanmagan. Shunday ekan, avvalo maqsadimizni,niyatimizni toʻgʻri qoʻyib olishimiz kerak. Yaʼni maqsadim olayotgan oyligimni halollab olish, bolalarga yetarli darajada ilm bera oladigan yetuk mutaxassis boʻlish. Oʻquvchilar esa faqat blokimni yopish uchun deb emas, baribir keyingi faoliyatim uchun ham muhim deb oʻrgansa osonroq boʻladi. Milliy sertifikat olish uchun tizimli shugʻullanish kerak!!! 6 oy eng maqbul muddat. Biz esa xuddi filologiya fanlari doktoridek bir oy qolganda oʻzimizni uramiz. 6 oy tizimli bitta ustozni ushlab, oʻrtacha tayyorlanilsa yetarli. Oʻzini qiynab 15 kun qolganda hamma narsadan kechib yuborish shart emas oʻshanda. Oʻylab koʻring, yillar davomida ona tili bilan shugʻullanib kelib, chiqolmagan natijaga siz bir oyda qanday erishmoqchisiz? Ilm qachon sizga yuqib, oʻz natijasini beradi? Qachonki siz oʻz energiyangizni, pulingizni, vaqtingizni sarflasangiz, u sizga mevasini beradi. Alloh taolo ham sababini qilsangiz, boshlagan ishizga ixlos bilan kirishsangiz, oʻsha narsaga loyiq boʻlsangiz sizga beradi. @esse_namunalari1
11Loading...
17
Esse BUGUNGI KUNDA MUZEYLARGA BORIB TOMOSHA QILISHGA EHTIYOJ QAYDARAJADA DEB O'YLAYSIZ? SIZNINGCHA MUZEYLARGA VIRTUAL SAYOHAT QILGAN BILAN ODDIY TASHRIF BUYURISHNING QANDAY FARQI BOR? Jonli tariximiz koʻzgusi boʻlgan muzeylar hamisha insonlar oʻzligini anglashi uchun katta ibrat maktabi boʻlib kelmoqda.Bugungi rivojlangan zamonda barcha sohalarda boʻlgani kabi muzeylarni borib ekskursiya qilish va hatto virtual tomosha qilish imkoniyatiga ham egamiz.Bu ikki tashrifning qay biri kuzatuvchi uchun afzalroq? Umuman olganda bugun muzeylarni tomosha qilishga ehtiyoj qay darajada? Muzeylar oʻtmish bilan bugunni bogʻlab turuvchi maʻnaviyat koʻprigi sanaladi. Bu maskanga tashrif buyurgan har qanday yoshdagi oʻquvchi boʻladimi yoki boshqa bir soha vakilimi farqi yoʻq.Birdek zavq oladi Statistik maʼlumotlarga qaraganda bugungi kunda dunyoda yuz mingdan ortiq muzeylar mavjud.Birgina Oʻzbekistonning oʻzidayoq 128 ta muzeyning borligi ham yurtimizning tarix sahnidagi oʻrni qanchalik yirik ekanini koʻrsatmoqda.Koʻpchilik insonlar muzeylarni borib oʻz koʻzlari bilan tomosha qilishninafzal bilishadi va hatto uzoq mamlakat muzeylariga ham tashrif buyurishadi.Ularning fikricha eksponatlarni yaqindan jonli koʻrish hamisha oʻzgacha boʻlib , kishiga estetik zavq hamda hayrat baxsh etadi.Muzey xodimlaridan har bir narsa haqida alohida maʼlumotlarga ega boʻlinadi. Masalan , Rossiyaning eng yirik muzeylaridan biri boʻlgan Ermitajning yiliga 3,5million tomoshabin koʻrgani kelishi esa dunyoda tarix ixlosmandlarining koʼpligidan dalolat. Lekin bugungi globallashgan zamonda odamlar ish va kunlik tashvishlar sabab har doim ham muzey va boshqa joylarga borib madaniy hordiq chiqarishga vaqt topa olmaydilar. Bundan tashqari bunday tomoshalar anchagina mablagʻ ham talab etadi.Shuning uchun aksariyat hollarda odamlar bunday goʻzal goʻshalarni online sayohat qilishni maʼqullaydilar ."Zamonamdan oʻrgilay" deganlaridek, bugun istalgan tarixiy majmua yoki muzeylarni uydan turiboq xuddi oʻsha yerda yurgandek tomosha qilish imkoniyatini beradigan ilovalar ham yaratilgan.Masalaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki , bugun muzeylarga talabning kamligi faqat ham vaqt , mablagʻ iqtisodiga borib taqalmaydi.Ayniqsa ,yoshlar orasida bunga xohish kam.Fikrimcha, buning sababi jamiyatimizda muzeylar va tarix haqida yetarli darajada tushuncha yoʻqligi deb oʻylayman.Vaholanki oʻzim ham borib korishdan koʻra u haqida internetdan oʻrganishni tanlayman Soʻzimizni muxtasar qiladigan boʻlsak, kelajagimizning porloq boʻlishi uchun oʻz tariximizni bilishimiz , undan ibrat ola olishimiz kerak Shunday ekan xoh virtual sayohat yoinki, jonli tashrif boʻlsin, ulardan yetarli ilmlarni olishimiz darkor.Zero, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov taʼkidlagalaridek: ,, Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq ". @esse_namunalari1
10Loading...
18
20 YOSHDAN SO'NG ANGLAGANLARIM Ota-ona dushman emas. Senga yaxshilikni tilaganidan nasihat qiladi. Maqola o'qi, kitob o'qi, fikrlashni o'stiradigan bloggerlarni kuzat. Ammo buni hech kimga bildirma. Odamlar sen haqingda "kitob o'qimasa ham juda aqlli" deb o'ylashsin. Boshqacha hurmat qilishadi. "Qachon to'y endi?" deb savol beradigan befarosat bo'lma. Begonalarga shaxsiy savollar berma. Biror odam oq dasturxonga tasodifan ovqat to'kib yuborsa, ko'rmaganlikka ol. Tarbiyang oliy darajada bo'lsin. Hurmat yo'q joyda sevgi ham bo'lmaydi. Haqorat qilyaptimi, vos kech. Yolg'on izhorlarga uchma. "Balki sevar" deb yaxshi munosabat qilishini kutma. Yarashib turishi uchun albatta qimmat kiyim sotib olishing shart emas. Yaxshilikni avval o'zingga qil. Keyin esa, yaxshilikni faqat bilganga qil. Odamlar shunchaki nafas olayotganing uchun yomon ko'rishlari mumkin. Odamlar shunchaki mavjudliging uchun yaxshi ko'rishlari mumkin. Pul eng muhimi emas, ammo ahamiyatsiz ham emas. Pul eng katta motivator. Kasbingdan, qo'lingdagi hunaringdan maksimal darajada foydalanib qattiq ishla. Puling yetarli bo'lsa, psixologga ehtiyoj sezmaysan. Pulning o'zi antistress. O'tmishda qilgan xatolaring uchun o'zingni ayblama. Odamlar sen haqingda nimani o'ylashiga sen javobgar emassan. Har kim o'zida borini boshqalarda ham ko'radi. Ba'zi odamlar o'zining miyasi axlatga to'lib yotgan bo'lsa, boshqalarning ham miyasini musorxona deb o'ylaydi. Qadringni bilmasang, oyoqosti qilishlariga tayyor tur. Factchecking qilmaguncha hech nimaga ishonma. Qo'y bo'lma. Hisobli do'st ayrilmaydi. Iloji bo'lsa qarz olma, qarz ham berma. Qarz munosabatni buzadi. Mehrga arzishingni isbotlash uchun o'zligingdan kechib yuborma. Boringcha ko'rin. O'zingdan kimdirni yasab olganing bilan baribir soxta qiliqlaringdan sezib qolishadi. G'iybat qilinayotgan joydan "uzr mening ishim bor edi" deb, tez turib ketib qol. Internetda vaqtini birovga negativ yozishga sarflaydiganlar hech qachon u odamdek bo'lolmasligini biladi va alamidan shunday qiladi. Heyt yozyaptimi, demak sendan ancha pastda. Kerak bo'lsa yuk tashi, pol art. Ammo ota-onangga boqimanda bo'lma. Kuzatuvchan bo'l. Hamma narsadan saboq olishga harakat qil. Farosating o'sadi. Olimga ham, ko'cha supuruvchiga ham bir xil muomala qil. Millat, din, jins, irq ajratma. Hech qachon sirlashma. Ayniqsa qizlar bilan. Kun kelib baribir o'zingga qarshi ishlatadi. Keyingi qadaming, kelajak rejalaring haqida hech kimga gapirma. Biror narsaga erishganingdan so'ng istaganingcha jar solsang bo'laveradi. Ungacha jim tur. @mia_gapiradi
10Loading...
19
Ba'zi insonlar maktab o`quvchilariga uyali aloqa vositasini ishlatishni foydali deb hisoblaydi, boshqalar esa bu holatni yoqlashmaydi. Texnika va texnologiyalar rivojlangan bugungi kunda zamonaviy uskunalarning inson hayotida ulkan ahamiyatga ega ekanligi barchamizga ma'lum. Shunday qurilmalardan biri telefon bo'lib, nafaqat katta yoshli, balki ko'plab kichik yoshlilar ham ko‘p vaqtlarini telefonga sarflashadi. Shu oʻrinda bir savol tug'iladi: Maktab o'quvchilarining telefon ishlatishi qanchalik to'g'ri? Ko'pchilik insonlar bu holatni to'g'ri deb topishadi, chunki ular bugungi kunda telefon, umuman olganda, uyali aloqa vositalarisiz ta'lim olishni qiyin deb hisoblashadi (ayniqsa oliy o'quv yurtlariga tayyorlanayotgan o'quvchilar). Qaysidir maʼnoda ular haq, chunki chindan ham hozirda ko'plab kitoblar va ma'lumotlarning faqat elektron koʻrinishi mavjud. Bundan tashqari, shaharlar tobora gavjumlashayotgan va ijtimoiy xavf ortayotgan bugungi kunda ota-onalar farzandiga telefon berish orqali ularning qayerda va nima qilyotganligini bilib turishadi. Boshqa tomondan olib qaraydigan bo'lsak, ota-onalar maktab yoshidagi farzandlariga telefon berish orqali ularga juda katta erkinlik berishadi. Agar bu erkinlik nazorat qilib turilmasa, hali dunyoqarashi to'liq shakllanmagan bolalar oʻzlari bilmagan holda turli noto'g'ri yo'llarga kirib qolishi, hali maqsadlari aniq bo'lmagani uchun telefondan besamar foydalanishi, befoyda chatlarga va turli xil o'yinlarga haddan tashqari ko'p vaqt sarflashi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki bugungi kunda diagrafobiya chalingan insonlar (telefonsiz qolib ketish yoki telefonni yo'qotib qo'yishdan qo'rquvchi insonlar) ning yetmish foizini o‘n sakkiz yoshga to'lmagan bolalar tashkil qiladi. Shu sababli ko'pchilik ota-onalar o'quvchilariga telefon bermaslik kerak deb hisoblaydi va odatda o'qituvchilar ham bu fikrga qo'shilishadi. Chunki telefondan besamar foydalanish bolaning ta'lim olishiga ham sezilarli darajada salbiy taʼsir qiladi. Ikkala tomon fikrlarini tahlil qilar ekanmiz, ikki tarafning ham o'ziga yarasha asoslari borligini ko'ramiz. Mening fikrimcha, barchasi bolaning oʻziga bog'liq. Telefonning tez va oson ta'lim olish uchun ko'plab qulayliklari mavjud. Agar bolaning yoshi, dunyoqarashi va mas'uliyati hisobga olinsa, shuningdek ota-ona farzandiga telefon berishdan oldin unga telefon nega berilayotganligi, u bolaning dars qilishdan chalg'itmasligi, aksincha, ta'lim olishiga yordamchi vosita bo'lishi kerakligi va telefondan noto'g'ri foydalanishning oqibatlari tushuntirilisa, telefon keltirib chiqaradigan muammolarni chetlab o‘tish mumkin. Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda, men o'quvchilarning telefon ishlatishi to'g'ri deb hisoblayman. #Umirzkova_Barno
10Loading...
20

21
Ba'zilar sovuq va qorli kunlarda ham darslarni an'anaviy davom ettirishni ma'qullashadi, ayrimlar esa bunday ob-havoda darslarni masofaviy olib borishni to‘g‘ri deb bilishadi. Aksariyat insonlar sovuq va qorli ob-havoda ham barcha ta'lim bo'g'inlarida darslarni an'anaviy davom ettirishni to‘g‘ri deb hisoblashsa, ba‘zilar esa sovuq kunlarda ta'lim masofaviy olib borilishi kerak degan fikrni yoqlashadi. Mazkur esse har ikkala tomon fikrini asos va dalillar orqali yoritib beradi. Avvalo, sovuq ob-havoda ham darslarning an‘anaviy olib borilishining bir qancha salbiy tomonlari mavjud. Birinchidan bu holat o'quvchi va o‘qituvchilarning sog'ligiga yomon ta'siri qilishi mumkin chunki bugungi kunda ko'pchilik ta'lim muassasalari isitish jihozlari bilan to'lliq ta'minlanmagan. Qolaversa, qorli ob-havoda o'quvchilar davomati ham pasayadi. Negaki aksariyat ota-onalar sovuq kunlarda farzandini maktabga yuborishni istashmaydi. Ayniqsa ta'limning maktabgacha boʻlgan bo'g'inida bu muammo ikki barobar dolzarblashadi. Chunki maktabgacha ta'lim muassasalarida nafaqat dars o'tiladi, balki bu yerda bolalar ovqatlanadi va uxlashadi. Tanganing ikki tomoni boʻlganidek, yuqoridagi fikrlarga qarshilar ham bor. Ularning ta‘kidlashicha, har qanday ob-havoda ham darslarning an‘anaviy davom etgani afzal. Chunki masofaviy ta'limda o'qituvchi o'quvchilarga ma'lumotlarni anʼanaviy darslardagidek tushuntirib bera olmasligi mumkin. Shuningdek masofaviy ta‘lim darslar sifatini pasaytirishi mumkin. Negaki online darslarda o'qituvchi o'quvchilarni to'liq nazorat qila olmaydi. Mening fikrimcha, bu o‘rinda ikkala tarafning ham dalillari asosli. Ammo ta‘lim muassasalarini kerakli isitish jihozlari bilan ta‘minlash orqali har qanday ob-havoda darslarni an‘anaviy davom ettirgan yaxshiroq, nazarimda. Chunki hozirgi texnologiyalar juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'lsa-da, baribir, masofaviy ta'lim va an'anaviy ta'lim sifati teng bo‘la olmaydi. Xulosa qilib aytganda, sovuq va qorli ob-havoda ham darslarni ta'lim muassasalarining o'zida, an`anaviy shaklda davom ettirish ma‘qul deb hisoblayman. #Umirzakova_Barno
10Loading...
22
Bugungi kunda ba'zi insonlar tadbirkorlik qilish uchun oliy ta'lim muassasasida o'qish shart emas deb hisoblaydilar, ayrimlar esa bu fikrga qarshi. Insonlar asosiy e'tiborini biznes qilish va ko'proq pul topishga qaratayotgan hozirgi zamonda ko'pchilik insonlar tadbirkor bo'lish uchun oliy maʼlumot shart emas deb taʼkidlamoqda, ba‘zilar esa tadbirkorlik qilish uchun oliy ta'lim muassasalarida o'qish kerak deb hisoblaydilar. Mazkur esse har ikkala tomon fikrini asos va dalillar orqali atroflicha yoritib beradi. Avvalo shuni ta'kidlab o'tish lozimki, tadbirkorlik aynan bir kasb emas, balki ma'lum bir sohaga daromad olish maqsadida pul tikishdir va ko'pchilik insonlar buning uchun oliy ma'lumot shart emas deb hisoblaydi. Qaysidir maʼnoda ular haq, chunki bankka kredit olish uchun borgan tadbirkordan hech kim diplom so'ramaydi. Qolaversa, hozirda ko'pchilik insonlar tadbirkorlikni mustaqil yoki boshqa tadbirkorlardan o'rganish orqali boshlamoqda. Sababi bugungi kunda tadbirkorlikka ixtisoslashtirilgan ma'lum bir universitet mavjud emas. Bundan tashqari 4-5 yil oliy ta'limda o'qigandan ko'ra, tajribali biror tadbirkorga shogirdlik qilish, so'ng o'z biznesini yoʻlga qoʻyish orqali ham ko‘zlangan maqsadga yetish mumkin. Barcha bir xil fikrlamaganidek, yuqoridagi fikrga qarshilar ham mavjud va ular tadbirkorlikni boshlashdan oldin universitetda o'qish lozimligini ta‘kidlashadi. Ularning fikricha, agar tadbirkor oliy ma'lumotga ega bo'lmasa, biznesini tavakkalchilik asosida yo'lga qo'ysa, oradan ko'p vaqt o'tmasdan muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Negaki tadbirkorlik, asosan, hisob-kitob va aniq rejalar ustiga quriladi. Bundan tashqari, bugungi kunda iqtisodiyot rivojlanmoqda va jahon bozorini kuchli korxonalar egallab olmoqda. Ular bilan raqobatga kelishish uchun esa katta bilim va tajribaga ega bo'lishi kerak. Mening fikrimcha, ikkala tomonning ham fikrlari asosli, chunki Yevropaning eng boy insonlari hisoblangan ayrim tadbirkorlar oliy o'quv yurtida oʻqimaganliklarini, hatto ba'zilari maktabni ham bitirmaganligini, barchasiga o'z koʻnikmalari orqali erishganliklarini aytishadi. Ammo ko'pchilik mashhurlar esa har qanday muvaffaqiyatning tagida ulkan mehnat va bilim yotishini aytishadi. Xulosa qilib aytganda, men tadbirkor bo'lish uchun oliy ta'lim muassasasida o'qish kerak degan fikr tarafdoriman. #Umirzakova_Barno
10Loading...
23
Ba'zilar ochiq bozorlardan xarid qilishni afzal ko'rishadi, ayrimlar esa yopiq bozorlardan xarid qilish qulayligini taʼkidlashadi. Bugungi kunda ayrim insonlar oʻzlariga kerakli narsalarni xarid qilish uchun ochiq bozorlarga borishadi, ba'zilar esa yopiq bozorlardan xarid qilishni afzal ko'rishadi. Ushbu esseda ikkala taraf fikri bir necha asos va dallilar orqali yoritib beriladi. Avvalo, shuni ta'kidlash lozimki, insoniyat qadimdan ochiq bozorlardan foydalanib kelgan. Negaki oʻtmishda katta savdo karvonlari turli shaharlarga borib, u yerdagi katta bozorlarda o'z mollarini sotganlar. Bu an'anaga sodiq qolgan aksariyat insonlar ochiq bozorlarning bir nechta afzalliklari borligini ta'kidlashadi. Ulardan eng asosiysi ochiq bozorlarda aholining barcha moliyaviy qatlamlari uchun mos bo‘lgan mahsulotlar mavjud. Chunki bunday bozorlarda narxlar yopiq bozorlarnikiga nisbatan arzonroq bo'ladi. Qolaversa, ochiq bozor tarafdorlari u yerdagi mahsulotlar milliylik va an'anaviyligimizga mosroq ekanligini aytishadi. Chunki yopiq bozorlardagi tovarlarning asosiy qismi chet eldan import qilinadi va ularda bizga qarama-qarshi bo‘lgan madaniyat aks etadi. Masalaning ikkinchi tomoniga qaraydigan bo'lsak, yopiq bozorlarning ham bir qancha ustun jihatlari mavjud. Birinchidan, yopiq bozorlarda tanlov imkoniyati yuqori. Sababi turli mahsulotlarning har biri uchun alohida do‘konlar ajratilgan. Qolaversa, mahsulotlarning ma'lum bir tartibda joylashtirilganligi kerakli narsani tez topishga yordam beradi, bu orqali esa xaridorning vaqti tejaladi. Shuningdek, yopiq bozorlarda asosan yuqori sifatli va zamonaviy mahsulotlar sotiladi. Sababi yopiq bozor xaridorlari tovarlarni narxiga emas sifatiga ko'proq e'tibor berishadi. Mening fikrimcha, yopiq bozorlarning xaridorlar uchun qulayliklari ko'proq. Qolaversa, bugungi kunda yopiq bozorlar soni ochiq bozorlar sonidan yuqori. Bundan tashqari, turli zamonaviy texnika va imkoniyatlar bilan ta'minlangan yopiq bozorlarda haridorlar uchun "personal service"lar va turli chegirmalar ham mavjud. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, men yopiq bozorlardan xarid qilishni afzal ko'radiganlar fikrini yoqlayman. #Umirzakova_Barno
10Loading...
24
Bugungi kunda ba'zi insonlar zamonaviylikning ortidan quvishini yoqtirishadi, ayrim insonlar esa an‘anaviylikka sodiq qolishni ma'qullashadi. Hozirgi kunda koʻpchilik insonlar zamonaviy hayot tarzini tanlashmoqda, aksariyat kishilar esa anʼanaviylikni saqlab qolish kerakligini ta'kidlashadi. Mazkur esse har ikkala qarashni fikr va dalillar bilan yoritib beradi. Bugungi kunda globallashuv insonlarga sayohat qilish, o'qish, ishlash va boyish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Chunki zamonaviy jamiyatda bularning barchasiga, hatto bir vaqtning o'zida erishish mumkin bo'lgan shart-sharoitlar mavjud. Qolaversa, zamonaviylikning asosiy vositalari hisoblangan aloqa apparatlari, ijtimoiy tarmoq va medialar orqali ta'lim olish va pul topish mumkin. Negaki hozirda internet orqali har qanday maʼlumotni topish, shu bilan bir qatorda, online kasblarda ishlash mumkin. Bundan tashqari, davlat organlarining barcha bo'g'inlari tizimli ravishda onlayn va elektron xizmat qilishni yo'lga qo'ymoqda. Bu orqali esa inson vositasi va turli ortiqcha hujjatlar soni qisqartirilmoqda. Masalaga boshqa tomondan yondashadigan bo'lsak, zamonaviylik keng tarqalgan jamiyatda ananaviylik yo'qolib bormoqda. Chunki g'arb madaniyatiga ko'nikkan ayrim insonlar milliy urf-odatlarni eskilik sarqiti yoxud zamondan orqada qolish deb hisoblaydi. Shuningdek, texnologiya va kareraga ko'p vaqt sarflanishi natijasida ba‘zi insonlar jamiyatdan uzilib qolmoqda. Chunki ular uchun mazmunli hayot emas muvaffaqiyatli va daromadli kasb muhimroq. Zamonning bu qadar tez rivojlanishining tabiatga ham zarar yetkazadi va salbiy ta'sir koʻrsatadi. Ya'ni zavod va avtomobillar ko'paygani sari atmosferaga zararli tutunlarning zarar berishi ko'payadi. Qolaversa, internet foydalanuvchilari ko'pligi sabab u yerda ijtimoiy xavf yuqori bo'ladi. Bu esa voyaga yetmaganlar uchun ijtmoiy tarmoni xavfli zonaga aylanishiga sabab bo‘ladi. Mening fikrimcha, har ikki tomonning fikrlari asosli. Zamonaviylikmi yoki an‘anavilikmi degan savol o'rtaga tashlanganda, ulardan qaysi birigadir o'ta ruju quyish ham to'g'ri emas. Agar inson milliylikni yo'qotmagan holda zamonaviy imkoniyatlardan ham keng foydalana olsa, hech qanday muammo bo'lmaydi. Qolaversa, har bir millatning eng katta boyligi bu uning o‘z tili, dini, urf-odatlari va madaniyatidir. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, men an‘anaviy hayot tarzida yashagan ma'qul degan kishilarning fikriga qo'shilaman #Umirzakova_Barno
20Loading...
25
Hozirda ayrim ota-onalar farzandini xorijiy oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olishini xohlashadi. Ba'zilar esa yurtimizda joylashgan oliy ta'lim muassasalarida ham farzandini yetuk mutaxassis bo‘la olishini ta'kidlashadi. Ta'limga bo'lgan eʼtibor kundan-kunga ortib borayotgan hozirgi davrda ba'zi ota-onalar farzandini chet eldagi oliygohlarda ta'lim olishini istasa, ayrim ota-onalar yurtimizda ta'lim olgan yaxshiroq degan fikrni yoqlashadi. Mazkur esse har ikki tomon fikrini asos va dalillar orqali yoritib beradi. Biror narsani rejalashtirayotganda biz uchun eng diqqatga sazovor tomonlarni tahlil qilish tabiiy holat. Ayniqsa, gap ta‘lim - insonning kelajagini hal qiluvchi masala borasida ketganida bir qarorga kelish yanada qiyinlashadi. Avvalo, shuni takidlash lozimki, chet elda o'qish talabaga zamonaviy, samarali va sifatli ta'lim olish imkoniyatini beradi. Chunki xorijiy davlatlarda universitetlarning ko'pchiligi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan. Shuningdek, chet elda o'qish yangi tillarni o'rganish imkoniyatini beradi, negaki til o'rganishda eng samarali usul bu o'sha til muhiti ichida bo'lish va "native speaker"lar bilan muloqot qilishdir. Chet elda o'qishning yana bir ustun jihati shundaki, talaba mustaqil bo'lishni o'rganadi va o'ziga ishonchi ortadi. Chunki chet elga oʻqishga kirgandan so'ng talaba barcha kundalik yumushlarni oʻzi bajarishga majbur bo'ladi. Har bir imkoniyatning o'ziga yarasha kamchiliklari bo‘lgani kabi chet elda o'qish ham bu jihatlardan xoli emas. Shunday ekan bu o'rinda yurtimizda ta'lim olishning ustun jihatlari namoyon boʻladi. Birinchidan, yurtimizda ta'lim olish oʻquvchiga ota- onasining yonida bo'lish imkonini beradi, chunki xorijda o'quvchilar oilasidan uzoqda bo'lishadi. Ikkinchidan yurtimizda o'qish mablag'ning tejalishiga yordam beradi. Chunki xorijda o'qish katta moliyaviy xarajatlarini talab qiladi (o'quv to'lovlari, turar joy, kundalik xarajatlar). Bundan tashqari, chet elda o'quvchi yoshlarning aksariyati madaniy qarama-qarshiliklardan qiynalishadi, yurtimizda ta'lim olish mobaynida esa bunday muammo kuzatilmaydi. Mening fikrimcha, qayerda o'qishga qaror qilishda eng muhim omil u yerdagi ta'lim tizimi va sifati bo'lishi kerak, nazarimda. Bu borada esa chet elda o'qish xalqaro sifat darajasiga javob bera olgan ta'lim olish imkoniyatini beradi. Garchi xorijda o'qish bir nechta salbiy tomonlarga ega bo'lsa-da, kun chiqar mamlakatlarda o'qish orqali talaba yangicha madaniyatlarni o'rganishi mumkin bo'lsa, kun botar mamlakatlar sifatli ta'lim va daromadli kelajakni taklif qila oladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, men koʻproq imkoniyatlar va yangicha hayot tarzini taqdim etuvchi xorijiy oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olish tarafdoriman. #Umirzakova_Barno
20Loading...
26
Ba'zi insonlar o'zlariga ma'naviy ozuqa olish maqsadida filmlarni tomosha qilishni yoqtiradi. Ayrim kishilar esa bu oʻrinda badiiy kitob mutolaasini yoqlashadi. Texnologiyalar jadallik bilan rivojlanayotgan bugungi kunda koʻpchilik insonlar televizor, noutbuk bula turib yoki kinoga borish imkon mavjudligida, kitob o'qishga vaqt va kuch sarflashning nima keragi bor deb hisoblashsa, ayrim kitob ixlosmandlari har qanday holatda ham kitob mutolaasini afzal ko'rishadi. Mazkur esse har ikki tomon fikrni asos va dallilar bilan yoritib beradi. Avvalo, shuni ta'kidlash lozimki, kino tomoshasining bir nechta qulayliklari mavjud. Masalan, kitob o'qish davomida miya faol ishlab, energiya sarflasa, film koʻrganda dam oladi. Bundan tashqari, kinolarda kadrlar uchun maxsus musiqalar bo'ladi. Shuningdek, yangi axborot qabul qila turib, vaqt va kuchimizni tejaymiz. Chunki badiiy asarning ekranlashtirilishi qisqa vaqtda bir necha o'nlab sahifadagi ma'lumotlar bilan qisqa vaqt oralig‘ida tanishish imkonini beradi. Masalaga boshqa tomondan yondashadigan bo'lsak, kitob mutolaasining ham bir qator afzal afzalliklari namoyon boʻladi. Masalan, kitob mutolaasida kitobxon fikr erkinligiga ega bo'ladi. Sababi muallifining g'oyasini tushunishga, o'qiganlarimizni shaxsiy tajribamiz va xotiralarimiz bilan solishtirib, personajlar xarakterini baholash va qadriyatlarini tushunish uchun tanaffus qilish imkonimiz bo'ladi. Shuningdek, rejissyor, ssenariynavis va aktyorlar qanchalik harakat qilmasin, ular ekranga kitobdagi hamma tafsilotlarni, personajlarning fikrlari va tasvirlarini toʻliq chiqarib bera olmaydi. Nima boʻlganda ham, kino va adabiyot sanʼatning boshqa boshqa turlaridir. Ularning vazifalari va xususiyatlari ham turli, shuningdek, afzalliklari ham. Misol uchun, kino faoliyatini boshlaganiga uch asr boʻlgan boʻlsa, kitoblar qadimdan mavjud. Shu bilan birga kitob mutolaasi asrlar osha insoniyat hayotining ajralmas qismi bo'lib kelmoqda. Xulosa oʻrnida ayta olamanki, men doimo kitob mutolaasi foydaliroq degan fikrni yoqlayman. #Umirzakova_Barno
20Loading...
27
Bugungi kunda televideniye orqali namoyish qilinadigan turli mahsulotlar reklamalariga ko'pchilik salbiy munosabat bildiradi. Ayrimlar esa bunday reklamalarni kerakli deb topishadi. Hozirgi kunda aksariyat insonlar mahsulotlarning televideniye orqali reklama qilinishini qoralashsa, ayrimlar bunday reklamalarni ma'lum darajada foydali deb topishadi. Ushbu esse har ikkala tomon fikrini asos va dalillar orqali yoritib beradi. Bugungi kunda televizorni yoqishingiz bilan koʻzingiz turli xil reklamalarga tushadi va bu holat ko'pchilikka yoqmaydi. Ularning fikricha, televizor orqali turli mahsulotlar reklama qilish noto'g'ri, chunki reklama qilinayotgan mahsulotlarning aksariyati reklamalarda taʼkidlangan xususiyatlarga ega emas. Bu o'rinda dorilar reklamasi eng dolzarb mavzu hisoblanadi. Chunki dori va tibbiyot mahsulotlarining televideniye orqali reklama qilinishi bemorlarni ushbu mahsulotlarni shifokor ko'rsatmasisiz xarid qilishiga sabab bo'lmoqda. Bundan tashqari, ko'plab xorijiy reklama bloklari milliylik, odob-axloq va madaniyat doirasidan tashqarida. Shu sabab bu kabi reklamalar yoshlar ongiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Masalaning ikkinchi tomoniga qaraydigan bo'lsak, reklamalarning foydali tomonlari ham mavjud. Masalan, reklamalar orqali sifatli va yangi mahsulotlar haqida ma'lumot olishingiz mumkin chunki televideniye orqali reklama qilinayotgan mahsulot (tovar va xizmatlarning sifati, ularni qo‘llash sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yo'llari) haqida ma'lumot beriladi va ularning koʻpchiligi turli sertifikatlarga ega bo'ladi. Bundan tashqari, qaysidir mahsulotni olishga ehtiyoj tug'ilganda, ularning turlari ko'pligidan qay birini tanlash borasida ikkilanish vujudga keladi. Bu oʻrinda ko'pchilik reklama qilingan mahsulotlarni tanlaydi va bu orqali vaqtni tejaydi. Mening fikrimcha, reklama jamiyatning oʻziga xos manzarasini namoyish etuvchi, unda yashovchi insonlarning ma'naviyatiga, ayniqsa, yoshlarning tarbiyasiga, dunyoqarashi va fikrlashiga ta'sir o'tkazuvchi, shu bilan birga mamlakat iqtisodini yuksaltiruvchi an'ana va urf-odatlarni o'zida saqlovchi kuchdir. Bugungi kunda namoyish qilinayotgan reklamalarning aksariyati esa bu borada salbiy ta'siriga ega. Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda, reklamalarning televideniya orqali namoyish qilinmasligi kerakligini ta'kidlovchilar fikrini yoqlayman. #Umirzakova_Barno
30Loading...
28
Insonlar hayotni yanada zavqli qilish uchun ixtiyoriy xarajatlarni ko'paytirib yuboradilar. Ba'zi insonlar esa buni mutlaqo noto'g'ri ekanligini taʼkidlashadi. Hozirgi kunda aksariyat insonlar hayotlarini yanada zavqli qilish uchun juda ko'p pul sarflashni yoqtirishsa, ayrimlar bu mutlaqo noto'g'ri degan fikrni ilgari surishadi. Ushbu esse har ikkala tomon fikrini asos va dalillar bilan yoritib beradi. Darhaqiqat, bugungi kunda hayotdan to'la zavq olish uchun pul sarflashni yoqtiruvchilar talaygina. Ularning fikricha, buning ko'plab ijobiy sabablari mavjud. Birinchidan, ixtiyoriy xarajatlardan biri hisoblangan sayohat qilish inson uchun juda foydali. Chunki sayohat qilish orqali insonning dunyoqarashi kengayadi, o'zi yashayotgan dunyo haqida koʻproq ma'lumotga ega bo'ladi. Ikkinchidan har bir insonning sevmli mashg'uloti bo'ladi (rasm chizish, xarid qilish, kino ko'rish) va ular ham ma'lum darajada xarajatni talab qiladi. Ushbu mashg'ulotlardan butunlay voz kechish hayotni o‘ta zerikarli bo'lishiga olib keladi. Qolaversa, ayrim ilmlarni o'rganish ham majburiy ehtiyoj bo'lmasa-da, juda keraklidir. Masalan, o'z ona tilidan tashqari ixtiyoriy holda ingliz yoki rus tilini o‘rganish uchun pul sarflash yoxud turli kitoblarni sotib olish orqali inson o'z hayotini nafaqat zavqli, balki mazmunliroq ham qilishi mumkin. Har yaxshining bir yomoni boʻlganidek, ixtiyoriy xarajatlarni ko'paytirib yuborishning ham bir necha salbiy jihatlari mavjud. Masalan, zarurat bo'lmasa-da, ko'p mahsulot xarid qilish, turli kiyimlar sotib olish noto'g'ri. Chunki bu pulni isrof qilishdan boshqa narsa emas. Qolaversa, ayrim ixtiyoriy xarajatlar natijasida jamiyatda kim o'zarga yashash paydo bo'ladi. Sababi bugungi kunda o‘ta hashamatli uylar qurish, bir necha mashina sotib olish, to'y va shu kabi marosimlarga ortiqcha pul sarflash aynan shu ixtiyoriy xarajatlarning me'yoridan oshishi natijasida vujudga kelmoqda. Qolaversa, mazkur harajatlar insonlarni bosim bilan ishlashga sabab bo'lishi mumkin. Negaki ko'p pul sarflash uchun ko‘p pul topish, ko'p pul topish uchun esa koʻproq ishlash kerak. Mening fikrimcha, ikkala tomonning fikrlari ham asosli. Xususan, ixtiyoriy xarajatlarni foydali sohalarga yo'naltirish orqali ko'plab ijobiy natijalarga erishish mumkin. Shuningdek, bu kabi xarajatlarni isrof darajasiga olib kelish ham noto'g'ri. Chunki o'rnida aytilgan so'z oltinga teng boʻlgani kabi, oʻrniga sarflangan pul ham qimmatlidir. Yana shuni ta'kidlash lozimki, inson hayotga bir marta keladi, shu bois barcha imkoniyatlardan unumli foydalangan holda maroqli va zavqli umri kechirish to'g'ri bo'ladi, nazarimda. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, ixtiyoriy xarajatlar mazmunli hayotning bir bo'lagi deb hisoblayman va ularga pul sarflashni to'g'ri deb o'ylovchilar fikrini yoqlayman. #Umirzakova_Barno
20Loading...
29
Bugungi kunda yoshlar orasida turli xildagi video o'yinlar keng ommalashmoqda. Buning salbiy va ijobiy jihatlarini yoritib bering. Texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda ko'pchilik yoshlar bo'sh vaqtlarni video o'yinlarga sarflashni yoqtirishsa, ularning ba'zilari buning mutlaqo noto'g'ri ekanligini ta'kidlashmoqda. Mazkur esse har ikkala tomon fikrini asos va dallilar bilan yoritib beradi. Darhaqiqat, hozirda zamonaviylikka intiluvchi va virtual olamda faol bo'lgan yoshlar video o'yinlarning bir nechta ijobiy jihatlari borligini, xususan, mazkur o'yinlar daromadli kasblardan biriga aylanib borayotganini ta'kidlashadi. Sababi bugungi kunda video o'yinlarni yaratish, hatto, ularni o'ynash orqali ham ma'lum miqdorda pulga ega bo'lish mumkin. Shuningdek, ayrim o'yinlar ta'lim sohasi uchun ham qo‘l kelishi aynan haqiqat. Chunki ular orqali bola ma'lumotlarni qiziqarli usulda o'rganish bilan birga, bir paytning o'zida ularni virtual olamda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega. Masalaning boshqa tarafiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, online o‘yinlarning ko‘plab salbiy jihatlari ham mavjudligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, virtual o‘yinlarga mukkasidan ketish "zamonaviy manqurt"ga aylanishga olib kelishi mumkin. Rossiyada mutassil video o'yin o'ynash natijasida o'zi bilmagan holda o'z buvisini pichoqlagan va 15 yoshida qotilga aylangan bola buning hayotiy misolidir. Bundan tashqari, video o'yinlar vaqtni isrof qilishga ham sabab bo'ladi. Faktlarga ko'ra, hozirgi kunda yoshlar bir kunda o'rtacha 10-12 soatlarini ijtimoiy tarmoq yoki video o'yinlarga sarflashadi. Qolaversa, online o‘yinlar inson sog‘ligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Chunki uzoq vaqt davomida telefon yoxud kompyuter qarshisida o‘tirish inson miya faoliyati, shuningdek tana sog‘ligi uchun ham zararlidir. Umuman olganda, daryoni teskari oqizishning imkoni bo'lmaganidek, oʻtgan umrni ham ortga qaytarish imkonsiz. Shunday ekan, yoshlarning vaqtlarini turli video o'yinlar uchun behuda oʻtkazishlari noto'g'ri, nazarimda. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, men insonlarning jamiyatdan uzilib qolishiga sabab bo'luvchi video o'yinlarning ommalashib borayotganligiga salbiy munosabat bildiraman. #Umirzakova_Barno
20Loading...
30
Hozir biz texnologiya olamida yashayapmiz. Atrofimiz nanotexnologiya, elektron hamda texnogajetlar degan vositalar bilan to'la. Shulardan biri mobil telefondir. Bu kichik moslama bizning hayotimizdan ajralmas joy olib ulgurdi.Oilada, jamoat joylarida har birimiz shartli va shartsiz tarzda bu texnologiyadan foydalanamiz. Bo'layotgan hamda bo'lish ehtimoli bor baxtsiz hodisalarda ham bu anjomning ta'siri katta bo'layapti. Xo'sh Jamoat joylarida mobil telefonlardan foydalanishni man qiluvchi qonun ishlab chiqilish vaqti kelmadimikin? Qanchalik ehtiyoj bor, bunday qonun qabul qilinishiga? Barchamizga ma'lumki, hozirgi zamonaviy hayotimizda, ishlab chiqarishsiz, texnologiyasiz tasavvur qilish qiyin. Bunday nari borsa 75-80, nayinki 100 yilni olaylikki, bunday texnoolamni inson yetti uxlab tushida ham ko'rmagani hammaga ayon. Hayotimizda mashina, komyuter, tezyurar poezd-u, tezkor uchoqlarning kirib kelishi, bashariyatni, uning tamaddunini ancha ilgarilatib yubordi desak yolg'on so'zlamagan bo'lamiz. Keyingi 10 yillikda mobiltelefon dunyosidagi o'zgarishlar esa tom ma'noda inqilob bo'ldi deya olamiz. Apple, smartfon, S-ultra kabi mobiltelefon markalarining raqobati natijasida bizga imkoniyati keng bo'lgan aqlli ya'ni smartfonlarning hojatbarorligi oshmoqda, foydalanyapmiz, qo'llanmoqdamiz. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham borda bunda. Biz bu moslamani kerakli hamda sharoitga mos tarzda foydalanmayapmiz. Jamoat joylarida, yo'llarda, ish joylarida bo'lar-bo'lmasga telefondan foydalanish, e'tiborsizliklar natijasida mehnat samaradorligi pasayishini sezayapmiz. Bankda, yoki davlat idoralarida xizmatchilarning telefondan foydalanishi natijasida asabbuzarliklar kundalik hayotimizda tez tez uchraydigan jarayondir. Shu bilan birga statistik ma'lumotlarga tayansak yo'l transport hodisalariga sabab birinchi o'rinda mast holda mashina boshqarish bo'lsa, ikkinchisi mobiltelefondan foydalanish ekanligi aytilmoqda. Demak bunday hodisalar insonni kundalik turmushida telefondan foydalanish qoidalarini tartiblashtirishni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Biroq bu xususda shunday bir aniq, tartibli hamda inson hayot tarziga salbiy ta’sir keltirmaydigan qoidalar mexanizmi ishlab chiqish kerakki, bu turmush tarzimizga naf keltirsin, ya’ni six ham kuymasin, kabob ham. Tarixda ,,Quruq qonun’’ degan termin mavjud. Bu AQSh tarixida alkogol hamda ichkilikka qarshi kurash harakati edi. Qonun qattiq turib himoya qilindi, ammo baribir odamzod bu qonunni chetlab o‘tib, ichkilik ichishni davom ettirdi. Masalan, jamoat joylarida mobiltelefondan foydalanish qoidalarini tartiblashtirish ham bu qonunga o‘xshab qolmasligi kerak, ya’ni huquqiy nigilizmdan qochish hollarini yuzaga keltirmasligi lozim. Mening fikrimcha, jamoat joylarida, xususan davlat idoralari va tashkilotlarida bu holatga alohida e’tibor berish kerak. Yo‘l transport jarayonida esa bu vaziyatta qat’iy tadbirlar qilish kerak deb o‘ylayman. Chunki inson hayoti har narsadan ustun, bu narsaga zomin bo‘layotgan holatni esa jiddiy qabul qilish zarur. Umuman olganda, so‘zimni yakunlaydigan bo‘lsam, jamoat joylarida telefondan foydalanish tartibini qonun darajasida ishlab chiqib, qat’iy qonunchilik mexanizmni yo‘lga qo‘yishimiz kerak deb o‘ylayman. Ammo bu tartibot, hozirda mavjud bo‘lib amalda yurmayotgan yuridik ahamiyatga molik qaror hamda qonunlardek bo‘lmasligi lozim, qat’iy hamda kuchli nazorat doimo amalda bo‘lishi zarur. Axir aytishadiku, ,,Tartib bor yerda rivojlanish bor’’ deb, shunday ekan bu borada amaliy tashabbus ko‘rsatish hukumat hamda yuqori turuvchi organlarning vazifasi deya fikrimni yakunlayman.
40Loading...
31
21-asrning eng mashhur ixtirosi bolgan sun‘iy intellektni insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi intellektual sun‘iy aqlni tushunishimiz mumkin.Zamon va makon bilan hamnafas yashaydiganlar sun'iy aqlning rivojlanishi barcha uchun foydali deyishsa, bazilar bu faoliyatning jadal rivojlanishi oqibatida ayrim kasblar yo‘qolishi haqida gapirishmoqda.Xo‘sh, aslida-chi qaysi biri haqiqatga yaqin? Dunyoda insondan idrokli mavjudod mavjud emas.Insoniyat paydo bo‘libdiki tinmay izlanishlar, yashash uchun qulayliklar yaratadi.Bularga mashina, samolyot, poezd va hk. lar kiradi Insonlar tomonidan xuddi o‘zimizga o‘xshash robotlar yaratmoqda.Shu sababdan ba‘zi kasblarga talab kamayib bormoqda.Bugungi rivojlangan davlarda mehmonxonada xona xizmatini allaqachon robotlar egalladi.Fabrika va sanoat korxonalarida ham insonlar o‘rniga robot va texnoloyilar joylashdi.Albatta, robotlar charchadim demaydi, kasal bo'lmaydi , inson bajara olmagan og‘ir mehmatlarni bajaradi. Statistika ma'lumotlariga ko'ra yaqin kunlarda o‘zi qo‘shiq matnini yozib,o‘sha qo‘shiqga moslab musiqa bastalab tayyor matrealni o‘zi ijro qiladigan robot yaratilibdi. Bunday xabarlarni eshitganda insonligimizdan faxr tuyg‘usining jumbushga kelishi hammaga ma‘lum.Sun‘iy intellekt shunday jadal bilan rivojlanar ekan oddiy ishchidan tortib oliy ma‘lumotli kadrlarda ham ishsizlik kuchayishi mumkun. Boshqa tomondan olib qaraganda, bir turkumdagi kasblarni o‘z mutaxassisi bo‘lgan insonlardan boshqa hech kim uddasidan chiqolmaydi.Birinchidan, bunday kasblarni egallash uchun insonlar yillab izlanishlar,kuplab tajribalar orqali bilimlar yig‘adi.Ikkinchidan,agar shunday kasblarda xatolikka yo‘l qo‘yilsa, oqibati yomon bo‘lishi mumkin. Bu kasblarga psixolog, jarrox, o‘qituvchilik,oshpazlik,sudya va tergovchi kabi bir qator kasblarni namuna sifatida keltirish mumkin. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, inson o‘zi yaratgan texnikalar sun‘iy intellektlarga doim hokimlik qilishi kerak.Ular odamlarning faqatgina og'irini yengil qilish uchungina darkor.Zero, inson-Mukarram zot.
50Loading...
32
Hozir biz texnologiya olamida yashayapmiz. Atrofimiz nanotexnologiya, elektron hamda texnogajetlar degan vositalar bilan to'la. Shulardan biri mobil telefondir. Bu kichik moslama bizning hayotimizdan ajralmas joy olib ulgurdi.Oilada, jamoat joylarida har birimiz shartli va shartsiz tarzda bu texnologiyadan foydalanamiz. Bo'layotgan hamda bo'lish ehtimoli bor baxtsiz hodisalarda ham bu anjomning ta'siri katta bo'layapti. Xo'sh Jamoat joylarida mobil telefonlardan foydalanishni man qiluvchi qonun ishlab chiqilish vaqti kelmadimikin? Qanchalik ehtiyoj bor, bunday qonun qabul qilinishiga? Barchamizga ma'lumki, hozirgi zamonaviy hayotimizda, ishlab chiqarishsiz, texnologiyasiz tasavvur qilish qiyin. Bunday nari borsa 75-80, nayinki 100 yilni olaylikki, bunday texnoolamni inson yetti uxlab tushida ham ko'rmagani hammaga ayon. Hayotimizda mashina, komyuter, tezyurar poezd-u, tezkor uchoqlarning kirib kelishi, bashariyatni, uning tamaddunini ancha ilgarilatib yubordi desak yolg'on so'zlamagan bo'lamiz. Keyingi 10 yillikda mobiltelefon dunyosidagi o'zgarishlar esa tom ma'noda inqilob bo'ldi deya olamiz. Apple, smartfon, S-ultra kabi mobiltelefon markalarining raqobati natijasida bizga imkoniyati keng bo'lgan aqlli ya'ni smartfonlarning hojatbarorligi oshmoqda, foydalanyapmiz, qo'llanmoqdamiz. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham borda bunda. Biz bu moslamani kerakli hamda sharoitga mos tarzda foydalanmayapmiz. Jamoat joylarida, yo'llarda, ish joylarida bo'lar-bo'lmasga telefondan foydalanish, e'tiborsizliklar natijasida mehnat samaradorligi pasayishini sezayapmiz. Bankda, yoki davlat idoralarida xizmatchilarning telefondan foydalanishi natijasida asabbuzarliklar kundalik hayotimizda tez tez uchraydigan jarayondir. Shu bilan birga statistik ma'lumotlarga tayansak yo'l transport hodisalariga sabab birinchi o'rinda mast holda mashina boshqarish bo'lsa, ikkinchisi mobiltelefondan foydalanish ekanligi aytilmoqda. Demak bunday hodisalar insonni kundalik turmushida telefondan foydalanish qoidalarini tartiblashtirishni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Biroq bu xususda shunday bir aniq, tartibli hamda inson hayot tarziga salbiy ta’sir keltirmaydigan qoidalar mexanizmi ishlab chiqish kerakki, bu turmush tarzimizga naf keltirsin, ya’ni six ham kuymasin, kabob ham. Tarixda ,,Quruq qonun’’ degan termin mavjud. Bu AQSh tarixida alkogol hamda ichkilikka qarshi kurash harakati edi. Qonun qattiq turib himoya qilindi, ammo baribir odamzod bu qonunni chetlab o‘tib, ichkilik ichishni davom ettirdi. Masalan, jamoat joylarida mobiltelefondan foydalanish qoidalarini tartiblashtirish ham bu qonunga o‘xshab qolmasligi kerak, ya’ni huquqiy nigilizmdan qochish hollarini yuzaga keltirmasligi lozim. Mening fikrimcha, jamoat joylarida, xususan davlat idoralari va tashkilotlarida bu holatga alohida e’tibor berish kerak. Yo‘l transport jarayonida esa bu vaziyatta qat’iy tadbirlar qilish kerak deb o‘ylayman. Chunki inson hayoti har narsadan ustun, bu narsaga zomin bo‘layotgan holatni esa jiddiy qabul qilish zarur. Umuman olganda, so‘zimni yakunlaydigan bo‘lsam, jamoat joylarida telefondan foydalanish tartibini qonun darajasida ishlab chiqib, qat’iy qonunchilik mexanizmni yo‘lga qo‘yishimiz kerak deb o‘ylayman. Ammo bu tartibot, hozirda mavjud bo‘lib amalda yurmayotgan yuridik ahamiyatga molik qaror hamda qonunlardek bo‘lmasligi lozim, qat’iy hamda kuchli nazorat doimo amalda bo‘lishi zarur. Axir aytishadiku, ,,Tartib bor yerda rivojlanish bor’’ deb, shunday ekan bu borada amaliy tashabbus ko‘rsatish hukumat hamda yuqori turuvchi organlarning vazifasi deya fikrimni yakunlayman.
40Loading...
33
1 КУН✅ Mavzu:Bugungi kunda ba'zi insonlar davlat byudjetidagi mablag'lar sportga ko'proq sarflanishi kerakligini aytmoqda,ayrimlar esa ta'limga pul ajratish manfaatliroq deb hisoblashmoqda. Yer yuzidagi barcha shaxslarning ma'lum mavzuda o'z qarashlari mavjud.Shuningdek,davlat byudjetidagi mablag'lar haqida gap ketganda sport sohasi yoxud ta'lim yo'nalishi bo'yicha turli fikrlar yetarlicha.Xo'sh,aslini olganda-chi,qaysi bir sohaga hukumat pul ajratsa manfaatliroq bo'ladi. Bir tomondan olib qaraganda,sportga mablag' ajratish ancha asosli deb bilaman.Eng asosiy sabablaridan biri shuki,dunyo reytingi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichni egallashimiz mumkin.Misol qilganda boks sport turini olsak,Bahodir Jalilov,Hasanboy Do'stmatov kabi oltin kamar sohiblariga ajratilgan mablag'lar tufayli yosh O'zbekiston yuqori o'rinlarni zabt etyapti.Bundan tashqari tanilish mumkin.Birgina futbol sohasini oladigan bo'lsak, 256 davlatning to'rtdan biri bizni biladi.Bu esa o'z navbatida yurtimizda moliyaviy mablag' yoinki ma'lum resurslarni olib keladi degani.Misol qilganda,kuni kecha sodir bo'lgan futbol musobaqasida O'zbekiston 2:1 hisobida Tailandni mag'lub etganligi va Osiyo kubogining chorak finaliga yo'l olganligi fikrimizni asoslaydi. Boshqa tomondan olib qaraganda,najot ta'limda deb hisoblayman.Hozirgi paytni oladigan bo'lsak,g'arb hamda sharq davlatlari agressiv holatda bu degani dron,turli harbiy qurollar,bomba va boshqa plemyotlar zarur bo'lishi tabiiy holat.Bu qurollarni yasash uchun ma'lum bilimga ega bo'lish lozim.Shu bilan birga,yosh kadrlarga mablag' ajratish ortidan chetga chiqib yurtimizga yangi madaniyat olib kelishi mumkin.Bu esa diplomatik aloqalarni yaxshilashga yordam beradi.Meditsina sohasiga yuzlanadigan bo'lsam,davosiz kasalliklar(oshqozon raki,OITS),o'ta og'ir kasalliklar(insult,infark)kabilarga yuqoridagi mutasaddilar ma'lum miqdorda mablag' ajratmas ekan jamiyat abgor holga keladi.Shuning uchun ham barcha najot ta'limda,davlatni botqoqlikdan olib chiqadigan kelajak avlodga biror pul ajratmasa juda yomon oqibatlarga olib keladi(madaniy sayozlik,dunyoqarashning sustligi,turli xildagi jinoyatlar). Mening fikrim,hukumat ta'limga mablag' ajratishi nafaqat davlatga,balki yosh avlodga ham ancha yaxshi.Prezidentimiz aytganidek:"Agar yoshlarga ta'lim bermasak,ilm olishi uchun imkoniyat yaratmasak, qamoqxonalar butun o'lkani egallaydi". Xulosam shuki,davlat birinchi o'rinda ta'limga ana undan so'ng sport yoinki boshqa sohalarga ma'lum mablag' ajratishi nur ustiga a'lo nur bo'ladi deb bilaman. ✍🏻:Axtamova Aziza
20Loading...
34
21-asrning eng katta ixtirosi bo'lmish sun'iy aql haqida gap ketganda ikki xil qarama-qarshi fikr mavjud.Ayrim shaxslar fikriga ko'ra,u rivojlansa qator kasblarning o'rni kamayadi.Lekin ba'zilar bu illuziyaning noto'g'ri ekanligini aytib o'tishyapti.Xo'sh,aslini olganda-chi,sun'iy intelektning hayotimizga kirib kelishi qanchalik to'g'ri?. Globallashuv davrda yashar ekanmiz har sohada rivojlanishni ko'rayotganimiz tabiiy holatga aylanib qoldi.Bu rivojlanishlardan biri,bashariyatning eng katta ixtirosi atalmish sun'iy intellekt hisoblanadi.Bu takomillashgan aql ayrim kasblarni ham o'rnini egallash pog'onasiga turibdi.Misol qilganda,advakatura sohasini olsak,u yerda bir-biriga yon bosish,o'z tomoniga og'dirib olish kabi holatlar kuzatilmaydi ,shuningdek,har ishni sobit qila oladi.Qolaversa,u charchash nimaligini ya'ni erta-yu kech ishlash qobiliyatiga ega bo'ladi.Yana egallay oladigan kasblaridan biri,shifokorlik kasbidir.His-tuyg'udan yiroqda,operatsiya paytida o'zini yomon his qilmaslik kabi sabablari tufayli ham keltirgan ikki kasbim yo'qolish arafasida turibdi.Hozirgi statistikaga ko'ra,Yaponiyadagi ayrim korxonalarda hamda ta'lim sohasida 67% robotlar ishlaydi.Ular oylik maosh so'ramaydi,kechami kunduz odamlarga beminnat yordam berib keladi..Bu butun dunyoda ishsizlik avj olgan pallada yana oliytoifadagi shaxslar ham ishsiz qolishi kuzatiladi degani Boshqa tomondan olib qarasak,shunday kasblar borki,uni robotlar yoxud boshqa toifadagi shaxslar ham o'rnini egallay olmaydi.Bulardan biri,psixologlar hisoblanadi.Ularda his-tuyg'u,biror mavzuda o'zining hayotiy tajribasi,shuningdek,bilim ko'nikmasi mavjud va qabuliga kelgan shaxslarga yordam bera oladi.Balki,shuning uchun qush tilini qush,odam tilini odam tushunadi deyishsa kerak.Yana shunaqa kasblardan o'qituvchilikni olsak, xushmuomalik,bolalarni o'ziga qarata olish,shu bilan birga,dars davomida turli xil o'yinlar orqali o'tishi mumkin. Mening shaxsiy fikrimga to'xtaladigan bo'lsam,robotlardan faqat insoning jismonan qila olmaydigan kasblarga(kon bo'yicha,tog'ni parmalash) mexanizatsiya qilinishi nur ustiga a'lo nur bo'la oladi deb bilaman.Bir narsani yodda tutishimiz kerak,balki u bizga nimadir berar,lekin oxirida hamma narsamizni tortib olishi mumkin.Xuddi fizik -nazariyotchi Stiven Hoking aytganidek,aqlli robotlar foyda keltirayotgani rost,ammo ertaga ular o'zini o'zi takomillashtirishga tushsa,unda odamzod hech nima qilomaydi,ularning evolyutsion tezligi bilan musobaqada yengilamiz,deya ogohlantirgan edi. Xulosam shuki,har narsa yoxud ish rivoj topib,yuksalgani yaxshi,lekin odamzod o'zi yasagan har narsa o'ziga qarshi qurol bo'lmasligi kerak. ✍🏻:Axtamova Aziza
30Loading...
35
🗒 Esse namuna Internet asri boʻlgan XXI asrda koʻpchilik masofaviy taʼlim tizimini afzal koʻrishmoqda. Ammo baʼzilar masofadan turib onlayn taʼlim olishni oʻzlariga maʼqul koʻrishmaydi. Bilamizki, hozirgi davrda barcha ish-faoliyatlar deyarli internet tarmoqlari va kompyuter texnologiyalari asosida amalga oshiriladi. Oʻqituvchimisiz? Oʻz shogirdlaringizga uy vazifasi uchun kerakli manbaalarni internet tarmoqlari orqali yuborasiz. Biznesmenmisiz? Mahsulotingiz xaridorgir boʻlishi uchun reklama va aksiyalaringizni koʻp hollarda internet tarmogʻi orqali taqdim qilasiz. Sanasak, ayni paytda, har bir kasb uchun kompyuter texnologiyalari va internet tarmoqlaridan foydalanish ish-faoliyatining bir qismiga aylanib boʻldi. Hatto, doʻstlarimiz bilan muloqot qilishimizda ham ularning oʻrni katta. Taʼlim olishimiz ham ularsiz mushkuldek goʻyo . Xoʻsh, ular biz — taʼlim oluvchilarga qanday yengilliklar beradi, onlayn taʼlim olish qanchalik samarali? Zamon taqozosi bilan, soʻnggi yillarda, masofadan turib taʼlim olish ommalashib bormoqda. Onlayn taʼlimning bir qator afzalliklari bor: — kundalik yumushingizdan boʻsh vaqtingizga qarab shugʻullanasiz; — vaqtingizni oladigan va mablagʻ sarflashga majbur qiladigan narsalar( yoʻlga ketadigan vaqtingiz yoki ijarachi boʻlsangiz, ijara toʻlovlari )dan bezovta boʻlmaysiz; — qayerda boʻlishingizdan qatʼi nazar taniqli ustozlardan saboq ololasiz. Tanganing ikki tarafi boʻlganidek, onlayn taʼlim afzalliklari bilan kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, bizni "tayyor luqma"ga oʻrgatib qoʻyadi va natijada dangasa boʻlib qolishimiz, oʻz ustimizda ishlamay qoʻyishimiz mumkin. Ikkinchidan, bizni maqsadimiz yoʻlidan chalgʻitadigan internet tarmogʻining "sehrli toʻri"ga ilinib qolishimiz va vaqtimizning besamar ketishiga sababchi boʻlib qolishimiz mumkin . Uchinchidan, raqobat bor joyda, oʻsish, rivojlanish boʻladi. Yaʼni anʼanaviy oʻqishda oʻzimizga tengqur tengdoshlarimizdan oʻzishga harakat qilamiz va oʻzganimiz sari oʻzimizga, aniqrogʻi, maqsadimizga yetishishga boʻlgan ishonchimiz ortaveradi. Onlayn taʼlimda esa oʻzimizga oʻzimiz raqibmiz yoki koʻrmagan va tanimagan saboqdoshlarimiz bilan bunday zavqli raqobatchilik boʻlmaydi. Maqsadlar oʻxshash boʻlishi mumkin, biroq unga yetishish yoʻllari turlichadir. Kimdir onlayn taʼlimni maʼqul koʻrsa, kimdir anʼanaviy taʼlim olishni afzal koʻrishadi . Kim qaysi yoʻldan bormasin, avvalo, insonda qiziqish va qunt boʻlsa bas. Lekin yangi doʻstlar orttirib, ular bilan fikr almashib, zavqli tortishuvda vaqtingiz qiziq oʻtishiga nima yetsin?! Maqsadingizga yetganingizda, quvonchingizga sherik boʻladigan siz bilan qiyinchiliklarni birga totgan doʻstlaringiz koʻp boʻladi. Mayli, darsga qatnashga va qatnashishga mablagʻingiz ketsin. Zero, "xarajatsiz harakat "0"ga teng"dir. 🖊Esse muallifi: Erkinova Shahlo
40Loading...
36
Esse mavzusi:Ba'zilar yoshlar tarbiyasida jazo muhim o'rin tutadi ,deb hisoblashsa,zamonaviy psixologlar buni rad etadilar.O'z mulohazalaringizni bildiring. Barchamizga ma'lumki'bugungi kunda jamiyatda yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.Bu borada har kim o'z shaxsiy fikriga ega va ba'zilar bolaning to'g'ri tarbiyalanishida jazo muhim ahamiyat kasb etadi deb hisoblashsa,bugungi kun psixologlari esa bu fikrni yoqlamaydilar.Xo'sh,bola tarbiyasida jazo qanday o'rin tutadi?Buning ijobiy va salbiy jihatlari nimalardan iborat? Tabiiyki,bolaning yetuk inson bo'lib kamol topishida tarbiyaning ahamiyati katta,albatta.Zeroki,Abdulla Avloniyning ''Tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamoq,vujudimizni quvvatlantirmoq,axloqimizni kuchlantirmoq,zehnimizni rivojlantirmoq lozim'' fikrlari bejizga aytilmagan.Ba'zi ota-onalar farzand tarbiyasida xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun ularga jazo qo'llash tarafdori.Buning bir qancha afzalliklari bo'lib,ular quyidagilardan iborat:intizomni o'rganadi,unda qo'rqish hissi paydo bo'ladi va yana jazolanmaslik uchun xato qilmaslikka harakat qiladi.Masalan,bir kichik yoshdagi bola o'g'rilik qilganligi sababli ota-onasi tomonidan jazolansa,bu ishni takrorlamaydi.Agarda bu harakatga jazo qo'llanmasa,bola yana bu yo'lda davom etishi mumkin.Lekin ba'zi ota-onalar bilishmaydiki,kasalni davolash emas,uni oldini oiish kerak ekanligini. Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham bor.Har doim ham bolani qilgan aybi uvhun jazolash to'g'ri tanlov emas.Birinchidan,bolalar jazolanish natijasida kuchli stressga tushishi mumkin.Bu esa o'z navbatida turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.Ikkinchidan,bir marta jazolangandan so'ng u yana jzo bilan qutilishga o'rganib,bu yo'lda davom etish holatlari ham kuztiishi mumkin.Bejizga ''Ursang eti,gapirsang beti qotadi'',deb aytilmagan.Bundan tashqari,bu o'zaro munosabatlarning sovishiga ham sabab bo'ladi.Masalan,o'qituchi o'quvchini vazifa bajarmaganligi sababli jazolasa,o'quvchining shu fandan ham,ustozidan ham ko'ngli sovishi mumkin. Bu borada shaxsiy fikrimga to'xtaladigan bo'lsak,farzandni jazolab emas,balki unga vaziyatni tushuntirib tarbiyalash kerak.Chunki bola ko'p tazyiq va bosim ostida qolsa,boshqa yo'llar izlashga ham intilishi mumkin.Zeroki,''Kasalni davolash emas,uning oldini olish kerak'' maqoli buning yaqqol dalilidir. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki,har bir narsa,eng avvalo,insonning o'ziga bog'liq.Chunki ba'zi yoshlar jazolangani bilan ham to'g'ri yo'lga kirmasligi mumkin,ayrimlarga esa bir gapning o'zi kifoya. Esse muallifi:Iroda Xushvaqtova
40Loading...
37
Asosiy   Yangiliklar   O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha bildirilgan fikrlarga rasmiy munosabat O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha bildirilgan fikrlarga rasmiy munosabat Yangiliklar 20-03-2024 | 7024 Bugungi kunda ta’lim tizimimiz mohiyatida ham sezilarli sifat o‘zgarishlari kuzatilmoqda. Jumladan, talabgorlarning o‘lchov vositalari haqidagi bilimlari, test sinovlari haqidagi tasavvurlari ham yildan yilga takomillashib borayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa, ma’lum bir test sinoviga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan talabgorning mazkur test sinovi haqidagi, xususan, test sinovining maqsadi, vazifalari, test topshiriqlarining formati, test variantining tuzilishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqish lozim ekanligini anglab yetgani quvonarli holdir. Ta’kidlash joizki, bu kabi ma’lumotlar aks etgan fanga oid tafsilotlar, namunaviy test topshiriqlari Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan. Shuningdek, o‘tkazilgan har bir milliy sertifikat imtihonlari natijalarining ilmiy tahlili keng jamoatchilikka ma’lumot sifatida taqdim etib borilmoqda. Bilim va malakalarni baholash agentligi umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi doirasida o‘tkazayotgan milliy sertifikat imtihonlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda pedagogik o‘lchov vositalarining formati, mazmun-mohiyati borasidagi e’tirozlar fuqarolar tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 17-martda o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fanidan bilish darajasini baholashga qaratilgan test sinovi hamda foydalanilgan test topshiriqlari muhokamasiga oid fikrlar ham jamoat e’tiborini tortdi. Quyida keng jamoatchilik muhokamasidagi ayrim e’tirozlarga munosabat bildirib o‘tamiz. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, test topshiriqlarining tahlil qilinishi, e’tirozlar bilan bir qatorda e’tiroflar ham mavjudligi quvonarli hol, albatta. Ayrim talabgorlar test topshiriqlarining validligi, baholash tizimining taʼlim ishtirokchilariga taʼsiri borasida fikr yuritgan bo‘lsa, ayrimlarini yozma ishga qo‘yiladigan talablar va ularni tekshiruvchi fan ekspertlari, test topshiriqlarini aprobatsiyadan o‘tkazilganligi, apellyatsiya jarayonining qanday tartibda kechishi qiziqtirgan. Esse yozish jarayonida buyuk shaxsdan iqtibos keltirilishi kerakligi borasida, shuningdek, so‘zlar soni xususida qatʼiy talab mavjud emas. Lekin talabgor mavzu doirasida o‘z fikrlarini dalillar asosida yoritishi lozim. Tajribaga ko‘ra, so‘zlar hajmi belgilansa, talabgor o‘z fikrlarini to‘liq bayon etgan bo‘lsa-da, so‘zlar sonini belgilangan talabga yetkazish maqsadida sunʼiy tarzda esseni davom ettirishga majbur bo‘ladi. Esseni tekshirish jarayoni avtomatlashtirilgan bo‘lib, platforma tekshiruvchilarga ixtiyoriy esse (tanlama usulda) talabgorning ism va familiyasi ko‘rsatilmagan holda yuboriladi. Ayrim e’tirozlarda badiiy asarlar bo‘yicha berilgan test topshiriqlari talabgorlarning xotirasini sinashga yo‘naltirilganligi, shuningdek, test topshiriqlarini shakllantirishda Blum taksonomiyasi inobatga olinmaganligi iddao qilingan. O‘zbek tili va adabiyot faniga oid test topshiriqlari tafsilotida test variantida quyi (bilish, tushunish, qo‘llash) va yuqori (analiz, sintez) darajadagi kognitiv ko‘nikmalarni baholashga qaratilgan test topshiriqlari mavjud bo‘lishi belgilangan. Blum taksonomiyasiga ko‘ra kognitiv sohaning har bir darajasi uchun BILISH darajasi asos vazifasini bajaradi. Badiiy asarlar bo‘yicha berilgan test topshiriqlari tanlangan asarning asosiy voqealari bilan bog‘liq, asar syujetini, qahramonlar xarakter-xususiyatini bilish, voqealar bayoni va mazmunini tahlil qila olishga oid, mayda detallarga yo‘naltirilmagan savollar hisoblanadi. “San’atkor” hikoyasining badiiy tahliliga tegishli test topshiriqlari ham keng jamoatchilik muhokamasida. Ijtimoiy tarmoqlarda asardagi traktorchi obrazi haqida berilgan test topshirig‘iga oid g‘aliz tahlillarga duch kelmoqdamiz.
50Loading...
38
#Esse Oxirgi paytlarda alifboga o'zgartirish kiritish bo'yicha berilgan takliflar munozarali mavzuga aylandi. Ko'pchilik bunga ijobiy munosabat bildirmoqda, ayrimlar esa islohotga butunlay qarshi. Sir emaski, so'nggi paytlarda lotin alifbosiga ayrim islohotlarni kiritish keng jamoatchilikning e'tiborini tortgan va ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'layotgan masala sifatida ko'ndalang turibdi. Aksariyat insonlar sodir bo'lishi kutilayotgan ushbu o'zgarishlarni ijobiy baholab, qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsa, ayrimlar esa islohotning bir qator salbiy tomonlari borligini ta'kidlashmoqda . Xo'sh, yuqoridagi mulohazalardan qay biri o'rinli? Darhaqiqat, o'zbek tili alifbosidagi to'rtta harfni isloh qilish jamiyatimizda o'z faoliyatini olib borayotgan turli soha vakillari uchun afzalliklari va qulayliklari talaygina. Shu o'rinda shuni ta'kidlab o'tishimiz joizki, tobora shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan axborot asrida raqamlashtirish ham muhim sohalardan biriga aylanib ulgurdi. Ammo lotin alifbosidagi ayrim harflar , aniqroq aytadigan bo'lsak, qo'shharflar hamda o' va g' harflari aynan raqamlashtirish tizimida , shu bilan bir qatorda , gazeta, jurnal hamda turli saytlarda o'zbek tiliga oid kontentlarni ta'minlovchi noshirlar uchun bir qator noqulayliklar va muammolarni keltirib chiqarayotgani kundek ravshan. Alifbodagi ushbu muammoli 4 harfga o'zgartirish kiritish bilan yuzaki qaralganda mayda, ammo, aslini olganda, jiddiy muammolarni bartaraf etgan bo'lamiz. Qolaversa, alifboni qisman isloh qilish hayotimizning talay jabhalarida o'z o'rnini egallab ulgurgan ijtimoiy tarmoqlarda ham o'zbek tilida muammolardan holi, mukammal va sifatli kontent va materiallarni yetkazib berishda bir qancha yengilliklar yaratadi va , eng asosiysi , bu orqali tilning ravnaq topishi uchun imkoniyatlar eshigini ochadi. " Guruch kurmaksiz bo'lmas" , -- deganlaridek, lotin alifbosiga o'zgartirish kiritish ham ma'lum o'rinlarda zararli oqinatlarga olib kelishi mumkin . Jumladan , ko'p vaqtdan beri amaldagi alifboga asoslangan bir qancha kitoblardan , darsliklardan foydalanib, ko'plab ma'lumotlar va kontentlarni "iste'mol qilib " kelmoqdamiz. Shu boisdan alifboga bir qator islohotlar kiritish aholining turli qatlamlari orasida savodsizlikni va ayrim o'rinlarda harflar masalasida chalkashliklarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas, albatta. Biroq bundan-da jiddiyroq masala bu alifboni isloh qilish orqali yuzaga keluvchi ko'p miqdordagi ortiqcha xarajatlardir. Aniq faktlarga asoslanib shuni ayta olamanki, joriy yilning o'zida umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun umumiy hisobda 59.9 mln nusxa darsliklar chop etilishi rejalashtirilgan va bunga 1.15 trln so'm mablag' sarf etilgan. Alifboga o'zgartirish kiritilsa, shubhasiz, davlat byudjetiga bir qancha zarar keltirishi turgan gap. Biz yuqorida misol tariqasida faqatgina maktab darsliklarini keltirdik, ulardan tashqari millionlab, hattoki milliardlab adabiyotimiz durdonalari, ya'ni nodir asarlar , ko'chadagi, umuman tevarak-atrofimizdagi maxsus afishalar, muhim fosterlar va boshqa qimmatli qo'llanmalarni aytmasak ham bo'laveradi. Mening fikrimcha, ayrim o'rinlardagi ziyonlari tufayli ushbu islohotning davlatimiz uchun muhim hisoblangan til ravnaqi hamda raqamlashtirish sohasiga keltiradigan qator foydali jihatlariga ko'z yumish to'g'ri bo'lmaydi. Bundan tashqari, yurtimiz va ona tilimiz uchun xarajat, albatta, sarlanishi kerakligini yodimizdan chiqarmasligimiz darkor . Zero, ta'lim sohasiga tikilgan sarmoya, shubhasiz , vaqti kelib o'z mevasini beradi. Savodsizlik masalasiga keladigan bo'lsak, o'zgartirilishi rejalashtirilayotgan to'rtala harf ham tubdan o'zgarmaydi, aksincha, yozma shakliga yaqinroq tarzda isloh qilinishi kutilmoqda. Bu esa bizga qiyinchilik emas, qaytaga, har taraflama qulaylik yaratadi. Shuni ham e'tibordan chetda qoldirmasligimiz kerakki, o'zgartirilishi rejalashtirilayotgan ushbu 4 harfning klaviaturaning qaysi o'rinlariga joylashtirishning ham tizimli tartibda sxemasi tuzilib, shablonlari belgilanadi , ya'ni bu masala ham katta muammo tug'dirmaydi.
40Loading...
39
#Esse_namuna Bugungi kunda maktablarimizda o'quvchilarning bir xil forma kiyishi masalasi keng jamoatchilik muhokamasiga, turli bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda. Xo'sh, bu fikrlar qanchalar o'rinli? Yagona kiyim tanlanishi ta'lim tizimida muhim ahamiyatga egami? Yurtimizda ancha yillardan beri ta'lim maskanlarimiz o'quvchilari uchun yagona forma joriy etish masalasi ilgari surilmoqda. Bu esa qator qulayliklarga sabab bo'lishi mumkin. Avvalo, yagona kiyim tanlanishi o'quvchilar orasida ijtimoiy tengsizlikka qisman bo'lsa-da, barham bera oladi. Ya'niki, xoh badavlat oila farzandi bo'lsin, xoh kambag'al oiladan chiqqan bola bo'lsin, barchasining bir xil kiyimda bo'lishi o'zaro munosabatlarda bir-birini kamsitmaslikka, kiyimga qarab baho bermaslikka sabab bo'ladi. Ikkinchidan esa, yagona maktab formasi ta'lim muassasalarida intizom va tartibni saqlashga yordam beradi. Barcha o'quvchilarning belgilangan kiyimni kiyish orqali ularning ongida maktab ko'cha yoki hovlilaridan farq qilishi, bu maskanning o'z tartib-qoidalari bo'lishini har lahzada uqtirib turadi. Masalan, jahonning rivojlangan mamlakatlaridan bo'lgan Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH maktablarida ham ichki tartib-intizomni saqlash maqsadida yagona forma joriy etilgan. Lekin yagona maktab formasi joriy etilishining salbiy jihatlari ham yo'q emas. Ko'plab o'quvchilar, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi o'quvchilar uchun maktab formasi turli noqulayliklar tug'dirishi, bola psixologiyasiga ta'sir ko'rsatishi ota-onalar tomonidan e'tirof etiladi. Janubiy Koreya maktablarida boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun forma ta'sis etilmaganligida shu jihatlar inobatga olingan bo'lsa, ajab emas. Keyingi o'rinda esa narx masalasi turadi. Ya'ni, ko'p bolali oilalar uchun maktab formasini sotib olish biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Sababi, sifatli maktab formalari qimmat, har bir bola uchun ham yozgi, ham qishki maktab formasini sotib olinishi hisobga olinsa, ota-onalarning topgan puli maktab uchun kiyim olishga ketishi mumkin. Umuman olganda, maktab uchun yagona kiyim bo'lishi yaxshi, ammo bu bolaning individualligini cheklamasligi, qulay bo'lishi har jihatdan muhim. Bu borada Germaniya tajribasini namuna sifatida keltirsak bo'ladi, nazarimda. Bu davlatda barcha maktablardagi o'quvchilar o'zlariga yoqqan dizaynda birgalikda yagona maktab formasini joriy etadilar. Bu usul orqali ham bolani ijodkorlikka, ham erkinlikka o'rgatish mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, bu masalada ta'lim mutasaddilari "oltin oraliq"ni saqlay olishlari lozim. Ya'ni, maktablarda ochiq-sochiq kiyinishni taqiqlagan holda, ba'zi bir qulay kiyimlarni kiyishga ruxsat berishsa, o'ylaymanki, maqsadga muvofiq bo'ladi. ✍️Gulxida Husenova
40Loading...
40
Esse mavzusi: Mualliflik huquqi buzilishi Òzbekistonda odatiy holat.Siz bunga qanday qaraysiz? Zamon rivojlangani sari yurtimizda kòplab saviyali asarlar yaratilmoqda. Albatta ,muallifdan bunday asarlarni yaratishda anchagina bilim,vaqt va mashaqqat talab etiladi.Shunga kóra,bu asarlarni óģirlaydigan ya'ni mualliflik huquqini buzadigan odamlar ham oramizda yòq emas. Xòsh,mualliflik huquqini buzilishiga sabab nima? Hozirgi davrning global muammolaridan biri mualliflik huquqi buzilishi hisoblanadi. Mualliflik huquqi nima? Bu tushuncha -keng ma'noda fan,adabiyot,san'at asarlarini yaratish,foydalanish va qonuniy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yiģindisi.Shu bilan birga muallif óz asariga nisbatan bir qancha shaxsiy huquqlarga ega.Masalan,muallif sifatida e'tirof etish,asarni òz ismi,taxallusi yoki anonim tarzda e'lon qilish,asar daxlsizligiga bólgan huquq va hokazo.Shuningdek,bu huquq asar yaratilayotgan boshlab,muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin 70 yil amal qiladi. Afsuski, ayni paytda bunday huquqlarning buzilishi odatiy holga aylanib qolgan.Menimcha, bunday huquqbuzarlik holatlari huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyat yetishmovchiligining natijasidir. Ayniqsa,bu òģrilik internet tarmoqlarida kóp uchraydi."Google" platformasida bunga juda kóp misollar kórishimiz mumkin.Ba'zi bir insonlar borki,taptortmasdan muallif ruxsatisiz asarni òzlashtirib oladi.Bu óģrilik sanaladi. Jinoyat esa jazosiz qolmaydi. Bunga mashhurlar hayotidan misol keltiraman.Yulduz Usmonova "Xasta bólma" nomli qòshiqni óģirlaganini bilarmidingiz yoki xonanda Sanjar tomonidan òģirlangan "Karvon kòrdim" qòshiģini-chi? Mana bular ham mualliflik huquqining buzilishiga yaqqol misol. Xulosa qilib aytganda, inson bir ishni qilishdan oldin obdon òylab,qonun doirasida ham,odamiylik tomondan ham tóģri fikrlashi maqsadga muvofiq,fikrimcha. Sababi har bitta qilingan ish halol bólmoģi lozim. Halol bólmagan ishda hech qanday manfaat yóq. Zero, xalqimiz ta‘kidlaganidek:"Harom luqma yuqmaydi". Esse muallifi: Abdullayeva Iroda
40Loading...
Esse BUGUNGI KUNDA MUZEYLARGA BORIB TOMOSHA QILISHGA EHTIYOJ QAYDARAJADA DEB O'YLAYSIZ? SIZNINGCHA MUZEYLARGA VIRTUAL SAYOHAT QILGAN BILAN ODDIY TASHRIF BUYURISHNING QANDAY FARQI BOR? Jonli tariximiz koʻzgusi boʻlgan muzeylar hamisha insonlar oʻzligini anglashi uchun katta ibrat maktabi boʻlib kelmoqda.Bugungi rivojlangan zamonda barcha sohalarda boʻlgani kabi muzeylarni borib ekskursiya qilish va hatto virtual tomosha qilish imkoniyatiga ham egamiz.Bu ikki tashrifning qay biri kuzatuvchi uchun afzalroq? Umuman olganda bugun muzeylarni tomosha qilishga ehtiyoj qay darajada? Muzeylar oʻtmish bilan bugunni bogʻlab turuvchi maʻnaviyat koʻprigi sanaladi. Bu maskanga tashrif buyurgan har qanday yoshdagi oʻquvchi boʻladimi yoki boshqa bir soha vakilimi farqi yoʻq.Birdek zavq oladi Statistik maʼlumotlarga qaraganda bugungi kunda dunyoda yuz mingdan ortiq muzeylar mavjud.Birgina Oʻzbekistonning oʻzidayoq 128 ta muzeyning borligi ham yurtimizning tarix sahnidagi oʻrni qanchalik yirik ekanini koʻrsatmoqda.Koʻpchilik insonlar muzeylarni borib oʻz koʻzlari bilan tomosha qilishninafzal bilishadi va hatto uzoq mamlakat muzeylariga ham tashrif buyurishadi.Ularning fikricha eksponatlarni yaqindan jonli koʻrish hamisha oʻzgacha boʻlib , kishiga estetik zavq hamda hayrat baxsh etadi.Muzey xodimlaridan har bir narsa haqida alohida maʼlumotlarga ega boʻlinadi. Masalan , Rossiyaning eng yirik muzeylaridan biri boʻlgan Ermitajning yiliga 3,5million tomoshabin koʻrgani kelishi esa dunyoda tarix ixlosmandlarining koʼpligidan dalolat. Lekin bugungi globallashgan zamonda odamlar ish va kunlik tashvishlar sabab har doim ham muzey va boshqa joylarga borib madaniy hordiq chiqarishga vaqt topa olmaydilar. Bundan tashqari bunday tomoshalar anchagina mablagʻ ham talab etadi.Shuning uchun aksariyat hollarda odamlar bunday goʻzal goʻshalarni online sayohat qilishni maʼqullaydilar ."Zamonamdan oʻrgilay" deganlaridek, bugun istalgan tarixiy majmua yoki muzeylarni uydan turiboq xuddi oʻsha yerda yurgandek tomosha qilish imkoniyatini beradigan ilovalar ham yaratilgan.Masalaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki , bugun muzeylarga talabning kamligi faqat ham vaqt , mablagʻ iqtisodiga borib taqalmaydi.Ayniqsa ,yoshlar orasida bunga xohish kam.Fikrimcha, buning sababi jamiyatimizda muzeylar va tarix haqida yetarli darajada tushuncha yoʻqligi deb oʻylayman.Vaholanki oʻzim ham borib korishdan koʻra u haqida internetdan oʻrganishni tanlayman Soʻzimizni muxtasar qiladigan boʻlsak, kelajagimizning porloq boʻlishi uchun oʻz tariximizni bilishimiz , undan ibrat ola olishimiz kerak Shunday ekan xoh virtual sayohat yoinki, jonli tashrif boʻlsin, ulardan yetarli ilmlarni olishimiz darkor.Zero, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov taʼkidlagalaridek: ,, Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq ". @esse_insho_namunalari
Показати все...