cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

TDIU SF | Olim Murtazayev

TDIU Samarqand filiali direktori O.Murtazayevning rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @TDIU_SF_direktoriga_murojaat_bot

Більше
Рекламні дописи
228
Підписники
Немає даних24 години
-27 днів
-1030 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#yangiliklar TDIU SFda "Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes" kafedrasining 5230100-(qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti), 5230100-Iqtisodiyot(Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti) yo‘nalishi talabalari uchun 20.06.2024 sanasida BMI himoyasi boshlandi. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показати все...
#yangiliklar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga Chexiya Respublikasidan 23 nafar xorijlik talabalar “Summer school Samarkand” loyihasi doirasida yozgi maktab davom etmoqda. Maqsad: ishtirokchilarning xalqaro savdodagi zamonaviy tendentsiyalar va amaliyotlar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish. - Iqtisodiy siyosat va ularning xalqaro savdoga ta'sirini baholash uchun tahliliy ko'nikmalarni rivojlantirish. - ishtirokchilarni xalqaro kompaniya va tashkilotlarda ishlashga tayyorlash hisoblanadi. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#yangiliklar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga Chexiya Respublikasidan 23 nafar xorijlik talabalar “Summer school Samarkand” loyihasi doirasida yozgi maktabga qatnashish uchun tashrif buyurishdi. Malumot uchun:👇 Chexiyaning Chexiya hayot fanlari universiteti (CZU), Kimyo va texnologiya universiteti, Praga (UCT) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali bilan hamkorlikda joriy yilning 15-30-iyun sanalarida Summer School (Yozgi maktab) tashkil etish rejalashtirilgan edi. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показати все...
00:03
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Аssalomu alaykum hurmatli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar! Islom dunyosining axloqiy, ma'naviy-marifiy, diniy va dunyoviy markazlaridan bo'lgan yurtimizda ham muborak Qurbon hayiti keng miqyosda har yili nishonlanadi. Ushbu bayram bilan xalqimizni, muslim va muslimalarni chin yurakdan muborakbod etaman. Qurbon hayiti – ulug' bayram. Shuning uchun bu kunni yaqinlarimizni yo'qlab ularning holidan xabar olish, yoshi ulug'larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko'rsatish, oilalarga xursandchilik ulashish va bayramning ko'rkiga ko'rk qo'shadigan amali solihlar bilan o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Hayit kunlarini g'animat bilib, barcha gina-kuduratlarni unutib, kechirimli bo'lish musulmon kishiga xos bo'lgan go'zal fazilatlardandir. Ushbu muborak ayyomda davlatimiz rahnamoligida yurtimiz ravnaqi, diyorimizning osoyishtaligi, xalq farovonligi yo'lida olib borilayotgan barcha xayrli ishlarda Yaratganning o'zi madadkor bo'lishini so'rab qolamiz. Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan siz azizlarni samimiy muborakbod etaman! Mehribon Alloh taolo barcha ibodatlarimizni qabul aylab, ezgu maqsadlarimizni amalga oshirishda O'zi madadkor bo'lsin. Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin!
Islom dunyosining katta bayramlaridan biri sanalgan ushbu bayramda, siz azizlarga baxt-saodat, mehr-oqibat, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilab qolaman.
TDIU Samarqand filiali O.Murtazayev.
Показати все...
1.67 KB
#yangiliklar ⚜️“Biz yoshlar giyohvandlik va psixotrop moddalarni tarqalishiga qarshimiz” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.⚜️ Davra suhbatida filial yuriskonsulti M.Xolmatov, buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari.Eshonqulov va talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, salbiy illatlarning oldini olishda yoshlar bilan individual ishlashning dolzarb vazifalari, giyohvandlik va psixotrop vositalar haqida ma’lumotlar berilib, ularning inson ruhiyatiga qattiq ta’sir etishi haqida ogohlantirilib o‘tildi. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показати все...
⚜️“Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda odam savdosiga qarshi kurash” mavzularida tadbir o‘tkazildi.⚜️ 🔰2024-yil 14-iyun filialida davra suhbatida iqtisodiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Qo‘ziboyev, filialga biriktirilgan profilaktika inspektori D.Shodmonov ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi. ✅Shuningdek tadbir davomida talabalarga dunyo xalqlarining jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash, uning salbiy oqibatlari, turli firmalar fuqarolarni aldab, pulini olib chet elga ishga yuborish to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar berib vatandoshlarimizni sarson bo‘lishi holatlariga e’tibor qaratish haqida ma’lumotlar berildi. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показати все...
#yangiliklar Joriy yilning 14-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali "Buxgalteriya hisobi va moliya" fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) mutaxassisligi bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo'yicha davlat attestatsiyasi bo’lib o’tmoqda. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показати все...
#yangiliklar #malakaviy_ishi_himoyasi Bugun TDIU SF Iqtisodiyot fakulteti "Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologoyalari" kafedrasida 5234100 - Raqamli iqtisodiyot ta'lim yo'nalishi bitiruvchi bosqich  talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo'lib o'tmoqda. BMI himoyasida bitiruvchilar o'z ishlarini himoya qilgan holda YaAK a'zolari tomonidan berilgan savollarga javob bermoqdalar. TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Показати все...
Перейти до архіву дописів