cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

Kelajak Muhandislari O'quv markaziga Xush kelibsiz!!!!! Manzil:Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Nuriston shaharchasi "Talimarjon IES" UK Poliklinikasi orqa tomonida. Murojaat Uchun ADMIN: @BekzoD_BahromoV +99893 153-94-94 Murojat qiling.

Більше
Рекламні дописи
1 453
Підписники
-324 години
-27 днів
-830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab: davlat buyurtmasi parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari mustasno; davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni endi davlat grantlari falon universitet uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant o‘rni bo‘lmaydi, balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi. Bunda respublikadagi barcha OTMlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin. Rejaga ko‘ra, davlat grantining barcha kvotasini bitta OTM olib qo‘yishining oldini olish maqsadida OTM uchun 50% lik cheklov qo‘yiladi.
Показати все...
Bu degani endi Xususiy OTMlar ham test asosida qabul qiladi.
Показати все...
Repost from Xushnudbek.uz
Endi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda UzBMB test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin. Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Repost from Davlat Test Markazi
⚡️2024-йилда абитуриентлар қайси фанлардан имтиҳон топширишади? 2024/2025-ўқув йили учун бакалавриат таълим йўналишлари ва уларга мос тест синови (касбий (ижодий) имтиҳон) топшириладиган фанлар мажмуаси тасдиқланган. 2024/2025-ўқув йили қабул параметрлари тасдиқланганда янги ташкил этилган таълим йўналишлари фан мажмуалари қўшимча тасдиқланади. Сафимизга қўшилинг! 👉 @davlattestmarkazi
Показати все...
Repost from Xushnudbek.uz
00:57
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi? #abituriyent Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi. Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi. ✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi. ✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman: https://t.me/xushnudbek/20721 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
Testdan soʻng abituriyentga yoʻnalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi Avval test, keyin yoʻnalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada eʼlon qilinadi. Tayyor boʻlgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi. Yoʻnalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin. @crazyphysics
Показати все...
Yopilgan xususiy OTM talabalari o’qishini Davlat OTM ga ko’chirish uchun imtihon topshirishlari shart. Ya’ni yana test topshiradi sobiq DTM ga.
Показати все...
Navbatdagi yigirma nechchinchidir yopilgan xususiy OTM
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Диққат ⚡️Тошкент технологиялар университети лицензияси бекор қилинди. 👇🏻👇🏻 https://telegram.me/joinchat/SDdS2FAiH5e4grs5
Показати все...