📱BoSs Electronics
Відкрити в Telegram
Хуш келибсиз!!!🇺🇿 📍Манзил: Бағдод шахарчаси Халқ банки ёнида "BoSsElectronics" дукони‼️ 📞+998 99-603-07-07 📩 Founder: @UlugXanBosS
Показати більше2 103
Підписники
Немає даних24 години
+207 днів
+17930 день
Архів дописів
2 103
Google Pixel 10 smartfonlarida batareya sig‘imini vaqt o‘tishi bilan cheklaydi
Google Android Authority nashriga ma’lum qilishicha, Pixel 10 seriyasining barcha modellarida o‘chirib bo‘lmaydigan “Battery Health Assistance” funksiyasi bo‘ladi. Ushbu tizim batareya sog‘lig‘ini nazorat qilib, maksimal quvvatlanish darajasini avtomatik ravishda pasaytiradi.
Funksiya 200 ta quvvatlash siklidan boshlab ishlaydi va asta-sekin 1000 siklgacha maksimal quvvatlanish foizini kamaytirib boradi. Albatta, bu bir martalik quvvatlashda ishlash vaqtining qisqarishiga olib keladi. Google bu qaror smartfonlarning uzoq muddatli ishlashini ta’minlash uchun qabul qilinganini ta’kidlamoqda.
Shu bilan birga, boshqa ishlab chiqaruvchilar — masalan, Samsung va Oppo — o‘z qurilmalarida 1600–2000 ta siklni kafolatlashadi. Bu chegaraga yetgach, batareya quvvati 80% gacha kamayadi. Google’ning chegarasi esa ancha past — 1000 sikl.
Avvalroq Google xuddi shu usuldan foydalangan: Pixel 9a modelida maksimal quvvatlanish darajasi cheklangan edi. Bunga sabab — ayrim qurilmalarda yong‘in xavfi yuzaga kelgani haqidagi xabarlar bo‘lgan.
😎@BoSs_Electronics😎
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
