cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Yosh fermerlar

O'zbekiston yosh fermerlari Kengashining Telegramdagi rasmiy sahifasi Web: http://yoshfermer.uz Facebook: https://www.facebook.com/yoshfermer Instagram: https://www.instagram.com/yoshfermer Youtube: https://youtube.com/@yoshfermer5215

Більше
Рекламні дописи
4 128
Підписники
+124 години
+47 днів
-1430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Qayd etilishicha, 2023-yilda parrandachilik tarmogʻida 253 ta loyiha amalga oshirilib, bunday xoʻjaliklar soni 1 ming 300 taga yetgan, 4 mingta yangi ish oʻrni ochilgan. Kelgusidagi istiqbolli loyihalar uchun xalqaro tashkilot va banklardan 420 million dollar jalb qilinmoqda.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
👩🏼‍🌾"O'zbekiston yosh fermerlari Kengashi" Xalqaro fermerlar kuni bilan muborakbod etadi! ⚡️Dasturxonimizni bezatib turgan turli noz-ne'matlarni tun-kun demay, issiq-sovuq demay, mehr bilan yetishtirayotgan dehqonlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ushbu bayram bilan tabriklaymiz. Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda👇 Web | Telegram | Facebook | Instagram |YouTube
Показати все...
2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🇺🇿🇮🇹 Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiyaning Tushia universiteti (Tuscia University) o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan Italiyaning Tushia universiteti (Tuscia University) magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun grand tanlovini e’lon qiladi. 📎Tanlov uch bosqichda bo‘lib: ✅birinchi bosqichda talabgor mazkur havola orqali ariza to‘ldiradi. ✅ikkinchi bosqichda nizom talablariga javob bergan talabalar (ta'lim yo‘nalishiga qarab) bir ta’lim dasturi dekani tomonidan suhbat qilinadi va suhbat natijasiga ko‘ra universitetga qabul qilinadi. ✅uchinchi bosqichda universitetga qabul qilingan nomzodlar vazirlik stipendiyasi uchun quyidagi hujjatlarni topshiradi: a) quyidagi havola orqali onlayn shakldagi ariza; b) amaldagi xorijga chiqish pasporti; d) bakalavr diplomi *(agar talabgor so‘nggi bosqich talabasi bo‘lsa, bakalavr darajasini 2024-yil 31-iyulga qadar olishi to‘g‘risida ingliz tilida ma’lumotnoma); e) Davlat imtihoni natijalari ko‘rsatilgan diplom ilovasi (yoki ma’lumotnoma – Reyting daftar tarjimasi) va baholash tizimi haqida ma’lumotnoma; f) B2 darajadagi ingliz tili sertifikati (IELTS, CAE, TOEFL, Pitman, ESD, Pearson) yoki to‘liq ingliz tilida o‘qitiladigan bakalavr dasturida qatnashganligini tasdiqlovchi hujjat; g) ingliz tilida yozilgan ma’lumotnoma (CV); h) Qiziqishlari haqida (Motivatsiya xati) insho; j) O‘qishga qabul qilinganlik xati (acceptance letter – ikkinchi bosqichdan muvafaqqiyatli o‘tgan nomzodlarga beriladi). 📧Qo‘shimcha savollar uchun [email protected] email ga murojaat qilishingiz mumkin. 📄Arizalar 2024-yilning 1-iyuliga qadar qabul qilinadi. Arizalarni qabul qilish muddati Tushia Universiteti tomonidan uzaytirildi, o’qishga qabul qilinish va grant olishdagi GPA talablari yengillashtirildi.
Eslatma: grant loyihasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilingan talabalarning o‘qish xarajatlari to‘liq qoplanadi!
🔗Nizomni yuklab olish 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показати все...
05:21
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Vazir nohaqliklarga uchraganini ochiq aytib berdi O‘zbekistonda ham xalqqa yaqin vazirlar bor ekan. Hatto kimdir ustidan kulganigacha ochiq ayta olishni o‘zi jasorat. Nohaqliklarga uchraganini aytish esa fantastika. Shunday emasmi?
Показати все...
video_2024-06-24_09-21-19.mp421.65 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
DIQQAT, TANLOV! 🇺🇿🇪🇬Misr Arab Respublikasining "Nile-sugar" kompaniyasi shakar ishlab chiqarish korxonasi uchun nom tanlash va logotip yaratish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. 📌Tanlov shartlari: 1. Madaniy uyg‘unlashuv: Korxona nomi va logotipi O‘zbekiston va Misr madaniyatlariga xos elementlarni muvofiq ravishda uyg‘unlashtirishi, o‘zaro an’analar va xalqaro hamkorlik jihatlarini qamrab olishi kerak. 2. Innovatsion yondashuv: Nomi va logotipi qishloq xo‘jaligi sektoridagi dinamika va innovatsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni aks ettirishi kerak. 3. Kompaniyaning yondashuvi va qarashlari: Ular kompaniyaning yondashuvi va qarashlarini ifodalashi va xalqaro e’tiborni jalb qiluvchi istiqbolli brend bo‘lishi kerak. 4. Brendning o‘ziga jalb qiluvchanligi: Nomi va logotipi bir ko‘rishda esda qolarli bo‘lishi kerak. Logotipni tayyorlash me’yorlari: ✏️Yangi korxona nomi va logotipi uch tilda (o‘zbekcha, arabcha, inglizcha) raqamli formatda yaratilishi, har bir til bo‘yicha qisqacha tushuntirish va tavsif berilishi hamda maketli va maketsiz shaklda taqdim etilishi lozim. Logotipning texnik xususiyatlari va tanlov shartlari haqida ma’lumot olish uchun qo‘shimcha qilingan Ilovani diqqat bilan o‘qing. 🏆Tanlov g‘oliblari Misr Arab Respublikasining "Nile-sugar" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan komissiya tomonidan aniqlanadi. Mukofotlar: 🥇 1-o‘rin: 15,000 AQSH dollari 🥈2-o‘rin: 10,000 AQSH dollari 🥉 3-o‘rin: 5,000 AQSH dollari Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlar muallif yoki firma haqidagi ma’lumotlar bilan birga joriy yilning 15-iyuligacha [email protected] elektron manziliga yuborilishi kerak. 🔗Tanlov shartlari bilan batafsil tanishish 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Показати все...
✅Qashqadaryoda yoshlar oyligi doirasida unumdor bo’sh dalalar, g’alladan bo’shagan yer maydonlari yoshlarga takroriy ekinlar ekish uchun ajratib berilmoqda. ➡️ Batafsil
Показати все...
Surxondaryoda o‘rik eksporti boshlandi 🇺🇿O‘ziga xos iqlimi va tabiati sabab yurtimizda birinchilardan bo‘lib, erta bahordan meva-sabzavot mahsulotlari pishib yetiladigan Surxon vohasi, Termiz tumanida shu kunlarda o‘rik hosilini yig‘ishtirib olish mavsumi boshlandi. 🍑Tumanning “Xalqobod” mahallasi hududida joylashgan “SPN Humoagro” MChJning 58 gektarda ekilgan o‘rikning Turkiya, Italiya va Gretsiya kabi davlatlardan keltirilgan 18 turdagi ertapishar, hosildor navlari pishib yetildi. 🛫O‘rik kunlik terib olinib, Rossiyaga eksport qilinmoqda hamda mahalliy aholi iste’moli uchun ichki bozorlarga chiqarilmoqda. ✅“SPN Humoagro” MChJ tomonidan bu yilgi mavsum davomida 1,5 ming tonnaga yaqin o‘rik hosilini yig‘ishtirib olish va eksport qilish rejalashtirilgan bo'lib, hozirda 600 nafar mavsumiy va 16 nafar doimiy ishchi oʻrni yaratilgan. Bog'ning har bir gektaridan qariyb 25 tonnadan hosil olinmoqda.
Показати все...
⚡️Yoshlar agrar sohada ulkan burilish yasovchi katta kuch demak 🔝Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Surxondaryo viloyatiga ishchi tashrifi doirasidagi navbatdagi obyekt Sherobod tumanidagi “Shayman bobo” fermer xo’jaligi bo’ldi.
Vazir bu yerda yoshlar bilan uchrashdi hamda ularning agrar sohada bugungi kunda tutgan o‘rni, shuningdek, yoshlarga aynan qishloq xoʻjaligida bugun kechiktirmasdan amalga oshirish lozim boʻlgan agrotexnik tadbirlar haqida aynan shu fermer xo‘jaligi misolida tushuntirish berib o’tdi.
💬Vazir Ibrohim Abdurahmonov o’z navbatida yoshlarga bo‘lib berilgan yerlardan samarali foydalanishish yoʻllari haqida gapirar ekan, 20 nafar yoshlarga 50 sotixdan jami 10 gektar yer berib, ularning mehnat bilan bandligini taʼminlashning ahamiyati, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirgan taqdirda hosilning mo‘l bo‘lishi, umuman olganda yoshlarni agromadaniyatga o‘rgatish zarurligini aytib o‘tdi.
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Yer ajratish bilan bog‘liq huquqiy nizolar va ularni hal qilish masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi
🎙Suhbat spikerlari: ➖O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; ➖Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassislari. ⏰Ovozli chat 14-iyun kuni soat 16:30da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi. 📥 Savollaringizni @huquqiy_gap telegram kanalida izohlarda qoldiring. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Bilasizmi ✅ Qonunchilikka ko'ra, 2026-yil 1-yanvargacha tomorqa yer egalari bilan kooperasiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga omborxonalarni jihozlash, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so'mdan ortiq bo'lmagan hajmda subsidiya berilishi belgilangan. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.