cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

nambiolog

Biologiya fani o`qituvchilari uchun metodik yordam kanali. Murojaat uchun: @Qahramon_Niyozov Internetdagi manzil: http://nambiolog.zn.uz/ https://mover.uz/channel/biolog/ Rasmiy bot: https://t.me/nambiolog_bot Muhokama: https://t.me/nambiolog_group

Більше
Рекламні дописи
2 422
Підписники
Немає даних24 години
-77 днів
-3530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati eʼlon qilindi.
Показати все...
823-tadbirlar ro'yxati 2024-2025.pdf3.09 KB
👍 1
ommalashtirish.uz platformasi mart oyidan boshlab ishga tushadi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-fevralda “Oʻqituvchilarni ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 32-sonli buyrugʻi qabul qilindi. Unga ko'ra: bir oy muddatda amaldagi ommalashtirish.uz platformasini takomillashtirilgan tartibi bo'yicha Respublika ta'lim markazining budjetdan tashqari mablag'lari hisobidan qayta ishlab chiqiladi va foydalanishga topshiriladi. joriy yilning mart oyidan takomillashtirilgan tartib asosida ommalashtirish.uz platformasi orqali metodik ishlarni qabul gilish jarayonlarini tashkil etiladi.
Показати все...
32-buyruq ommalashtirish.pdf6.36 KB
👍 2
👨‍🏫 Endi ishga yangi kirgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin! 🇺🇿Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi. Unga koʻra maktabdan 20 ballik maʼlumotnoma berish amaliyoti bekor qilindi. 📝Bu esa endi ishga kirgan pedagoglarga ham oʻz ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiya ishtirok etish imkoniyatini beradi. ✍️Nizoming 4-bandiga koʻra pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Показати все...
Ta'lim nazorati

⚡️Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi ✅ 2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi. ➖ Unga ko‘ra: ➖2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda: ➖malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi; ➖maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

👍 1
02:04
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Демонстрация_формирования_речи_на_магнитно_резонансная_томографияМРТ@nambiolog.mp423.34 MB
👍 1
02:04
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#kugazma #fiziologiya #science 🗣Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Nutq aʼzolari, nutq apparati — odam organizmining nutq tovushlari hosil boʻlishida qatnashadigan turli qismlari. Til, lab, yumshoq tanglay, hiqildoq muskullari va nafas muskulaturasidan tashkil topgan periferik nutq apparati faoliyatini bosh miya poʻstlogʻi boshqaradi. Aktiv nutq aʼzolariga til, lab, yumshoq tanglay, passiv nutq aʼzolariga esa tishlar, qattiq tanglay, burun boʻshligʻi kiradi. Nutq aʼzolari 3 qismdan iborat: 1) nafas yoʻli — nutq apparatining quyi qismi; 2) hiqildoq — nutq apparatining oʻrta qismi; 3) tomoq, ogʻiz va burun boʻshliqlari — nutq apparatining yuqori qismi. Nutq apparatining quyi qismi (nafas yoʻli) tovush chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Nutq apparatining yuqori qismi — boʻgʻiz va tomoq, ogʻiz va burun boʻshliqlari muhim nutq aʼzolari boʻlib, nutq tovushlarining rang-barang turlarini hosil qiladi.
Показати все...
Nutqning_hosil_boʻlishini_magnit_rezonans_tomografiya_MRT_da_ko.mp423.34 MB
👍 2
Gulkosachabarglari yarmigacha qo‘shilgan - a, Gultojibarglari yarmigacha yoki butunlay qo‘shilgan - b oila vakilarini ko‘rsating.Anonymous voting
  • a-beda, b-kartoshka
  • a-qora ituzum; b-qoqio‘t
  • a-soya, b-terak bargli liftok
  • a-yeryong‘oq, b-mingdevona
0 votes
Quyidagi o‘simliklarning vegetativ ko‘payish usulini aniqlang a) atirgul; b) jiyda; c) bug‘doyiq 1) parxesh usulda; 2) qalamchalar orqali; 3) piyozboshdan 4) ildiz bachkilar orqali; 5) ildizpoyasidanAnonymous voting
  • a - 2; b - 4; c - 2
  • a - 1; b - 2; c - 5
  • a - 1; b - 1; c - 5
  • a - 2; b - 2; c – 3
0 votes
O‘simliklar ekologik guruhlari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) sarsazan; 2) ro‘vak; 3) elodeya; 4) sebarga; 5) shuvoq; a) namsevar; b) suv tanqisligiga chidamli; c) suvda o‘suvchi; d) namlik yetarli muhitda o‘suvchiAnonymous voting
  • a - 2; b - 4; c - 3; d - 5
  • a - 4; b - 1; c - 3; d - 2
  • a - 3; b - 5; c - 2; d – 1
  • a - 2; b - 1; c - 3; d - 4
0 votes
👍 1
Quyidagi xususiyatlarga mos keluvchi o‘simliklarni aniqlang. a) barglari poyasi navbat bilan joylashgan bir yillik o‘t; b) barglari poyasida qarama-qarshi tartibda joylashgan ko‘p yillik o‘t; c) murakkab barg hosil qiluvchi bir yillik o‘t.Anonymous voting
  • a - pomidor va rayhon; b - kiyiko‘t va ligustrum; c - mosh va loviya
  • a - g‘o‘za va pomidor; b - yalpiz va qirqbo‘g‘im; c - yeryong‘oq va qulupnay
  • a - pomidor va g‘o‘za; b - yalpiz va kiyiko‘t; c - yeryong‘oq va loviya
  • a - kungaboqar va pomidor; b - nastarin va kiyiko‘t; c - yong‘oq va shirinmiya
0 votes
Marmarak (a) va olma (b) o‘simliklari gul tuzilishi va barglarining poyada joylashuvini aniqlang. I) to‘g‘ri gul; II) qiyshiq gul 1) navbat bilan; 2) qarama-qarshi; 3) halqa hosil qilibAnonymous voting
  • a - II, 2; b - I, 1
  • a - I, 2; b - I, 1
  • a - II, 1; b - I, 2
  • a - II, 2; b - I, 3
0 votes
👍 2