uk
Feedback
FINO - Chet elda ta'lim

FINO - Chet elda ta'lim

Закритий канал

5000+ viza | 30+ davlat | 11 yillik tajriba Grant + TOP universitetlar (QS/THE) Viza & hujjatlar bo‘yicha to‘liq yordam Murojaat: +998712006445 | @finoleadbot Contacts:https://shorturl.at/Q9KLl Info:https://t.me/c/1083018964/3899 Resuts: @finoconsulting

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу FINO - Chet elda ta'lim

Канал FINO - Chet elda ta'lim у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 17 199 підписників, посідаючи 11 557 місце в категорії Освіта та 4 597 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 17 199 підписників.

За останніми даними від 28 вересня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 51, а за останні 24 години на -58, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 29.44%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 10.66% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 5 071 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 1 837 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 24.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“5000+ viza | 30+ davlat | 11 yillik tajriba Grant + TOP universitetlar (QS/THE) Viza & hujjatlar bo‘yicha to‘liq yordam Murojaat: +998712006445 | @finoleadbot Contacts:https://shorturl.at/Q9KLl Info:https://t.me/c/1083018964/3899 Resuts: @finoconsu...”

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 29 вересня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Освіта.

17 199
Підписники
-5824 години
+6967 днів
+5130 днів
Архів дописів
Sizga eng muhimi nima?
Anonymous voting

Hech qanday Imtihon va Sertifikatsiz 100% GRANT asosida Osiyoda o‘qish! Davlat bo'yicha foydali ma'lumotlar: - 130,000+ xalqa
Hech qanday Imtihon va Sertifikatsiz 100% GRANT asosida Osiyoda o‘qish! Davlat bo'yicha foydali ma'lumotlar:
- 130,000+ xalqaro talabalar (2025); - Eng ko‘p talabalar Kuala Lumpur va Selangor hududlarida; - Eng mashhur shaharlari: Kuala Lumpur, Penang, Johor Bahru; - Talabalarning katta qismi ishlash huquqidan foydalanadi; - Bitirgandan keyin boshqa davlatlarda ham tan olinadigan diplom; - PR olish imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, o‘qishdan so‘ng ko‘plab global imkoniyatlar ochiladi; - Til sertifikatisiz bakalavrga topshirish mumkin! - yiliga 3 marta — yanvar, mart/iyul va sentabr oylarida o‘qish boshlanadi
TOP universitetlari:
‣ Universiti Malaya (UM) (QS World TOP 58) ‣ Universiti Kebangsaan Malaysia (UKM) (QS World TOP 126) ‣ Universiti Putra Malaysia (UPM) (QS World TOP 134) ‣ Universiti Sains Malaysia (USM) (QS World TOP 134) ‣ Universiti Teknologi Malaysia (UTM) (QS World TOP 153) ‣ Universiti Teknologi Petronas (UTP) (QS World TOP 251) ‣ Taylor's University (QS World TOP 253) ‣ UCSI University (QS World TOP 269) ‣ Sunway University (QS World TOP 410) ‣ Universiti Utara Malaysia (UUM) (QS World TOP 491) ‣ INTI International University (QS World TOP 509) ‣ Universiti Teknologi MARA (UiTM) (QS World TOP 542) ‣ Universiti Tenaga Nasional (UNITEN) (QS World TOP 551) ‣ Asia Pacific University (APU) (QS World TOP 597) ‣ Management and Science University (MSU) (QS World TOP 597) ‣ Universiti Malaysia Pahang (UMPSA) (QS World TOP 609) ‣ International Islamic University Malaysia (IIUM) (QS World TOP 613) ‣ Lincoln University College (QS World TOP 638)
Yo‘nalishlar:
- Arxitektura - Biznes boshqaruvi - Muhandislik - Tibbiyot va sog‘liqni saqlash - Biotexnologiya - Data Science va Sun’iy intellekt - Atrof-muhit fanlari - Psixologiya - Axborot texnologiyalari
Harajatlar:
• Oylik o‘rtacha umumiy xarajat: $500 – $800 • Yashash xarajatlari: $400 – $1,000/oy • O‘qish narxi: $1,500 – $12,000/yil
Bepul maslahat olish uchun "Malaysia" deb yozing. Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish

Відеоповідомлення00:35

“Bepul ta’lim”: Germaniyada o‘qishning to‘liq narxi Yillik xarajatlar (AQSH Dollari): -O‘qish to‘lovi: $0 -Semestr badali: $6
“Bepul ta’lim”: Germaniyada o‘qishning to‘liq narxi Yillik xarajatlar (AQSH Dollari):
-O‘qish to‘lovi: $0 -Semestr badali: $600 – $900 -Ariza topshirish: $150 – $250 -Talaba vizasi: ~$80 -Blocked account (1 yil): ~$12,300 -Tibbiy sug‘urta: $1,400 – $1,800 -Yashash joyi (12 oy): $4,800 – $8,400 -Kundalik xarajatlar: $3,600 – $5,400 (yiliga) -Hujjatlar: $250 – $400 -Aviabilet (bir tomon): $500 – $800 -Boshlang‘ich zaxira: $800 – $1,200
1-yil uchun taxminiy JAMI: $24,000 – $31,000 Germaniyada o‘qish bepul, lekin blocked account eng muhim va qat’iy talab hisoblanadi. Germaniya uchun shaxsiy va aniq byudjet hisob-kitobi kerak bo‘lsa — bizga “Germany fees” deb yozing. Batafsil Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish

🇦🇪 BAAdagi eng yaxshi 12ta universitet ro‘yxati (QS reytingi bilan) Birlashgan Arab Amirliklari bo'yicha TOP 8 ta faktlar:
🇦🇪 BAAdagi eng yaxshi 12ta universitet ro‘yxati (QS reytingi bilan) Birlashgan Arab Amirliklari bo'yicha TOP 8 ta faktlar:
- BAAda bugungi kunda 80,000+ xalqaro talaba tahsil olmoqda. - Eng mashhur talaba shaharlari — Dubay, Abu Dhabi va Sharja. - Bitiruvchilar BAA, Yaqin Sharq va global kompaniyalarda ish topishadi. - 1 yillik Graduate Visa (post-study work visa) mavjud. - Ish vizasiga o‘tish imkoniyati bor. - Uzoq muddatli yashash vizalari: Golden Visa, Talent Visa. - Oilani birga olib kelish imkoni mavjud. - Yaqin Sharq va global ish bozorida keng imkoniyatlar taqdim etiladi.
TOP Universitetlar:
1. Khalifa University of Science and Technology (Qs World TOP 177) 2. United Arab Emirates University (Qs World TOP 229) 3. American University of Sharjah (AUS) (Qs World TOP 272) 4. University of Sharjah (Qs World TOP 328) 5. Abu Dhabi University (Qs World TOP 391) 6. Ajman University (Qs World TOP 440) 7. Al Ain University (Qs World TOP 558) 8. American University of Ras Al Khaimah ( AURAK ) (Qs World TOP 591) 9. Zayed University (Qs World TOP 595) 10. Canadian University of Dubai (Qs World TOP 604) 11. American University in Dubai (Qs World TOP 678) 12. University of Dubai (Qs World TOP 851)
Ingliz tilida o'qish imkoni mavjud bo'lgan yo'nalishlar:
- Kompyuter fanlari va Data Science - Muhandislik - Biznes boshqaruvi - Iqtisodiyot va moliya - Tibbiyot va sog‘liqni saqlash - Siyosat va xalqaro munosabatlar - Media va Kommunikatsiya - Arxitektura va Dizayn - Turizm va Mehmondo‘stlik - Ijtimoiy fanlar va Pedagogika
Bepul maslahat olish uchun "GRANT" deb yozing. Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish

🇳🇿 YANGI ZELANDIYADA O'QISH — TO'LIQ QO'LLANMA (PDF, BEPUL!) Chet elda o'qishni orzu qilasizmi? Yangi Zelandiya — sifatli t
🇳🇿 YANGI ZELANDIYADA O'QISH — TO'LIQ QO'LLANMA (PDF, BEPUL!) Chet elda o'qishni orzu qilasizmi? Yangi Zelandiya — sifatli ta'lim, xavfsiz muhit va bitirgach ishlash imkoniyatlari bilan minglab talabalar tanlovi! Siz uchun Yangi Zelandiyada o‘qish bo‘yicha batafsil PDF qo‘llanma tayyorladik. PDF qo'llanmada nimalar bor:
- Eng yaxshi universitetlar va dasturlar - Kontrakt narxlari va yashash xarajatlari - Qabul uchun zarur hujjatlar ro'yxati - IELTS va til talablari - Student visa — bosqichma-bosqich jarayon - O'qish davomida ishlash shartlari - Bitirgandan keyingi qolish va ishlash imkoniyatlari
PDF qo'llanmani BEPUL olish uchun izohga shunchaki: "NEW ZEALAND" deb yozing! Biz sizga to'liq qo'llanmani yuboramiz! Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish

Talabamizning FINO bilan butun jarayoni — hech qanday editlarsiz, tabiiy holatda ko'rishingiz mumkin. - University of Law LLM (Master of Laws) Hujjat topshirishdan boshlab, qabul jarayoni va keyingi bosqichlargacha bo‘lgan jarayonni talabaning o‘zidan eshitishingiz mumkin. Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish

Vengriya davlati chet ellik talabalarga har oy pul to'laydi - siz ham nomzod bo'lishingiz mumkin Stipendium Hungaricum - Veng
Vengriya davlati chet ellik talabalarga har oy pul to'laydi - siz ham nomzod bo'lishingiz mumkin Stipendium Hungaricum - Vengriya hukumati tomonidan yo'lga qo'yilgan davlat granti. U 90 dan ortiq davlatdan kelgan talabalarga to'liq moliyaviy yordam beradi, va O'zbekiston ham ushbu ro'yxatda. Grant nimalarni qamrab oladi:
· O'qish to'lovi to'liq bekor qilinadi · Yotoqxona bilan ta'minlanadi · Tibbiy sug'urta beriladi · Har oy stipendiya to'lanadi - bakalavr va magistratura talabalari uchun ham, doktorantura talabalari uchun ham
Dastur bakalavriat, magistratura, bir bosqichli magistratura va doktorantura darajalarini qamrab oladi. Ko'plab yo'nalishlar ingliz tilida o'qitiladi - vengr tilini bilish shart emas. Keyingi ariza bosqichi (2027/2028 o'quv yili uchun) 2026-yil noyabr oyida ochilishi kutilmoqda. Bu degani - tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerak, chunki hujjatlar, til sertifikati va motivatsion xat tayyorlash vaqt talab qiladi. Hujjatlaringizni oldindan tayyorlashni xohlaysizmi? FINO jamoasi bilan bepul konsultatsiyaga yoziling, izohlarda ‘Vengriya’ deb yozing Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish

🚫 STUDENT VISADA ENG KO'P UCHRAYDIGAN TOP-5 XATO Ko'pchilik shu xatolar tufayli visa rad etiladi. O'zingizni oldindan himoya
🚫 STUDENT VISADA ENG KO'P UCHRAYDIGAN TOP-5 XATO Ko'pchilik shu xatolar tufayli visa rad etiladi. O'zingizni oldindan himoya qiling!
1. To'liq bo'lmagan moliyaviy hujjatlar — bank hisobi talab qilingan summani yopmasa, rad javobi keladi 2. Study Plan/Motivation Letter zaif yozilishi — nega aynan shu dastur va davlatni tanlaganingizni aniq asoslash shart 3. Sog'liq sug'urtasi va tibbiy tekshiruvni kechiktirish — vaqtida topshirilmasa, jarayon uzayadi yoki rad etiladi 4. Til sertifikatining muddati o'tib ketishi — IELTS/PTE/TOEFL natijalari cheklangan muddat amal qiladi 5. Noto'g'ri yoki soxta hujjat taqdim etish — bu nafaqat hozirgi arizani, balki kelajakdagi imkoniyatlaringizni ham xavf ostiga qo'yadi
FINO bilan har bir davlat bo'yicha to'g'ri hujjatlar ro'yxati va bosqichma-bosqich yo'riqnomani — BEPUL konsultatsiyada oling! Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish

MIT: dunyoning eng innovatsion universitetida o'qish qanday bo’ladi? MIT - 2026-yilgi QS World University Rankings bo'yicha d
MIT: dunyoning eng innovatsion universitetida o'qish qanday bo’ladi? MIT - 2026-yilgi QS World University Rankings bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi. MIT bilan bog'liq Nobel mukofoti sohiblari soni 105 taga yetadi - bu alumni, professor va tadqiqotchilarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, 26 nafar Turing mukofoti (informatika sohasidagi eng nufuzli mukofot) sohibi va 8 nafar Fields medali (matematika bo'yicha eng yuqori mukofot) sohibi ham MIT bilan bog'liq. Bitiruvchilar
· Kofi Annan - Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh kotibi, 2001-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi, MIT Sloan biznes maktabida o'qigan · Bazz Oldrin - Oyga qadam qo'ygan astronavtlardan biri, MIT'da aerokosmik yo'nalishda doktorlik darajasini olgan · Richard Feynman - fizika bo'yicha Nobel mukofoti sohibi, kvant elektrodinamikasi sohasidagi ishlari uchun
MIT bitiruvchilari World Wide Web'ni yaratishdan tortib, Dropbox va Bose kabi kompaniyalarni asos solishgacha bo'lgan ishlarda ishtirok etgan. Bu universitet nafaqat bilim beradi - u insonlarni kelajakni shakllantiruvchi shaxsga aylantiradi. MIT'ga hujjat topshirish jarayoni va talablar haqida bilmoqchimisiz? FINO jamoasiga “MIT” deb murojaat qiling. Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish

AQSHda o'qish qimmatmi? Raqamlar aytmagan haqiqat! Ko‘pchilik AQShni juda qimmat deb o‘ylaydi. Aslida esa IELTS 5.5 bilan ham
AQSHda o'qish qimmatmi? Raqamlar aytmagan haqiqat! Ko‘pchilik AQShni juda qimmat deb o‘ylaydi. Aslida esa IELTS 5.5 bilan ham grant olib, AQSh universitetlarida o‘qish mumkin. Nimalarni bilishingiz kerak? - 4,000+ universitet - $30,000/yilgacha grant - Bitirgach OPT orqali AQShda ishlash imkoniyati - Haftasiga 20 soat kampusda ishlash huquqi - Kontraktning boshlang‘ich qismini — atigi taxminan 30–40% depozit sifatida to‘lash - Kontraktning qolgan qismini Amerikaga borgandan keyin bo'lib to'lash imkoniyati - Ayrim hamkor universitetlarda asosiy to‘lov viza tasdiqlangandan keyin amalga oshirilishi mumkin - To‘langan depozit odatda umumiy tuition hisobiga qo‘shiladi FINO hamkor universitetlar — GRANT bilan (Fall 2026):
Adelphi University (NY) $30,000/yil 5.5 Fairfield University (CT) $30,000/yil 5.5 Lynn University (FL) $25,000/yil 5.5 Louisiana State University $15,000/yil 6.0 Seattle University (WA) $20,000/yil 5.5 Florida International University $5,000/yil 5.5 University of South Carolina $15,000/yil 6.0 University at Buffalo (SUNY) $10,000/yil 6.0 Cleveland State University $8,000/yil 5.5 Bellarmine University (KY) $17,000+/yil 5.5 Montana State University $10,000/yil 5.5 University of Wyoming $12,000/yil 5.5
Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish

Sizga qaysi biri qulayroq?
Anonymous voting

🇭🇺 Vengriyada IELTSsiz 100% BEPUL o‘qish imkoniyati borligini bilasizmi? -BEPUL TA'LIM + bepul yotoqxona + 120€ stipendiya
🇭🇺 Vengriyada IELTSsiz 100% BEPUL o‘qish imkoniyati borligini bilasizmi? -BEPUL TA'LIM + bepul yotoqxona + 120€ stipendiya + ishlash imkoniyati  — barchasi bor! Dastur afzalliklari: • IELTSsiz o‘qish imkoniyati • Bakalavr: 3-4 yil, Magistratura: 2 yil • Kontrakt summasi TO'LIQ qoplanadi • Bepul yotoqxona • Yashash uchun oyiga €120 stipendiya • Haftasiga 20 soat ishlashga ruxsat • 1 ta VIZA = 29 ta davlatga vizasiz sayohat Mutlaqo bepul maslahat olish uchun so'rovnomani to'diring! Murojaat uchun: +998712006445

🇭🇺 Vengriyada IELTSsiz 100% BEPUL o‘qish imkoniyati borligini bilasizmi? -BEPUL TA'LIM + bepul yotoqxona + 120€ stipendiya
🇭🇺 Vengriyada IELTSsiz 100% BEPUL o‘qish imkoniyati borligini bilasizmi? -BEPUL TA'LIM + bepul yotoqxona + 120€ stipendiya + ishlash imkoniyati  — barchasi bor! Dastur afzalliklari: • IELTSsiz o‘qish imkoniyati • Bakalavr: 3-4 yil, Magistratura: 2 yil • Kontrakt summasi TO'LIQ qoplanadi • Bepul yotoqxona • Yashash uchun oyiga €120 stipendiya • Haftasiga 20 soat ishlashga ruxsat • 1 ta VIZA = 29 ta davlatga vizasiz sayohat Mutlaqo bepul maslahat olish uchun so'rovnomani to'diring! Murojaat uchun: +998712006445

Italiya xorijlik talabalarga nima uchun pul to'laydi? DSU (Diritto allo Studio Universitario) - Italiya davlati tomonidan yar
Italiya xorijlik talabalarga nima uchun pul to'laydi? DSU (Diritto allo Studio Universitario) - Italiya davlati tomonidan yaratilgan mintaqaviy grant dasturi. Uning maqsadi oddiy - moliyaviy imkoniyati cheklangan talabalarga davlat universitetlarida bepul o'qish imkonini berish. Eng muhimi - bu dastur nafaqat italyan fuqarolari, balki xorijlik talabalar uchun ham to'liq ochiq. Grant nimalarni qamrab oladi:
· To'liq o'qish to'lovi bekor qilinadi · Yiliga taxminan 2,500-7,900 yevro naqd stipendiya beriladi (mintaqa va yashash sharoitiga qarab) · Universitet yotoqxonasida bepul yoki chegirmali joy · Har kuni bepul yoki chegirmali ovqatlanish
Bu - akademik musobaqaga asoslangan grant emas, balki oilaviy daromadga asoslangan grant. Agar oilangizning yillik daromadi (ISEE ko'rsatkichi bo'yicha) belgilangan chegaradan (odatda 25,000-30,000 yevro atrofida) past bo'lsa, siz nomzod bo'lishingiz mumkin. Har bir mintaqa (Rim, Milan, Florensiya, Turin va boshqalar) o'z agentligi orqali alohida boshqaradi - shuning uchun aniq shartlar va muddatlar tanlangan shaharga qarab farq qiladi. Sizning profilingiz DSU grantiga mos keladimi? Buni bilish uchun izohlarda “DSU” deb yozing Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish

Відеоповідомлення00:37

Відеоповідомлення00:23

🇺🇸 AQShda yashash va o‘qish narxlari qancha? Dastrur Afzalliklari: - Dunyoning eng kuchli universitetlari mavjud - Talabala
🇺🇸 AQShda yashash va o‘qish narxlari qancha? Dastrur Afzalliklari:
- Dunyoning eng kuchli universitetlari mavjud - Talabalarga o‘qish paytida haftasiga 20 soatgacha ishlashga ruxsat - O‘qishni tugatgach 1 yil OPT, STEM yo‘nalishlarida +2 yil ishlash imkoniyati - Ko‘plab stipendiya va grant dasturlari mavjud - 1.1 milliondan ortiq xalqaro talabalar (dunyoda 1-o‘rin) - Eng mashhur shaharlari: New York, Los Angeles, Boston, Chicago - STEM mutaxassisliklarida talab juda yuqori - Uzoq muddatda Green Card (doimiy yashash) olish imkoniyati mavjud - O‘qish → Ishlash → PR uchun aniq yo‘nalishlar bor
Oliygohlar QS Rank bilan:
1. University of Arizona (QS #285–#300) 2. University of Kansas (QS #301–#350) 3. University of Oregon (QS #301–#350) 4. University of Oklahoma (QS #351–#400) 5. University of Nebraska–Lincoln (QS #351–#400) 6. University of Alabama (QS #401–#450) 7. University of South Carolina (QS #401–#450) 8. University of Missouri (QS #451–#500) 9. University of Mississippi (QS #501–#550) 10. University of Idaho (QS #601–#650)
Sohalar:
1. Kompyuter fanlari 2. Sun’iy intellekt va Data Science 3. Muhandislik 4. Biznes boshqaruvi 5. Biotexnologiya 6. Iqtisodiyot 7. Tibbiyot va sog‘liqni saqlash 8. Psixologiya 9. Atrof-muhit fanlari 10. Statistika va matematik tahlil
O‘qish va yashash xarajatlari:
- O‘qish narxi: $7,000 – $65,000/yil - Yashash xarajatlari: $12,000 – $25,000/yil - Oylik umumiy xarajat: $2,500 – $3,500
Asosiy zarur hujjatlar:
1. Qabul xati (I-20 hujjati) 2. Moliyaviy ta'minot hujjatlari 3. IELTS yoki TOEFL natijalari 4. Pasport va DS-160 forma 5. Motivatsion xat (SOP) va rezyume 6. Tavsiyanoma (kamida 2 ta)
Bepul maslahat olish uchun "AQSH" deb yozing. Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish

Kichik davlat, katta imkoniyat - Niderlandiya haqida bilishingiz kerak bo'lgan haqiqatlar: 1. Niderlandiyada 2,100 dan ortiq
Kichik davlat, katta imkoniyat - Niderlandiya haqida bilishingiz kerak bo'lgan haqiqatlar: 1. Niderlandiyada 2,100 dan ortiq dastur to'liq ingliz tilida olib boriladi - bu Yevropa qit'asida eng yuqori ko'rsatkichlardan biri. 13 ta universitet dunyo TOP-200 ligasida joylashgan, jumladan TU Delft, Amsterdam universiteti va Utrext universiteti. 2. Aholining 90 foizdan ortig'i ingliz tilida erkin gaplasha oladi - bu talaba uchun kundalik hayotni ancha osonlashtiradi, hatto nemis yoki fransuz tilini bilmasa ham. 3. Xalqaro talabalar uchun bakalavriat yiliga taxminan 6,000-15,000 yevro, magistratura esa 8,000-20,000 yevro atrofida turadi. Bu Buyuk Britaniya yoki AQSHga nisbatan sezilarli darajada arzon, ayni paytda ta'lim sifati bir xil yuqori darajada qoladi. 4. Niderlandiya bitiruvchilarga "Orientation Year" (Zoekjaar) vizasi orqali 1 yillik qo'shimcha muddat beradi - bu davrda ish qidirish yoki o'z biznesini boshlash mumkin. 5. Niderlandiya - Germaniya yoki Buyuk Britaniyaga qaraganda kamroq gapiriladi, lekin aynan shu sababli ko'plab talaba uchun kam raqobatli va sifatli alternativ hisoblanadi. Sizga mos dastur va universitetni topishda yordam kerakmi? Izohda “Holland” deb yozing. Ariza qoldirish Obuna bo‘ling: FINO | Chet elda o‘qish