cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Ta'limdagi barcha yangiliklar va o'qituvchiga tegishli barcha ma'lumotlar birinchi bo'lib bizda KANALGA ULANING @metodmarkaz

Більше
Рекламні дописи
849
Підписники
+124 години
-27 днів
-1430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan ingliz tili o‘qituvchilariga bu yil ham ishlashga imkon berilishi mumkin Халқ таълими 00:50 / 07.07.2024 453 B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan ingliz tili o‘qituvchilariga bu yil ham ishlashga imkon berilishi mumkin B2 darajaga (milliy va xalqaro sertifikatga) ega bo’lmagan amaldagi ingliz tili o’qituvchilari yangi o’quv yilida dars berishiga ruxsat beriladimi? Ijtimoiy tarmoqda 2024-2025 o'quv yilida ingliz tili o’qituvchilari ishga kirish va ishda qolish uchun talab qilinayotgan B2 daraja sertifikati masalasi keng muhokama qilinyapti. Shu vaqtgacha maktabda ishlayotgan, lekin sertifikat olmaganlar nima qiladi? Agar ular sentabrda darslarga qo’yilmasa, o’qituvchilar vakansiyasini, yuklamasini kim to’ldiradi? Kanalimga obunachilardan biri shu masalani so’rab yozgandi. Bugun Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligida Hilola Umarova va vazir o’rinbosarlari ishtirokida o’tgan muloqotda ushbu savollarni so’radim. Oydinlik kiritilishicha, hozirda o’qituvchilarga yana qo’shimcha muddat berilishi bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi kiritilgan. Ya’ni, ingliz tili o’qituvchilari 3 yil davomida ham zarur sertifikatga ega bo’lmagan bo’lsa, bu safar ham imkon beriladi.
Показати все...
👍 2
⚡️1-августдан 1-октябргача кузги аттестация ўтказилади Малака синовлари октябрь-ноябрь ойларида бўлиб ўтади. ММТВнинг 2024-йил 4-июндаги 06-21-1046-сонли хати Ойлик ҳисоблаш учун бот Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇 https://t.me/+KzysPSHcaRVlMGQy
Показати все...
[@ustoz] MMTBning 06-21-1046-sonli xati.pdf2.79 KB
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa, telegram guruhlari)da 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning barchasiga ikki (toʻrt, olti va h.k.z.) balldan qoʻshib berilganligi toʻgʻrisida asossiz notoʻgʻri xabarlar tarqatilmoqda. Aslida esa, attestatsiya jarayonida foydalanilgan test topshiriqlari boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilganligini hamda fan ekspertlarining xulosasi hamda Apellyatsiya komissiyasining qaroriga asosan faqatgina eʼtirozlari oʻrinli boʻlgan (shuningdek, ushbu savollar tushgan boshqa ishtirokchilarga ham, ular murojaat qilgan yo qilmaganliklardan qatʼi nazar) shu savollar uchun tegishli ballar qoʻshib berilganligini maʼlum qilamiz. ❗️Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatib oʻtmoqchimiz!Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
⚡️O'zbekistonda ingliz tili bo'yicha milliy va xalqaro test tizimlarida imtihon topshirish qancha turadi? Milliy sertifikat uchun 459 500 so'm IELTS British Council uchun 2 300 000 so'm IELTS IDP uchun 2 340 000 so'm TOEFL (IBT oki PBT) uchun ~ 2 340 000 so'm TOEFL ITP uchun - 990 000 - 1 250 000 so'm iTEP uchun ~ 1 550 000 so'm FCE - 1 900 000 so'm CAE - 2 090 000 so'm TKT Module 1, 2, 3 uchun 770-900 ming so'mdan P.S.: Narxlar 2024-yil IYUN holatiga ko'ra @metodmarkas
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Мазкур ўқув йилидан бошлаб мактабда ўқув-педагогик ҳужжатларни юритиш тўлиқ электрон шаклга ўтказилади Хусусан, электрон баҳолар табели emaktab.uz платформасида автоматик тарзда шаклланади ва ота-оналар учун тизимдан юклаб олиш имконияти яратилади. Бу орқали табелдаги баҳоларни ўзгартириш ва сохталаштиришнинг олди олинади. ✅Электрон шаклга ўтказиладиган ҳужжатлар: ➡️ Синф журнали; ➡️ Баҳолар табели; ➡️ Қолдирилган ва ўрни тўлдирилган дарсларни ҳисобга олиш дафтари; ➡️ Педагогик кенгаш баённомалари дафтари; ➡️ Ўқувчилар ҳаракати дафтари; ➡️ Шаҳодатномаларни ҳисобга олиш дафтари. 👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот. Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
Показати все...
#Биласизми ⚡️Мактаблар битирувчиларининг ОТМга кириш кўрсатгичи бўйича “яшил”, “сариқ” ва “қизил” тоифаларга ажратилади Барчамизга маълумки, сўнгги йилларда умумтаълим мактабларида таълим сифати ва самарадорлиги даражаси шу муассасани битираётган ўқувчиларнинг олий таълим муассасаларига ўқишга кириши, касб-ҳунар танлаб, жамиятда ўз ўрнини топа олиши кўрсатгичи билан баҳоланмоқда. Шу боис ҳам Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги (собиқ ХТВ) мактаб битирувчиларнинг ОТМга кириш кўрсатгичи бўйича “яшил”, “сариқ” ва “қизил” тоифалар бўйича таснифлашни йўлга қўйган. 🔰 Бунда: 🟢 мактаб битирувчиларининг ОТМга кириш кўрсаткичи 30 фоиздан юқори бўлгани “яшил”; 🟡 10 фоиздан 30 фоизгача битирувчиси ОТМга қамраб олинган мактаблар “сариқ”; 🔴 битирувчиси умуман ОТМга кирмаган ва 10 фоизгача кирган мактаблар “қизил” рангларда таснифланади. @metodmarkaz
Показати все...
👍 1
⚡️Хорижий тилни С1 даражада биладиган талабаларга ишлашга рухсат этилади Қарорга мувофиқ, 2024 йил 1 октябрдан: 👉 Ёшлар ишлари агентлиги ҳар йили хусусий ўқув марказларининг Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри кесимидаги рейтингини тузади ҳамда расмий веб-сайтида эълон қилиб боради; 👉 рейтинг натижаларига кўра олис ва чекка ҳудудларда фаолият кўрсатувчи энг юқори кўрсаткичга эга 100 та хусусий ўқув марказининг таълим жараёнида фойдаланадиган бино ва иншоотлар учун ижара тўлови харажатларининг бир қисми компенсация қилинади. 👉 2024–2026 йилларда олий таълим ташкилотларининг хорижий тил филологияси таълим йўналиши бўйича 3 ва 4-курсда таҳсил олаётган ҳамда камида С1 даражадаги сертификатга эга талабаларига умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим ташкилотларида ўқитувчи сифатида меҳнат фаолиятини амалга оширишига рухсат этилади. 👉 2024/2025 ўқув йилидан ота-оналар ва ўқувчилар талабидан келиб чиқиб, ихтисослаштирилган мактаблар ва касб-ҳунар мактабларида чет тили сифатида немис, француз, корейс, хитой ва япон тилларини ўқитишни йўлга қўйилади. 👉 2025 йил 1 январгача инглиз тили, кейинги йилларда бошқа хорижий тиллар ва замонавий касбларни ўргатиш бўйича дунёнинг етакчи марказлари, олий таълим ташкилотлари билан ҳамкорликни йўлга қўйилади ҳамда уларнинг халқаро таълим стандартларига мос таълим дастурлари “Ибрат фарзандлари” ва “Устоз” лойиҳаларига татбиқ этилади. @metodmarkaz
Показати все...
👍 1
⚡️Xususiy o‘quv markazlariga maktablardagi xonalardan tekin foydalanishga ruxsat etiladi Prezident qarori (2024-yil 27-iyun,PQ-239-son)ga asosan endilikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi. Bunda tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, shuningdek, tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma balansda saqlovchi va xususiy o‘quv markazi o‘rtasida tuziladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2024-yilda kamida 1 mingta umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf xonalarini xususiy o‘quv markazlariga kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun tekin foydalanishga berish lozim.
Bunda sinf xonalarini ijaraga olgan xususiy o‘quv markazlari tomonidan tegishli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qiyotgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilari, biroq o‘quv kurslarida tahsil oluvchilar umumiy sonining 20 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda bepul o‘qitiladi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
ПҚ-239-сон, 27.06.2024 й.pdf1.67 MB
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Диққат ‼️Педагоглар ҳар 5 йилда малака оширишади — Президент Қарори Мактабгача ва мактаб таълими ташкилотларининг ходимлари учун 5 йилда бир маротаба ишдан ажралган ҳолда ўтказиладиган малака ошириш курслари жорий қилинади. 2024 йил 1 июлдан мактабгача ва мактаб таълими ташкилотлари ходимларининг хорижда малака ошириш курсларида ўқиганлиги ёки стажировкадан ўтганлиги ҳақидаги ҳужжатлари (диплом, сертификат, гувоҳнома ва бошқалар) миллий узлуксиз касбий ривожлантириш тизимида малака оширганлик тўғрисидаги ҳужжат сифатида тан олинади. @metodmarkaz
Показати все...
👍 2
⚡️Har bir tumandan mentor-oʻqituvchilar tanlab olinadi va ularga qoʻshimcha har oy 20 foiz ustama toʻlanadi Prezidentning 21.06.2024-yildagi qarori PQ-231-son qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini taʼminlash maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch maktablarda esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda: ➖“Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi; ➖“Kasbiy rivojlanish soati” doirasida fan metodika birlashmalari va mentor-oʻqituvchilar tomonidan oʻqituvchilarning darslari tahlil qilinadi, ularga metodik yordam koʻrsatiladi, kasbiy rivojlanishi boʻyicha tavsiyalar beriladi; ➖“Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida har bitta fan boʻyicha tayanch maktablar tanlanadi va ushbu muassasalarda oʻqituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi; ➖Mentor-oʻqituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi; 💵 mentor-oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan maktab direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
PQ-231.pdf9.66 MB
👍 4
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.