uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

Daryo — LIVE

Daryo — LIVE

Відкрити в Telegram

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Daryo — LIVE

Канал Daryo — LIVE (@daryo_live) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 58 813 підписників, посідаючи 4 584 місце в категорії Новини і ЗМІ та 1 230 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 58 813 підписників.

За останніми даними від 14 жовтня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -246, а за останні 24 години на -4, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 25.13%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 23.54% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 14 787 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 13 848 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 0.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
““Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24”

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 15 жовтня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Новини і ЗМІ.

58 813
Підписники
-424 години
+3337 днів
-24630 днів
Архів дописів
Boku shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi
+3
Boku shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammiti boshlandi. Kongress markazida O‘zbekiston prezidentini Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi. @daryo_live

Abdulaziz Abdulhaqov Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi U 2025-yildan beri Toshkent shahar UET Construction MChJ
Abdulaziz Abdulhaqov Yashnobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi U 2025-yildan beri Toshkent shahar UET Construction MChJ ijtimoiy obyektlarni qurish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. @daryo_live

+7
Istanbulni kuchli toshqin qamrab oldi. Maktablar yopildi, transport deyarli to‘xtab qoldi Shaharda 13-okytabrdan beri yomg‘ir yog‘moqda. Tabiiy ofat sabab 14 yoshli o‘smir vafot etdi. Hokimiyat aholini uydan chiqmaslikka chaqirib, davlat idoralarining ba’zi xodimlariga mehnat ta’tili berdi. Shaharda mototsikllar harakati vaqtincha taqiqlandi. @daryo_live

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida 825,3 mlrd so‘m zarar yetkazildi 2026-yilning to‘qqiz oyida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 2795 ta holat aniqlangan. Jumladan, 29,1 mln kub metr tabiiy gaz va 226,4 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. @daryo_live

Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga bordi
+3
Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga bordi
“Ushbu muassasalarning o‘qitish uslublari, yondashuvlari menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan”, – deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.
Tashrif davomida ta’lim maskanlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar, pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib olindi. @daryo_live

Toshkentda 15-oktyabrga o‘tar kechasi havo sifati yomonlashdi 14-oktyabr kuni soat 22:00 dan keyin havodagi mayda zarrachalar miqdori ortib, ayrim kuzatuv stansiyalarida havo sifati “nosog‘lom” darajaga yetdi. Bunga haroratning pasayishi, shamolning kuchsizligi va harorat inversiyasi sabab bo‘lgan. Mutaxassislarga ko‘ra, bunday holat hafta oxirigacha tungi va ertalabki soatlarda qisqa muddatga takrorlanishi mumkin. @daryo_live

+4
Istanbulda rossiyalik turistlar Moskvaga reysni kutib, tunni aeroportda o'tkazishga majbur bo'ldi Rossiyaga parvozlarga qo‘yilgan cheklovlar va Turkiyadagi noqulay ob-havo sabab sayyohlarning ayrimlari 36 soatdan beri uyiga qayta olmayapti. @daryo_live

Istanbuldagi Bosh konsulxona Turkiyaning uch viloyatidagi o‘zbekistonliklarni noqulay ob-havodan ogohlantirdi Istanbul, Yalova va Kojaeli viloyatlarida kuchli yomg‘ir va shamol sabab suv toshqinlari xavfi yuzaga kelishi mumkin. Fuqarolarga zaruratsiz uzoq safarlarga chiqmaslik, pastqam hududlar va yerosti yo‘llaridan uzoqroq bo‘lish hamda mahalliy idoralar ogohlantirishlariga amal qilish tavsiya etildi. @daryo_live

Ko‘kdala tumani hokimiga bolta bilan hujum qilindi Hodisa 14-oktyabr kuni paxta qabul qilish maskanida sodir bo‘lgan. Hujum h
Ko‘kdala tumani hokimiga bolta bilan hujum qilindi Hodisa 14-oktyabr kuni paxta qabul qilish maskanida sodir bo‘lgan. Hujum hokimlik va tadbirkor o‘rtasidagi do‘konni buzish bilan bog‘liq nizo fonida yuz bergani aytilmoqda. @daryo_live

O‘zbekistonning Qatardagi, o‘rindoshlik asosida JAR va Efiopiyadagi elchisi Ashraf Xo‘jayev Afrika Ittifoqidagi doimiy vakil
O‘zbekistonning Qatardagi, o‘rindoshlik asosida JAR va Efiopiyadagi elchisi Ashraf Xo‘jayev Afrika Ittifoqidagi doimiy vakil etib tayinlandi Xo‘jayev Ittifoq Komissiyasi raisi Mahmud Ali Yusufga ishonch yorliqlarini topshirdi. @daryo_live

Surxondaryoda ukasi kurashda yutqazgach, raqibining otasini pichoqlagan erkak 19 yilga qamaldi Erkak ukasini mag‘lub etgan po
Surxondaryoda ukasi kurashda yutqazgach, raqibining otasini pichoqlagan erkak 19 yilga qamaldi Erkak ukasini mag‘lub etgan polvonning otasi va o‘z otasi o‘rtasida tortishuv yuz berganini eshitib, kurash maydoniga borgan. U yo‘l-yo‘lakay do‘kondan pichoq olib, barchaning ko‘z o‘ngida jabrlanuvchiga to‘rt marta pichoq sanchgan. @daryo_live

Toshkentda soxta bank nomidan aldab, 8 mln dollarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi Jinoiy guruh a’zolari orasid
Toshkentda soxta bank nomidan aldab, 8 mln dollarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi Jinoiy guruh a’zolari orasida nufuzli banklardan birining bosh ofisi kiberxavfsizlik bo‘limi ishchisi ham bo‘lgan. Guruh a’zolari turli banklar nomidan fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, go‘yoki ularning nomiga firibgarlar tomonidan kredit olishga urinish bo‘layotganini aytib, jabrlanuvchilarning pul mablag‘larini o‘zlashtirgan. @daryo_live

Toshkentda soxta bank nomidan aldab, 8 mln dollarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi Jinoiy guruh a’zolari orasid
Toshkentda soxta bank nomidan aldab, 8 mln dollarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi Jinoiy guruh a’zolari orasida nufuzli banklardan birining bosh ofisi kiberxavfsizlik bo‘limi ishchisi ham bo‘lgan. Guruh a’zolari turli banklar nomidan fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, go‘yoki ularning nomiga firibgarlar tomonidan kredit olishga urinish bo‘layotganini aytib, jabrlanuvchilarning pul mablag‘larini o‘zlashtirgan. @daryo_live

Netanyaxu Isroildagi saylovlar oldidan Eronga hujum qilinmasligini aytdi Isroil bosh vaziri 27-oktyabrda o‘tadigan parlament
Netanyaxu Isroildagi saylovlar oldidan Eronga hujum qilinmasligini aytdi Isroil bosh vaziri 27-oktyabrda o‘tadigan parlament saylovigacha harbiylarni to‘qnashuvga chorlayotgani haqidagi ayblovlarga munosabat bildirdi.
“Bu bizga to‘g‘ri kelmaydi, buning hech qanday yaxshi tomoni yo‘q. Hatto Eron bizga raketalar otsa ham, ular baribir meni ayblashadi”, dedi u o‘zining siyosiy raqiblariga qarata.
Shu bilan birga, Netanyaxu agar Isroilga hujum qilinsa, munosib va kuchli javob qaytarilishini yana bir bor eslatib o‘tdi. @daryo_live

🌤 Bugun harorat 20-25 daraja iliq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘oldi va tog’li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin — “O‘zgidromet” @daryo_live

Toshkentda 15-oktyabrga o‘tar kechasi havo sifati yomonlashishi mumkin Tungi va tonggi soatlarda havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdori vaqtincha ortishi kutilmoqda. Kunduz kuni esa havo sifati yaxshilanishi prognoz qilinmoqda. @daryo_live

Bolgariyada niqobli shaxslar Starlink antennalariga o‘t qo‘ydi Sofiya yaqinidagi qo‘riqlanadigan aloqa obyektiga niqobli ikki kishi kirib, 17 ta antennadan 11 tasini yoqib yuborgan. Bu haqda siyosatchi Ivaylo Mirchev hodisa videosi bilan birga e’lon qildi. Mirchev rasmiylarni voqeani yashirishga urinishda, maxsus xizmatlarni esa hujumning oldini ololmaganlikda aybladi. Polshada ham shunga o‘xshash hodisa kuzatilgan. Polsha rasmiylari unda Rossiya maxsus xizmatlarining qo‘li bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. @daryo_live

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi Suhbat avvalida davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisini Osiyoda hamko
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi Suhbat avvalida davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisini Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashga raisligi muvaffaqiyatli kechayotgani hamda uning yettinchi sammiti yuqori saviyada tashkil etilgani bilan tabrikladi. @daryo_live

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi Davlat rahbarini Ozarbayjon bosh vazirining oʻrinbosari Shahin Mu
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi Davlat rahbarini Ozarbayjon bosh vazirining oʻrinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi. @daryo_live

+2
Indoneziyada davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari oqibatida ayrim hududlarni quyuq tutun qoplab, osmon toʻq sariq tusga kirdi Ayniqsa, Markaziy Kalimantan provinsiyasida vaziyat ogʻir. Tutun sabab koʻrish masofasi keskin qisqargan, havoning ifloslanish darajasi esa xavfli koʻrsatkichlarga yetgan. Mamlakatda 200 mingdan ortiq odamda oʻtkir nafas yoʻllari infeksiyasi qayd etilgan. @daryo_live

Daryo — LIVE - Статистика та аналітика Telegram каналу @daryo_live