OZODLIK KANALI™
Ozodlik haqqoniy va eksklyuziv axborotni cheklovsiz tarqatuvchi vositadir. @ozodnews ga xabar, foto video yuboring. "Rost gap faqat shu yerda aytiladi"
Більше- Підписники
- Перегляди допису
- ER - коефіцієнт залучення
Триває завантаження даних...
Триває завантаження даних...
Кремл матбуот хизмати Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев Россия президенти Владимир Путинни уйида меҳмон қилганини маълум қилди. Расмий хабарга кўра, шунинг учун давлат ташрифи билан Ўзбекистонга борган Путин режадагидан ортиқча бир кунга қолиб кетган. Ташриф давомида томонлар, биргаликда кичик АЭСлар қуриш, шунингдек Россиянинг Ўзбекистондаги лойиҳаларни молиялаштириш учун 500 миллион долларлик қўшма сармоя фондига 400 миллион доллар киритишига келишилган. Бу Гаага халқаро суди томонидан ҳибс учун ордер берилганидан буён Путиннинг Ўзбекистонга илк ташрифи. 🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉
https://t.me/ozodlikkanali🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉
https://t.me/ozodnewsKreml matbuot xizmati O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni uyida mehmon qilganini ma’lum qildi. Rasmiy xabarga ko‘ra, shuning uchun davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga borgan Putin rejadagidan ortiqcha bir kunga qolib ketgan. Tashrif davomida tomonlar, birgalikda kichik AESlar qurish, shuningdek Rossiyaning O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 500 million dollarlik qo‘shma sarmoya fondiga 400 million dollar kiritishiga kelishilgan. Bu Gaaga xalqaro sudi tomonidan hibs uchun order berilganidan buyon Putinning O‘zbekistonga ilk tashrifi. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #mirziyoyev #putin #ukraina #rossiya #urush #bosqin
Тожикистон парламенти гўё миллий маданиятга мос бўлмаган кийимларни тақиқлаб, бўйсунмайдиганларга жарима белгилади. “Анъаналар, байрамлар ва маросимларни тартибга солиш тўғрисида” деб аталувчи қонунга тегишли ўзгартиришлар жамоатчилик ўртасида муҳокама қилинмасдан, ими-жимида қабул қилинган. Шу билан, мулозимлар назарида “миллийликка ёт” бўлган кийим-кечакларни мамлакатга олиб кириш, сотиш ва жамоат жойларида кийиб юриш расман ман этилди. Бироқ қонун матнидаги “миллий маданиятга ёт” деган сўзлардан бирон нимани англаш қийин. Ҳукумат узоқ йиллардан бери аёлларнинг мусулмонча кийинишига қарши кураш олиб бораётгани учун, кўпчилик бу ерда сатр (ниқоб) ва ҳижоб назарда тутилганига шубҳа қилмайди. 🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉
https://t.me/ozodlikkanali🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉
https://t.me/ozodnewsTojikiston parlamenti go‘yo milliy madaniyatga mos bo‘lmagan kiyimlarni taqiqlab, bo‘ysunmaydiganlarga jarima belgiladi. “An’analar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida” deb ataluvchi qonunga tegishli o‘zgartirishlar jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilinmasdan, imi-jimida qabul qilingan. Shu bilan, mulozimlar nazarida “milliylikka yot” bo‘lgan kiyim-kechaklarni mamlakatga olib kirish, sotish va jamoat joylarida kiyib yurish rasman man etildi. Biroq qonun matnidagi “milliy madaniyatga yot” degan so‘zlardan biron nimani anglash qiyin. Hukumat uzoq yillardan beri ayollarning musulmoncha kiyinishiga qarshi kurash olib borayotgani uchun, ko‘pchilik bu yerda satr (niqob) va hijob nazarda tutilganiga shubha qilmaydi. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #uzbek #tajik #tajikistan #hijob #hijab
Германиядаги “Статиста” ташкилоти маълумотига ишонилса, Ўзбекистон хорижда таълим олаётган талабалар сони бўйича дунёда бешинчи ўринга чиққан. Рўйхатда хитойлик ва ҳиндистонлик талабалар этакчилик қилмоқда. Ташкилотга кўра, чет элда таҳсил олаётган ўзбекистонлик талабалар сони 110 мингдан ошади. 🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉
https://t.me/ozodlikkanali🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉
https://t.me/ozodnewsGermaniyadagi “Statista” tashkiloti ma’lumotiga ishonilsa, O‘zbekiston xorijda ta’lim olayotgan talabalar soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘ringa chiqqan. Ro‘yxatda xitoylik va hindistonlik talabalar etakchilik qilmoqda. Tashkilotga ko‘ra, chet elda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 110 mingdan oshadi. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #talaba #uzbek #migrant
Ozodlik haqqoniy va eksklyuziv axborotni cheklovsiz tarqatuvchi vositadir. @ozodnews ga xabar, foto video yuboring. "Rost gap faqat shu yerda aytiladi"