Tamrin
Відкрити в Telegram
Qo'lingni o'rgatishing, yozishni hayoting mazmuniga aylantirishing, tamrin* qilishing kerak... *tamrin — takrorlash orqali ko'niktirish Tamrin Muzakkar! (erkak) Murojaat uchun: @Tamrin_uz_bot
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
366
Підписники
Немає даних24 години
+37 днів
+330 днів
Архів дописів
366
Ona nafasdir.
Alloh taolo biror kishini nafassiz qo'ymasin.
Ona bu, Alloh taoloning rahmatining eng go'zal tajallisidir.
Ona - Jannatdir...
Ona - sog'inchdir...
Ona - marhamatdir...
#tarjim🟪
366
🔴Nafsim o‘rgan...
Ijtimoiy tarmoqlarda biron post yoki video ko‘rsangiz-u, u sizga yoqmasa izoh (koment)larda so‘kish va odobsizlik qilishga o‘tib ketmang.
Birinchidan: Odamlar aql va fahmda turlichadirlar. Sizga yoqmagan biron so‘z (mavzu) boshqaga ma’qul kelishi mumkin.
Ikkinchidan: U inson postni o‘zining shaxsiy sahifasiga joylagan va bu uning erkinligidir. Hech kim sizni uning sahifasiga a’zo bo‘lishga majburlamagan.
Uchinchidan: U inson ma’sum ya’ni, xatodan xoli emas. Inson sifatida xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Majid Zakiy
Tamrin
366
Aslida unutish ba'zan bir ne'matdir.
Masalan, yashagan og'riqlarimizni hech unuta olmasligimizni tushuning.
Inson u og'riqni ilk bora og'riqli holda yashagan holini, doim u og'riq bilan yashaganini tushuning.
Inson buni ko'tara olmaydi.
Insonning ruhi, psixologiyasi va tanasi bularni ko'tara olmaydi.
Unutish shu ma'noda bir ne'matdir.
Ammo inson o'z aslini aslo unutmasligi kerak.
Bizni bor qilgan qadriyatlarni unutmasligi kerak.
Haqiqatni, sevgini, do'stlikni, sadoqatni...
Bularni unutsa insonlik hislatini yo'qotib, shunchaki oddiy bir odamga aylanadi..
Martaba o'laroq pastga tushadi.
Inson bularni unutmasligi lozim.
Ibrahim Kalin
#tarjim🟪
366
Chorasizlik Allohdan kelgan eng go'zal ishoratdir.
Duo vaqti kelganini ko'rsatadi.
Oqayotgan bo'lsa ko'zingdan yoshlar, huzunli esa go'zal yuzing,
Robbing seni sog'inibdi, ovozingni eshitishni xohlayapti deganidir...
Mavlono
366
O'tmishingni ham o'ylama.
Kelajakni ham o'ylama.
O'tmish o'tib bo'ldi, qo'ldan chiqib bo'ldi.
Kelajak hali qo'lga kirgani yo'q, kirishi noma'lum.
Qo'lingda hozirgi dam, dam shu, nafas shu, umr shu, hayoting shu..
Hozirgi nafasing sening hayoting.
Shu bilan band bo'lgin.
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
366
Bolaligimizda yomg'ir yog'sa qochishni ham bilmasdik ho'l bo'lib ketsak ham yuraverardik...
Hozirchi, yomg'ir yog'ishi bilan darrov pana joyga qochamiz.
Ehh ajoyib davrlar-a...
366
Gul sukut bilan so'zlaydigan yagona go'zallikdir. U iforida mehrni, rangida umidni va nozikligida sabrni ifoda etadi.
366
Sizga yomonlik qilish(yap)dimi, g'azab qilmang siz ularga yaxshilik bilan javob qaytaring, shunday qilingki ular qilgan yomonliklaridan uyalib qolishsin. Siz yaxshilik qilishlikda bardavom bo'lsangiz u inson bari bir kun tafakkur qilgan holda shunday deydi: "Nega bu insonga men yomonlik qilsam ham menga yaxshilik qilyapdi deya" o'zidan uyalib qoladi.
Payg'ambarimiz Muhammad 📿 ham shunday qilganlar.
366
Ka'ba imomi aytyapdi:
Qur'onni o'rganmoq istagan kichik bir bola keldi.
Biror narsa yodlaganmisan deb so'radim?
- Ha dedi..
Amma porasini o'qidi..
Mulk surasini o'qidi..
Nahl surasini o'qidi..
So'ngra Baqara surasini..
Xatosiz bir tarzda..
Hayron bo'lib so'radim:
- Bolam, sen hofizmisan?
- Ha dedi.
Ertasi kuni oilasi bilan keldi.
Va otasi shunday dedi:
"Bu bolaning orqasida bir odam emas bir ayol bor".
Onasi bolani gapira boshlaganidan beri Qur'on bilan katta qildi.
Uyda kichik rag'batlantirishlar qildi:
- Kim oldin yodlasa kechki ovqatni u tanlaydi.
- Kim oldin bitirsa hafta oxiri rejasini u qiladi.
- Kim Qur'onni hatm qilsa ta'til o'tkaziladigan joyni u tanlaydi.
Shu tariqa uyda Qur'on sevgisi, shirin bir raqobatga aylandi...
Chunki haqiqiy ta'lim, avvalo qalbda boshlanadi.
Bir Ona to'g'ri bo'lsa,
Bir uy yaxshilanadi.
Bir uy to'g'ri bo'lsa,
Bir avlod o'zgaradi.
Alloh taolo, uylarimizni Qur'on bilan go'zallashtirayotgan ayollarni va u uylarda yetishayotgan solih(a) farzandlarni ziyoda qilsin.
Qur'onga va ilmga bo'lgan muhabbatimizni ziyoda qilsin. Oshiq qalblardan qilsin.
#tarjim🟪
366
Uslub hamma narsadir.
Masalan Ovqat qanday chiqibdi? degan savolga:
Go'zal chiqmaganda yemagan bo'lardim, deyishlik ham bor.
Sen qilasan-u go'zal chiqmasmidi? deyishlik ham bor..
Og'zingizdan chiqayotgan jumlani go'zallashtirmoq o'zingizga bog'liq.
#tarjim🟪
366
Sizni eng ko‘p yig‘latgan odam begona emas. U sizni yaxshi ko‘rgan, sizni tanigan, sizning zaif tomonlaringizni bilgan odam. Chunki begona odam sizni yaralay olmaydi. Yaralash uchun avval ichkariga kirish kerak. Ichkariga esa faqt ishonganlarni kiritasiz. Shuning uchun eng chuqur yaralar eng yaqin odamlardan qoladi.
Lekin bilasizmi, eng og‘iri nima? O‘sha odamga hech narsa deyolmaslik. Ichingizda ming xil gap bor, lekin og‘zingiz yopiq. Qanday gapirishni, nima deyishni ham bilmaysiz hatto.
Munosabatni davom ettirmoqchimisiz? Gaplashing, kelishing, hal qiling. Agar hal qilib bo‘lmasa, o‘zingizni ham, uni ham qiynamang. Yaxshilik yo‘li bilan shunchaki qo‘yib yuboring.
Ibratli vaqt
366
Ota farzandi uchun barcha narsaga tayyor bo'ladi..
Ayniqsa qiz farzandi uchun.
Chunki qiz farzand Ota uchun dur, marvarid kabidir.
366
Insonda yaxshi niyatning paydo boʻlishining oʻzi unda ezgulik borligining alomatidir.
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
366
Ey nafsim!
Bilaman, sen ham menga imtihon qilib berilgansan.
Vazifangni bajaryapsan, ammo bu kurashda men ham seni yengishni oliy maqsadim qilib olganman.
Axir, bilmaysanmi, ikkimizni ham Alloh yaratgan!
Insof qil, baraka topgur!
Jonim hiqildog'imga keldi.
Men bilan ishing tamom bo'ldi.
Meni o'ylamasang ham, o'zingni o'yla, axir bu ketishda xalok bo'lasanku!!!
Meni ham, o'zingni ham oxiri zulmat bo'lgan yo'lga sudrama.
Sen kuchli bo'lsang ham bilginki, senga aslo ergashmayman.
Chunki men ishq nurini ko'rdim.
Bor yog'imni Unga, Allohga fido qildim.
Modomiki men kuchli ekanman, sendagi shuncha o'jarlik, isyon nima uchun?!
Sababi nima?!
Tafakkur qilmaysanmi?!
Hali ham tushunib yetmadingmi?!
Men aslo Alloh yo'lidan, Uning hidoyatidan qaytmayman!
Yoki menga ergashgin, bo'lmasa, bas qilgin, nafsim!!!
Bas qil, ey nafs!
366
Bu hayotda hamma narsa ham biz istagandek bo'lavermas ekan..
Bir unday, bir bunday bo'ladi..
Biz ming urinsak ham albatta Alloh taoloning aytgani bo'ladi.
Qadarimizga shu narsa yozilgan ekan demak bu narsada bir yaxshilik bor..
Biz alhamdulillah deymiz Alloh taolo yanada ziyodalashtirib beraveradi. Faqat va faqat alhamdulillah deyishligimiz lozim.
🟪 Tamrin sahifasi ortiq bu yerda davom ettiriladi. Alloh xayrli va barakotli qilsin. Foydamizga hujjat qilsin.
Yangi sahifaga xush kelibsizlar!
Yana oldingidek qo'llab-quvvatlab turasizlar degan umiddaman.
Oldindan tashakkurlar.
