uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

۰

۰

Відкрити в Telegram

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
544
Підписники
-424 години
+17 днів
+3830 днів
Архів дописів
۰
543
Bilol ibn Raboh taxminan 580-yilda Makka shahrida (ba'zi manbalarda Makka yaqinidagi Sarotda) tug‘ilgan. Otasining ismi Raboh onasining ismi Hamoma bo'lib kelib chiqishi habashistonlik (Efiopiya) bo'lgan U Islomni birinchilardan bo'lib qabul qilgan dastlabki 7 kishidan biridir. Islomni qabul qilgan vaqtida Makka zodagonlaridan biri Umayya ibn Xalafning quli edi.Musulmon bo'lgani uchun xo'jayini uni jazirama issiqda qumga yotqizib ko'ksiga ulkan toshni qo'yib dinidan qaytishini talab qilgan. Shunday ogir azoblarda ham Bilol faqat "Ahad, Ahad" (Alloh bittadir, bittadir) deb javob bergan. Keyinchalik uni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu sotib olib ozod qilgan.622-yilda Madinaga hijrat qilinganidan so'ng namozga chaqirish uchun azon joriy etildi. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Bilolning ovozi juda jozibali va baland bo'lgani uchun uni Islom tarixidagi ilk rasmiy muazzin etib tayinladilar.630-yilda Makka feth etilgan kuni Bilol roziyallohu anhu Payg'ambarimizning buyruqlari bilan Ka'baning tomiga chiqib ilk bor azon aytgan.Bilol ibn Raboh Hijriy 20-yilda (milodiy 641-yilda) vafot etgan.Vafot etganida yoshi taxminan 60-62 yoshlar atrofida bo'lgan. U zot bugungi Suriya davlatining poytaxti Damashq (SHom) shahrida vafot etgan va Damashqdagi "Bobus-Sag‘ir" qabristoniga dafn etilgan

۰
543
Bilol ibn Raboh. Islom tarixidagi ilk muazzin haqida post joylayman

۰
543
Biladiganlar anchagina ekan-a

۰
543
Payg'ambarimizning tug'ilishlari haqida yozsam qiziqmi?
Anonymous voting

۰
543
Hamma manbalarda har xil qayd etilgan eng ishonchlisi 10 ta

۰
543
Abdulmuttalibning nechta o'g'illari bo'lgan?

۰
543
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttalib (asl ismi Shayba) bo'lib u zot Makkaning eng hurmatli va nufuzli yetakchilaridan biri bo'lganlar.Asl ismlari Shayba (sochida oq bilan tug‘ilgani uchun). Keyinchalik amakisi Muttalib uni Makkaga olib kelganida odamlar uni Muttalibning quli deb o'ylab Abdulmuttalib (Muttalibning quli) deb atashgan va shu ism bilan mashhur bo'lib ketganTaxminan milodiy 497-yilda Yasrib (hozirgi Madina) shahrida tug'ilganlar. Otalari Hoshim ibn Abdumanof onalari madinalik Salmo bint Amrdir. Quraysh qabilasining Hoshimiylar tarmog'iga mansub. Abdulmuttalib tushida ko'rsatilgan eyish orqali ko'milib ketgan muqaddas Zamzam qudug'ining o'rnini topgan va uni qayta qazib odamlarga xizmat ko'rsatgan. Yaman hokimi Abraha Ka'bani vayron qilish uchun fillar bilan kelganida Abdulmuttalib u bilan uchrashib "Men tuyalarning egasiman Ka'baning esa uni himoya qiladigan o'z Robbisi bor" degan. Shu yili payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tug'ilganlar. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tug'ilganlarida u zotga ilgari arablarda kam uchraydigan Muhammad (maqtovga loyiq) ismini aynan bobolari Abdulmuttalib qo'ygan. Payg'ambarimizning otalari Abdulloh u zot tug'ilmaslaridan oldin onalari Omina esa u zot 6 yoshligida vafot etishadi. Shundan so'ng Abdulmuttalib nabirasini o'z qaramog'iga olib unga juda katta mehr va hurmat bilan qaragan. Taxminan milodiy 578-yilda (Fil yilidan 8 yil o‘tib) Makka shahrida vafot etganlar. Vafot etganlarida taxminan 81-82 yoshda bo'lganlar. U kishi vafot etayotganda 8 yoshli nabiralari payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni amakilari Abu Tolibga vasiyat qilib topshirganlar

۰
543
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam qaysi sahobani ey ikki quloqlik deb chaqirar edilar?

۰
543
O'qinglar yaxshilar)

۰
543
Yana 1 ta stars kerak)

۰
543
Nega 10 ta bo'lmadi stars yaxshilar?

۰
543
Manfaatli bo'layotgan bo'lsa xursandman yaxshilar)

۰
543
Yana 2 ta stars bosmaganlar

۰
543
Stars bosmaganlar yana 3 ta stars kerak)

۰
543
Kanaldan manfaat olyapsizlarmi azgina bo'lsa ham?
Anonymous voting

۰
543
Berkitib bosmela starsni. Kimlar stars bosgani ko'rinib turgani yaxshi)

۰
543
O'qib bo'lib stars bosib qo'yarsizlar-a yaxshilar)

۰
543
Omina binti Vahb Makkaning eng obro'li olijanob va nufuzli qabilalaridan biri bo'lgan Quraysh qabilasining Banu Zuhra urug'iga mansub edilar. Tarixiy manbalarga ko'ra Omina binti Vahb taxminan milodiy 549-yilda Makka shahrida dunyoga kelganlar. U zot johiliyat davrining barcha yomon odatlaridan uzoq sof va go'zal tarbiya muhitida voyaga yetganlar. Uning oilasi va qabilasi Makkada juda katta hurmatga ega bo'lgan.U kishining otasi Vahb ibn Abdu-Manaf oz davrida Banu Zuhra urug'ining boshlig'i va eng hurmatli shaxslaridan biri bo'lgan. Onalari esa Barra binti Abdul-Uzzo bo'lib u ham Qurayshning oliy tabaqali ayollaridan hisoblangan. Omina oz tengdoshlari orasida iffati odobi aql-idroki va go'zal xulqi bilan ajralib turgan shu sababli uni "Quraysh ayollarining afzali" deb ham atashgan. Omina voyaga yetgach Quraysh qabilasining boshlig'i Abdulmuttalib o'zining eng sevimli va kelajagi porloq o'g'li Abdulloh ibn Abdulmuttalib uchun Ominani so'rab keladi. Bu nikoh o'sha davr Makka ahlining eng quvonchli voqealaridan biri bo'ladi chunki har ikki tomon ham eng olijanob va toza nasab egalari edi.Biroq bu baxtli hayot uzoq davom etmaydi. Nikohdan qisqa vaqt o'tib Abdulloh Shom (Suriya) tomon guruh bilan tijorat safariga otlanadi. Safardan qaytishda Abdulloh qattiq kasallanib Madina (o'sha paytdagi Yasrib) shahrida to'xtaydi va o'sha yerda vafot etadi. Omina turmush o'rtog'ining vafoti xabarini eshitganda qattiq qayg'uga botadi va qornida bir necha oylik homilasi bilan yosh va beva holatda qoladi.Milodiy 571-yilning bahorida (Rabiul-avval oyida) Omina binti Vahb insoniyat tarixidagi eng buyuk zot Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni dunyoga keltiradilar. Omina homiladorlik davrida boshqa ayollar kabi og'irlik yoki qiynalishni his qilmagan aksincha o'zida yengillik va xotirjamlikni tuygan.Tug'ilish kechasi va homiladorlik davrida bir qancha mo'jizaviy hodisalar yuz beradi. Omina tushida o'zidan bir nur chiqqanini va bu nur Shom (Suriya) qasrlarini yoritib yuborganini ko'radi. Payg'ambarimiz alayhissalom tug'ilganlarida oddiy chaqaloqlar kabi emas balki qo'llari bilan yerga tayanib boshlarini osmonga ko'tarilgan holda pokiza va xatna qilingan holda dunyoga kelganlari rivoyat qilinadi.U zot tug'ilgan kechada Fors imperiyasining Kisro saroyidagi 14 ta ustun qulab tushadi va asrlar davomida o'chmagan majusiylarning muqaddas olovi o'chib qoladi.Makka iqlimi issiq va og'ir bo'lgani sababli o'sha davr odatiga ko'ra yosh bolalarni havosi toza tili sof bo'lgan sahrodagi badaviy qabilalarga emizish va tarbiya qilish uchun berishgan. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ham onalari Omina va bobolari Abdulmuttalib Banu Sa'd qabilasidan bo'lgan Halima binti Abu Zuaybga (Halimai Sa'diyaga) topshirishadi. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam 4-5 yoshgacha sahroda Halima onamizning qaramog'ida yashaydilar. Bu davrda Halimaning xonadoniga ulkan baraka va rizq oqib keladi. Sahrodagi hayotdan so'ngHalima bolani sog'-salomat oz onasi Ominaga qaytarib olib keladi.Muhammad sollallohu alayhi vasallam 6 yoshga to'lganlarida Omina o'zining vafodor xizmatkori Ummu Aymanni olib o'g'li bilan birga Madinaga safar qiladi. Bu safardan maqsad turmush o'rtog'i Abdullohning Madinadagi qabrini ziyorat qilish.Ominaning Madinadagi qarindoshlari (Banu Adiy ibn Najjor urug'i) bilan o'g'lini tanishtirish edi.Ular Madinada bir oy davomida qolib u yerdagi qarindoshlar ziyoratini yakunlaydilar. Makkaga qaytish yo'liga chiqqanlarida Makka va Madina shaharlari o'rtasida joylashgan Abvo qishlog'ida Omina to'satdan og'ir kasallikka chalinadi. Kasallik tezda zo'rayadi va u zot Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ko'z o'ngida vafot etadi. Milodiy 577-yilda (ba'zi manbalarda 576-yil) vafot etganlar. Vafot etganlarida bor-yo'g'i 27 yoki 28 yoshda edilar.Omina onamiz aynan o'sha Abvo qishlog'iga dafn qilinadi

۰
543
))

۰
543